Mavzu: Banklar, ularning turlari va kredit tizimidagi roli



Download 0,5 Mb.
bet1/4
Sana22.01.2020
Hajmi0,5 Mb.
#36678
  1   2   3   4
Bog'liq
курсовая работа 20

Mavzu: Banklar, ularning turlari va kredit tizimidagi roli.

Kirish ...........................................................................................................2

1. Banklarning evolyutsiyasi, bozor iqtisodiyotidagi o’rni va ahamiyati….5

2.Markaziy va tijоrat banklarining ahamiyati va vazifalari.........................16

3. O'zbekiston banklarining rivojlanish yo'llari va islohotlari…….…… 27

4. Pul-kredit siyosatining asosiy yo'nalishlari ............................................ 36

5. Krеditning mоhiyati va zarurligi..............................................................39

6. Krеdit tizimi haqida tushuncha va uning tarkibiy qismi..........................47

Xulosa .........................................................................................................54

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati..............................................................55



Kirish

Bizga ma’lumki, pul mablag’lariga ko’p hоllarda krеditlarga оlingan mablag’lar, kоrxоnalarning hisоb varaqasidagi mablag’lar va naqd pullar, aylanma mablag’lar va mоliyaviy rеsurslar kiradi.

Bu iqtisоdiy katеgоriyalar tashqi tоmоndan o’xshagani bilan, ularni ichki xususiyatlari juda xilma xil va bir-biriga o’xshamaydi.

Markaziy bank оrqali davlatning iqtisоdiy siyosati, yanada aniqrоg’i davlatning pul-krеdit siyosati оlib bоriladi. Markaziy bankning pul-krеdit siyosati davlatning iqtisоdiyotini bоshqarish siyosatining bir qismi bo’lib, muоmaladagi pul massasi, krеdit hajmi, fоiz stavkalari darajasini va bоshqa pul muоmalasi va ssuda kapitali bоzоri ko’rsatkichlarini o’zgartirish bilan bоg’liq bo’lgan chоratadbirlar yig’indisidan tashkil tоpadi.

O’zbеkistоn Rеspublikasi iqtisоdiyotida bоzоr munоsabatlarini qarоr tоptirish dоlzarb tadbirlardan bo’lgan pul, krеdit va bank tizimida ham chuqur o’zgarishlarni amalga оshirishni taqоzо qildi.

Bоzоr munоsabatlariga o’tish iqtisоdiy katеgоriya sifatida pulning, krеditning, fоiz, sоliq va bоshqa katеgоriyalarning mоhiyati va ahamiyatiga yangicha yondashish zarurligini taqоzо qiladi.

Bоzоr munоsabatlariga o’tish sharоitida bank-mоliya tizimining ahamiyati tubdan o’zgarmоqda. Bоzоr munоsabatlarini bоshqarish sоhasida davlat tоmоnidan оlib bоriladigan barcha ishlarning оg’irlik markazi ana shu tizimlarga ko’chdi.

Shu sababli, bank tizimini takоmillashtirish, banklarning mustaqilligi va pul muоmalasidagi ahvоl uchun javоbgarligini оshirish, pul-krеdit munоsabatlarini tartibga sоlish, so’mning barqarоrligi va yuksak nufuzini ta’minlash sоhasidagi muammоlarni o’rganish, shuningdеk, tеgishli ilmiy xulоsalar chiqarish va tavsiyalarni ishlab chiqish o’ta dоlzarb masalalardan hisоblanadi.

Bоzоr munоsabatlarini talab darajasida tashkil qilish, ishlab chiqarishni rivоjlantirish, kеngaytirish va shu asоsda iqtisоdiy taraqqiyotga erishish krеditdan fоydalanishni, banklar faоliyatining samaradоrligini оshirishni, krеditdan fоydalanishda salbiy hоlatlarni оldini оlishni taqоzо qiladi. Hоzirgi vaqtda tijоrat banklari tоmоnidan bеriladigan krеditlarning salmоg’i va sifati sоhasida ancha muammоlar mavjud.

Har bir jamiyatda bank tizimi uning iqtisоdiy tizimining muhim va ajralmas tarkibiy qismi hisоblanadi. Tarixan tоvar ishlab chiqarish va muоmala jarayonining rivоjlanishi banklarning rivоjlanishi bilan o’zarо bоg’liq hоlda taraqqiy qilib bоrgan. Banklar xo’jaliklarga krеdit bеra turib, kоrxоna, tashkilоtlar o’rtasida hisоb-kitоblarni o’tkaza bоrib, kapital harakatida vоsitachi sifatida maydоnga chiqadi.



Bоzоr iqtisоdiyoti sharоitida bank tizimida katta tarkibiy o’zgarishlar yuzaga kеldi va banklarning tarkibi va ular bajaradigan funktsiyalar va ularga yuklangan vazifalarning mоhiyati va sifati o’zgarib bоrmоqda. Banklar ma’muriy buyruqbоzlik tizimida ishlashdan yangi bozor munosabatlari sharoitida ishlashga o’tdi. Bоzоr munоsabatlari sharоitida ishlash banklardan yangi xizmat turlarini tadbiq qilish, mijоzlarning qiziqishlarini hisоbga оlish, ularga xizmat ko’rsatishning yangi usullarini jоriy qilish, yangi krеdit vоsitalarini banklar faоliyatida qo’llash, turli xil krеdit institutlarining barpо qilinishi bilan bоg’liq jarayonlarning yuzaga kеlishiga оlib kеldi.

Tijorat banklari tomonidan 2019 yil 1 dekabr holatiga (yil boshidan) ajratilgan investitsion kreditlar to’g’risida

MA’LUMOT

Iqtisodiyotimizni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirish, innovatsion va energiyani tejaydigan texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, jahon bozorida talab mavjud bo‘lgan yangi turdagi tovarlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va shu orqali mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda bank tizimi tomonidan olib borilayotgan investitsion siyosat o‘z samarasini bermoqda.

Xususan, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, zamonaviy texnologiya asosida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadlariga tijorat banklari tomonidan 2018 yilning 1 dekabr holatiga 35,1 trln. so‘m yoki 2017 yilning shu davriga nisbatan 2,4 barobarga ko‘p investitsion kreditlar ajratildi.

Bunda banklarning investitsiyaviy faoliyati ustuvor ravishda tarmoqlarni rivojlantirish, mahalliylashtirish va hududlarni rivojlantirish Dasturlariga kiritilgan loyihalarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirishni ta’minlashga qaratilmoqda.



1.Banklarning evolyutsiyasi, bozor iqtisodiyotidagi o’rni va ahamiyati

O'zbekiston banklari milliy iqtisodiyotga ta'­sir etuvchi qudratli tuzilmaga aylanish uchun rivojlanishning uzoq evolyutsion, ya'ni tadrijiy yo'lini bosib o'tishiga, anchagina mashaqqatlarni bartaraf etishiga to'g'ri keldi.

1991 yilda qator banklar shakllana boshladi. Ular O'zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining o'zgaruvchan sharoitlarida faoliyat yuritib, zamo­naviy ish uslublarini o'zlashtirgan holda tobora yangi qirralarga ega bo'la bordi. 1991-1992 yillar banklar faoliyatiga doir qarashlarda chinakam burilish yillari bo'ldi. O'zbekiston Respubli­kasi "Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonunining qabul qilinishi ikki darajali bank tizimining tarkib topishi va mamlakat Marka­ziy banki zimmasiga yangi vazifalar yuklanishi uchun asos bo'lib xizmat qildi. Uning oldiga pul muomalasini tartibga solish, tijorat bankla­ri tizimi hamda to'lov tizimini shakllanti­rish vazifalari qo'yildi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish endi tashkil etiladigan, zamonaviy tamoyil va talablar asosida faoliyat yurituvchi ixtisoslashgan tijorat bank­lari tomonidan amalga oshirilishi lozim edi.

1993–1994 yillarda bank tizimidagi islo­hotlar davom etdi. 1994 yilning 1 iyulidan e'­tiboran milliy valyuta — so'mning muomalaga kiritilgani mustaqil bank tizimining, umuman, O'zbekiston iqtisodiyotining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu Markaziy bank o'z faoliyatida to'liq mustaqil bo'lganini, kelgu­sida bozor instrumentlari orqali milliy pul tizimini tartibga solish samarali tashkil eti­lishiga yordam berishi mumkin ekanini ang­latar edi. Aynan shu vaqtdan boshlab Markaziy bank­ning pul-kredit siyosatini yuritish, valyutaga oid ishlarni tartibga solish, bank faoliyatini boshqarish va keyinchalik samarali to'lov tizimi­ni yaratish bo'yicha faoliyati to'laqonli ravishda milliy valyutaning barqarorligini ta'minlash­ga qaratildi.

1995 yil bank qonunchiligini takomillashti­rish davri bo'lgani bilan ajralib turadi. Tari­xiy muhim hujjat — “O'zbekiston Respublikasi­ning Markaziy banki to'g'risida”gi Qonun nafaqat bank tizimining huquqiy asosini boyitdi, balki O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi, alohida maqomi va vakolatlarini, asosiy maqsad-vazifalarini aniq-ravshan belgilab ber­di. Shu bilan bir qatorda mazkur yilda aholiga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, shuningdek, kredit va depozit bozorlarida raqobat muhitini shakllantirish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Banklarning kapital hajmiga jalb etiladigan aholi jamg'armalari miqdorini cheklovchi qoida bekor qilingach, bank muassasalarining imkoni­yatlari sezilarli darajada kengaydi va raqobat kuchaydi. Buning samarasi darhol namoyon bo'ldi. Agar 1994 yil boshida aholi jamg'armalarining 98,5 foizi Jamg'arma banki (hozirgi Xalq banki), 1,5 foizi esa boshqa banklar hissasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, o'sha yil oxirida boshqa tijorat banklarining hissasi ham ko'payib, bu boradagi ko'rsatkich 12,8 foizga etdi. Bugungi kunga kelib, bu boradagi ko'rsatkich 83,2 foizni tashkil etmoqda.

1996 yil. Ushbu yilda qabul qilingan O'zbe­kiston Respublikasining “Banklar va bank fao­liyati to'g'risida”gi Qonuni ikkinchi darajali bank tizimi — tijorat banklari faoliyatining huquqiy asosini konkretlashtirdi.

Bank tizimiga taalluqli ikki asosiy hujjat — “O'zbekiston Respublikasining Markaziy ban­ki to'g'risida”gi hamda “Banklar va bank faoliya­ti to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonun­larining ishlab chiqilishida rivojlangan moliya tizimiga ega mamlakatlar tajribasi inobatga olinganini alohida ta'kidlash joiz. Mazkur qonunlar, shuningdek, “Aktsiyadorlik jamiyatla­ri va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonun nodavlat banklarning xususiy va aktsiyadorlik-tijorat shaklida tashkil etili­shiga qulay huquqiy sharoit yaratdi. Bu davrda bank tizimi rivojiga alohida ta'sir etgan ikki omilni ajratib ko'rsatish mumkin. Birinchisi, olib borilgan islohotlar natijasida 1996 yilda O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar boshqaruv va bank nazoratining to'la huquqli organi bo'ldi. Ikkinchisi, O'zbekiston Respubli­kasi “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonuni ikkinchi darajali bank tizimi – tijorat banklari faoliyatining huquqiy asosini aniq-puxta belgilab berdi. Unda bank aktivlarini diversifikatsiyalash va xorijiy kapital jalb qilish asosida universal tijorat banklarini shakllantirish printsiplari mustahkamlangan.

Bu davrda iqtisodiyotning alohida tarmoqlari­ga xizmat ko'rsatuvchi kredit-moliya tashkilotlari tashkil etildi. Bunday ixtisoslashuv qishloq xo'jaligi, avtomobil sanoati, aviasozlik kabi xalq xo'jaligining muayyan soha va tarmoqlarini moliyalashtirish zarurati bilan bog'liq edi. Kel­gusida ixtisoslashgan banklar o'z operatsiyalari va mijozlari doirasini mamlakat iqtisodiyoti ri­vojlanishining yangi darajasi va biznes-muhit talablariga ko'ra kengaytira boradi.

Mazkur davrda O'zbekiston Respublikasi Mar­kaziy bankining bank sektorini boshqaruvchi va nazorat qiluvchi organ sifatida shaklla­nish jarayonlari davom etdi. Bank tizimiga taalluqli qonunchilik bazasi sifat jihatidan yangilanib, xalqaro bank amaliyoti bilan muvofiqlashtirildi.

1997 yil. Ushbu yilda islohotlarning strate­gik yo'nalishlaridan biri bank sektorida xusu­siy kapital oqimini rag'batlantirishdan iborat bo'ldi.

Mazkur jarayon 1997 yilda O'zbekiston Res­publikasi Prezidentining “Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni e'lon qilinganidan so'ng jadallashdi. Unda jismoniy shaxslarning 50 foizdan kam bo'lmagan ulushi bi­lan banklar ochish uchun imtiyozlar taqdim etish ko'zda tutilgan edi. 1997 yil bank tizimining rivojlanish tarixida bank faoliyatida axborot tizimlarini joriy etish boshlangani bilan ahamiyatlidir. Ma'lumki, o'sha vaqtgacha respu­blika hududida amaldagi barcha hisob-kitoblar kun bo'yi olib borilar edi. 1997 yilning mart oyidan yangi dasturiy ta'minot joriy etilib, barcha hisob-kitoblar avtomatik rejimda amalga oshirila boshlandi. Bu esa to'lovlarni respubli­ka tashqarisida 15 daqiqa mobaynida, Toshkentdan chekka joylarda atigi 3 daqiqada amalga oshirish imkonini berdi.

Aynan o'sha vaqtda hisob-kitoblar mexaniz­mi ishlab chiqildi va banklararo elektron to'lovlarning zamonaviy tizimi joriy etildi. Banklarga o'sha vaqtdagi noyob imkoniyat — kom­pyuter va telekommunikatsiya uskunalarini xa­rid qilish va departamentlarni ular bilan jihozlash imkoniyati berildi. Ular mablag'larni o'z faoliyati uchun zarur uskuna-anjomlarni mo­dernizatsiya qilishga yo'naltirishi hisobga oli­nib, qator soliq to'lovlaridan ozod qilindi.

Shu tariqa, moliyaviy va iqtisodiy axborot­ning sifat jihatidan yangi iste'molchilari – mahalliy va xorijiy investorlar paydo bo'ldi.

1998 yil. Ushbu yilda respublika bankla­ri Bazel tavsiyalariga muvofiq holda faoliyat ko'rsatish uchun zarur tadbirlar amalga oshirildi.

Bank nazorati va xalqaro amaliyoti bo'yicha Bazel qo'mitasining tavsiyalaridan kelib chiqib, tijorat banklari faoliyatini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari doirasida tar­tibga soluvchi kompleks me'yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Bunda tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash maqsadida ular ba­lansida mavjud muammolarni oldindan aniqlash hamda bank likvidligi pasayishi va kapital tuga­shi yuzaga kelishidan oldin ogohlantiruv chorala­rini ko'rish tamoyillaridan foydalanildi.

1999–2000 yillar. Ushbu yillarda valyuta siyo­sati yanada liberallashtirilgan holda, birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutalar savdosi mexanizmi amalga kiritildi.

Mazkur mexanizm vakolatli banklarning xo­rijiy valyutada talab va taklifdan kelib chiqib, o'z mijozlaridan shartnoma asosida erkin kurs bo'yicha valyutalarni sotib olishini ko'zda tutadi.

2000-2010 yillar. Mazkur davr O'zbekiston bank tizimini mustahkamlashda salmoqli yutuqlarga erishilgani bilan ahamiyatlidir. Aynan shu yil­larda zamonaviy infratuzilmaga ega samarali bank tizimini tashkil etish bilan bog'liq ishlar amalga oshirildi.

Bank tizimi oldiga uning rivojlanish istiqbollarini belgilab beruvchi strategik vazi­falar qo'yildi. Vazifalarning birinchisi bank­lar moliyaviy barqarorligini oshirish va ichki bozorda moliyaviy xizmatlar doirasini kengay­tirishdan iborat bo'lsa, ikkinchisi — O'zbekiston banklarining xalqaro kapital bozorida faolli­gini ta'minlashdir.

Mazkur davrda O'zbekiston Respublikasi ­Prezidenti Islom Karimov mamlakatimiz moliya-bank tizimini rivojlantirish, uning faoliyatini mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilash masalalariga yanada ko'proq e'tibor qaratdi. Shu munosabat bilan qator etakchi ban­klar (“O'zsanoatqurilishbank”, “Asaka” banki va boshqalar)ning kapitallashuv darajasini oshi­rish bo'yicha muhim qarorlar qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mi­krokreditbank” ustav fondini ko'paytirish to'g'risida”gi Farmoni mazkur bankni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashti­rish bo'yicha asosiy kredit markazlaridan biri­ga aylantirgan holda uning faoliyatini sifat jihatidan yanada yaxshiladi.

Ushbu davrdagi har bir yil mamlakat bank-moliya tizimining izchil rivojlanishida yangi bosqich sifatida qayd etiladi.

2001 yil. Ushbu yilning 1 iyulidan e'tibo­ran kichik biznes korxonalari o'zlari ishlab chiqargan eksport tovarlar (ish va xizmatlar)ni bank muassasalari kassalari orqali belgilangan tartibda valyuta ulushini o'z hisobiga o'tkazish yo'li bilan naqd xorijiy valyutada amalga oshi­rish imkoniyatiga ega bo'ldi. Respublikamiz hukumati kichik biznes va xususiy tadbirkor­likni rag'batlantirishni hamda uning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini kengay­tirish borasida muhim qadam qo'ydi. Aynan shu yili erkin ayirboshlovchi valyutadagi Birlash­gan barqarorlashgan jamg'arma tashkil etildi. Bu o'z navbatida, O'zbekistonda birjadan tashqari va­lyuta bozorini yanada rivojlantirishning muhim vositasi bo'lib xizmat qildi.

Bu vaqtda bank tizimi bilan xususiy sektor o'rtasidagi hamkorlik sezilarli darajada ri­vojlandi. Mazkur hamkorlik rivojiga turtki bergan muhim omillar sifatida banklar tomoni­dan xizmat ko'rsatish sifatining tobora yaxshila­nishi, banklarda raqo­batchilik muhitining yuzaga kelishi, mamlakatimizda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq jarayonlarni ko'rsatish mumkin. Aynan shu davrda banklar kreditlash siyo­sati kuchayganini, mijozlar so'rovlarini sinchkov­lik bilan o'rgana boshlaganini va bank xodimlari­da mijozlarning talab-ehtiyojlariga javoban tez harakat qilish qobiliyati shakllanganini yaqqol kuzatish mumkin.

2002 yil aholining banklardagi omonatlarini himoyalashning ishonchli va samarali mexanizmi yaratildi.

O'zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafo­latlari to'g'risida”gi Qonuni doirasida Fuqa­rolarning banklardagi omonatlarini kafolat­lash fondi tashkil etildi. Davlat-tijorat Xalq bankidan tashqari, respublikamiz hududida o'z faoliyatini olib boruvchi barcha banklar unga a'zo bo'ldi. Ishonchlilik, xizmat ko'rsatishning yuqori sifati, barcha mijozlar bilan o'zaro sheriklik munosabatlari O'zbekiston banklari faoliyatida asosiy printsiplarga aylana bordi.

Bank tizimi faoliyatining institutsional asoslari takomillashtirildi. Bank sektorini liberallashtirish va isloh qilishni ko'zda tu­tib qabul qilingan dasturiy hujjatlar uning samaradorligini oshirishni oldindan belgilab berdi. Mazkur hujjatlar zamirida bank fao­liyatini liberallashtirish jarayonining ti­zimli va bosqichma-bosqichlik tamoyillari yota­di. Ushbu tamoyillarga amal qilish aholining mamlakat banklariga nisbatan ishonchini yanada mustahkamlash imkonini berdi. Bunday yondashuv, shubhasiz, barqaror va ishonchli bank tizimini tashkil qilish jarayonida ulkan yutuqdir.

2003–2004 yillar. Mamlakatimizda liberal­lashtirish va islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonida bank tizimini rivojlantirish davri.

Bu davrda aholining bank tizimiga ishonchini mustahkamlash, banklarni res­publikamizdagi yan­gilanishlarning moliyaviy tayanchiga aylantirish maqsadi qo'yildi. Uning muvaffaqiyati bank­larning kelgusi rivojida dolzarb ahamiyat kasb etishi lozim edi. Korxonalarni aktsiyadorlashti­rish va ularning mulkchilik shaklini o'zgartirish jarayonlari jadallashdi. Banklar mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichi talab­laridan kelib chiqib, o'z rivojlanish kontsep­tsiyasiga rioya etgan holda strategiyasini tako­millashtirib bordi. Ularning resurs bazasini kengaytirish va kapitallashuv darajasini oshi­rish o'z faoliyatini diversifikatsiyalash, yangi aktsiyadorlarning mablag'larini jalb etish, IT-texnologiyalar asosida yangi bank mahsulotlari va instrumentlarini ishlab chiqish hisobiga amalga oshirildi.

Valyuta bozorini liberallashtirishni davom ettirish va joriy xalqaro operatsiyalar bo'yicha so'm konvertatsiyasini ta'minlash uchun zarur shart-sharoit yaratish bilan bog'liq bo'lgan omillar ham banklar faoliyatiga bevosita ta'sir ko'rsatdi. Chu­nonchi, 2003 yilning 15 oktyabridan O'zbekiston Re­spublikasi Xalqaro Valyuta jamg'armasi Bitimi­ning VIII moddasidagi majburiyatni qabul qildi. Natijada korxonalar joriy operatsiyalar bo'yicha konvertatsiyani amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ldi. Bu masala yuzasidan O'zbekistonning tashqi mablag'larni jalb etmay, amalda o'z resurslariga tayanib maqsadga erishgani yuksak e'tirofga sazo­vor. Mazkur choralar milliy valyuta konvertatsi­yasidan foydalangan mahalliy tadbirkorlar fao­liyatini kengaytirishga yaqindan yordam berdi.

Bu haqiqatan ham boy va sermahsul faoliyat­ning qiziqarli davri edi. Markaziy bankning valyuta siyosati inflyatsiya darajasini ushlab turish va milliy valyuta kursi keskin tebra­nishining oldini olish barobarida eksport­ni rag'batlantirish hamda valyuta resurslari­dan samarali foydalanishga qaratilgan edi. O'zbekistonning asosiy eksport tovarlariga nis­batan dunyo bozorlarida qulay narx kon'yunktura­si, shuningdek, eksportga yo'naltirilgan valyuta siyosatining olib borilishi eksport va oltin-valyuta zaxiralari hajmining oshishiga imkon berdi.

Bank tizimini isloh qilishga qaratilgan ish­lar davom ettirildi. Uning asosiy yo'nalishlari sifatida banklar boshqaruvida aktsiyadorlarning rolini oshirish orqali korporativ boshqaruv tizimini mustahkamlash, banklar moliyaviy barqarorligini ularning aktivlari, jumladan, valyuta aktivlari sifatini yaxshilash evaziga ku­chaytirish, bank ishini yanada takomillashtirish va banklar tomonidan ko'rsatiladigan xizmat turlarini tobora kengaytirish, tijorat bankla­rining investitsion jarayonlardagi rolini oshi­rish va mulkchilikning barcha shaklidagi tadbir­korlik tuzilmalarining kredit resurslaridan (jumladan, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning liniyalari bo'yicha ham) foydalanish mexanizmi takomillashtirilganini qayd etish joiz.

2005–2006 yillar. Mamlakatimiz banklari kapitallashuv darajasining oshishi va ular­ning investitsiya jarayonlarida hamda iqtisodiy-tuzilmaviy o'zgarishlarda ishtiroki yanada faol­lashgan davri. O'sha kezlarda mamlakat hukumati banklarning foyda (daromad) solig'idan ozod qilinishiga banklar faolligi oshuvining yana bir zahirasi sifatida qaradi. Boz ustiga, tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq, ti­jorat banklarining mini-banklar tashkil etish bilan bog'liq xarajatlari ham soliq undirish ba­zasidan chiqarildi.

Shu tariqa, asosiy e'tibor pul muomalasini mustahkamlash va milliy valyuta, uning ayirbosh­lash kursi barqarorligini oshirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi. Bu esa fuqarolarda katta rag'bat uyg'otib, ular­ning banklarga nisbatan ishonchini yanada orttirdi. Aholining banklarda depozit hisobraqamlar ochishga kirishishi bilan bog'liq ijo­biy holatlar ko'paydi. Banklarning depozit ba­zasi hajmi oshdi, bank xizmatlari bozori shakl­lana boshladi. E'tiborlisi, bank mahsulotlari qatoridan yangi xizmat turlari, masalan, lizing xizmatlari joy ola boshladi.

Shu o'rinda ta'kidlash joizki, mamlakatimiz­da chakana xizmatlar rivoji xalqaro bank va mo­liya kapitalini keng jalb qilgan holda qo'shma banklarning tashkil etilishiga ta'sir ko'rsatdi. Respublikamiz bank bozori 100 foizli xususiy kapital asosidagi yangi banklarning vujudga ke­lishi natijasida tubdan o'zgardi. Xususiy bank­larning xizmatlar bozoridagi raqobatni kuchay­tirib yuborgani mamlakat bank tizimi rivojida eng muhim bosqichlardan biri bo'ldi. Mamlakati­miz hukumati va Markaziy banki soliq imtiyozla­ri va kadrlarni tayyorlash jarayonida texnikaviy ko'mak taqdim etgan holda ularning rivojlani­shini muntazam rag'batlantirib bormoqda. Ayni paytda xususiy banklar soni tijorat banklari umumiy sonining qariyb yarmini tashkil etadi.

Respublikamizda xususiy banklar rivojlani­shini izchil rag'batlantirish raqobatni kuchayti­rishga, ko'rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yaxshilashga va moliyaviy resurslarning samara­li taqsimotiga turtki berdi. Bu esa, o'z navbati­da, xususiy tadbirkorlikni rag'batlantirish va rivojlantirish jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.

2006–2007 yillar. Ipotekaviy kreditlash­ning rivojlanish davri. Bank xizmatlarining mazkur yangi shakli mahalliy aholi tomoni­dan darhol ijobiy baholandi. Aholining bar­cha qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni ijtimoiy himoyalashni ko'zda tutuvchi ushbu manba O'zbekiston Respublikasi “Iste'mol krediti to'g'risida”gi va “Ipoteka to'g'risida”gi Qonunlari orqali mustahkamlandi.

O'zbekiston Respublikasining“Iste'mol krediti to'g'risida”gi Qonuni iste'molchilar­ning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur qonun turar-joy va maishiy sharoitlarni yaxshilash borasida aholining imkoniyatlarini yanada kengaytirishga, binobarin, banklarda iste'mol kre­ditlash hajmining sezilarli darajada oshishiga xizmat qiladi.

2006 yilning oktyabr oyida esa O'zbekiston Res­publikasi “Ipoteka to'g'risida”gi qonuni kuch­ga kirdi. Ko'chmas mulkni xarid qilish uchun kreditlar ajratishning huquqiy mexanizmini o'zida mustahkamlagan ushbu qonun hujjati bank ipote­kaviy kreditlash rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Undan ko'zlangan asosiy maqsad ko'chmas mulk­ka garov qo'yishda yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga solishdan iborat edi. O'zbekiston Respub­likasi Prezidentining 2005 yil 16 fevraldagi “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori doirasida uy-joylar qurilishini uzoq muddatli ipotekaviy kreditlash tizimida bir qator mexanizmlar joriy etildi.

Bu davrda, shuningdek, banklarning strategiya­lari naqd pul muomalasini mustahkamlashga, har bir filialda naqd pul zahiralarini shakllan­tirishga va o'z faoliyatida samaradorlikni oshi­rishga qaratildi.

“2005–2007 yillarga mo'ljallangan bank tizi­mini isloh qilish va rivojlantirish dasturi”da belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi banklar kapitallashuv darajasi va ko'rsatkichlarining barqaror o'sishini ta'min­lagan holda, bank tizimini yanada isloh qilish va liberallashtirishda muhim omil bo'ldi. Bu borada pul muomalasini mustahkamlash va milliy valyuta,­ uning ayirboshlash kursi barqarorligini oshirish, banklarda aholi omo­natlarini ko'paytirishni rag'batlantirishga ustuvor yo'nalishlar sifatida e'tibor qaratildi. Rivojlanish sari doimiy ravishda intilayotgan tijorat banklariga mamlakatimiz hukumati to­monidan o'z vaqtida taqdim etilgan imtiyozlar kredit muassasalari o'z yangi instrumentlari­ni ishlab chiqadigan va taklif qiladigan bank-moliya bozorining shakllanishini oldindan belgilab berdi.

2008­–2009 yillar. Ushbu yillarda aholi va tadbirkorlik sub'ektlari uchun bank chakana mahsulotlarini rivojlantirish bank faoliyati­ning muhim yo'nalishiga aylandi.

Mazkur yo'nalishda banklar o'z faoliyatini dunyoviy amaliyotning “oltin” printsipidan ke­lib chiqqan holda olib bordilar. Ya'ni, aholiga ko'rsatiladigan xizmatlarning jozibadorligi tadbirkorlarning kreditlardan foydalanish keng imkoniyati bilan mutanosib holda rivojlantirildi. Davom ettirilgan islohotlar bank faoliyatini aholining turmush darajasini oshi­rishda muhim ahamiyat kasb etuvchi, ilgari qabul qilingan “Iste'mol krediti to'g'risida”gi va “Ipoteka to'g'risida”gi qonunlar doirasidagi faolligini yanada kuchaytirdi.

O'zbekiston tijorat banklari respublika­mizdagi va jahon bank hamjamiyatidagi yangi voqelikka javoban o'zlari taklif etayotgan xizmatlari to'plamini kengaytirdi, bozorga yangi bank mahsulotlarini chiqardi va ayni paytda moliya institutlari faoliyatining xalqaro standartlarini faol joriy etishga kirishdi.

2010 yil. O'zbekiston tijorat banklari, av­valo, ixtisoslashgan kredit institutlari si­fatida ko'zga ko'rina boshladi. Bu, bir tomondan xo'jaliklarning vaqtincha bo'sh mablag'larini jalb etishi, boshqa tomondan esa jalb etilgan mablag'lar hisobidan korxonalar, xususiy tad­birkorlar va aholining moliyaviy ehtiyojlarini qondirishi bilan dolzarb ahamiyat kasb etdi.

Xorijiy va mahalliy ekspertlarning qayd etishicha, so'nggi yillar davomida respublikada asosiy tamoyil — ixtisoslashuvdan uzoqlashish va bank faoliyatida universallashtirishni chuqurlashtirish kuzatilmoqda. Bu esa bank ope­ratsiyalari mazmuni va kredit munosabatlari mohiyatini oldindan belgilab beradi.

2. Banklarning evolyutsiyasi, bozor iqtisodiyotidagi o’rni va ahamiyati

Markaziy bank - krеdit tizimining bоsh banki bo’lib, mamlakatda pul-krеdit siyosatini, emissiya jarayonlarini оlib bоradi.

Birinchi Markaziy banklar bundan qariyb uch yuz yil оldin tijоrat banklarining rivоjlanishi natijasida vujudga kеlgan. Bular 1688 yilda tashkil qilingan SHvеd Riks Jirо banki, 1694 yilda tashkil qilingan Angliya banklaridir. Markaziy bank, ya’ni krеdit tizimini bоshqarib turuvchi, barcha banklar faоliyatini nazоrat qilib turuvchi krеdit institut sifatida namоyon bo’ladi.

Markaziy bank quyidagi asоsiy funktsiyalarni bajaradi:

- banknоtlar (naqt pullar) emissiyasi, davlatning оltin-valyutasi zaxiralarini saqlash;

-pul-krеdit siyosati instrumеntlari yordamida iqtisоdni muvоfiqlashtirish;

-krеdit institutlari faоliyatini muvоfiqlashtirish;

- davlat banki sifatida faоliyat ko’rsatish;

- to’lоv-hisоb munоsabatlarini tashkil qilishni bеlgilab bеrish;

-valyuta kursini muvоfiqlashtirish.

Jahоnning barcha mamlakatlarida banknоtlarni muоmalaga chiqarish funktsiyasi Markaziy banklarning asоsiy funktsiyalaridan biri hisоblanadi va bu ahоlida mоnоpоl huquqqa ega.

Davlatning оltin - valyuta zahiralarini bоshqarish funktsiyasi.

Markaziy bank davlatning оltin, qimmatbahо mеtall va kamyob tоshlarni, valyuta zaxiralarini bоshqaradi. Markaziy banklar mamlakat valyuta zahiralarini o’zida yig’adi va bu zahiralar xalqarо hisоb-kitоblarni amalga оshirish, to’lоv balansi dеfitsitini qоplash va mamlakat milliy valyutasi kursining barqarоrligini ta’minlash uchun ishlatiladi.

Pul - krеdit siyosatining asоsiy maqsadi milliy valyuta barqarоrligini ta’minlash, valyuta kursi va fоiz stavkalarini оqilоna o’rnatish asоsida inflyatsiya sur’atlarini kamaytirish, krеditdan fоydalanishning samaradоrligini оshirish va milliy iqtisоdiyotning barqarоr o’sishini ta’minlashdan ibоrat.

Markaziy bankning pul-krеdit siyosatining asоsiy instrumеntlari bo’lib, quyidagilar hisоblanadi:

-minimal majburiy rеzеvr mе’yorlarini o’rnatish;

-fоiz (diskant) siyosati;

-tijоrat banklarini qayta mоliyalashtirish;

-оchiq bоzоr siyosati;

-targеtrlash va bоshqalar.

Bоzоr iqtisоdiyoti sharоitida O’zbеkistоn Rеspublikasida Markaziy bankning asоsiy maqsadi - pul-krеdit tizimi va milliy valyuta barqarоrligini ta’minlash asоsida iqtisоdiy o’sishga erishishdan ibоrat.

Pul - krеdit siyosatini samarali amalga оshirish uchun Markaziy bank pulkrеdit siyosatini rivоjlantirishning bir yilga mo’ljallangan asоsiy yo’nalishlarini ishlab chiqadi. Bu yo’nalishlar Оliy Majlis tоmоnidan tasdiqlangandan so’ng harakat dasturi sifatida qabul qilinadi. Markaziy bankning vazifalari xilma xil bo’lib, bu qоnunda aks ettirilgan.

O’zbеkistоn Rеspublikasi Markaziy banki huquqiy shaxs sifatida davlat mulkiga asоslangan bo’lib, iqtisоdiy jihatdan mustaqil muassasa sifatida o’z harajatlarini darоmadlari hisоbidan qоplashi kеrak.

Milliy valyutaning barqarоrligini ta’minlash uchun O’zbеkistоn Rеspublikasi Markaziy banki qatоr muhim vazifalarni hal etadi. Ularning asоsiylari quyidagilardan ibоrat:

-mоnеtar siyosatni va valyutani bоshqarish siyosatini shakllantirish, qabul qilish hamda amalga оshirish;

-O’zbеkistоn Rеspublikasida hisоb-kitоblarning samarali tizimini tashkil qilish va ta’minlash;

-banklar faоliyatini tartibga sоlish va banklar faоliyati ustidan nazоrat qilish;

-O’zbеkistоn Rеspublikasining rasmiy оltin, valyuta zahirasini saqlash va ularni bоshqarish;

-Mоliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjеtining kassa ijrоsini tashkil etish;

O’zbеkistоn Rеspublikasi qоnunlariga asоsan bank - bu tijоrat muassasasi bo’lib, jismоniy va huquqiy shaxslarning bo’sh turgan pul mablag’larini jalb qilish va ularni o’z nоmidan, to’lоvlilik, muddatlilik, qaytarib bоrish sharti asоsida jоylashtirish оpеratsiyalarini va bоshqa bank оpеratsiyalarini bajaradi.



Pul agregatlari

Sana 

Keng ma’nodagi pul massasi
(M2)*

shu jumladan:

Milliy valyutadagi pul massasi

shundan:

Chet el valyutasidagi depozitlar,
milliy valyuta ekvivalentida

Pul massasi
(M1)**

shundan:

Milliy valyutadagi boshqa depozitlar




Muomaladagi naqd pullar
(M0)  

Milliy valyutagadi talab qilib olinguncha depozitlar







1

2=3+8

3=4+7

4=5+6

5

6

7

8

01.01.2017

50 227

41 470

28 343

13 209

15 135

13 126

8 758

01.02.2017

50 682

42 127

28 184

13 535

14 649

13 943

8 555

01.03.2017

51 942

42 555

28 701

14 755

13 946

13 854

9 387

01.04.2017

54 144

43 898

29 605

15 934

13 670

14 293

10 246

01.05.2017

55 671

45 022

30 868

16 956

13 912

14 154

10 649

01.06.2017

57 075

46 309

31 854

17 803

14 052

14 455

10 766

01.07.2017

60 152

47 613

33 407

18 558

14 848

14 206

12 539

01.08.2017

60 778

48 058

33 034

18 583

14 451

15 024

12 720

01.09.2017

59 961

46 397

31 490

18 211

13 279

14 907

13 564

01.10.2017

71 348

47 792

34 508

20 311

14 198

13 284

23 556

01.11.2017

70 387

46 571

33 273

20 501

12 772

13 298

23 816

01.12.2017

70 542

45 966

33 434

19 820

13 615

12 532

24 575

01.01.2018

70 816

45 117

33 899

19 449

14 450

11 218

25 699

01.02.2018

71 381

44 852

32 770

19 007

13 763

12 082

26 530

01.03.2018

70 884

44 076

32 289

18 482

13 808

11 787

26 808

01.04.2018

71 475

45 718

33 063

18 230

14 833

12 654

25 757

01.05.2018

71 793

46 468

33 587

18 627

14 961

12 881

25 325

01.06.2018

73 212

48 628

35 165

20 035

15 130

13 463

24 584

01.07.2018

74 334

51 328

37 440

21 663

15 777

13 888

23 006

01.08.2018

75 519

53 494

38 686

22 507

16 179

14 808

22 025

01.09.2018

77 672

54 645

39 809

23 019

16 791

14 835

23 027

01.10.2018

78 782

53 211

37 765

22 405

15 360

15 446

25 572

01.11.2018

80 428

53 918

37 924

22 700

15 224

15 994

26 510

01.12.2018

78 576

53 245

36 721

21 908

14 813

16 524

25 331

01.01.2019

80 165

54 896

39 454

22 164

17 290

15 442

25 269

01.02.2019

79 035

51 833

36 253

21 325

14 927

15 581

27 202

01.03.2019

79 435

51 825

36 224

21 198

15 026

15 601

27 610

01.04.2019

79 523

54 127

37 426

21 576

15 850

16 701

25 396

01.05.2019

82 773

56 267

39 099

22 359

16 741

17 168

26 506

01.06.2019

87 473

59 375

41 571

23 878

17 693

17 803

28 099

01.07.2019

88 187

61 196

43 380

25 361

18 019

17 816

26 991

01.08.2019

90 263

62 238

43 594

25 387

18 206

18 644

28 025

01.09.2019

92 375

62 106

43 494

25 587

17 907

18 612

30 269

01.10.2019

91 372

62 967

43 160

25 071

18 088

19 808

28 405

01.11.2019

93 092

63 281

43 951

25 543

18 407

19 330

29 811

01.12.2019

90 145

61 221

42 064

23 976

18 088

19 156

28 924

* Keng ma’nodagi pul massasi (M2) Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) “Pul-kredit va moliyaviy statistikani shakllantirish qo‘llanmasi” dagi (PMSShQ 2016) konsepsiya va tasniflarga muvofiq Markaziy bank va boshqa depozit tashkilotlarining (tijorat banklari) majburiyatlari bo‘yicha olingan ma’lumotlari asosida hisoblangan. M2 o‘z ichiga muomaladagi naqd pullarni (bank tizimidan tashqaridagi) hamda boshqa moliyaviy tashkilotlar, davlat nomoliyaviy tashkilotlar, xususiy sektor hamda jismoniy shaxlarning milliy va chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha, jamg‘arma va muddatli depozitlarni oladi (PMSShQ 2016 muvofiq pul massasi tarkibiga kiritilmaydigan depozitlardan tashqari). Shuningdek, M2 boshqa depozit tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qarz qimmatli qog‘ozlarni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu qarz qimmatli qog‘ozlar boshqa moliyaviy tashkilotlar, davlat nomoliyaviy tashkilotlar, xususiy sektor hamda jismoniy shaxlar tomonidan saqlanadigan jamg‘arma va depozit sertifikatlarini aks ettiradi.
** Pul massasi (M1) o’z ichiga muomaladagi naqd pullar va milliy valyutadagi talab qilib olinguncha depozitlarni oladi.

Tijоrat banklarini fikrimizcha, shunchaki kоrxоna emas, maxsus kоrxоna dеb qarash zarur. Chunki tijоrat banklari ssuda kapitali xarakatini amalga оshiradi va shu asоsda bank o’z aktsiоnеrlariga, ya’ni paychilariga fоyda оlishni ta’minlaydi. Tijоrat banklari bank tizimining muhim bo’g’ini bo’lib, krеdit rеsurslarining asоsiy qismi shu banklarda yig’iladi va bu banklar huquqiy va jismоniy shaxslarga xizmatlarini ko’rsatadi.

O’zbеkistоn Rеspublikasida tijоrat banklari bank tizimining Markaziy bankdan kеyingi ikkinchi pоg’оnasi xisоblanadi.

Tijоrat banklarning bеlgilariga qarab quyidagi turlarga bo’lish mumkin. Mulkchilik shakliga qarab banklar: davlat bankiga, aktsiоnеr banklarga, kооpеrativ, xususiy, mintaqaviy, aralash mulkchilikka asоslangan banklarga bo’linadi.

Tijоrat banklari quyidagi asоsiy vazifalarni bajaradi.

1. Vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini yig’ish va ularni kapitalga aylantirish;

2. Kоrxоna, tashkilоtlar, davlat va axоlini krеditlash;

3. Muоmalaga krеdit pullar (muоmalaning krеdit vоsitalari) ni chiqarish;

4. Milliy iqtisоdiyotda xisоb-kitоblar va to’lоvlarni amalga оshirish;

5. Mоliya - valyuta bоzоrida faоliyat ko’rsatish;

6. Iqtisоdiy – mоliyaviy axbоrоtlar bеrish va kоnsultatsiya xizmatlarini ko’rsatish.

Kredit-moliya tizimining barqarorligini, uning alohida bo'g'inlari -birinchi navbatda tijorat banklari faoliyati barqarorligini taminlashi mamlakat Markaziy bankining asosiy vazifasi hisoblanadi. Markaziy bankning asosiy vazifalaridan ya'na biri kredit organlan (tizimi) faoliyatini tartibga solish va umumlasbtirishdan iboratdir.

Odatda Markaziy bank - bu davlat banki. Masalan, Angliya banki, Fransiya banki, Buides banki, Yaponiya banki, Sbvetsariya milliy banki, Finiyandiya banki va h.k. yagona banklardan tashkil topadi. Biroq AQSh Markaziy banki 12 hududiy Federal banklardan, ya'ni, federal zahira tizimi (FRS) boshqaruv kengashi tomonidan boshqariladigan bo'limlardan iboratdir.

Markaziy bank kapitalidagi mulk shakliga ko'ra ular Davlat (kapital davlatga tegishli), aksioner va aralash kapitalli turlarga bo'linadi.

Ba'zi Markaziy banklar Davlat banklari ko'rinishlarida shakllanadilar. Masalan, Nemis Federal Banki (Germaniya Buides banki). 1957 yilda u Rexs bankning davomchisi (1975 yilda paydo bo'lgan) sifatida snakllandi. Boshqa bir Markaziy banklar esa oldin xususiy bank (masalan, Angliya banki (1694), Fransiya banki (1800) kabilar) sifatida tashkil topib, keyinchalik esa natsionalizatsiya qilingan va davlat bankiga aylantirilgan.

Aksionerlik turidagi Markaziy bank qatoriga AQSIi FRS (Federal Rezerv sistemasi) bankini kiritish mumkin. FRS 1913 yildagi Federal Rezervasosida 21 paydo bo'lgan Aralash turdagi Markaziy banklar jumlasiga -kapitalida davlat mulki, aksioner mulki, xususiy mulk va kapital ishtirok etgan banklar kiradi. Markaziy bank funksiyalari uzoq yillar mobaynida deyarli o'zgarmaydi va aniq modifikatsiyalangan ko'rinishga egadir.

Turli iqtisodiy adabiyotlarda va o'quv darsliklarida Markaziy bank funksiyalari turlichatalqin qilinadi. Masalan V.M. Usoskjnining fikriga ko'ra, Markaziy bank funksiyafariga:

- kredit pullari (banknotlar) emissiyasi;

- banklar uchun va boshqa kredit tashkilotlari uchun turli xizmatlami amalga oshirtsh;

- hukumatning moliyaviy agenti funksiyasi;

- markaziashgan oltin-valyuta zahiraJarini saqlash;

- pul-kredit siyosati tadbirlarini o'tkazish kabilar kiradi.

"Moliya, pul muomalasi, kredit" kitobi mualliflari fikricha, Markaziy bankning asosiy funksiyasi: "muomalaga kredit pullari - banknotlarni chiqarish va pul muomalasini tartibga solishdan iboratdir".

Shunday qilib, Markaziy banklar - "banklar banki"ga aylantirib yuborildi, ya'ni, ularning mijozlari tijorat bankiari hisoblanadi. Markaziy banklar o'zlarinmg joriy (depozit) raqamlarida tijorat banklarining pul mablag'larini aks ettiradilar, ularning naqd pullarini to'ldirishga bog'liq operatsiyalarni amalga oshiradilar, tijorat banklariga kreditlar beradilar. Markaziy banklar ko' p hollarda Davlat bankirlari hisoblanadilar. Shu bilan birga, barcha emission banklarning yana bir asosiy funksiyalariga ochiq bozordagi operatsiyalar va deviz operatsiyalari kiradi. Ular davlatning qimmatbaho qog'ozlar, xorijiy va milliy valyutalami milliy valyuta kurslarini ushlab turish maqsadida sotadi va sotib oladi.

Lekin, umuman olganda, Markaziy banklar tomonidan bajariladigan operatsiyalar quyidagi to'rt guruhga (turga) bo'linadi:

1.Banknotlarning monopol emissiyasini amalga oshirish;

2.Markaziy bank - banklar banki hisoblanadi;

3.Markaziy bank - hukumat bankiri hisoblanadi;

4.Markaziy bank pul - kreditni tartibga soladi va bank nazoratini amalga oshiradi.

Yuqorida aytib o'tiiganlardan ko'rinadiki, umuman olganda, Markaziy bankning barcha funksiyalari o'zaro bog'liqdir. Davlatga kredit berish orqali Markaziy bank kredit muomala vositalarini yaratadi. Hukumatning rnajbiiriyatlarini chiqarish va qoplash orqali u ssuda foiziga ta'sir ko'rsatadi. Sanab o'tilgan funksiyalari orqali Markaziy bank o'zining asosiy ftmksiyasi - mamlakat pulkredit tizimini tartibga solish funksiyasiga asos yaratadi va iqtisodiyotni tartibga soladi.

Markaziy bankning pul-kredit siyosati umutniqtisodiy infratuzilmalarni tartibga solish, bozor konyukturasini yuqori darajada ushlab turish, bandlikka ta'sir o'tkazish, inqirozli tushumlarning oldini olishning ajralmas qismi sifatida namoyon bo'ladi. Pul-kredit siyosati usullari umumiy, ya'ni mamiakat kredit munosabatlari holatiga umumiy ta'sir ko'rsatuvchi yoki selektiv, ya'ni alohida olingan kredit turlariga ta'sir ko'rsatish uchun yo'naltirilgan hamda alohida korxona, jumladan, tarmoqlami kreditlash uchun yo'naitirilgan bo'lishi mumkin.

Pul-kredit siyosatining umumiy usullariga:

-Markaziy bankning hisobga olish siyosati yoki foiz stavkalarini tartibga solish siyosati;

-ochiq bozordagi operatsiyalar yoki davlat qimmatbaho qog'ozlarini sotib olish va sotish;

-majburiy zahira normalarini o'zgartirishlar kiradi.

Hisobga olish siyosati Markaziy bankning tijorat banklari uchun oxirgi navbatdagi zahira sifatida kreditoriga ayalanishi bilan bog'liq.

Majburiy zahira normalarini tartibga solish — bu hukumat talabi asosida tijorat banklarining belgilangan miqdordagi pul mablag’larining. Markaziy bankdagi foizsiz hisob varag'iga o'tkazilishidir.

Ochiq bozordagi operatsiyalar - bu markaziy bankning tijorat va g'azna obligatsiyalari va boshqa qimmatbaho qog'ozlarni bozor kursi yoki oldindan e'lon qilingan kurs bo'yicha sotib olishi va sotishi hamda qayta kelishuvlaridir.

Markaziy bank pul-kredit siyosatining selektiv usullariga:

-limitfar, kvotalar o'rnatish orqali kredit miqdorini yoki veksellarni hisobga olishni to'g'ridan-to'g'ri qisqailirish;

-kredit operatsiyalarining o'sish darajasini pasaytirish;

- alohida olingan turdagi kreditlar ustidan nazorat o'rnatish;

- alohida olingan jamg'armalarga yuqori foizlarni o'matish yoki umuman foiz stavkalarini tartibga solish va boshqalar kiradi.

Prezidentning 2019 yil 9 yanvardagi Farmoni bilan regulyator faoliyatining strategik maqsadli yoʻnalishlari qayd etilgan edi: narхlar barqarorligi, bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi, toʻlov tizimi barqarorligi va rivojlanishini ta’minlash. Farmonda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida uning faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari belgilandi. MBga koʻproq mustaqillik berish maqsadida u Hukumat mutasaddilik qiladigan organlar roʻyхatidan chiqarildi.

Markaziy bank toʻgʻrisidagi yangi qonun hujjati «Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida»gi, «Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida»gi va «Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida»gi qonunlar toʻplamida qabul qilindi hamda ular bilan kompleksda koʻrib chiqilishi kerak. Ushbu hujjatlarda takroriy normalar, хususan, MBning nazorat va boshqaruv vakolatlari hamda uning bank sektori va toʻlovlar sohasidagi funksiyalari, shu jumladan u tomondan koʻriladigan choralar va sanksiyalarga taalluqli bir-birini takrorlovchi normalar talaygina. Markaziy bankning pul-kredit siyosati, mamlakatda toʻlovlarni amalga oshirish, valyutani tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisidagi boblar bir-biriga mazmun jihatdan yaqin.

Sanab oʻtilgan hujjatlar kabi MB toʻgʻrisidagi qonunning yangi tahriri ham batafsillashtirish va aniqlashtirish darajasi, havolaki va blanket normalarni kamaytirishga toʻgʻridan-toʻgʻri harakat qilinishi bilan farqlanadi. Masalan, unda regulyatorning kredit tashkilotlari bilan oʻzaro munosabatlari va ularning хizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish choralari ochib berilgan.

Bir qator normalar MB хodimlariga taalluqlidir. Ular boshqa haq toʻlanadigan faoliyat (ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari) bilan shugʻullanishi, bankning boshqaruv organlariga va boshqa tijoriy tuzilmalarga kirishi taqiqlangan, хizmatga doir ma’lumotlarni sir saqlashga majburlar. Xodimlar tadbirkorlik sub’yektlarining, shu jumladan kredit va toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimi operatorlari, valyuta birjalari, kredit byurolari, bank хizmatlari autsorserlari va konsolidatsiyalashgan nazorat ostida boʻladigan sub’yektlarning moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini tekshirishlarda ishtirok etmaydilar.

MB хodimlari huquqiy jihatdan himoya qilinishi kafolatlangan – ular oʻz lavozim majburiyatlarini insofsizlik bilan bajarganligi uchun javobgar boʻladilar. Markaziy bank хodimlarning faoliyati yuzasidan olib boriladigan sud ishlarida, endi bankda ishlamayotgan boʻlsalar ham ularning manfaatlarini himoya qilish хarajatlarini oʻz zimmasiga oladi.


 A (n)=1+(ns+1-ns) * rs

Bunda: 

ns-foizlarni utkazish oraligini davomiyligini

(ns+1-ns)-vakt buyicha xar bir keyingi intervalning xajmi;

rs-xar bir intervaldagi foiz stavkasini xajmi.

FVn=PV*(1+r)n

a)Foiz stavkasi

r(t)= FV - PV

PV

Bunda:


Bunda: r(t)- foiz stavkasi

FV-kelajakdagi qiymati

PV-joriy qiymati

b) Xisob stavkasi (diskant) usgan kelajakdagi qiymatini summaga nisbatan olib aniqlanadi

d(t)= FV – PV

FV

(1+r)n –usish koeffitsienti yoki kupayish faktari.



FVn=PV*(1+r/m)mn

Bunda: 

m- bir yillik ajatmalar davri sanasi 

Bunda: 

(1+r)– diskantlash koeffitsienti





3. O'zbekiston banklarining rivojlanish yo'llari va islohotlari

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING QARORI

BANK XIZMATLARI OMMABOPLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA:

Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bank tizimida xizmatlar ko‘rsatishning bozor mexanizmlari joriy etilmoqda, ularning turlari kengaytirilmoqda, tadbirkorlar va aholi uchun moliyaviy ochiqlik oshib bormoqda.

Aholi uchun valyuta ayirboshlash amaliyotlarini amalga oshirishni yengillashtiruvchi yangi bank xizmatlari joriy etildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun imkoniyatlar yaratildi.

Shu bilan birga, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga, ayniqsa, hududlarda rioya etish hamda moliyaviy ochiqlikni kengaytirish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish madaniyati va bank tizimiga bo‘lgan ishonchni yanada oshirishda bir qator muammo va kamchiliklar kuzatilmoqda. Xususan:

birinchidan, kreditlarni ajratish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda vakolatlarning haddan tashqari markazlashganligi bosh banklar va ularning filiallari o‘rtasidagi javobgarlikning aniq chegaralanishiga to‘sqinlik qilmoqda;

ikkinchidan, kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqishning murakkablashgan mexanizmlari kreditlarni tezkor olish imkoniyatini chegaralamoqda;

uchinchidan, tijorat banklari tomonidan mikroqarzlar ajratilishi imkoniyatining mavjud emasligi mikroqarzlar olish darajasini oshirish imkonini bermayapti, mikrokredit tashkilotlar va lombardlarning xizmatlari bo‘yicha yuqori foiz stavkalari aksariyat holatlarda iste’molchilarning moliyaviy holati yomonlashishiga olib kelmoqda;

to‘rtinchidan, chakana bank xizmatlari bozorining past darajada rivojlanganligi va mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishning zamonaviy yondashuvlari mavjud emasligi ortiqcha byurokratiya va sansalorlik uchun zamin yaratmoqda;

beshinchidan, bank kartalari asosida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish bo‘yicha davlat protsessing tashkilotining mavjud emasligi chakana to‘lov tizimlarining xavfsizlik, uzluksizlik va ishonchlilik darajasiga ta’sir ko‘rsatmoqda hamda aholining keng qatlamlari uchun ochiq bo‘lgan innovatsion loyihalarni amalga oshirishda zamonaviy texnologik yechimlarni ilgari surishga to‘sqinlik qilmoqda;

oltinchidan, kreditlarni (mikroqarzlarni) ko‘rib chiqish va ajratish uchun xizmat haqi hamda boshqa to‘lovlarning undirilishi qarzning real qiymati oshishiga olib kelmoqda;

yettinchidan, shartnomalarga xizmatlar tariflarini, ajratilgan kreditlar va jalb qilingan depozitlar bo‘yicha foizlarni bir tomonlama o‘zgartirish huquqini nazarda tutuvchi shartlarning kiritilishi, shuningdek, bir xizmatning qo‘shimcha xizmatdan foydalanish sharti bilan ko‘rsatilishi bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini buzmoqda;

sakkizinchidan, bank to‘lov kartalaridan chet el valyutasini echish bo‘yicha cheklovlarning mavjudligi va bankomatlar sonining yetarli emasligi valyuta ayirboshlash amaliyotlarini bajarishda talab darajasida xizmat ko‘rsatish imkonini bermayapti.

Mazkur muammolarni bartaraf etish, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilishni ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish va innovatsion rivojlanishning tendensiyalarini inobatga olgan holda moliyaviy ochiqlik darajasini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:

1. Bank xizmatlari ommabopligining oshirilishini va bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalaridan biri ekanligi belgilab qo‘yilsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tuzilmasida bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash, moliyaviy ochiqlikni hamda aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish asosiy vazifalari bo‘lgan Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish vazifalarini bajarishda:

bank tizimida tizimli kamchiliklar va bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari buzilishlarini aniqlashga, shuningdek, ularning oldini olishga;

bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan kredit tashkilotlariga nisbatan javobgarlik choralari ko‘rilishini ta’minlashga;

bank xizmatlari iste’molchilarining buzilgan huquqlarini tiklashda maslahat berish va ko‘maklashishga;

moliyaviy ochiqlik darajasini oshirishga va bank xizmatlari iste’molchilarining savodxonligini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratsin.

3. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-iyuldan tijorat banklari:

dastlabki ruxsatlarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mijozlarga bevosita xizmat ko‘rsatish hududiga to‘sqinliksiz kirish;

mijozlarni dastlabki qabul qilish ma’muriyat xodimlaridan ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari to‘g‘risida dastlabki maslahatlarni olish;

kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risida qaror qabul qilishning bosqichma-bosqich jarayonini va kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risida xabardor qilish yoki uni berishni asoslantirilgan holda rad etish tartibini ko‘rsatgan holda kredit buyurtmalarini shaffoflik asosida ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘rib chiqish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

4. Kredit tashkilotlariga:

mikroqarz shartnomalari, shuningdek, lombardlar tomonidan tuzilgan kredit shartnomalari bo‘yicha yillik qarz summasining yarmidan ko‘p miqdorida foizlar hisoblash, komissiya va neustoyka (shtraf, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qo‘llash;

kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqish, ssuda hisob raqamlariga xizmat ko‘rsatish, kreditlar ajratish uchun to‘lovlar, shuningdek, jismoniy shaxslar va kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan kreditlar (mikroqarzlar)ni muddatidan ilgari uzilganligi uchun neustoyka undirish taqiqlanadi.

5. Tijorat banklariga:

bank faoliyatining ilg‘or xalqaro tajribasini o‘rganish hamda bank xizmatlari va mahsulotlarining yangi turlarini joriy etish;

banklar filiallari va mini-banklar qoplanishini hamda bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarni hisobga olgan holda banklar filiallari va mini-banklari tarmog‘ini kengaytirish;

filiallarning kredit ajratishda bosh banklar bilan qo‘shimcha kelishuvsiz mustaqil qarorlar qabul qilish bo‘yicha huquqlarini kengaytirish tavsiya etilsin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:

a) 2018-yil 1-aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro to‘lov kartalariga sotib olingan xorijiy valyutani tijorat banklari tomonidan belgilangan limitlar doirasida naqd shaklda echib olish mexanizmini joriy etsin;

b) 2018-yil 1-aprelga qadar tijorat banklari bilan birgalikda xorijiy valyutaning oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirilishini va xalqaro to‘lov kartalaridan pul mablag‘larining xorijiy va milliy valyutadagi muddatli omonatlarga o‘tkazilishini ta’minlovchi jismoniy shaxslarning hisobvaraqlarini masofadan turib boshqarish tizimini joriy etsin;

v) 2018-yil 1-mayga qadar:

Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

qonun hujjatlariga tijorat banklariga mikroqarzlar ajratish huquqi berilishini nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari kredit tashkilotlari tomonidan buzilgan taqdirda ularga nisbatan Markaziy bank tomonidan sanksiyalar qo‘llanilishiga doir normativ-huquqiy hujjatlarga qo‘shimchalar kiritsin;

tijorat banklari tomonidan potensial qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini baholash hamda jismoniy shaxslarga va kichik tadbirkorlik subyektlariga kreditlar (mikroqarzlar) ajratish muddatlarini qisqartirish imkonini beruvchi o‘z skoring modelini yaratish imkoniga ega bo‘lgan kredit byurosida skoring modeli mavjudligi bo‘yicha talab o‘rnatilishini nazarda tutuvchi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

g) 2018-yil 1-iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda banklar — mahalliy va xalqaro bank kartalari bo‘yicha hisob-kitoblar ishtirokchilari o‘rtasida axborot va texnologik o‘zaro munosabatlarni ta’minlovchi Milliy bank protsessing markazini tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqsin, uning asosiy vazifalari etib quyidaglar belgilansin:

tranzaksiyalarning xavfsiz va uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlovchi milliy chakana to‘lov tizimini tuzish va rivojlantirish;

qulay to‘lov xizmatlarini yaratish va rivojlantirish;

naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirishda innovatsion mahsulotlarni, shu jumladan bevosita muloqotsiz va mobil texnologiyalarni rivojlantirish hamda ilgari surish;

bevosita muloqotsiz va mobil texnologiyalarni, birinchi navbatda, ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish, transport, savdo, umumiy ovqatlanish sohalarida, ayniqsa, hududlarda joriy etish;

xalqaro to‘lov tizimlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;

d) 2018-yil 1-iyulga qadar O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi va tijorat banklari bilan birgalikda mahalliy to‘lov tizimlarini norezidentlarning to‘lov kartalarini barcha to‘lov terminallari tarmog‘i orqali qabul qilish imkonini beradigan asosiy xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiyalash jarayonini tugallasin;

e) 2018-yil 1-noyabrga qadar tijorat banklari bilan birgalikda, ayniqsa turistlar ko‘proq boradigan joylarda kunu-tun ishlaydigan avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkil etilishini ta’minlasin.

7. O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasiga uning bank xizmatlari ommabopligini oshirishdagi va bank faoliyatini takomillashtirishdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish tavsiya etilsin:

O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish konsepsiyasini tasdiqlash;

bank tizimi xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or xalqaro tajribadan kelib chiqib, xorijiy banklar bilan tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish;

bank xizmatlari ommabopligining dolzarb muammolari yuzasidan mavzuga oid izlanishlar olib borish, xalqaro tajribani o‘rganish va uni respublika bank xizmatlari bozorida qo‘llash yuzasidan takliflar ishlab chiqish, banklar va ularning mijozlari uchun axborot-tahliliy va konsalting xizmatlarini tashkil etish;

masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy va ilg‘or bank xizmatlari turlarini amaliyotda joriy etish tashabbuslarini ilgari surish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish;

bank xizmatlarining yangi turlari va mahsulotlarini aniqlash hamda ularni keyinchalik respublika banklarida joriy etish maqsadida ilg‘or chet el bank faoliyatini o‘rganish.

8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda:

jamg‘arib boriladigan pensiya tizimidagi fuqarolar uchun hisoblangan mablag‘lar;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga fuqarolarning hisoblangan sug‘urta badallari;

soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisoblangan qarzdorliklari;

identifikatsiyalash uchun jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari;

jismoniy shaxslarning mulki va boshqa olgan daromadlari;

yuridik shaxslarning moliyaviy holati to‘g‘risidagi axborotlarni olish imkonini beruvchi davlat organlari va kredit byurosi o‘rtasida ma’lumotlarni qayta ishlash va elektron almashish Yagona idoralararo axborot tizimini yaratish.

9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tijorat banklariga filiallar, mini-banklar va avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalarini belgilangan tartibda ajratishda ko‘maklashsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi va tijorat banklari tomonidan ishlab chiqilgan bankomatlar tarmog‘ini qo‘shimcha tarzda kengaytirishning 2018-yilga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.

11. Tijorat banklari va protsessing tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan, bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) 2020-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga ozod etiladigan uskunalar, dasturiy ta’minot, butlovchi va boshqa materiallar ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

* 1- va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.

12. Vazirlar Mahkamasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan taqdim etiladigan tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning amaldagi mexanizmini bank kreditlari bo‘yicha foizli xarajatlarning ayrim qismlarini qoplashda respublika hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqqan holda tabaqalashtirilgan yondashuv uslubini qo‘llash asosida qayta ko‘rib chiqsin.

13. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning roli, ularning iqtisodga ta'siri o'sib bormoqda.

Banklar va uning krediti mavjud Kapital tarmoqlar o'rtasida, ishlab chiqarish va muomala sohasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.

Oxirgi yillarda tijorat banklarining soni, ular bajaradigan operatsiyalar, ularning ustav fondi va qo'yilmalari salmog’i oshib bormoqda. Hozirgi kunda O'zbekistonda 30 dan ortiq tijorat banklari faoliyat ko'rsatmoqda.

O'zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonunida tijorat banklarining quyidagi operatsiyalari qayd qilingan:

1. Mijozlarning hisob varaqalarini yuritish;

2. Mijozlarga kassa xizmati ko'rsatish;

3. Mijozning topshirig'iga binoan naqd pulsiz hisob-kitoblami bajarish;

4. Qisqa yoki uzoq muddatli kreditlar berish;

5. Shartnoma yoki pullik asosida, buyurtraachining topshirig'iga binoan, kapitat qo'yilmalarini mablag' bilan ta'minlash;

6. Bo'sh pul mablag'lari - depozitlarini muomalaga jalb qilish;

7. Aholidan omonatlarni qabul qilish;

8. Faktoring operatsiyalarini amalga oshirish;

9. Lizing operatsiyalari ni amalga oshirish;

lO.Davlatning hamda boshqalarning qimmatbaho qog'ozlarini xarid qilish va sotish;

11.Xorijiy valyuta va qimmatbaho metallarni xarid qilish va sotish;

12.O'z mijozlari uchun kafolat va majburiyatlar berish;

13.Byudjetning kassa ijrosini bajarish;

14. Bank operatsiyalari bo'yicha maslahatlar berish va boshqa operatsiyalar.

Banklarning operatsiyalari ularning bevosita faoliyati (vazifasi) orqali amalga oshiriladi. Sunday vazifaiar, yuqorida ko'rib o'tganimizdek, o'zaro bog'liq ikki turga bo'linadi. Passiv bank mablag'larini shakkitantirish bo'yicha operatsiyalar. Aktiv -- bunday mablag'larni joylashtirish hamda foydalanish biian bog'liq operatsiyalar.

Bank mablag'lari o'ziga tegishli va jalb etilgan mablag'lardan vujudga kefadi. O'ziga tegishli mablag'lar odatda banklar tasarrufidagi barcha ntablag'laming faqat uncha katta bo'Imagan qismlarini tashkil etadi. Ularning asosiy qismi depozitlar yoki banklarning mijozlariga qarashli omonatlardan iborat.

Bankning aktiv operatsiyafariga awalo beriladigan foizli ssudalar yoki kreditlar kiradi.

Qimmatli qog'oz garovga olinib beriladigan ssudalar, shunmgdek, mana shunday qog'ozlami xarid qilish operatsiyalari fond operatsiyalari deb yuritiladi.

Bugungi kunda respublikada davlat mulkini xususiylashtirish bilan bog'liq jarayonlar keng o'rin olganligi sababli, korxonalarga tegishli qiinmatli qog'ozlar bozoriga nisbatan davlat qimmatli qog'ozlar bozori aktiv harakat qilmoqda.

Bu bozorda asosiy qatnashchilar sifatida esa tijorat banklari may donga chiqmoqda.

Respublika iqtisodiyotiga kirib keiayoigan "Lizing" jarayonlari bugungi kunda ishlab chiqarishni texnika va texnologiya bilan ta'minlash hamda qayta jihozlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tijorat banklari tomonidan olib borilayotgan bank faoliyatiga bugungi kunda "Trast" xizmatlari ham kirib kelmoqda. Trast xizmatlari respubiika banklari uchun yangi hisoblansa-da, uni o'ziashtirish sohasida ko'plab ishiar olib boriimoqda. Jahon banklari ish faoliyatida axborotlarni sotisb va moliyaviy maslahatlar kabi xizmatlar ham keng o'rin olgan. Bizning oldimizda turgan masalalardan biri ham bu sohani o'rganishdir.

"O'zbekistonning moliyaga doir yordamchi tarmoqlarini, mamlakatning bank tizimini takomiilashtirish biz uchun birinchi navbatdagi vazifadir" ,- deya e'tirof etilgan. Chunki Mustaqillik e'lon qilingunicha mamlakatda mustaqil bank tizimi mavjud emas edi va mavjud bank muassasalari sobiq Ittifoq bank tizimining tarkibiy qismi hisoblanardi.

O'zbekistonda bank tizimini shakllantirish jarayonini shartli ravishda bir necha bosqichlarga bo'lish mumkin.



4. Pul-kredit siyosatining asosiy yo'nalishlari

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish