Mavzu: Axloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish Mundarija Kirish I bob. O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodi turlaridan foydalanish imkoniyatlari va o’quvchilarini nafosat va axloqiy tarbiyalash



Download 40,87 Kb.
bet2/4
Sana16.04.2022
Hajmi40,87 Kb.
#556117
1   2   3   4
Bog'liq
Axloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish

Kurs ishi ob’ekti: Axloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish bilan tanishtirish jarayoni
Kurs ishi predmeti: Axloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish
bilan tanishtirish ko’nikmalari
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi Kurs ishi natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, 4 bo‘lim, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.

1.1. O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodi turlaridan foydalanish imkoniyatlari
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab o’tgan vaqt mobaynida o’zbek xalqi siyosiy - ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda katta yutuqlarga erishdi. Ba’zan tezlik bilan o’zgarayotgan dunyo qiyofasini oldindan bashorat qilish mumkin bo’lgan bir davrda, xalqimiz ertangi kuniga ishonch bilan intilayotgan, to’g’ri tanlangan taraqqiyot yo’li ilk samarasini ko’rsatayotgan, yangicha tafakkur, g’ayrat va shijoat bilan yangi avlod vakillari maydonga kirib kelayotgan O’zbekiston zaminida mustaqillikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyotni ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni asrab - avaylashga ma’naviy tarbiyaning ahamiyati yanada kuchaymoqda.
Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek:“.... Inson yuksalishida ma’naviyat olamining qanday ta’sir va ahamiyatga ega ekani, shuningdek, ma’naviyatga qarshi qaratilgan xurujlarning real xalqi haqida atroflicha fikr yuritish, xalqimiz yangi hayot yangi jamiyat asoslarini qurayotgan hozirgi murakkab va tahlikali zamonda odamlarni bunday xatarlardan ogoh etish, el-yurtimiz, keng jamoatchilik e’tiborini yana bir bor qaratish, kelajak avlodimizni ma’naviy sog’lom va barkamol etib tarbiyalash bilan bog’liqdir”.
Ma’naviyat-inson ruhiy, aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, xuquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o’z ichiga oladi. Ma’naviyat atamasining asosida “ma’ni” so’zi yotadi. Ma’lumki, insonning ichki va tashqi olami mavjud. Tashqi olami uning bo’y-basti, ko’rinishi, kiyinishi va hatti-harakatlari kiradi. Ichki olamiga esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuyg’ularini o’z ichiga oladi. Insonning ana shunday ichki olami ma’naviyatdir. Ma’naviyat va axloq bir- biri bilan bog’liq bo’lib bir-birini to’ldiradi.
Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotidangina emas, balki ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi. Har qanday mafkura kabi O’zbekistron Respublikasi milliy istiqlol mafkurasiningf asosiy g’oyalaridan bin ham jamiyatda ma’naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi. Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma’naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg’or milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g’oyalari tashkil etadi.
Ma’naviyat- shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, imkoniyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir.
Ma’naviyat (arabcha “ma’naviyat” - ma’nolar majmui) mohiyatiga ko’ra iltimoiy taraqiyotga ijobiy ta’sir o’tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g’oyalar majmui hisoblanadi.
Jamiyat ma’naviyati uch muhim soha yo’nalishida amaliy faoliyatni tashkil etish asosida shakllantiriladi.
Jamiyat ma’naviyatini shakllantiruvchi omillar: madaniyat, ma’rifat, mafkura.
Madaniyat (“cultura”- so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) - ijtimoiy taraqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar majmui.
Ma’rifat- shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim va tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish, ularni targ’ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.
Mafkura (arabcha- “mafkura”-nuqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) - jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek ma’naviy-axloqiy yuksalish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo’nalishlarini aniqlashda yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar majmui. Har uchala sohaning uzviy birligi asosida jamiyat ma’naviyati yuksaladi.
Ma’naviyat sohasida ijobiy yechimini ta’minlash zarur bo’lgan asosiy vazifani ko’rsatar ekan, O’zbekistron Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi: “ Bu sohadagi asosiy vazifamiz -milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni aniqlash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash, o’zligimizni anglash”
Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo’lgan ma’lum hatti- harakatlar, qoidalar yig’indisidir.
Axloq odamlarning bir- birlariga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga, ishlab chiqarish vositalariga, mehnat mahsulotlariga munosabatini muayyan tartibga solinadigan hatti - harakat qoidalari tizimida namoyon bo’ladi.
Odob- odamlarning jamoat, el-yurt orasida o’zini tutishi, boshqalar bilan qay yosin muomalada qilishi, o’z turmush, bo’sh vaqtini qanday tashkil etish, xullas, shaxsning kundalik xulq-atvori, yurish- turishi, hatti - harakatlari qanday bo’lishi lozimligi xususida bahs etadi. Aniqrog’i, axloq kishining ichki olami, e’tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo’lsa, odob shaxsning ko’zga tashlanayotgan mulozamati, xulq- atvori, muomala munosabatlari tarzida namoyon bo’ladi.
Axloq kishidan har xil holatlarda qanday yo’l tutish kerakligini yaxshi o’ylab, maqsadga muvofiq harakat qilishni talab etsa, odob o’z qoidalarining odat tusiga kirishini, ya’ni har qanday vaziyatda shu odatni namoyon qilishini taqozo etadi. Har bir odam xususida, odatda, uning faoliyatiga va ishi axloq talablariga, turmush qoidalariga, jumladan, davlat qonunlariga muvofiq yoki xilof ekanligiga asoslanib muayyan fikr yuritiladi.
Axloq ilmi yaxshilik bilan yomonlik o’rtasidagi murakkab muammolar haqida bahs yuritib, insonning kamolotga erishish yo’lini yoritib boradi. Har bir inson bir olam bo’lgani kabi uning axloq - odobi ham juda murakkab olam desak yanglishmaymiz. Chunki, shaxsning zohiriy va botininy olamin, ayniqsa, qalb olamini o’rganish, bilish, tahlil etish g’oyatda qiyin. Bu ruhiyat bilan bog’liq holatdir. Axloqli, odobli komil insongaodamiylikning eng yaxshi xislatlari: mehr- muhabbat, rahm- shafqat, adolat, diyonat, hayo, iffat, vafo, sadoqat, himmat, saxovat, iymon, e’tiqod kabilar mujassam bo’ladi. Ayni holda shu xislatlarning aksi- beburd, axloqsiz kishilar fe’lida ko’rinadi.
Prezident I.Karimov mustaqilligimizning dastlabgi yillaridan boshlab axloq tarbiyasiga alohida e’tibor qaratdilar. Shu bilan birgalikda, ta’lim tizimini isloh etish masalariga diqqat qaratib kadrlar tizimining shakllanishi va faoliyat ko’rsatishining asosiy tamoyillarini belgilab berar ekanlar, o’quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak axloq ma’naviyat va ma’rifat, mehnatga vijdonli munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalashni asosiy vazifalardan biri sifatida ko’rsatib o’tdi.
Shuningdek, Prezidentimiz “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida “ Biror, bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongiga ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi”,

  • degan edi.

“Ma’naviyat- insonni ruhan yuksalish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki olamini, irodasini baquvvat, iymon- e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch va uning barcha qarashlarining mezonidir ”1
Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi tosh yozuv va bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarda xazinasida saqlanayotgan ming- minglab qo’lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, minerologiya, kimyo, astrronomiya, me’morchilik sohalariga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalaik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kamdan - kam topiladi. Tarixiy yodgorliklar namunalari bilan yaqindan tanishar ekanmiz, ularda ifoda etilgan teran fikr va g’oyalar, ma’naviy- axloqiy qarashlar, hayot falsafasi bizni bugungi zamonamizda ham o’z ahamiyatini yo’qotmaganiga amin bo’lamiz.
Asrlar davomida axloq-odob mavzusida qanchadan-qancha kitoblar, hikmatnomalar, ibratli rivoyatlar yaratigan. Qadimgi faylasuflar, donishmandlar axloq-odobga juda katta baho berib, uni jamiyatning poydevori deb ataganlar. Shuning uchun ham jamiyat a’zosining xulqi- odobiga alohida e’tibor berilishi bejiz emas.
Bu meros namunalari bilan yaqindan tanishar ekanmiz, ularda ifoda etigan teran fikr va g’oyalar, ma’naviy-axloqiy qarashlar bugungi zamonamizda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Misol uchun eng qadimiy, eng navqiron “Avesto”ni olib ko’raylik.Uning tub mohiyatini belgilab beradigan “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal ” degan tamoyilini oladigan bo’lsak, unda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo’lgan saboqlar borligini ko’rish mumkin. Ana shunday fikrlar, ya’ni ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal, so’z va ish birligi jamiyat hayotining ustuvor g’oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi ma’naviy ideallarimiz bilan naqadar uzviy bog’liq, nechog’liq mustahkam hayotiy asosga ega ekani ayniqsa e’tiborlidir.
“Bu nodir kitob bundan o’ttiz asr muqaddam ikki daryo oralig’ida mana shu zaminda yashagan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy - tarixiy
Л
merosidir”- deb ta’kidlagan edi Prezident I. Karimov.
“Avesto”da borliqning yaxlitligi va bir butunligi, inson hayotining tabiat bilan uyg’unligi masalasi odamning ruhiy olamiga chambarchars bog’liq holda ko’rsatilganligi ko’p narsani anglatadi. Bu holat insonning ma’naviy dunyosini shakllantirishda atrof - muhit qadim zamonlardan buyon qanday kuchli tra’sir o’tkazib kelganiga yana bir bor e’tiborimizni jalb etadi. “Avesto” o’zbek, umuman O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davrlardagi hayoti, dini, tasavvurlari, ma’naviyati, madaniyatini o’rganishdagi muhim manba.
“Avesto” dan quyidagi namunalarni keltiramiz:

  • Tarbiya hayotning muhim tirgagi (tayanchi)

  • Yaxshilik va ezgulik urug’ini yaratish uchun, kishi noz - ne’matlarni o’zi yaratishi lozim

  1. I.Karimov “Adolatli jamiyat sari” T.: Sharq. 1998. 40b.

  • Ezgu o’y, ezgu so’z va savob ishlar bilan ezgu o’y, ezgu so’z va savob ishni alqayman. O’zimni bari ezgu o’ylarga, ezgu so’zlarga, yaxshi ishlar amaliga baxshida qilaman. Barcha yomon o’ylardan, yomon so’zi yomon ishlardan yuz o’giraman.

Xalq ogzaki ijodida manaviy-axloqiy tarbiya masalalarining yoritilishi
O’zbek xalq ijodi qamrovi nihoyatda keng, bag’oyat serqirra va serjilo tushunchadir. U xalqning paydo bo’lishi bilan paydo bo’ladi va rivojlanadi. Unda xalqning orzu-umidlari, qarashlari, hayoti keng bayon etiladi. O’zbek xalq og’zaki ijodi namunalaridan maqol, topishmoq, tez aytish, qo’shiq, ertak, dostonlarda bola tarbiyasining ma’lum bir xususiyatini o’zida aks etadi.
Doston-qissa, hikoya, ta‘rif, sarguzasht ma‘nolarini anglatadi. U keng tarqalgan etnopedagogik janr bo’lib, xalqning ma‘naviy-maishiy qiyofasi, kurashi, axloqiy-estetik qarashlari, adolat, ozodlik, tinchlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, do’stlik kabi tarbiyaviy sifatlarni targ’ib etadi. Dostonlarda komil shaxs tarbiyaviy sifatlari umumlashgan holda beriladi. Oliy insoniy sifatlar bo’rttiriladi. Shuning uchun tinglovchida doston qahramonlaridan o’rnak olish hissi tug’iladi. Dostonlarni baxshilar kuylashadi. “Baxshi” mo’g’ulcha va buryatcha “baxsha”, “bag’sha” so’zlaridan olingan bo’lib, “ustod”, “ma‘rifatchi” degan ma‘nolarni anglatadi.
Yoshlarni mardlik, halollik, jasurlik ruhida tarbiyalashda , ma’nan pok va barkamol qilib voyaga yetkazishda xalq og’zaki ijodining noyob durdonasi bo’lmish “ALPOMISH” DOSTONI bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo’y bo’lishga. O’z yurtini, oilasi, qo’rg’onini qo’riqlashga, do’sti, or- nomusini, ota- bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzlardan saqlashga, ma’naviy- axloqiy pok bo’lishga o’rgatadi. “Alpomish”dostoni ijodiy tafakkurimiz, ma’naviy boyligimizning yorqin namunasi bo’lib, tarixiy ildizlarimizning qanchalik chuqur ekani, xalqimiz qanday muhitda shakllanib, rivojlangani, qiyinchiliklarni qanday yengib chiqqanini yorqin tasvirlab beradi.
Biz “Alpomish” timsolida ijodiy tafakkurimiz, ma’naviy boyligimizning qay darajada ekanligini, ma’naviy barkamol axloqan pok, vijdonli o’g’lonlarimizning qiyofasini ko’ramiz.
O’zbek xalq og’zaki ijodida dostonlardan tashqari MAQOLLARning o’rni beqiyosdir. Maqollar odamlarning hayoti va turmushi jarayonida to’plagan tajribalari, dunyoqarashi, o’zi yashab turgan ijtimoiy hayotga bo’lgan munosabati, o’tmish hayoti va uning ibratli saboqlarini, umid va orzularini ifodalaydi. So’z san’atining mahsuli sifatida maqollar ifodalanadi. Maqollar xalq og’zaki ijodining bir turidir. Maqollarda xalqning turmush davomida to’plagan tajribalari natijasida yuzaga kelgan xulosalari ixcham va sodda tarzda bayon etilgan.
Alisher Navoiy o’zining ijodiy faoliyatida xalq og’zaki ijodini o’rganib, kishilar hayotida maqolning naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida to’xtalib shunday baytni yozadi:
Kishiga necha mushkul hol,
Hikmatu aql anga erur halol.
Kimki bilay desang maqolin angla,
Asli bilay desang oni angla.
Rus yozuvchisi L.N. Tolstoy maqollarni xalq orasida naqadar yuksak qadr- qimmatga ega ekanligiga to’xtalib shunday deydi: “Har bir maqolda men shu maqolni yaratgan xalq siymosini ko’raman”.
“Maqol” atamasi arabcha “kavlun” - gapirmoq, aytmoq so’zlaridan olingan bo’lib, ommaning muayyan voqea-hodisalar, voqelik haqidagi lo’nda xulosalarini ifodalaydi. Ularda fikr aniq, muayyan mantiqiy izchillikda, ba‘zan to’g’ri, ba‘zan ko’chma ma‘noda ifodalanadi. Maqollardagi berilgan fikrlar faqatgina bitta shaxsga tegishli emas, balki keng xalq ommasiga qaratilgan. Maqollar ixcham, lekin mazmuni bir olam. Maqollarda xalqning orzu-umidlari, ma’naviy-axloqiy qarashlari, muhabbat va nafrat, tarbiyaning barcha qirralari ifodalanadi. Shuning uchun ham bola tarbiyasida, xususan axloq- odobiga ijobiy ta’sir etadi.

  • Odob - kishining zebu ziynati

  • Odob - oltindan qimmat

  • Bola aziz - odobi undan aziz.

  • Odob bozorda sotilmas.

  • Odobni beodobdan o’rgan.

  • So’z kishining o’zagi,

  • Odob kishining bezagi.

  • Yaxshi boladan rahmat,

  • Yomon boladan la’nat.

  • Buzishga o’rganma, tuzishga o’rgan.

  • Yaxshi bola nom keltirar,

Yomon bola g’am keltirar.

  • Onangni boshingni xam qil,

  • Otangga gapingni bosh qil.

  • Odobli kelinning supurgisi xashak ostida turar.

  • Yaxshi xulq - kishining husni.

  • Ho’l yog’ochni egmagin,

  • Tegmaganga tegmagin.

  • Boshingga qilich kelsa ham, to’g’ri so’zla.

  • Rohatini ko’rgan azobiga chidaydi.

  • Otasi siylamaganni bolasi siylamas.

  • O’z aybingni ochsang,

  • Elning mehri qochar.

1.2. Milliy an’analardan foydalanib o’quvchilarini nafosat va axloqiy tarbiyalash


Insonning ma’naviy dunyosi keng va ko’p qirrali. U oilada, san’atda, munosabatda, kishilar bilan muloqatda, ko’cha-kuydagi hatti-harakatlarni o’z ichiga oladi. Agar ana shu qirralardan birorta bo’g’inni tushib qolsa, bundan odamning o’ziga ham, jamiyatga ham ma’lum darajada zarar yetadi. Insonning dunyo qarashini , dinini, ichki va tashqi madaniyatini tarbiyalash tugalmas jarayon hisoblanadi. U odamning birinchi qadami oilada, bolalar bog’chasida va maktabda beriladi va butun umri bo’yi davom etadi. Xalq milliy an’analari asosida, ya’ni ko’rishganda, salomlashish, uzoq safar oldidan oq yo’l tilash, qaytganda hol-ahvol so’rash, mehnat qilib turganda “hormang” “bor bo’ling” deyish, shuningdek, keksalarga hurmat intizomlik, nochor ahvoldagi kishilarga yordam berish odatlari azaliy ta’rixiy an’analarga kiradi.
Oilada ota-onalar o’z farzandlariga yuqorida keltirilgan insoniy fazilatlarga o’rgatuvchi an’analarimizni xalq og’zaki ijodidan, shuningdek pand-nasihat, ibrat, namuna ko’rsatish orqali tarbiyalab borsalar maqsadga muvofiq bo’ladi. Salom- alik hamma zamonlarda ulug’lanib kelgan so’zlardan hisoblanadi. Bu so’z zamirida olam-olam ma’no yotadi. Salomlashish, salomiga alik olish tarixiy an’analarimizdan sanalib kelingan. Qadimda o’zini hokisor qilib yuruvchi, boylikni mujassamlovchi, doimo ishi ketidan quvgan bir kishi bor ekan. Kunlardan bir kun u bir olimning shuhratini eshitib, ziyoratga bormoqchi bo’libdi. Qo’lida hech narsasi bo’lmagani uchun yo’lda bir oz rayhon topib tuhfa sifatida olim oldiga qo’ydi, tiz cho’kib qo’lidan o’pdi.
Olim uning salomiga alik olmadi va e’tibor ham bermadi. Ilmu tolibning dili og’ridi, bir chekaga borib indamay o’tiravaerdi va o’ziga o’zi dedi: “Bu olim ilmig’a mag’rurlanib ketibdi. Bir oz o’tiraychi, qani nima gap ekan?, shunga qarab ish tutaman!” - deb o’ylabdi ichida.
U shunday hayol bilan o’tirar ekan nogoh eshik ochilib, bashang kiyingan bir kishi kirib kelibdi. Orqasidan esa tugun ko’targan xizmatkori namoyon bo’libdi. Olim irg’ib turib o’rnidan turdi. Salomiga alik oldi, ikki qo’lidan tutib to’rga o’tkazdi va quyuq hol-ahvol so’rab ketdi. G’ulom qo’lidagi tugunini olim qo’liga berdi. Olim:

  • Xush kelibsiz. Sizni ko’rishdan behad xursandman, - deb mehmondorchilikning butun qonun-qoidalarini joyiga qo’yib, ziyofat qildi. So’ng barcha shogirdlari kitoblarni ko’tarib kelib, uning atrofiga o’tirdilar. Halim boy bilan olim atrofida o’tirdilar. Halim boy bilan olim atrofida suhbat qizib borarkan, ilm-u tolib bo’lmish hokisor kishi o’ziga-o’zi: “Bu olim haqiqatdan ham beodob” - dedi-da o’rnidan turib, olimning ro’parasiga o’tirdi va unga dedi: “Ey, olim kishi, mushkul bir masalaga javob bersangiz. Siz bugun ilm-u fozillikni davo qilmoqdasiz, sizning fikringizcha, salom necha xil bo’ladi?”

Olim:
-Bir xil bo’ladi, salom-alik qilish barcha kimsalarga vojibdir - dedi.
Ilm-u tolib unga:

  • Yo’q sizning nazaringizda salom ikki xil bo’ladi. Siz o’zingizning gapingizga qarshi chiqmoqdasiz! - dedi.

Olim unga o’qrayib:

  • Bu gaplarni qayerdan olding, - dedi.

Ilm-u tolib davom etdi:

  • Siz salom-alikda boy bilan kambag’al o’rtasida farq bor, deb bilasiz. Men bundan bir necha daqiqa ilgari oldingizga kelib, salom berdim, qo’limda hech narsa yo’qligini ko’rib, alik olmadingiz. Bir oz vaqt o’tmay yoningizga badavlat kishi kirib keldi. Xizmatkorning qo’lida tugunini ko’rdingiz, salomiga alik oldingiz, o’rningizdan turib, to’rga o’tqazdingiz. Salomga alik amri vojib, degan so’zingizga qarshi chiqdingiz! Donolar kitobida: “Birov sizga salom bersa, uning salomidan ko’ra yaxshiroq qilib alik oling” deyilgan axir. Siz ishingizni boylik topish uchungina o’qigan ekansiz! Bizdek bechoralarni shuning uchun ham xor tutdingiz.

O’tirganlar u kishining gaplari haq ekanligini tasdiqlab, bosh ko’tarmadilar. Ilm-u tolib gapini davom ettirib, dedi: “Inson uchun mehmondan azizroq hech narsa yo’q. Men sizning uyingizga mehmon sifatida keldim. Siz insonlar odatini ham lozim ko’rmadingiz! Kitoblarda: “Har kim mehmonni e’zozlamasa u odam emas” deyilgan. Yana bir yerda: “Mehmonga ochiq yuz va shirin so’z bilan munosabatda bo’lish, yuz yillik toat-ibodatdan yaxshiroq” deyilgan.
Siz ilmingizdan mag’rurlanib yon-atrofingizdagi har xil kitoblarni yig’ib, boylik to’plash yo’liga kiribsiz. Yonveringizga shuncha kitobni yig’ib olib, ammo undagi so’zlarga amal qilmasangiz bundan nima naf?!
Ilm-u tolibining so’zlarini eshitgan odamlar unga ofarin aytdilar. Olim esa qizarganicha o’tirar, nima deyishini bilmas edi.
So’ng g’uldirab:

  • Ey, birodar, nega menga bunchalik yopishib olding, axir men nima gunoh qildim? - dedi

Ilm tolibi dedi: “Sizni ilmiga amal qilmagan desam, gap tushunmaydigan ham ekansiz. Shuncha keltirgan dalillarim hali ham sizga ta’sir qilmayapti, barcha kitoblarda faqir va bechora kishilarga ko’mak qiling deyiladi. Siz buni aksini qildingiz. Biz bechora va hech narsasiz kishilarni xor tutdingiz. Ilm sizdek kishiga hayfdir”.
Uning gaplari haq ekanini anglagan, ishini boylik topish asosi qilib olgan kishining uzr so’rashdan o’zga chorasi qolmadi. Xato qilganiga iqror bo’ldi. Ilm tolibi esa bunday kishidan ilm o’rganish nomunosib deb, o’z yo’liga ravona bo’ldi.
Bunday o’zida tarixiy milliy an’analarimizni olg’a surgan hikoya, ertak, rivoyatlarni bolalarga oilada, bog’chada va maktablarda o’rganishning natijasi besamara bo’lmaydi.
Oila bilan maktab o’rtasida chuqur hamkorlik bo’lgandagina bolalar tarbiyasiga alohida e’tibor bo’ladi. Agarda bola maktabda o’qituvchisining qoshida nazoratida tursa-yu, uyda ota-ona bee’tibor bo’lsa, bolada noto’g’ri tarbiyaning ildizlari barq ura boshlaydi. Hamkorlikda o’rnatilgan tarbiya bolaning kelajakda yetuk kamolga yetgan shaxs sifatida shakllanishiga turtki bo’ladi.


Download 40,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish