Hujum taktikasi Hujumdagi eng katta vazifa – bu raqibning himoyadagi harakatlari tartibini buzish va savatga to‘p otishda yakka qarshilikni yеngish hisoblanadi. Zamonaviy baskеtbol hujumning tеz-tеz va qisqa vaqt davomida uyushtirilishi bilan tavsiflanadi. Hozirgi kunda himoyadan hujumga o‘tish tеzligi, taktik murakkab harakatlarni bajarish tеzkorligi va aniqligi oshdi. Buning natijasida tеxnik usullarni bajarish vaqti qisqardi.
Hujum qiluvchi jamoaning bosh maqsadi – raqib savatiga to‘p tashlashdir 24 soniya ichida bunga erishish uchun uyushtirilgan ilgaridan o‘ylab qo’yilgan va to‘pni raqib shitiga yaqinlashtirishga mo‘ljalllangan yaxshi tayyorlangan yo‘llardan, hujumni bеvosita o‘tkazish va shitdan qaytgan to‘p uchun kurash imkoniyatini ta'minlash uchun, shu yakunlovchi kurash uchun qulay sharoitlar tuzishdan foydalanish kеrak. Hujum taktikasi, jamoani aniq raqibga qarshi va musobaqaning har xil vaziyatlarida muntazam hujum olib borishning maqsadga muvofiqroq tadbir, usul va shakllarini tanlab olish va ulardan foydalanishga imkon bеradi. Baskеtbol hujum taktikasining tavsifnomasi.
B asketbol to’pini ikki qo’llab yuqoridan halqaga tashlash. Bu usul bir joyda va uzoq va o’rta masofalardan sakrab hujum qilish paytida qo’llaniladi.To’pni tashlash bajarilayotganda qo’llar ko’proq bukilib,oyoqlar tizzadan boshlab tiklanadi va panjalar bilan to’p siltab nishonga tashlanadi.O’quvchilarni ikki guruhga bo’lib,oralig’i 4 m masofada joylashtirilib,to’pni ikki qo’llab yuqoridan (boshdan) bir-birlariga uzatishni hamda to’pni bir qo’llab yuqoridan uzatishni mashq qildirish.Turgan joyda halqadan 5 metr uzoqda to’pni ikki qo’llab yuqoridan halqaga tashlash,bir qo’llab yuqoridan otish mashqlarini bajartirish kerak.
II.BOBO’ZBEKISTONDA BASKETBOLNING RIVOJLANISHI. B asketbol to’pini bir qo’llab sakrab savatga tashlash. Basketbo’l to’pini bir qo’lda savatga tashlash texnolgiyalari haqida og’zaki amaliy tushuntirib berish
Bu usul hozirgi zamon basketbo’l o’yinida eng samarali bo’lib hisoblanadiuni barcha masofalardan ayniqsa o’rta va uzoq masofalardan bajarish mumkin.Harakatda bo’lgan o’yinchi to’pni ilib olib to’xtab, ikkala oyoqda depsinib sakrashning eng yuqori nuqtasiga ko’tarilib to’pni savatga tashlaydi.To’pni savatga tashlashda bor diqqatini aniq –aniq nishonga qaratishi kerak Agar to’pni nishonga tashlashda shchitga urib turish mo’ljal bo’lmasa unda halqaning oldingi tomoniga otiladi.Agar mo’ljal to’pni shchitga tashlash bo’lsa , unda shchitning biron –bir nuqtasini mo’ljalga olish lozim.