O‘zaro jamg‘arma banklari
Tahminan 400 ga yaqin jamg‘arma banklarining yarimi shtat organlari tomonidan litsenziyalangan.Shtat hukumatlari bunday banklarni faoliyatini asosan boshqargan, bitta hisob raqam uchun 250 minga dollargacha summadagi depozitlar omonatlarni sug‘urtalash federal korporatsiyasi (OSFK) tomonidan sug‘urtalangan.O‘zaro jamg‘arma banklari ishlari ko‘p jihatlari OSFK normalari bilan boshqarilgan, OSFKda sug‘urtalanmagan depozitlar shtat sug‘urtalash fondlari hisobiga o‘z depozitlarini sug‘urtalashadi.
Filiallar ochish bo‘yicha o‘zaro jamg‘arma banklar faoliyati banklar joylashgan shtat organlari tomonidan boshqariladi.Bunday boshqarish normalari juda qattiq emas, o‘zaro jamg‘arma banklari aktivlari 25 mln.dollardan kam darajadadir.2
Mikrokredit muassasalari
BMT tomonidan insoniyatni global muammolarini hal etish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish va muvofiqlashtirish uchun qabo‘l qilingan ming yillik deklaratsiyasida kambag‘allik masshtabini kamaytirish maqsadi qo‘yilgan. Ushbu maqsadga erishishning hayotbaxsh strategiyalaridan biri bo‘lib mikrokreditlashtirish bo‘lib, bu o‘zining samaradorligini ko‘pgina davlatlarda ko‘rsatdi.
Hozirgi vaqtda mikrokreditlashtirish muassasalari dunyo bo‘yicha 500 mln.dan ortiq mijozlarga xizmat qiladi, ularning jami zayom portfeli 2,0 mlrd.dollardan oshiqdir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha mikrokreditlashtirish muassasalari 67,6 mln. oilaga foyda keltirmoqda, ularning katta qismi – 37,7 mln. mikrokreditlashtirish programmasiga ishtirok etishni boshlaganlarida juda kambag‘al oilalardan bo‘lganlar.
Mikrokreditlashtirishni tor va keng ma’noda qarash mumkin. Tor ma’noda mikrokreditlashtirish deganda unchalik katta bo‘lmagan kreditlar berish va lizing xizmatini ko‘rsatishga tushuniladi. Keng ma’noda esa, mikrokreditlashtirish deganda mikrokredit va mikrolizingdan tashqari mikrojamg‘armalar, mikrosug‘urtalar, pul o‘tkazmalari va konsalting xizmatlari kabi keng tarmoqli kreditviy xizmatlarni o‘z ichiga oladi.
Mikrokreditlashtirish muassasalari kichik tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash, aholining iqtisodiy aktivligini oshirish hisobidan yashash darajasini rivojlantirish va oilalar daromadini oshirishga yo‘naltirilgandir.
Mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi mikrokreditviy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs mikrokredit tashkilotidir.
Mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, sug‘urta, savdo-vositachilik va Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita shug‘ullanishga haqli emas. “Mikrokredit muassasalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mikrokredit muassasalarining boshqa mikrokreditviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlardan farqi, ular qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabo‘l qilishga ham haqli emas deb ko‘rsatilgan.
Mikrokredit muassasalari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin.
Mikrokredit muassasalari davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.
Mikrokredit tashkiloti ta’sis hujjatlari asosida faoliyat ko‘rsatadi. Mikrokredit tashkilotining ustav fondi pul mablag‘laridan, shuningdek mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol-mulkdan shakllantiriladi.
Mikrokredit tashkilotining ustav fondini shakllantirishda kreditga, garovga olingan mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori litsenziya olish uchun murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablag‘laridan shakllantirilgan bo‘lishi kerak.
Mikrokredit tashkilotining firma nomida "mikrokredit tashkiloti" so‘z birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa mikrokredit muassasalarining firma nomiga o‘xshash bo‘lmasligi kerak. Ushbu Qonun talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs o‘z nomida "mikrokredit tashkiloti" so‘z birikmasidan foydalanishga haqli emas.
Mikrokredit tashkiloti o‘zining firma nomi davlat tilida to‘liq yozilgan hamda joylashgan yeri ko‘rsatilgan muhriga ega bo‘lishi kerak. Muhrda ayni vaqtning o‘zida firma nomi boshqa tilda ham ko‘rsatilishi mumkin.
Mikrokredit tashkiloti o‘z nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va o‘z emblemasiga ega bo‘lishga haqlidir.
Mikrokredit muassasalari qonun hujjatlariga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda mikrokredit tashkiloti mikrokreditviy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini litsenziya olganidan keyin amalga oshiradi.
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish to‘g‘risidagi yoki litsenziya berishni asoslantirilgan holda rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish haqidagi ariza bilan murojaat qilingan va litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kun ichida qabo‘l qilinadi.
Bugungi kunda mikrokredit muassasalari mikrokredit yoki mikroqarz berish, qarz majburiyatini sotish yoki sotib olish (faktoring), mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan mikrolizing (kredit ijarasi) va qonun xujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikrokreditviy xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan iste’mol kredit berish bilan shug‘ullanmoqdalar. Mikrokredit muassasalari kredit siyosatiga muvofiq o‘rtacha yillik 60 % gacha mikrokreditlar bermoqdalar. Garov, ta’minot sifatida ular tilla taqinchoqlar, avtomobil vositalari va boshqa buyumlar qabo‘l qilishadi.Mikrokredit muassasalari o‘z faoliyatini belgilangan qonuniy hujjatlar asosida olib boradilar. Qonuniy baza to‘g‘ri va mustahkam bo‘lsa ularning faoliyati barqaror bo‘ladi.
Bugungi kunga kelib mikrokredit muassasalari asosan jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatishlari bilan, berilayotgan mikrokreditlarning uzog‘i bilan 3 ish kunida ajratilishi va ular asosan naqd pul shaklida berilishlari bilan tijorat banklarining ko‘rsatilayotgan xizmatlaridan bir muncha ustunlikga ega bo‘lib kelinmoqda.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda kredit muassasalari tomonidan iqtisodiyot sohalarini, xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni noan’anaviy kreditlash usullarini qo‘llangan holda rivojlantirish aholi bandligi va daromad darajasini ortishiga yordam beradi
Mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi mikrokreditviy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs mikrokredit tashkilotidir.
Mikrokredit tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi hududida bank hisobvaraqlarini belgilangan tartibda ochishga haqli.
Mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, sug‘urta, savdo-vositachilik va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita shug‘ullanishga haqli emas.
Mikrokredit muassasalari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin.
Mikrokredit muassasalari davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.
Mikrokredit tashkiloti ta’sis hujjatlari asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlarida muayyan tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxslar uchun qonun hujjatlarida belgilangan ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikrokreditviy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat to‘g‘risidagi;
boshqaruv organlarining tuzilishi va vakolatlari to‘g‘risidagi;
mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikrokreditviy xizmatlar ko‘rsatish uchun mablag‘larni shakllantirish manbalari to‘g‘risidagi;
mikrokredit tashkilotida audit o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi.
Mikrokredit tashkilotining ustav fondi pul mablag‘laridan, shuningdek mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol-mulkdan shakllantiriladi.
Mikrokredit tashkilotining ustav fondini shakllantirishda kreditga, garovga olingan mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori litsenziya olish uchun murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablag‘laridan shakllantirilgan bo‘lishi kerak. Mikrokredit tashkilotining firma nomida "mikrokredit tashkiloti" so‘z birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa mikrokredit muassasalarining firma nomiga o‘xshash bo‘lmasligi kerak. Ushbu Qonun talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs o‘z nomida "mikrokredit tashkiloti" so‘z birikmasidan foydalanishga haqli emas.
Mikrokredit tashkiloti o‘zining firma nomi davlat tilida to‘liq yozilgan hamda joylashgan yeri ko‘rsatilgan muhriga ega bo‘lishi kerak. Muhrda ayni vaqtning o‘zida firma nomi boshqa tilda ham ko‘rsatilishi mumkin. Mikrokredit tashkiloti o‘z nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va o‘z emblemasiga ega bo‘lishga haqlidir.
Mikrokredit muassasalari qonun hujjatlariga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda mikrokredit tashkiloti mikrokreditviy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini litsenziya olganidan keyin amalga oshiradi. Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish to‘g‘risidagi yoki litsenziya berishni asoslantirilgan holda rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish haqidagi ariza bilan murojaat qilingan va litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kun ichida qabo‘l qilinadi.
Mikrokredit tashkiloti litsenziya olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yoki uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
litsenziya berish haqidagi ariza;
mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari;
mikrokredit tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi;
mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllanganligini tasdiqlovchi bank hujjati.
Taqdim etilgan hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan talablarga nomuvofiq bo‘lgan va taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etishi mumkin.
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror buyurtma beruvchiga rad etish sabablari hamda buyurtma beruvchi mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qaytadan ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi.
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabo‘l qilinadi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari talablari, shu jumladan litsenziya talablari va shartlari buzilganda;
mikrokredit tashkilotining faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar mazkur tashkilot tomonidan bajarilmaganda.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabo‘l qilinadi:
mikrokredit tashkiloti to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lganda;
hisobot ma’lumotlari muntazam ravishda buzib ko‘rsatilganda;
mikrokreditlar berish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish litsenziya berilgan paytdan e’tiboran olti oydan ortiq muddatga kechikkanda.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qabo‘l qilinishi mumkin.
Litsenziyaning soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlangan taqdirda, u bekor qilinadi.
Mikrokredit tashkiloti quyidagi turlardagi mikrokreditviy xizmatlar ko‘rsatishi mumkin:
mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish;
qarz majburiyatlarini sotib olish va sotish (faktoring);
mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan mikrolizing (kredit ijarasi);
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikrokreditviy xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan iste’mol kreditlari berish.
Mikrokredit tashkiloti mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikrokreditviy xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq maslahat va axborot xizmatlari ko‘rsatishi mumkin.
Mikrokredit tashkiloti qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabo‘l qilishga haqli emas.
Mikrokredit tashkiloti quyidagilar hisobidan mikrokreditviy xizmatlar ko‘rsatadi:
o‘z mablag‘lari, shu jumladan olgan daromadlari;
investorlar, shu jumladan chet ellik investorlar tomonidan investitsiya shartnomalari asosida berilgan mablag‘lar;
banklarning kreditlari va davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari;
xalqaro kredit institutlari, nodavlat notijorat muassasalarining, shu jumladan chet el nodavlat notijorat muassasalarining grantlari va qarz mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kreditviy tizimning barqarorligini saqlash, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida "O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mikrokredit muassasalari faoliyatini tartibga solishni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda:
mikrokredit muassasalari ustav fondining eng kam miqdorini hamda kreditviy va kassa operatsiyalari o‘tkazishning, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishning mazkur tashkilotlar uchun majburiy bo‘lgan qoidalarini belgilaydi;
mikrokredit muassasalarining faoliyatini tekshiradi va ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga oid bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining malakasiga doir talablarni belgilaydi;
mikrokredit tashkiloti tomonidan ayrim kreditviy operatsiyalar o‘tkazishni uch oygacha bo‘lgan muddatga cheklaydi;
mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turadi, tugatadi yoki litsenziyani bekor qiladi.
Mikrokredit tashkiloti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda filiallar tashkil etishga haqli.
Mikrokredit tashkilotining filiali o‘z faoliyatini mikrokredit tashkiloti uchun berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Mikrokredit tashkilotini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Mikrokredit muassasalarining buxgalteriya hisobi barcha mikrokredit muassasalari uchun yagona bo‘lgan Mikrokredit muassasalarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisob ikki yoqlama yozuv usulida yuritiladi. Bunda har bir asosiy hisobvaraq yoki asosiy hisobvaraqlar guruhi uchun kontr-hisobvaraqlar mavjud bo‘lib, ulardan faqat buxgalteriya hisobi maqsadlari uchungina foydalaniladi. Balans hisoboti yoki shu kabi boshqa kreditviy hisobotlarda asosiy hisobvaraqlar aks ettirilib, kontr-hisobvaraqlardagi ma’lumotlari ko‘rsatilmaydi.
Buxgalteriya apparati mikrokredit muassasalarining hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar hisobini, hisob hujjatlarini rasmiylashtirish va nazoratini amalga oshiradigan xodimlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu tuzilma mikrokredit muassasalarining bosh buxgalteri tomonidan boshqariladi.
Har bir mikrokredit tashkilotida xodimlarning lavozim vazifalari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi zarur. Mazkur lavozim vazifalarining nusxalari tegishli xodimlarga tanishtiriladi va bosh buxgalter tomonidan imzo qo‘ydirib beriladi.
Buxgalteriya xodimiga, uning lavozim majburiyatlariga muvofiq ma’lum vazifalarni bajarish yuklatiladi.
Chiqim kassa operatsiyalari ustidan nazorat maxsus ajratilgan buxgalter-nazoratchi tomonidan, agar mikrokredit tashkilotida bu lavozim ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari tomonidan mikrokredit tashkiloti rahbarining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi. Shu bilan bir vaqtda mikrokredit tashkilotida chiqim kassa operatsiyalari bo‘yicha kassa chiqim jurnali yuritilishi lozim.
Hisobga olish hujjatlarida mikrokredit muassasalari operatsiyalari hisobining yuritilishini tashkil etish va hisobotlar tuzish hamda hisob va hisobotlarning saqlanishi ustidan rahbarlik bosh buxgalterga yuklatiladi, u bo‘lmagan vaqtda, mikrokredit tashkiloti rahbarining buyrug‘i asosida bosh buxgalterning o‘rinbosariga yuklatilishi mumkin.
Buxgalteriya xodimlarining ish kuni davomida mikrokreditlashga oid hisob hujjatlari rasmiylashtirilishi va ushbu hujjatlar asosida amalga oshirilgan operatsiyalar shu kunning o‘zida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aks ettirilishi lozim.
Har bir mikrokredit tashkilotida tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlar aylanish jadvali belgilanadi. Jadvalda hujjatlarning barcha ko‘rib chiqish jabhalari bo‘yicha o‘tish tartibi belgilanadi.
Kreditviy operatsiyalar amalga oshirilganda ularning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, shuningdek mablag‘lar va qimmatliklarning but saqlanishini tegishlicha nazorat qilish ta’minlanishi lozim.
Kassa chiqim operatsiyalari chiqim kassa orderi bilan rasmiylashtiriladi va nazorat qilinadi. Bosh buxgalter amalga oshiriladigan operatsiyalarning haqqoniyligini, qonun hujjatlariga mosligini, hujjatlar to‘g‘ri rasmiylashtirilishini tekshiradi. Kassa chiqim orderi ijrochi direktor va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi.
Kassa chiqim hujjatlarini to‘lov uchun kassaga yo‘naltirilish tartibi mikrokredit tashkiloti ijrochi direktori va bosh buxgalteri tomonidan o‘rnatiladi.
Kassa kirim operatsiyalarini rasmiylashtirish va mikrokredit tashkiloti kassa hisobvarag‘iga mablag‘larni kiritish faqat kassaga haqiqatda pul kelib tushganidan so‘ng amalga oshirilishi lozim.
Bunda kassa kirim orderi 3 nusxada rasmiylashtirilib, naqd pul topshirilgandan so‘ng, uchinchi nusxa naqd pul qo‘yuvchiga kvitansiya sifatida mikrokredit tashkiloti muhri va kassir imzosi bilan qaytariladi, ikkinchi nusxa buxgalteriyaga tegishli buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshirish uchun beriladi, birinchi nusxa kassa kunlik hujjatlariga tikiladi.
Mikrokredit tashkilotining bosh buxgalteri muhrlar, shtamplar va blanklardan foydalanish, ularning yo‘qolishi yoki suiiste’molchilik maqsadlarida foydalanish sharoitiga imkon bermaslik uchun tegishli ravishda saqlanishini ta’minlashi shart. Mikrokredit tashkiloti rahbarining buyrug‘i asosida bosh buxgalter muhrlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritadi. Mazkur kitobda muhrlar va burchak muhrlarining hisobi ularni saqlayotgan buxgalter hamda kassirlar familiyasi va lavozimi hamda biriktirilgan burchak muhrlarning izi ko‘rsatilgan holda imzo orqali rasmiylashtiriladi.
Mikrokredit muassasalarida buxgalteriya hisobini yuritish uchun Bosh va Yordamchi kitoblardan (sintetik va analitik hisob) foydalaniladi.
Bosh kitob bu hisobvaraqlar rejasi nomenklaturasiga mos hisobvaraqlar guruhi bo‘lib, kredit hisobotlarni (balans hisoboti, daromad va xarajatlar to‘g‘risida hisoboti va boshqalar) tayyorlashda ishlatiladigan yig‘ma ma’lumotlarni aks ettiradi.
Mikrokredit muassasalarida bosh kitob kunlik balans shaklida yuritiladi. Bundan tashqari bosh kitob balans hisobvaraqlari bo‘yicha mablag‘lar aylanmasi va qoldiqlari ma’lumotidan tashkil topishi mumkin. Bosh kitob ma’lumotlari quyidagi yordamchi kitoblar ma’lumotlari asosida shakllantiriladi:
- pul mablag‘larini hisobga olish kitobi;
- berilgan mikrokredit, mikrolizing, mikroqarz va boshqa mikrokreditlash operatsiyalarni hisobga olish kitobi;
- hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish kitobi;
- kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni hisobga olish kitobi;
- mehnatga haq to‘lashni hisobga olish kitobi;
- hisobot davri xarajatlarini hisobga olish kitobi;
- asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olish kitobi;
- kirim va chiqim kassa kitoblari.
Barcha kunlik operatsiyalar Yordamchi kitobda xronologik tartibda aks ettiriladi. Yordamchi kitob uchun manba bo‘lib quyidagi birlamchi buxgalteriya hujjatlari hisoblanadi:
- kirim kassa orderi;
- chiqim kassa orderi;
- memorial orderi;
- to‘lov topshiriqnomasi;
- kirim va chiqim bo‘yicha kassa kitoblari;
- boshqa birlamchi hujjatlar.
Yordamchi kitobni yuritishni soddalashtirish va qo‘shimcha nazorat uchun kassa operatsiyalari hisobi kirim va chiqim bo‘yicha kassa kitoblarida yuritiladi. Kun oxirida kirim va chiqim kassa kitoblaridagi qoldiqlar kassa bilan solishtiriladi. Mazkur daftarlardagi ma’lumotlar har bir hisobvaraq bo‘yicha alohida yig‘ilib, yordamchi kitobiga o‘tkaziladi. Kassa hujjatlari alohida tikib boriladi va ular kassada saqlanadi.
Mikrokredit tashkiloti kassa kitoblarining barcha varaqlari raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organ rahbari va bosh buxgalterining imzosi, shuningdek mikrokredit tashkiloti muhri bilan tasdiqlanadi.
Hisobga olish davri kreditviy operatsiyalar tahlilidan boshlanib, kreditviy hisobotlarni tuzish va hisobvaraqlarni yopishgacha bo‘lgan hisob jarayonining ketma-ket bosqichini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |