1 Bakteriyalar o’g’itlarning qishloq xo’jalidagi ahamiyati - 1 Bakteriyalar o’g’itlarning qishloq xo’jalidagi ahamiyati
- Bakteriyalar (yunoncha sozdan olingan bolib. bakterion — tayoqcha degan maʼnoni bildiradi) — bir hujayrali mikroorganizmlarning katta guruhi; shakllangan yadroga ega boʻlmagan mikroskopik organizmlar — prokariotlar. Bakteriyada hujayra pardasi, koʻp miqdorda dezoksiribonuklein kislota (DNK), sodda yadro bor. Mitoxondriy va xloroplastlar odatda, boʻlmaydi, yadroning xromosomalari va qobigʻi koʻzga koʻrinmaydi. Bakteriya koʻndalangiga boʻlinish (baʼzan choʻzilish yoki kurtaklanish) yoʻli bilan koʻpayadi. Bakteriyaning koʻp turi tayoqcha shaklida boʻladi. Biroq sharsimon, ipsimon yoki buralgan shaklli mikroorganizmlar ham Bakteriyaga kiradi. Bakteriyaning fiziologik xususiyatlari nihoyatda xilma-xil, ular biokimyoviy jihatdan juda faol. Bakteriyatuproqda, suvda, suv havzalari zaminida va boshqajoylarda tarqalgan. Ular yagona bir guruh boʻlmay, har xil yoʻllar bilan vujudga kelgan organizmlardir. Baʼzi Bakteriya (mas, ipsimon Bakteriya, azotobakter va boshqalar) koʻk-yashil suvoʻtlarga yaqin, ayrim Bakteriya esa nursimon zamburugʻlar — aktinomitsetlar bilan urugʻdosh; spiroxetalar va boshqa baʼzi Bakteriya bir hujayrali sodda hayvonlarga oʻxshaydi. Bakteriyaning kattakichikligi, shakli, tuzilishi, harakatchanligi har xil. Sharsimon Bakteriyaning diametri, odatda, 1 — 2 mkm, tayoqcha shaklidagilarining yoʻgʻonligi 0,4 dan 0,8 mkm gacha, uz. 2 — 5 mkm boʻladi. Baʼzan juda yirik Bakteriya ham uchraydi.
Tabiatda va xalq xoʻjaligida Bakteriyaning ahamiyati juda katta. Bakteriya tirik xujayralar tarkibiga kiradigan hamma kimyoviy elementlarning tabiatda aniqlanishida ishtirok etadi. Oʻsimlik va hayvon qoldiqlari sellyuloza, pentozalar, kraxmal, pektin moddalar va boshqalarni oʻzlashtira oladigan mikroorganizmlar ishtirokida parchalanib, pirovardida karbonat angidrid bilan suvga aylanadi. Tabiatda azot aylanishida ham mikroorganizmlarning roli katta. Hayvonlar oʻziga zarur azotli birikmalarni oʻsimlik oqsillaridan hosil qiladi. Hayvon va oʻsimlik oqsillari Bakteriya taʼsirida minerallashib, avval ammiakka, keyin nitrit va nitratlarga aylanadi. Ammoniyli tuzlar ham, nitratlar ham yuksak oʻsimliklar uchun oziq boʻladi, ular shu tuzlardan foydalanib, oʻz tanasida oqsil hosil qiladi. Bakteriya boshqa biogen elementlarni ham minerallashtiradi. Ular organik fosfor birikmalarini parchalab, suv havzalari va tuproqda fosforning mineral birikmalarini koʻpaytiradi. Bakteriya taʼsirida oltingugurtning organik birikmalari ham minerallarga aylanadi. Bakteriya. genetika, biofizika, kosmik biologiya va boshqa sohalarga oid umumiy masalalarni hal qilish uchun eng yaxshi obʼyektdir. Bakteriya kulturasidan aminokislotalar, vitaminlar va antibiotiklarni miqdor jihatidan aniqlashda foydalaniladi. Tuproq unumdorligi Bakteriyaning hayot faoliyatiga bogʻliq. Pektin moddalarni bijgʻitadigan Bakteriya yordamida zigʻir, kanop va boshqa tolali oʻsimliklar ivitiladi. Sutdan qatiq, sariyogʻ, pishloq va boshqa mahsulotlar tayyorlashda ham Bakteriyaning har xil turlaridan foydalaniladi. - Tabiatda va xalq xoʻjaligida Bakteriyaning ahamiyati juda katta. Bakteriya tirik xujayralar tarkibiga kiradigan hamma kimyoviy elementlarning tabiatda aniqlanishida ishtirok etadi. Oʻsimlik va hayvon qoldiqlari sellyuloza, pentozalar, kraxmal, pektin moddalar va boshqalarni oʻzlashtira oladigan mikroorganizmlar ishtirokida parchalanib, pirovardida karbonat angidrid bilan suvga aylanadi. Tabiatda azot aylanishida ham mikroorganizmlarning roli katta. Hayvonlar oʻziga zarur azotli birikmalarni oʻsimlik oqsillaridan hosil qiladi. Hayvon va oʻsimlik oqsillari Bakteriya taʼsirida minerallashib, avval ammiakka, keyin nitrit va nitratlarga aylanadi. Ammoniyli tuzlar ham, nitratlar ham yuksak oʻsimliklar uchun oziq boʻladi, ular shu tuzlardan foydalanib, oʻz tanasida oqsil hosil qiladi. Bakteriya boshqa biogen elementlarni ham minerallashtiradi. Ular organik fosfor birikmalarini parchalab, suv havzalari va tuproqda fosforning mineral birikmalarini koʻpaytiradi. Bakteriya taʼsirida oltingugurtning organik birikmalari ham minerallarga aylanadi. Bakteriya. genetika, biofizika, kosmik biologiya va boshqa sohalarga oid umumiy masalalarni hal qilish uchun eng yaxshi obʼyektdir. Bakteriya kulturasidan aminokislotalar, vitaminlar va antibiotiklarni miqdor jihatidan aniqlashda foydalaniladi. Tuproq unumdorligi Bakteriyaning hayot faoliyatiga bogʻliq. Pektin moddalarni bijgʻitadigan Bakteriya yordamida zigʻir, kanop va boshqa tolali oʻsimliklar ivitiladi. Sutdan qatiq, sariyogʻ, pishloq va boshqa mahsulotlar tayyorlashda ham Bakteriyaning har xil turlaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |