WWW tarkibi
WWWda axborot maxsus sahifalarda, ya’ni Web-sahifalarda joylashadi. Web-sahifaga matn, rasm, tovush, videotasvir va hokazo ko‘rinishdagi axborotlarni joylashtirish mumkin. Bu esa o‘z navbatida reklama, tijorat, ta’lim va boshqa ko‘pgina soha vakillariga beqiyos imkoniyatlar ochib berdi. Masalan, juda ko‘p kinostudiyalar o‘z mahsulotlarini reklama qilish uchun Web-sahifalar yaratishadi. Mazkur Web-sahifalarda asosan yangi filmlar haqidagi ma’lumotlar bilan birga shu filmlardan 1-2 daqiqali parchalar aks ettiriladi. WWW yaratilgunga qadar bunday imkoniyat faqat kinoteatrlar yoki televideniye orqaligina mumkin edi.
Kinoteatr va televideniye orqali namoyishlar belgilangan vaqtga bog‘liq bo‘lsa, WWW dan xohlagan kishi istalgan vaqtda yangi filmlar haqida to‘liq ma’lumot olishi mumkin.
WWWning ommalashishiga yana bir omil gipermatndir. Gipermatn Web-sahifaning biror qismiga yoki boshqa Web-sahifaga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi ilova bo‘lib, u so‘z yoki rasm bo‘lishi mumkin. Gipermatn yordamida Web-sahifaning kerakli qismiga yoki boshqa Web-sahifaga tez va oson o‘tiladi, bu hol kerakli qism yoki Web-sahifaga gipermurojaat deb ataladi.
Bitta tashkilot yoki xususiy shaxsga tegishli va mazmuniga ko‘ra o‘zaro bog‘langan bir nechta Web-sahifalar majmuyi Web-sayt deyiladi. Web-saytni kitobga, web-sahifani esa kitobning sahifasiga o‘xshatish mumkin. Web-saytdagi web-sahifalar o‘zaro gipermatn yordamida bog‘lanadi. Web-saytlar ham, Web-sahifalar ham Web-server deb ataluvchi Internetga ulangan maxsus kompyuterlarda saqlanadi va o‘z adresiga ega bo‘ladi. Bu adres URL deb ataladi. URL hamisha http:// yozuvidan boshlanadi (http - HyperText Transfer Protocol). So‘ngra web-sahifa joylashgan tarmoq (provayder) adresi (masalan, www.uzsci.net), keyin web-sahifa nomi (masalan, ~rtm) yoziladi. Provayderlar (ingliz. provide – imkon berish, ta’minlash) – Internetning ba’zi qismlaridan foydalanishga imkon beruvchi va foydalanuvchilarga turli xizmatlarni ko‘rsatuvchi firmalardir. Shunday qilib, misolda keltirilgan web-sahifaning Internetdagi adresi http://www.uzsci.net/~rtm ko‘rinishida bo‘ladi.
O‘quvchilarning Internetda ishlashi yoki Internetdan olingan saytni tahlil etishi maqsadga muvofiqdir.
O’quvchilarning www.edunet.uz yoki www.ziyonet.uz saytini yoki saytning avvaldan saqlab qo’yilgan web-sahifalarini ochib ko’rishlari O’zbekistonda axborot texnologiyalari sohasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishishlariga imkon beradi.
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
Savollar va topshiriqlar berish.
Darslikdagi 1, 2, 3 – mashqlarni bajarish.
Uyga vazifa:
Darslikdagi 4, 5 – mashqlar, mavzuni o’qish.
Do'stlaringiz bilan baham: |