Mavzu: Bajardi: Tekshirdi: Samarqand 2016 Taklif


Bozor munozabati o’zgarishi



Download 69,66 Kb.
bet2/3
Sana02.07.2022
Hajmi69,66 Kb.
#732052
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
talab va taklif

Bozor munozabati o’zgarishi
Hozirda iqtisodiyot bozor iqtisodiyoti bo‘lib, bu nimani, qancha va kim uchun ishlab chiqarish zarurligini, buni bozordagi talab va taklifga qarab muqobil tanlov asosida hal etilishini bildiradi. Bozor — bu sotuvchilar va xaridorlarning tovarlarni pul vositasida oldi-sotdi etish borasida yuzaga keladigan o‘zaro manfaatli iqtisodiy
aloqalardir. Bozorda sotuvchilar va xaridorlar bir-biriga duch keladi. Sotuvchilar ma’lum turdagi tovarlarni bozorga chiqarib, uni ma’lum narxda xaridorlarga taklif etuvchilar bo‘ladi. Bular jumlasiga firmalar, aksioner jamiyatlar, fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, yakka tartibda ishlovchilar, yollanma ishchilar va davlat idoralari kiradi. Ayni paytda, shularning o‘zi bozorda xaridor vazifasini ham o‘taydi.
Ular bozorda bir narsani sotsa, boshqasini sotib oladilar. Firma bozorda o‘z tovarini sotsa, bozordan o‘ziga kerakli asbob-uskuna, xomashyo, yoqilg‘i va turli materiallarni sotib oladi. Ishchi o‘z kuchini bozorda sotgani holda, tirikchilik uchun kerakli tovarlarni bozordan xarid etadi. Xo‘sh, tovarning o‘zi nima?
Tovar – bu bozorda pul vositasida ayirboshlanadigan, ya’ni oldi- sotdi qilinadigan mahsulotlar va xizmatlardir. Tovarlar ishlab chiqarishda yaratiladi, so‘ngra bozorga chiqariladi, u yerdan sotib olingach iste’molga kelib tushadi.
Tovarlar dunyosi g‘oyat boy va rang-barang bo‘ladi. Hozir yer yuzida 25 mln xiltovarlar bozorda ayirboshlanadi.
Yirik supermarket xaridorlarga 20 –25 ming xil tovarlarni taklif etadi. Tovarlar pul vositasida ayir-boshlanadi. Tovar sotilganda u pulga ayirboshlanadi, u sotib olinganda esa, pul tovarga ayirboshlanadi. Pul bozor aloqalariga xizmat qiluvchi
hammabop iqtisodiy vosita, quroldir. Shu sababli bozor iqtisodiyoti pulga asoslangan iqtisodiyot hisoblanadi. Pul tovarlarni ayirboshlashga xizmat qiladi, sarf-xarajat va topilgan daromadni o‘lchash vositasi bo‘ladi va nihoyat jamg‘arish vositasi sifatida boylik to‘plashga xizmat qiladi. Pul iste’molchi qo‘lida tovarni xarid etishga xizmat qiladi. Bozordagi xaridorlar — bu ma’lum miqdordagi tovarlarni ma’lum narxda sotib olish ishtiyoqi va buning uchun puli bor bo‘lganlardan iborat. Bozordagi tovarni sotib olish uchun pul kerak, buning uchun esa nimanidir sotish kerak, shu bois xaridor sotuvchi vazifasini ham o‘taydi. Bozor har ikki tomonning hojatini chiqargani uchun manfaatli bo‘ladi, chunki sotuvchi o‘z tovarini pullashdan manfaat topsa, xaridor o‘ziga kerakli tovarni topib, iste’molini qondiradi.
Bozor iqtisodiyotda g‘oyat muhim vazifalarni bajaradi:
1. Ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni sotish orqali iste’molchilarga yetkazib beradi. Bozorda tovarlar ko‘p bo‘lib, ulardan keragini tanlab oladilar.
Tovarga to‘yingan bozor iste’molni to‘laroq qondiradi.
2. Ishlab chiqarishning uzluksiz borishini ta’minlaydi. Bozorda tovarlar sotilgach, xarajatlar qoplanadi, ya’ni sarflangan pul ishlab chiqaruvchiga ortig‘i bilan qaytadi. Bozordan tushgan pulga tadbirkorlar yangidan resurslar sotib oladilar, ularni ishlatib, qaytadan tovar yaratib, uni yana bozorga chiqaradilar. Shu taxlitda uzluksiz ishlab chiqarish yuz beradi, ya’ni u qayta va qayta takrorlanadi.
3. Iqtisodiyotni tartiblab turadi. Bozor nimani va qancha ishlab chiqarish zarurligi haqidagi signalni (axborotni) tadbirkorlarga yetkazib turadi. Signal vazifasini bozor narxi o‘taydi. Narxning ortishi tovarni ko‘plab chiqarishni, pasayishi esa uni kamroq ishlab chiqarish yoki undan tamomila voz kechish zarurligini bildiradi.
4. Xalqaro miqyosda o‘zaro manfaatli savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatadi. Oldi-sotdi aloqalari mamlakat chegarasidan chiqib, davlatlararo yuz beradi. Bu bilan mamlakatlar bir-biriga yaqinlashadi, ular iqtisodi bir- biriga bog‘lanib, o‘rtadagi mojarolar o‘rniga hamkorlik keladi. Bozordagi aloqalar ikki yo‘sinda, ya’ni bevosita va bilvosita yuz beradi. Bevosita aloqa o‘rnatilganda ishlab chiqaruvchining o‘zi mahsulotini iste’molchiga o‘zi sotadi, ular o‘rtasida hech kim turmaydi. Masalan, «Yulduz» tikuvchilik korxonasi o‘z tovarini iste’molchilarga o‘zining magazini orqali sotadi. Bilvosita aloqa o‘rnatilganda ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotini savdo firmalariga beradi, ular esa buni iste’molchiga sotadi. Masalan, «Yulduz» korxonasi o‘zi ishlab chiqargan kiyim-kechakni magazinlarga yoki mol-buyum bozoridagi kichik savdogarlarga sotadi, iste’molchi tovarni korxonadan emas, balki mana shulardan oladi. Bu yerda savdodagi vositachilik kelib chiqadi. Vositachilik vazifalarini bozor infratuzilmasi amalga oshiradi.
Bozor infratuzilmasi bozordagi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi firmalar, tashkilotlar va muassasalardir. Bular bozordagi sotuvchi va xaridorlarni bir-biriga bog‘lab turuvchi vositachilardir. Bozor infratuzilmasini birjalar, savdo uylari, auksionlar, brokerlar va dillerlar firmalari tashkil etadiki, bularning faoliyati bozorning rivojlanishida o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Ma’lumki, bozor munosabatlari o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bo‘lib, qonun asosida erkin faoliyat ko‘rsatish va mas’uliyatni zimmaga olishni talab etadi. Biroq, ayrim fuqarolarimiz qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar mohiyatini yaxshi bilmaslik oqibatida iqtisodiy jinoyatlar sodir etsa, ba’zilari esa hech kim sezmaydi, bilmaydi, deya yengil o‘ylab, qing‘ir ishga qo‘l urishmoqda.


Insonni ozodlikdan mahrum etish esa eng og‘ir jazolardan hisoblanadi. Lekin, uzoq yillik tajribadan ma’lumki, bu jazonning o‘zi qator ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Chunki, har bir inson ortida uning oilasi, farzandlari himoyasi, tarbiyasi, taqdiri turibdi. Shu bois, Prezidentimiz tashabbusi bilan bozor iqtisodiyoti sharoitida jinoiy jazolarni liberallashtirish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. 2001 yilda «Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonun qabul qilindi. Shuni alohida qayd etish kerakki, mazkur qonun milliy an’analarimiz, urf-odatlarimizni hisobga olgan holda qabul qilingan. Eng muhimi, mazkur qonun iqtisodiy sohadagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoni yengillashtirish va iqtisodiy ta’sir choralarini qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirdi.
Ijtimoiy xavfi uncha katta bo‘lmagan va og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlar jinoiy jazolarning liberallashtirilishi nechog‘li insonparvar ekanligini o‘z hayotlari misolida chuqur anglab yetdilar.
Shu o‘rinda yaqinda bo‘lib o‘tgan Oliy sud rayosati yig‘ilishida alohida qayd etilgan quyidagi raqamlarni keltirib o‘tishni o‘rinli, deb o‘ylaymiz. Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan jinoyat oqibatida yetkazilgan 51 milliard so‘mdan ortiq moddiy zarar qoplanganligi sababli 11 ming nafarga yaqin shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.
Fikrimizni Toshkent viloyati misolida davom ettirsak. Angren shahrida yashovchi Abdumo‘min Ro‘ziyev «GERADOT» xususiy firmani tashkil etganida oldiga qanday maqsadlar qo‘ygani bizga qorong‘u. Ammo u mansab vakolatini suiiste’mol qilib, jinoiy harakatlarini yashirish maqsadida firmaning hujjatlari, muhr va shtamplarini qasddan yo‘qotgan. O‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda ayblanib, ishi sudga oshirildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudi unga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. Prokuror protesti va sudlangan A.Ro‘ziyev shikoyati jinoyat ishi hujjatlari bilan birgalikda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rib chiqildi. Sudlov hay’ati Abdumo‘min Ro‘ziyev yetkazilgan moddiy zararning yarmidan ko‘prog‘ini qoplaganligi, to‘rt nafar farzandi borligi va boshqa holatlarni e’tiborga oldi. Uning xulqini ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlash yo‘li bilan qayta tarbiyalash mumkin, degan qat’iy xulosaga keldi va A.Ro‘ziyev qamoqdan ozod qilindi.
Yoki Oqqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi «Salomatlik markazi» mudiri U. Ergashev jinoyat ishini olib ko‘raylik. U 2004 yil avgustidan 2007 yil 7 aprelgacha Oqqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxona bosh shifokori lavozimida ishlagan davrida jinoiy sheriklari bilan hujjatlarni soxtalashtirib, juda ko‘p miqdordagi mablag‘ni o‘zlashtirgan. Apellyatsiya sudlov hay’ati U.Ergashev jinoiy sherigi bilan birgalikda yetkazilgan zararning sakson foizidan ortiq qismini naqd pul to‘lash bilan qoplaganligini e’tiborga oldi va unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinladi. Sho‘rolar zamonida esa ko‘p miqdorda kamomadga yo‘l qo‘ygan va o‘zlashtirganlar qamalishi, mol-mulki musodara qilinishi mumkin edi. Lekin insonparvarlik, odillik ruhi bilan sug‘orilgan hozirgi amaldagi qonunchilikda jinoyat sodir etgan shaxs yetkazilgan moddiy zararni qoplagan taqdirda sud tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llamaslik haqidagi normalar kiritildiki, bu jinoyat va jazo tushunchasiga mutlaqo yangicha yondashuvdir.
Shu o‘rinda bir mulohazani aytib o‘tish lozim. Qonunlarimizning insonparvarlik tamoyili — bu jinoyat jazosiz qoladi, degani emas. Iqtisodiy jinoyatlarga nisbatan jazolarning liberallashtirilishidan ko‘zlangan maqsad insonni qadrlash, uni kechirish, unga o‘z xatosidan xulosa chiqarib, halol yashash imkonini berish.
Hayot o‘zgarib borayapti. Unga hamohang qonunlar ham takomillashmoqda. Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlar fuqarolarning manfaatlarini samarali himoya etishga, demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishga xizmat qilmoqda.

Download 69,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish