MAVZU:BANK HUJJATLARI VA BANK OPERATSIYALARI BO’YICHA HUJJATLAR AYLANISHINI TASHKIL QILISH REJA: KIRISH BANKLARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL QILISH ASOSLARI. BANKLARNING HISOBVARAQLAR REJASI BANKLARDA HUJJATLAR AYLANISHI VA BANK NAZORATINING TASHKIL QILINISHI XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Bozor munosabatlarini rivojlantirishning hozirgi bosqichida respublikamizda faoliyat yuritayotgan banklarning iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi roli tobora ortib bormoqda.
Shu bilan birga bank tizimida o’tkazilayotgan islohotlar ham nafaqat banklarning, balki butun iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlashda zarur bo’lib hisoblanadi.
Bank tizimidagi islohotlarning dastlabki qadami sifatida 1997 yil mart oyidan boshlab xalqaro andozalarga to’liq mos keladigan va banklar faoliyatini oydinlashtirish imkonini beradigan tijorat banklari va Markaziy bank hisobvaraqlarining yangi rejasini ishlab chiqilgan va amalyotga tadbiq etilganligini keltirish mumkin. Yangi hisobvaraqlarini amaliyotda joriy qilinishi banklar faoliyatini “oshkoraligi”ni, bank sarmoyadorlari, mijozlari va boshqa manfatdor foydalanuvchilar uchun ochiqligini ta’minlash imkonini beradi.
Respublikamiz bank tizimi buxgalteriya hisobi xalqaro andozalarga mos keluvchi yangi hisobvaraqlar tizimiga o’tishi munosabati bilan bank ishi va uning buxgalteriya hisobida ko’plab o’zgarishlar bo’lib o’tdi.
Ushbu o’quv qo’llanma “Bank ishi” yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarga mo’ljallangan bo’lib‚ u oliy ta’limning bakalavr bosqichida o’qitilishi rejalashtirilgan. “Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika” fani hamda magistratura bosqichida “Buxgalteriya hisobi” yo’nalishida o’qitiladigan “Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan o’quv va namunaviy dasturlari asosida yozilgan.
Mazkur o’quv qo’llanmadan “Bank ishi” yo’nalishida o’qiyotgan barcha oliy o’quv yurtlari, kollejlar, biznes maktablari talabalari, shuningdek bank mutaxassislari va banklarning buxgalteriya ishi bilan qiziquvchilar foydalanishlari mumkin. “Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika” o’quv qo’llanmasida banklarda buxgalteriya hisobining tashkil etishning barcha qirralari mujassamlashgan. Bunda banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etish asoslari, banklarda hujjatlashtirishni va bank nazoratini tashkil etish, batafsil yoritilgan. Ushbu qo’llanmada bank tomonidan bajariladigan hisob-kitob, kassa, ssuda, emissiya, banklararo operatsiyalar, bu operatsiyalarni hisobga olinishi va rasmiylashtirilishi batafsil yoritilgan. Qo’llanmada sanab o’tilgan operatsiyalarni yoritish davomida barcha oxirgi o’zgarish va yangiliklar inobatga olingan, lekin o’quv qo’llanmada ayrim kamchiliklar mavjud bo’lishi mumkin. Ushbu kamchiliklar bo’yicha o’z fikr mulohazalari va takliflaringizni bildirishingizni so’raymiz va bu uchun minatdorchilik bildiramiz. Mazkur qo’llanmani yoritish davomida o’z yordamlarini ayamagan kafedra mudiri, hamkasblarimiz hamda taqrizchilarga ham o’z minatdorchiligimizni izhor etamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |