xlokshunoslikning dinshunoslik bilan aloqasi shundaki, xar ikkala fan xam bir xil muammo-axlokiy mezon muammosini xal etishga qaratilgan. CHunki umumjaxoniy dinlar vujudga kelgunga kadar mavjud bulgan ma’lum urf-odatlar va kadriyatlar muayyan diniy qonun-koidalarga, mukaddas diniy kitoblarga katta ta’sir kursatgan. Ayni paytda, dinlar xam axlokka ana shunday ta’sir utkazgan.
Chunonchi, islom dinini oladigan bulsak, Kur’oni Karim, Xadisi Sharif, ijmo’ va muayyan fatvolardagi mezonlar xamda talablar musulmon Sharki xalklari axlokiy darajasining shakillanishida katta axamiyat kasb etgan. Shuningdek, komil inson muammosi xar ikkala fan uchun umumiy xisoblanadi. Fark shundaki, axlokshunoslik bu muammoga zamonaviy tarbiya nuktai nazaridan yondoshadi.
Axlokshunoslikning xukukshunoslik bilan aloqasi uzok tarixga ega. Ma’lumki juda kup xollarda axlok me’yorlari bilan xukuk me’yorlari moxiyatan va mazmunan bir xil buladi. Shunga kura, axlokni jamoatchilik asosidagi xukuk, xukukni esa qonuniylashtirilgan axlok deb atash mumkin. Zero, axlokshunoslik bilan xukukshunoslikning tadkikot ob’ektlari kup jixatdan uxshash, ular fakat yondashuv usuli nuktai nazaridan fark kiladi, ya’ni xukuk me’yorlarining bajarilishi, odatda, maxsus adliya idoralaridagi lavozimli kishilar orqali, majburiy sanksiyalar vositasida yulga kuyiladi: axlok me’yorlari esa umumiy kabul kilingan milliy urf-odatlar, jamoatchilik fikri yordamida, aloxida belgilangan kishilar tomonidan emas, balki muayyan ijtimoiy gurux, jamiyat tomonidan amalga oshiriladi. SHuningdek, xukukshunoslik kasbi uchun muxim bulgan amaliy axlok jixatlarini axlokshunoslikning xukukshunos odobi deb ataladigan maxsus soxasi tadkik kiladi va tavsiya etadi.
Axlokshunoslik pedagogika bilan xam chambarchas boglik. Pedagogikadagi shaxsni shakillantirish, tarbiyalash, ta’lim berish jarayonlarini pand-nasixatlarsiz, odobnoma darslarisiz tasavvur qilib bulmaydi. SHu bois axlokshunoslik uzining nazariy va amaliy jixatlari bilan pedagogikaning asosi xisoblanadi. Maorif tizimidagi ta’lim-tarbiya uzini xar bir kadamda axlokiy tarbiya sifatida nomoyon kiladi.
Qadimdayok axlokshunoslikning ruxshunoslik (psixalogiya) bilan aloqasi aloxida axamiyatga ega bulgan. Zotan, bu ikkala fan kishilar xatti-xarakati, fe’l-atvori va mayl-istAqlarini urganadi. Lekin bu urganish ikki xil nuktai nazaridan olib boriladi: ruxshunoslik u yoki bu xatti-xarakat, fe’l-atvor, sababiy asos (motiv)larning ruxiy tabiati va shakillanish shart-sharoitlarini ochib beradi, axlokshunoslik ruxshunoslik tadkik etgan xodisalarning axlokiy axamiyatini tushuntiradi.
A
Do'stlaringiz bilan baham: |