10
Akulalar turkumi
Akulalar ancha yirik, tanasi torpedasimon, dum suzgichi juda kuchli
rivojlangan. Terisini qoplab turgan tangachalari haqiqiy suyakli baliqlarnikidan
batamom farq qiladi. Ularning tangachalari qalin va yirik plastinkalardan iborat
bo‘lib, har qaysi tangacha ustida sirtdan emal bilan qoplangan tishsimon o‘simtasi
bo‘ladi. Akula jag‘ida bunday o‘simtalar tishlarga aylanadi. Barcha umurtqali
hayvonlar, shu jumladan, odamlarning tishlari ham akulalarnikiga o‘xshash
tuzilgan. Akulalar juda serharakat yirtqich baliqlar bo‘lib, ancha yirik hayvonlarga,
shu jumladan, cho‘milayotgan odamga ham hujum qiladi. Ko‘pchilik akulalar tirik
tug‘adi, ba’zi turlari tuxum qo‘yib ko‘payadi.
Akulalarning kattaligi har xil bo‘lgan 250 turi ma’lum. Ular orasida uzunligi 40–45
sm bo‘lgan tikanli akula eng kichigi, uzunligi 15 m keladigan gigant akula yoki 18
m ga yetadigan kit akulasi eng yirik hisoblanadi. Lekin bunday bahaybat
akulalarning tishlari juda mayda bo‘lib, ular mayda qisqichbaqasimonlar va
baliqlar bilan oziqlanadi.
Skatlar turkumi
Baliqlarni yoshi turlicha bo’ladi. Masalan: beluga – 100 yilgacha,
kambalalar 60 yilgacha sazon 16 yilgacha yashagani ma’lum.
Baliqlarni planetamiz bo’yicha iqtisodiy ahamiyati nihoyatda katta.
Hayvonlardan olinadigan jamiki mahsulotlarning 17 %i baliqlarga to’ri keladi.
Baliqlardan oziq ovqat maxsulotlaridan tashqari ular qoldiqlardan
hayvonlarga berish uchun “baliq uni” tayyorlanadi. Ko’pgina turlari jigaridan
(treskasimonlar, akulalar) shifobaxsh va texnik baliq yoi olinadi. Tangalaridan
sun’iy sadaf olinadi.
Akulalar, skatlar, som, beluga, ketalar terisi teri-galenteriya sanoati uchun
qimmatli hom ashyo hisoblanadi. Baliqlardan olinadigan ikra eng to’yimli ozuqa
xisoblanadi.
11
Baliqchilik
-
keyingi
30-40
yil ichida O’zbekistonda ayniqsa
Qashqadaryoda Qarshi cho’lini, yangi erlarni o’zlashtirish oqibatida ko’pgina suv
omborlari vujudga keldi. Bu vohamizda baliqchilikni sun’iy suv havzalarining
yaratilishiga asos bo’ldi.
Hozirgi kunda viloyatimizda bir qancha baliqchilik xo’jaliklari tashkil
etilgan bular Chimqo’ron, Tallimarjon va h.k.o.
Viloyatimizda baliqchilikni rivojlantirish uchun qimmatbaho baliq turlari
materikning turli regionlaridan keltirib iqlimlashtirilmoqda. Qadimdan viloyatimiz
suvliklarida uchta baliq turi uchrasa bugungi kunda 28 ta baliq turi
iqlimlashtirilgan.
Er yuzida baliqlarning 20 mingdan ortiq turi tarqalgan bo’lib umrtqali
hayvonlarning qariyb 50 % ini tashkil etadi. Baliqlar – butun er yuzi suvliklarida
(chuchuk va sho’r) er osti suvliklarida, qaynoq buloqlarda ham yashaydi.
Baliqlarning tabiatdagi roli nihoyatda katta, jumladan inson kundalik
hayotida ahamiyati juda salmoqli, ayniqsa oziq-ovqat maxsulotlari eng ko’p qismi
(ba’zi mamlakatlar axolisi uchun qazib hammasini) to’ri keladi.
Bevosita baliqlar bilan shuullanadigan fan ixtiologiya deb ataladi
(ixtios-baliq , logos-fan grekcha)
Insonlar qadimddan baliqlar bilan shuullanib kelgan. Qadimgi ibtidoiy odam
ham baliq ovlagan. Buni usha davrga mansub orlar devoridagi rasmlardan ko’rish
mumkin.
Baliqlar xaqidagi dastlabki ma’lumot Aristotel (Eramizgacha 384-322)
asarlarida uchraydi.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |