MA’RUZA №7
mavzu:AXBOROTNI SAQLASH, SARALASH VA QIDIRISH TIZIMLARI.
TIBBIYOT AXBOROT TIZIMLARI. MUTAXASSIS SHIFOKORNING
MA’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARUVCHI TIZIMLAR. MS ACCESS
DASTURIY TA’MINOTIDAN FOYDALANISH.
Maqsad: Ma’lumotlar bazasi, uning tibbiyot soxasida qo‘llanishi, dasturda
ma’lumotlar bazasini yaratish so‘rovlar o‘rnatish, jadvallar o‘rtasida o‘zaro
bog‘liqlikni o‘rnatishning nazariy asoslari qo‘llanishi haqida ma’lumot berish.
REJA
1.
Tibbiy axborot tizimi hamda tibbiy ma’lumotlar bazasi haqida ma’lumot.
2.
MBBT - Ma’lumotlar bazalarini boshkarish tizimi va asosiy ob’ektlari.
3.
MB maydonlarining xossalari.
4.
MB maydonlarning turlari.
5.
Microsoft Access MB fayli ob’ektlari va ular ustida amallar bajarish.
Kalit so‘zlar:
Axborotlashtirish
– ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bo‘lib, bridik va jismoniy shaxslar
tomonidan axborot tizimlari va axborot texnologiyalarinidan foydalanish
shartlarini ta’minlaydi.
YAngi axborot texnologiyalari
– hisoblash va dasturiy vositalni yaratish, uzatish va
qayta ishlash usul va uslublar majmuasi
Tibbiy axborot tizimi
– hujjat almashinuvining avtomatlashtirilgan tizimi. Tibbiy
ma’lumotlarning raqamli ko‘rinishi, moliyaviy hamda boshqaruv tizimlarining
birlashgan majmui.
Tibbiy elektron yozuv -
tibbiy elektron yozuvlarni yig‘ish, qayta ishlash,
uzatishning integratsion tizimi
Ma’lumotlar bazasi (MB)
- axborotlarini saqlab, saralab, tizimga solib, tuzatib va
to‘ldirib turuvchi xamda so‘rovlar, tanlanmalar va hisobotlar tuzish uchun zarur
vosita va usullarga ega bo‘lgan dasturiy tarzda tashkillashtirilgan tuzilmadir.
Foydalanuvchilar
- loyihalanib bo‘lgan MBni to‘ldirish va ma’lumotlarga kirish
huquqiga ega shaxslar
Loyihalovchilar -
MBdan foydalanuvchilarning talablarini inobatga olgan holda
MB jadvalining tuzilmasini yaratish va yaxshilash, boshqarish bilan
shug‘ullanadiganlar
Ko‘pgina
kuzatuvchilarning fikricha, 2 mavzu- IAT(ilmiy axborot
texnologiyalari) hamda sog‘liqni saqlash o‘zaro chambarchas bog‘liq. Qator
sog‘liqni saqlash tashkilotlari klinik axborot boshqaruvi soxasidagi
kompyuterlashgan tizimdan foydalanishga asoslangan faoliyatni yuritishga e’tibor
qaratmoqdalar. Bunda albatta, kompyuter nafaqat bemorga xizmat qilish, balki
kerakli ma’lumot almashinuvida, teletibbiyot masalalarini hal etishda ham bevosita
ishtirok etadi. Masalan bemorning bir tibbiy muassasaga murojaat qilganida, shu
kungaqadar qaysi tibbiy muassasalarda davolangani hamda bundagi davolash
usullarini o‘rganish imkoni bo‘ladi. SHuningdek, davolash uslubini o‘rganishda
markazlashgan kutubxonaga ulanish masalalari, bemorning kasallik ma’lumotlarini
konffidensialligi, bemorlar va shifokorlarga kerakli ma’lumotni taqdim etib bera
oladigan, havfsiz bo‘lish bilan birga boshqa qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim eta
bilishi kerakdir. Bularning barini sog‘liqning elektron yozuvi o‘zida aks
ettiradi.Elektron yozuvning joriy qilinishi integratsiya tizimining vazifasi
hisoblanadi. Tibbiy elektron yozuvlari( TEYO) ning klinik tadqiqotlarni
saralashdagi o‘rnini o‘rganamiz. TEYOning joriy qilinishi bemoning kundalik
kuzatuvida chalkashliklarni tug‘dirishi mumkin. Sababi, onlayn tizimida kiritilgan
keyingi ma’lumot yangilashi mumkin bo‘ladi. Dinamikani o‘rganishda esa asosiy
klinika kompyuterining hotirasiga murojaat orqali aniqlanishi mumkin.
Davlat va federal hukumatning o‘rnini alohida ta’kidlash joiz. Sababi ayrim
aholi vakillarining salomatligi haqidagi ma’lumotlarning ovoza bo‘lishi,
ayrimlarga taz’yiq o‘tkazilishini oldini olish, jamiyatdagi ijtimoiy tinchlik
ta’minlanishi kerak. Kuzatuv vaqti o‘rnatilgangandan keyin olingan ma’lumotlarni
haqiqiyligini tekshirishda taqdim etuvchilarga ularni tasdiqlash uchun qayta
yuboriladi. SHu tariqa markazlashgan tizimda ikki tomonlama aloqa yo‘lga
qo‘yilgan bo‘ladi. (rasm.1.6). Bu bevosita taqdim etuvchining axborotini axborot
integratsiyasiga mos xolda standartlashni ta’minlaydi.
SHifokor va elektron-tibbiy nazoratchi orasidagi bunday bog‘liqlik klinik
tajribalarni ancha sifatli va samarali o‘tishini ta’minlaydi. Sog‘liqni saqlashni
rejalashtirishda bir necha klinik va regional tibbiy muassasalardan olingan
ma’lumotlarning davlat darajasida hal etish imkonini beradi. Internet va raqamli
axborot almashinuvi bugungi kunda tibbiyot va sog‘liqni saqlashning ajralmas
qismiga aylandi.
( Edward H. Shortliffe, James J. Cimino Editors Biomedical Informatics. Springer,
New York, 2014, str 4-13)
Sog‘liqni saqlash tizimida elektron ma’lumotlardan foydalanish tizimini yaratish
va undan keng foydalanish dolzarb mavzu. Bugungi kunda ma’lumotlar bazasini
yaratish barcha davlat tashkilotlarida yo‘lga qo‘yilgan. Sog‘liqni saqlash tizimi
bundan mustasno emas. Ushbu tizim markazlashgan tibbiyot muassasalarida keng
ko‘lamda ishlamoqda.
Dasturchilar tilida Microsoft Access - Ma’lumotlar Bazasi (MB), axborotlarini
saqlab, saralab, tizimga solib, tuzatib va to‘ldirib turuvchi xamda so‘rovlar,
tanlanmalar va hisobotlar tuzish uchun zarur vosita va usullarga ega bo‘lgan
dasturiy tarzda tashkillashtirilgan tuzilmadir. Ma’lumotlar Bazasi tuzilmasi, bu
jadvallar maydonlaridan, maydonlarning turlari va xossalaridan iborat tuzilma.
MB maydonlarining xossalari.
MBning maydonlari baza tuzilmasini belgilashi bilan bir qatorda, muayyan
maydonga tegishli katakchalarga yozilib boruvchi ma’lumotlar uchun umumiy
bo‘lgan xossani ham aniqlab beradi.
•
Maydon xossasi tushunchasi MBga oid iboralar ichida etakchi o‘rin tutadi.
SHu boisdan, maydon xossalarining asosiylarini qisqacha kurib o‘tamiz:
1- Maydon nomi (imya polya)
Maydon nomlari jadval ustunlarining sarlavhalari sifatida ishlatiladi.
Bu, baza bilan avtomatik amallar bajarilayotgan paytda mazkur maydonning
ma’lumotlariga qay tarzda murojaat etish kerakligini ta’minlovchi xossa.
•
2 - Maydon turi (tip polya) - berilgan maydon tarkibidagi ma’lumotlarning
turini bildiradi.
•
3 - Maydon o‘lchami (razmer polya)- berilgan maydon katakchalariga
sigishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning maksimal uzunligini belgilovchi
xossa.
•
4 - Maydon formati (format polya) - maydonga tegishli katakchalaridagi
ma’lumotlarni formatlash usulini aniqlab beradi.
•
5 - Ma’lumot kiritish niqobi (maska vvoda) – bu xossa ma’lumotlarni
kiritishning avtomatlashtirish vositasi bo‘lib, maydonga kiritiladigan
ma’lumotlarni qanday shakl orqali bajarilishini aniqlaydi.
•
6 - Imzo(podpis)
Bu, jadvalda maydonga mos ustunning sarlavhasini aniqlovchi xossa.
Agar imzo alohida ko‘rsatilmasa, uning o‘rnini “maydon nomi” egallaydi.
MB maydonlarining turlari.
Maydon turlari deganda odatda baza jadvalining maydonlariga kiritiladigan
ma’lumotlar turlari tushuniladi.
•
Maydon turi bu alohida bayon etishni talab etuvchi maydon xossasi bo‘lib,
uning ko‘rinishlari quyidagilardan iboratdir:
1- Matnli maydon (tekstovoe pole)
CHegaralangan, ko‘pi bilan 255 ta
belgiga teng o‘lchamdagi biror qolipga solinmagan matnlarni saqlashga
mo‘ljallanmagan maydon.
2 - Sonli maydon (chislovoe pole),
haqiqiy sonlarni saqlashga mo‘ljallangan.
3 - Sana/vaqt maydoni
(pole “data/vremya”) - kalendar, sana va joriy vaqtni saqlovchi maydon.
4 - Pulli maydon (denejnoe pole),
pul mablag‘larning sonlardagi qiymati saqlanadigan maydon.
5 - Hisobchi maydon (schetchik),
kiritilayotganlarni tartib bilan raqamlash uchun ishlatiladigan sonlar maydoni.
6 - Gipermurojaat maydoni (pole“giperssыlka”),
Internet Web – ob’ektlarining URL manzillarini saklashga mo‘ljallangan
maxsus maydon. Undagi kayd kilinganlar gipermurojaatlardan iborat.
MBBT - Ma’lumotlar bazalarini boshkarish tizimiga murojaat etuvchilarni shartli
ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin:
- foydalanuvchilar guruhi
- loyihalovchilar guruhi.
Loyihalovchilar - MBdan foydalanuvchilarning talablarini inobatga olgan
holda MB jadvalining tuzilmasini yaratish va yahshilash ustida ishlaydi.
Foydalanuvchilar - MBBTga murojaat etuvchilar vakillari loyihalanib bo‘lgan
MBni to‘ldirish va ma’lumotlarga kirish huquqiga egadirlar xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |