Mavzu:Badiiy adabiyot oqrali bolalarni o’qishga bo’lgan qiziqishlarni uyg’otish.
Reja:
Badiiy adabiyot oqrali bolalarni o’qishga bo’lgan qiziqishlarni uyg’otish mazmuni.
Yosh bolalarda kitobga va kitobxonlikka qiziqishni shakllantirish muammosi
Kitob aqlga ham, yurakka ham faol ta’sir ko‘rsatadi: aqlni to‘ldiradi, yurakni hissiyotchan qiladi. Barchamiz bolalarimizning jasur va intiluvchan, diyonatli, e’tiqodli, aqlli bo‘lib voyaga yetishini istaymiz. Tarbiyada kitobning ahamiyati haqida juda ko‘p gapirish mumkin, biroq bolada kitobga muhabbat uyg‘otish mushkul ish.
Kitob o‘qish, avvalambor, qiziqishni talab qiladi. Biror narsaga qiziqmasdan turib kitob o‘qib bo‘lmaydi. Avvalo, kishi kitobni o‘z qiziqishlariga qarab o‘qigani ma’qul. Palapartish mutolaaning foydasi kamroq bo‘ladi. Kitobni sevgan inson hech kimga yomonlikni ravo ko‘rmaydi, xolisona fikr yuritadi. Kichkintoylarning dunyoqarashini shakllantirish, ularni to‘g‘ri yo‘lga solishda kitobdan muhimroq vosita yo‘q. Shuning uchun ham ota-onalar, o‘qituvchilar va kutubxonachilarning birinchi vazifasi yosh avlodda mutolaaga qiziqish va mehr uyg‘ota olishdir.
Qiziqtirish shaxsning shakllanishida, faolligini oshirishda zarur bo‘lgan eng kuchli quroldir. Bolalarida kitobga mehr, ishtiyoq uyg‘otish uchun, avvalo, o‘zimiz unga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishimiz lozim. Adabiyotga mehr qo‘yishning o‘zida bir hikmat bor. Avvalo, o‘smirlarda kitob o‘qish ishtiyoqini shakllantirish nihoyatda murakkab jarayon. Bu masala ularning mutolaaga bo‘lgan munosabatini belgilaydi. Tan olish kerak, yoshlarning bugungi kitobxonlik darajasi qoniqarli emas. Bu ijtimoiy muammodan chiqib ketishning yagona yo‘li ota-onaning yordamga kelishidir. Maktabda kutubxonachi va o‘qituvchi, uyda ota-ona bolada kitob o‘qish ko‘nikmasini hosil qilishi kerak.
Qiziqishning o‘zi ham kitob o‘qish uchun yetarli sabab bo‘la oladi. Bolalar ota-onalari o‘qib bergan ertaklar-u, boshlang‘ich sinfda o‘zlari o‘qiy boshlagan hikoyalar orqali kitob dunyosiga kirib boradilar. Shuning uchun bu davr alohida e’tibor talab qiladi. Chunki kitob o‘qishga qiziqishning poydevori mana shu paytlarda shakllana boshlaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarga bormaydigan bolalarga uyda albatta hikoya va ertaklar o‘qib berish kerak.
Ota-onalar uyda bolaning kitobga qiziqishini shakllantirish uchun turli o‘yinlardan foydalansalar ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bola bilan muloqot qilish, uni kitobga jalb etish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |