Baliqlarning yoshini aniqlash. Òurli baliqlarning yashash muddati turlichadir. Odatda, katta tirik vazngacha o‘sa oladigan baliqlar uzoqroq, kichik baliqlar esa kamroq yashaydilar. Uzoq yashaydigan baliqlar kechroq, kam yashaydiganlari esa ertaroq jinsiy voyaga yetadi. Oq bakra, bakrabaliq kabi baliqlar 100 yosh- gacha, zog‘orabaliq, laqqa, cho‘rtanbaliq, amur kabi baliqlar 30 yil va undan ko‘proq yashaydilar. Uzoq Sharq mintaqasidagi suvlarda yashovchi kit, gorbusha, chavicha deb nomlanuvchi baliqlar esa atigi 2—5 yil yashaydi, xolos.
Baliqlarning yoshini ularning tangachalaridagi yillik halqalar soniga ko‘ra aniqlash mumkin. Bu halqalar qish mavsumida baliq- larning o‘sishi to‘xtagan yoki o‘ta sekinlashgandan keyin, suvning harorati ko‘tarilib, o‘sishi jadallashgan oraliqda hosil bo‘ladi. Òangachalar tanadan yulib olinib, nashatir spirti bilan yuvilsa, undagi yillik halqachalarning ko‘rinishi osonlashadi. Ushbu halqa- chalar qancha bo‘lsa, baliqlar shuncha yoshga kirgan bo‘ladilar. Òangachalari yoki unda halqachalari bo‘lmagan baliqlarning yoshini suzgich qanotlarining suyaksimon tig‘larini olib, undan mikroton yordamida yupqa qalinlikda kesmalar tayyorlanadi. Bu kesmalarni ksilol, benzol yoki toluolda yuvib, mikroskop yoki lupa yordamida ko‘rilganda, yillik halqalarini ko‘rish va sanash mumkin.
Ushbu halqalari soniga ko‘ra ham baliqlar yoshini aniqlaydilar.
Baliqlarni o‘lchash shakli 35-rasmda berilgan
Naslli va ta’mirlash guruhidagi yosh baliqlarning individual ko‘rsatkichlari dalolatnomasi
Baliqchilik xo‘jaligi__ _ sanasi _ _ _ _ _ _
Zotga mansubligi miqdori Baliqning yoshi va toifasi _o‘rtacha og‘irligi Umumiy og‘irligi_ __ __ __ __ __ __ __ __ __ __ _
T/r
|
Belgi
|
Jinsi
|
Yoshi
|
Qoplami
|
Og‘irligi, kg
|
Qoplamgacha bo‘lgan uzunligi, sm
|
Tojining eng yuqori balandligi, sm
|
Tananing eng qalin joyi, sm
|
Semizlik koeffitsiyenti
|
Eksteryer
indekslari
|
Qo‘shimcha ma’lumotlar
|
Tana balandligi
|
Tana qalinligi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
35-rasm. Baliqlarni o‘lchash:
L — umumiy uzunligi; l — kichik uzunligi; C — bosh uzunligi;
H — tana balandligi; O — ko‘krak aylanasi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Baliqchilik sohasida iqtisodiyotning “Akvakultura” kabi samarali tarmog`ini rivojlantirish;
Baliqchilik tarmog`ini rivojlantirishda ekstensiv(1ga/30 sentnergacha) baliq o’stirish usulidan intensiv (1ga/100 sentnerdan ortiq) usulga o’tish;
To’dako’l suv omboridagi “Aqua-Tudakul” Qo’shma korxonasi baliqchilik sohasini rivojlantirishda olib borayotgan ilg`or tajribalarini (chavoqlar yetishtirish, serhosil baliq turlarini ko’paytirish va qayta ishlash) viloyatimizdagi suv havzalariga keng joriy qilish;
Sho’rko’l va To’dako’l suv omborlari hamda Aydar-Aynasoy ko’llar tizimidagi barcha suv havzalarini ilmiy asosda to’liq o’rganib chiqish.
Ekologik ta’lim va ekologik bilimlar targ`iboti tizimini, shuningdek barqaror rivojlanish uchun ta’lim tizimini joriy etishni davom ettirish;
95
Do'stlaringiz bilan baham: |