Bog'liq Banklar faoliyatini nazorat qilish tushunchasi
II BOB. Tijorat banklarida ichki nazoratni amalga oshirishning joriy holati tahlili 2.1 . Banklarda ichki nazoratni amalga oshirish tartibi va tahlili
Bugungi kunda mamlakatimiz tijorat banklarida ichki nazorat ishini
tashkillashtirish, uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, ushbu jarayonda
har bir xodimning faol ishtirokini ta’minlash muhim masalalardan biri
hisoblanadi. Umumiy jihatdan olib qaraganda bank ichki nazoratida bank barcha
xodimlarining o’z o’rni bor, ya’ni bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan
lavozim majburiyatlarida har bir xodimning operatsiyalarni bajarishdagi
faqatgina o’zigagina tegishli huquq va majburiyatlari belgilanadi va ana shu
majbuiyatlar ichida nazorat mexanizmini amalga oshirishdagi shu xodimga
tegishli ma’lum vazifa aniq ko’rsatilgan bo’ladi. Bu holat xodimning ichki
nazorat xizmatiga to’g’ridan-to’g’ri aloqadorligini anglatmaydi, lekin bank
asosan mijozlar mablag’lari bilan ish olib borishini inobatga olganda nazorat har
bir bo’g’inda shartligi yaqqol ko’rinadi. Mamlakatimiz tijorat banklarida ichki
nazoratning amaliy jihatdan tashkil qilinishini inobatga olib, bank ichki
nazoratining asosiy ish yo’nalishlarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Bankda kundalik hujjatlashtirish va xodimlarning o’z xizmat
vazifalarini to’laqonli bajarishini nazorat qilish.
2. Banklarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat ishini
tashkil etish.
Ichki nazoratning birinchi yo’nalishi yuzasidan asosiy meyoriy hujjat
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2008-yil 3-mayda qabul
qilingan 674-sonli “O’zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini
yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to’g’risida yo’riqnoma”
hisoblanadi. Shuningdek tijorat banklari tomonidan ishlab chiqilgan ichki
meyoriy hujjatlar va xodimlarning xizmat vazifalari to’g’risidagi buyruqlar
shular jumlasidan.
Bank faoliyati nazorati administrativ va moliyaviy nazorat liniyalari orqali
amalga oshiriladi: Administrativ nazorat bank operatsyalarini faqatgina bank
tomonidan o’rnatilgan xizmat vazifalari taqsimoti asosida amalga oshirilishini
ta’minlashi zarur. Moliyaviy nazorat aktivlar butligini saqlash, operatsiyalarning
me’yoriy hujjatlar asosida bajarilishi, bank operatsiyalarini hisob va hisobotda
to’g’ri aks ettirish va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlashga
qaratiladi.
Administrativ va moliyaviy nazorat dastlabki, joriy va so’nggi nazorat
tartibida amalga oshadi. Bunda xodimlar faoliyatining nazorati uch xil
ko’rinishda amalga oshadi: dastlabki, joriy va so’nggi.
Dastlabki nazoratda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish jarayoni
nazoratga olinadi. Ichki nazorat xizmati bankda xodimlar bazasiga nisbatan
o’rnatilgan mezonlarga amal qilinishini nazorat qiladi.Ushbu mezonlar xizmat
yo’riqnomasida to’la aks ettiriladi. Bunda xodimning klassifikatsiyasi
(ma’lumoti, ish tajribasi) va individual xususiyatlariga katta etibor beriladi.
Joriy nazoratda ichki nazorat xizmati bank xodimlari tomonidan
operatsiyalar bajarishda qabul qilingan meyorlarga amal qilinishini doimiy
monitoring qiladi.Shuningdek, xodimlarning o’z xizmat majburiyatlariga
to’laqonli amal qilishi ham nazorat ostiga olinadi.
So’nggi nazoratda bankda mavjud ma’lumotlardan xodimlarning
foydalanish imkoniyati, ya’ni xodimning ma’lumotlar bazasiga kirish yoki
kirmasligi to’la nazorat qilinadi.Shu o’ rinda aytib o’tish kerakki, hozirgi vaqtda
tijorat banklarida xodimlarning bank amaliyotlarini mavjud meyoriy asoslarga
tayanib bajarishiga ichki nazorat tizimida katta e’tibor berilmoqda.
Xodimlarning bank operatsiyalarini to’g’ri bajarishi keyingi nazorat tomonidan
muntazam kuzatib boriladi. Bugungi kunda bank operatsiyalarining
murakkablashib borayotganini inobatga olib xodimlarni murakkab amaliyotlar
bo’yicha muntazam malakasini oshirib borish eng asosiy vazifalardan biridir.
O’zbekiston Respublikasidagi mavjud qonunchilikka asosan moliyaviy
nazorat tizimida buxgalteriya operatsiyalarining dastlabki nazorati front ofis 35
xodimlari yoki mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan operatsiyalar samaradorligi,
ularning bank ichki siyosatiga hamda amaldagi qonunchilikka mosligini
ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Agar operatsiyalar xalqaro
shartnomalar asosida xorijiy valutada amalga oshirilayotgan bo’lsa, shartnoma
shartlariga rioya qilinishi ta’minlanadi. Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlari
qabul qilinayotganda quyidagi jihatlarga kata e’tibor qaratilishi kerak:
Ularning O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning normativ-huquqiy
hujjatlarida belgilangan shakldagi blankda yozilib to’g’ri rasmiylashtirilganligi;
Barcha rekvizitlar to’liq va to’g’ri to’ldirilganligi;
Ushbu pul hisob-kitob hujjatlarida bo’yash, chizish va tuzatishga yo’l
qo’yilmaganligi;
Hisobvaraqni tasarruf etuvchilarning imzolari va muhr izi taqdim etilgan
namunalarga mosligi va boshqalar.
Dastlabki nazoratni amalga oshirgan xodim quyidagi hollarda pul hisobkitob hujjatini ijro uchun qabul qilmaydi:
Hujjatda belgilangan talablarga zid kamchilik va nuqsonlar aniqlansa;
Hujjatda summa, mijozlar nomi va ularning hisobvaraqlari raqami
o’zgartirilgan bo’lsa ;
Hujjat mijozlar tomonidan o’zaro kelishilgan tartibda o’zgartirish kirtilgan
bo’lsa;
To’lov talabnomalari sanasi bank qabul qilgan sanaga mos tushadigan
reestri mavjud bo’lmagan holda;
Mijozning talab qilib olinguncha deposit hisobvarag’ida to’lov uchun
yetarli mablag’lar mavjud bo’lmaganda (budjetga va budjetdan tashqari
jamg’armalarga to’lovlar bo’yicha taqdim qilingan to’lov topshiriqnomalari
mijozning hisobvarag’ida to’lov uchun yetarli mablag’lar mavjud bo’lmaganda
2-son kartatekaga qabul qilinadi);
To’lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo’ yish uchun foydalaniladigan
e’lonlarning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo’lmasa. 36
Joriy nazorat bek ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan pul
hisob-kitob hujjatlarining asl va elektron nushalarini qabul qilgandan so’ng
amalga oshiriladi. Joriy nazoratda xodim quyidagi nazorat tadbirlarini amalga
oshiradi;
Dastlabki nazoratdan o’tkazilgan to’lov hujjatlarining to’g’ri
rasmiylashtirilganligi va ularning electron nushalarining to’g’ri
rasmiylashtirilganligini qaytadan tekshiradi;
Hujjatlardagi muhr izi va imzolarni o’zlarida mavjud muhr izi va imzo
namunalari bilan solishtiradi;
To’lov hujjatlarinig asl nushasida front ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi
buxgalterning imzolari va shtampi borligini tekshiradi;
Bankning ichki moliya-xo’jalik operatsiyalari bo’yicha kelib tushgan
to’lov hujjatlarining asl va elektron nushalari hamda ushbu operatsiyalarni
amalga oshirish uchun asos bo’lgan bank tegishli bo’linmalari Xizmat
farmoyishlarining nushalari to’g’ri rasmiylashtirilganligi, xato va kamchiliklar
yo’qligi tekshiriladi.
Ma’lumki, bank tomonidan o’z aktivlari va passivlarining maqbul
tuzilmasini shakllantirgan holda likvidlilik tavakkalchiligini boshqarish tizimini
10 O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisobot ma’lumotlari asosida hisoblandi.
Takomillashtirishni ta’minlash orqali moliyaviy holatining barqarorligiga
erishildi. Xususan mazkur tavakkalchilik bank tomonidan Markaziy bankning
tegishli iqtisodiy me’yorlari bajarilishi, yuqori likvidli aktivlarning etarli
darajada saqlanishi hamda kundalik to’lov pozitsiyasi ustidan nazorat
o’rnatilishi orqali boshqarilmoqda.
Tijorat banklarining joriy likvidligining me’yori 30 %ni tashkil etishi
kerak. Yuqoridagi rasmdan ko’rinmoqdaki, bittagina bankdan tashqari, barcha
tijorat banklarimiz joriy likvidlik darajasi me’yori to’liq bajarilgan.
Tijorat bankining ichki nazorat tizimi bank faoliyatining jihatlari, asosiy
yo’nalishi, mijozlar bazasi va mijozlar hamda ularning operatsiyalari bilan
“Axbor reyting” reyting agentligi 2015 yil №38 –son ma’lumotlari asosida 41
bog’liq xatarlar darajasini hisobga olgan holda tashkillashtiriladi. Masalan, yirik
banklarda bu xizmat alohida department shaklida, shu bank filiallari tarmog’ida
esa alohida bo’lim sifatida tashkil etilib, xodimlar bazasi ham ichki nazoratni
muofiq darajada olib borish uchun yetarli bo’lishi zarur
Umuman mamlakatimiz tijorat banklarida ichki nazoratni tashkil etish va
uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash borasida umumiy jihatdan
yetarlicha huquqiy asos mavjud va bunda ko’proq e’tiborni ushbu yo’nalishning
bank boshqaruvida yetarlicha o’rin tutishini ta’minlashga qaratish kerak. Bunda
xodimlarni rivojlangan mamlakatlar bank tizimi, shuningdek xalqaro miqyosda
tashkil qilingan maxsus tashkilotlar (masalan FATFning hududiy guruhlari) ishfaoliyati bilan tanishtirish hamda ular tomonidan ishlab chiqilayotgan va
amaliyotga joriy qilinayotgan taklif va tavsiyalarni bevosita kuzatish
imkoniyatini yaratib berish lozim.