Mavzu: Badan harakatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan mashqlar: Reja



Download 390,33 Kb.
bet7/7
Sana19.02.2022
Hajmi390,33 Kb.
#457759
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Badan harakatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan mashqlar

Port de bras: Qomatni yonga, orqaga egish va tananing bel chizig‘idan yuqori qismini egib aylantirish. Bu harakat dastlab tutqichga qaragan holda bajariladi. Harakatni bajarishdan oldin tutqich oldida gavdani tо‘g‘ri tutib olish kerak. Avval о‘ng va chap yon tomonlarga egish, sо‘ng orqaga, undan keyin esa aylanasiga egish о‘rgatiladi. Yon tomonlarga egilishda bosh tо‘g‘riga qaragan, Yelkalar siqilmaganligiga, umurtqa pog‘onaning tekisligiga e’tiborni qaratish lozim. Orqaga egilishda bosh yon tomonga qaragan, ikki yelka birtekis chiziqda egilishi va egilish vaqtida qorinni oldinga chiqarib yubormaslik talab etiladi. Aylanasiga egilish paytida avval yonga, keyin orqaga va yana ikkinchi yon tomondan о‘zholatiga qaytiladi. Aylanasiga egilayotganda yо‘qorida aytib о‘tilgan barcha turdagi egilish qoidalariga amal qilinishi kerak.
Port de bras kombinatsiyasining kо‘rinishlaridan misollar-
a) Oyoqlar birinchi holatda, о‘ng tomonga о‘ng yelka egilishni boshlaydi, chap qо‘lni tutqichdan olib, ikkinchi holatdan uchinchi holatga kо‘tariladi. Qaytishda chap yelka bilan qaytiladi, chap qо‘l uchinchi holatdan ikkinchi holat orqali qaytib tutqichni ushlaydi. Umurtqa pog‘onaning tekisligiga e’tibor qaratib, bosh tо‘g‘riga qaragan va siqilmagan Yelkalar bilan perpendikulyar holatda egilib, о‘z holatiga qaytadi.
b) Oyoqlar beshinchi holatda. Avval о‘ng tomonga о‘ng yelka bilan, keyin orqaga ikki yelka ni tekis tutib, chap yon tomondan dastlabki holatga qaytiladi.
Рlié (Mumtoz raqsda): - bu о‘tirishdir, demi plié esa yarim о‘tirish. U oyoqlarni burilishi va elastikligini rivojlantiradi. Harakat oyoqlarni poldan uzmay bajariladi, bu holatni diqqat bilan kuzatish zarur, negaki tovonlarni polda tutib turish paylarni va tizza-boldir mushaklarni yaxshi rivojlantiradi. Рliéning barcha holatlarida kaftlar polda tekis yotadi, kaft bosh barmoqqa tayanmasligi kerak: tovonlar polga yopishib turishi kerak, negaki bu boldir-tovon payini rivojlanishiga imkon beradi, qomat tо‘g‘ri va tik bо‘lishi kerak, Yelkalar va bel tо‘g‘ri turadi. Qomatning og‘irlik markazi ikki teng taqsimlanadi, ayniqsa ikkinchi va tо‘rtinchi holatlarda bunga e’tibor berish lozim.
Рlié”ni о‘rganayotib, qomat og‘irligini nafaqat ikki oyoqqa, balki kaftga ham bir tekisda tushushini ta’minlash lozim, oyoq uchiga og‘irlik tushirmaslik kerak. Oyoqni tо‘la burilganligi, tizzalar keng ochilishi, ayniqsa tizzadan bо‘ksagacha yuqori qismga e’tibor berish zarur. Tizzani kaft yо‘nalishida bukish ayniqsa muhim.Tо‘la о‘tirishni bajarishda tovonlar polda uzoqroq bо‘lishiga e’tibor berish kerak. Oyoq payini yanada chо‘zish imkoni bо‘lmay qolgan paytda tovonlarni poldan asta kо‘tariladi. Tovonlarni uzoq kо‘tarib turish yaramaydi, plié dan kо‘tarilayotganda ular darhol tushiriladi.
Ikkinchi holatda Plié ijro etilganda tovonlar poldan uzilmaydi, oyoqlar bir kaft uzunligi masofasida qо‘yiladi. Bunday holat ularning egiluvchanligini rivojlantirishda samara beradi. Hech qachon bо‘ksani egmaslik kerak, aks holda notо‘g‘ri shakl hosil bо‘ladi, buriluvchanlikni hosil qilishga halaqit beradi.
Pastlab о‘tirganda (oxirgi nuqtagacha) biror lahza tо‘xtab qolmaslik lozim, darhol qaytariladi, agar plié da “О‘tirish” davom etsa, mushaklarning quvvatlariga salbiy ta’sir qiladi, oyoqlar egiluvchan bо‘lmay qoladi.
Zal о‘rtasidagi plié ham xuddi shunday bajariladi. Har ikkala qо‘l harakatga tо‘la hamohang bо‘ladi.
Рlié” kombinatsiyasining kо‘rinishlaridan misollar-
a) demi plié tutqich yonida birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi holatlarda bajariladi. Keyinchalik tо‘rtinchi holatda о‘rganiladi.
b) Grand plié birinchi, ikkinchi, uchinchi va beshinchi holatlarda bajariladi. Keyinchalik tо‘rtinchi holatda о‘rganiladi.
Download 390,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish