Mavzu: Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi. Axborotlarni kodlash va dekodlash Asosiy savollar



Download 57,81 Kb.
bet1/4
Sana08.02.2022
Hajmi57,81 Kb.
#435287
  1   2   3   4
Bog'liq
9 dars Axborotlarni kodlash va dekodlash


Mavzu: Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi. Axborotlarni kodlash va dekodlash
Asosiy savollar:

  1. Axborotlarni kodlash tushunchasi va usullari.

  2. Berilganlarning EHM xotirasidagi ko’rinishi.

1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Axborotlarni kodlash tushunchasi va usullari to’g’risida ma’lumotlar berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.1. Axborotlarni kodlash tushunchasi va usullari ochib bera oladi.
1.2. Axborotlarni kodlash tushunchasi va usullari mazmunini izohlay oladi.
1-asosiy savolning bayoni
Hayotda axborotlarni turli yo’llar bilan “yashirish” masalasi necha asrlardan beri asosiy masalalardan hisoblanib kelgan.
Kodlash deb- axborotni ma’lum bir qonun-qoida asosida kompyuterda qayta ifodalash kodlash deyiladi.
Axborotni kodlashning ko’pgina usullari mavjud. Ana shunday usullardan biri Morze usulidir. Unda turli harf va raqamlar nuqta va tirelarning maxsus ketma-ketligi ko’rinishida ifodalanadi.
Morze Samyuel Finli Briz (1791 yil AQSh da tug’ilgan.) – amerika rassomi va telegrafiya sohasidagi ixtirochisi, Tarixiy kompozitsiyalar va portretlar muallifi. Milliy rassomlik akademiyasining (Nyu-York) asoschisi va birinchi prezidenti (1826-1845yy). Morze 1837 yilda elektromagnit telegraf apparatini ixtiro qilgan, 1838 yilda shu apparati uchun telegraf kodini ishlab chiqqan. Amalda ishlatish uchun yaroqli apparatni 1844 yilda yaratdi. Morze apparati birinchi marta Vashington-Baltimor telegraf liniyasida ishlatilgan.
Axborotlarni kodlashda ishlatiladigan usullardan biri ularni telegraf kodi yordamida kodlash usulidir.
Telegraf kodi telegraf aloqada ishlatiladigan shartli belgilar sistemasi, har qaysi belgiga yuboriladigan elektr tokining muayyan impulslari kombinatsiyasi mos kelishi tushuniladi.
Axborotni kodlashning eng sodda usuli – bizga ma’lum bo’lgan alfavitdagi harflarni ularning tartib nomerini ko’rsatuvchi sonlar bilan almashtirishdan iborat.
Agar harflar ketma-ketligi tartibi nomerini o’zgartirilsa, bu (yangi) ketma-ketlikni axborot kimga belgilangan bo’lsa, u albatta bilishi kerak, aks holda uzatilgan axborotni qayta kodlash masalasi yuzaga keladi.
Mashhur izquvar Sherlok Xolms biror kodlangan axborotni qayta kodlash (gohida bu jarayonni deshifralash deb atashadi) uchun, unda ko’p uchraydigan belgilarni ajratib olib, ularni o’z tilida ko’p uchraydigan harflar bilan taqqoslab, undan maxsus jadval tuzib olgan. (Bu usul hozirda tosh davridan bizgacha saqlanib qolgan ba’zi yozuvlarni o’qishda ham ishlatilmoqda).
Miqdoriy (yoki sonli) axborot arab yoki rim raqamlari yordamida; tovushli axborot maxsus notalar yordamida; shakliy axborot nuqta, turli chiziqlar yordamida ifodalanadi.
Hozirgi vaqtda axborotni kodlash va qayta kodlash bilan shug’ullanuvchi mutaxassislarni k r i p t o g r a f lar deb atashadi.
Kodlash usullari ikki xil, yani tekis va notekis bo’lishi mumkin.
Tekis usullarda bir xajmdagi belgilardan foydalanilsa, notekis
usulda belgilar turli xajmdagi belgilarni o’z ichiga oladi.
Kodlashning notekis usuliga 1837-1838 yilda ishlab chiqarilgan telegraf, ya’ni Morze alifbosi misol bo’la oladi, chunki unda har bir xarf va raqamga uzun va qisqa signallarning ikkilik ketma-ketligi mos keladi. Bu usul bilan axborotlarni uzatish mumkin, lekin qayta ishlash imkoniyati yo’q, bo’lsada juda qiyin.
Shuning uchun ham, EHM larda ma’lumotlarni kodlashning tekis usullaridan foydalaniladi.
Biz, 8ta nol va birlarning turli kombinatsiyalaridan foydalanib, turli xildagi belgilarni kodlashimiz mumkin. 0 va 1 dan iborat raqamlar yordamida ularni 8 tadan ajratsak, bu kombinatsiyalar soni 28q256 ga teng bo’ladi va ular yordamida 256 ta harflar, raqamlar, turli boshqa belgilarni kodlash imkoniyati tug’iladi. 1 bayt joyda ikkilik kodi orqali 256 ta belgini kodlash mumkin.


Kodlash qoidasi

Kodlash sub’ekti

Kodlash protsessi

A V
Kodlash sxemasi

Misol: ILM - I L M


10000010 10000100 10001000



Download 57,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish