Mavzu: Axborot urushlari va kiberxujumlar


Kompyuter jinoyatchiligi tahlili



Download 85,39 Kb.
bet4/4
Sana16.03.2022
Hajmi85,39 Kb.
#497479
1   2   3   4
Bog'liq
Kiberxavfsizlik referat 1

3.Kompyuter jinoyatchiligi tahlili
So`nggi yillarda ommaviy axborot vositalarida "kompyuter jinoyatchiligi" tushunchasiga borgan sari ko`proq duch kelayapmiz. Chunki ijtimoiy munosabatlar o`zgarishi bilan yangi munosabatlar yuzaga kelishi tabiiy holdir. Mazkur jinoyatga nisbatan e`tiborning ortishi bejiz emas. Zotan, bugungi kunda har qanday sohani — axborot, aloqa, savdo-sanoat, bank va birja operasiyalari xamda boshqa faoliyat turlarini kompyuterlarsiz tasavvur etish mushkul. 
Hozirgi kunda jamiyatning barcha muhim funksiya va vazifalari u yoki bu darajada kompyuter, internet tarmoqlari va axborotlariga bog`liq. Ayniqsa, kompyuterlarning moliya-iqtisod sohasiga ta`siri kuchli. Mazkur sohada nafaqat kompyuter ma`lumotlari, balki oddiy banknotlar bilan teng qiymatga ega bo`lgan "elektron pul" mablag`lari qo`llanmoqda. Pul va boylik muomalada bo`ladigan sohada esa, ularni o`zlashtirish uchun qonunni buzishdan ham toymaydigan jinoyatchilar har doim ham topiladi. Demak, o`zgalar mulkini kompyuter vositalaridan foydalanib talon-toroj qilish bugungi kunda dunyoda shiddat bilan rivojlanib borayotgan hamda chek-chegara bilmaydigan jinoyat ekani bilan ham xavflidir.
Oson hamda daromadli ekani bois, mazkur jinoyatlar yanada xavfli tus olmoqda. BMT jinoyatchilik bo`yicha qo`mitasining ushbu jinoyatlarni terrorizm va giyohvandlik bilan bir o`ringa qo`yishi bejiz emas. O`tkazilgan ijtimoiy so`rovlar, sud materiallari va olimlarning kuzatuvlari tahlili dunyo hamjamiyati kompyuter vositalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashda jiddiy muammoga duch kelayotganini ko`rsatadi. Rivojlangan mamlakatlarda kiberjinoyatchilik minglab huquqbuzarliklar bilan, uning iqtisodiy zarari esa milliardlab AQSh dollari bilan o`lchanmoqda.
Shunday qilib, kompyuter axborot tizimlarining jamiyat hayotidagi o`rni, ulardan foydalanish ko`lamining oshib borayotgani, davlat boshqaruv organlari faoliyatiga ham kompyuter tarmoq va tizimlarining jadal kirib kelayotgani ushbu tizimlar va axborotlarni jinoiy tajovuzlardan himoya qilish muammosini yuzaga keltiradi.
BMT ekspertlari tomonidan bildirilgan tavsiyalarga ko`ra, kompyuter jinoyatchiligi sirasiga kompyu­ter axboroti yoki uning muhofazasi sohasida sodir etiladigan, shuningdek, kompyuter texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlardur. 
Kompyuter jinoyatchiligi faqat o`zgalar mulkini talon-toroj qilishnigina emas, balki elektron viruslarni tarqatish va boshqa jinoiy harakatlarni ham qamrab oladi. MDH davlatlari miqyosida olib qaraydigan bo`lsak, so`nggi yillarda zararli dasturlar tar­qatilishi odatiy holga aylanib qoldi. Birgina Rossiyada har oyda ikkitadan o`ntagacha yangi virus tarqaladi. Faqatgina 2018 yilda kompyuter viruslari 100 milliard dollar atrofida zarar etkazgani aniqlandi. 
O`tkazilgan tadqiqotlarga ko`ra, kompyuter jinoyatchiligi, ham miqdor, ham sifat jihatidan shiddat bilan o`sib bormoqda. Demak ularga qarshi kurashda uslublarini va qonunchilik bazasini takomillashtirib borish zarur.
Darhaqiqat, kompyuter jinoyatchiligi bir qator o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, bu ularni jinoyatchilikning alohida guruhiga umumlashtirish imkonini beradi:
- tajovuz ob`ektining xilma-xilligi;
- kompyuter texnologiyalari va ma`lumotlarining jinoyat ob`ekti va ayni damda jinoyat sodir etish usuli sifatida namoyon bo`lishi;
-jinoiy tajovuz predmeti va usullarining turli-tumanligi;
- kompyuterning jinoyat predmeti yoki jinoyatni sodir etish vositasi sifatida namoyon bo`lishi.
Shu ma`noda, kompyuter jinoyatchiligini alohida guruhga ajratish maqsadga muvofiq, degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Kompyuter jinoyatchiligi mazmunan ko`plab jinoyatlarni qamrab oladi. Ular orasida o`zgalar mulkini kompyuter vositalaridan foydalanib talon-taroj qilish alohida o`rin egallaydi. Ushbu jinoyatlarning kompyuter jinoyatchiligi tizimidagi ulushi ulkan bo`lib, ularni tadqiq etishni kompyuter jinoyatchiligi tasnifidan boshlash ma`qul. Bu mazkur jinoyatlarning kompyuter jinoyatchiligi tizimidagi o`rnini aniq-ravshan anglash uchun muhimdir.
Kiberjinoyatchilik deb ataladigan kompyuter jinoyatchiligi bugungi jamiyatimiz uchun yirik muammo. Rivojlangan mamlakatlarda huquqni muhofaza qilish organlari to`qnashayotgan eng katta muammo kompyuter texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlardur.
Kompyuter jinoyatchiligini ikki toifaga ajratishimiz mumkin:
a) kompyuterdan jinoiy faoliyatni amalga oshirishda yordamchi vosita sifatida foydalaniladigan jinoyatlar (masalan, soxta guvohnoma yasash, mualliflik hujjatlarini ishlab chiqarish va h.k.z.);
b) kompyuterdan ma`lumotni o`g`irlash yoki buzish, bankka hujum qilish, qonunga xilof pul operasiyalarini amalga oshirish, kredit kartochkalari raqamlarini o`g`irlash maqsadlarida hamda jinoyat quroli sifatida foydalaniladigan jinoyatlar.
Kompyuter jinoyatchiligida kompyuterni jinoyat ob`ekti hamda jinoyat vositasi, deb ikki turga ajratsak bo`ladi. Birinchi holatga kompyuter va uning qurilmalarini o`g`irlash, xakerlar hujumi va turli virus va zararli dasturlarni tarqatish; ikkinchi holatga esa, pornografik mahsulotlar va noqonuniy kompyuter dasturlari realizasiyasi, internetda o`zgalar mulkini o`zlashtirish maqsadida firibgarlik qilish, shuningdek, noqonuniy olingan daromadni legallashtirish kabilardir.
Xitoy Xalq Respublikasi shimoli-g`arbiy siyosiy-huquqshunoslik universiteti Jamoat xavfsizligi instituti direktori professor Xuey Shen Vu, o`z ilmiy tadqiqotida kompyuter jinoyatlarining quyidagi turlarini ko`rsatib o`tadi:
1) tarmoq orqali hujum qilish va kompyuter tizimlariga zarar etkazish: xakerlik aralashuvi, kompyuter viruslarini ishlab chiqarish va tarqatish, kompyuterda saqlanadigan ma`lumotlarni o`zlashtirish;
2) tarmoq firibgarligi – jinoyatchilar jabrlanuvchilardan pul undirish maqsadida internet orqali yolg`onligi oldidan ma`lum bo`lgan ma`lumotlardan iborat bo`lgan daromadli takliflar kiritadilar;
3) kompyuter tizimlariga noqonuniy kirish orqali moliya muassasalaridan pul mablag`larini o`zlashtirish. Ushbu jinoyatning asosiy ob`ekti pul mablag`lari, bank hisob varaqasi va boshqa moliyaviy hujjatlardir. Statistik ma`lumotlarga qaraganda, dunyoda kredit kartalaridan pul mablag`larini o`zlashtirish miqdori bir yilda yuz million AQSh dollaridan oshmoqda; ko`p hollarda bunday jinoyatchilikning uyushgan holda sodir etilishi kuzatiladi;
4) onlayn tizimida qizg`in o`yinlar tashkil etish va Internet orqali shahvoniy tusdagi xizmatlarni reklama qilish;
5) mualliflik va turdosh huquqlarga tajovuz qilish, ya`ni intellektual mulkka qarshi kompyuter jinoyatlari;
6) davlat sirini tashkil etuvchi ma`lumotlarni talon-toroj qilish, ya`ni davlat xavfsizligiga qarshi kompyuter jinoyatlari;
7) ma`lumot tarqatish: pornografik mahsulotlarni, rasizm va millatlararo nizolarni keltirib chiqaruvchi ma`lumotlarni tarqatish va boshqalar;
 8) fuqarolarning shaxsiy hayotiga tajovuz qilish.
Axborot va tarmoq texnologiyalari keskin rivojlanayotgan hozirgi davrda shaxsiy hayot yanada oshkoralashmoqda, shaxsni sha`ni va qadr-qimmatini kamsituvchi yolg`on ma`lumotlarni tarqatish, tuhmat qilish, haqorat kabilar odatiy holga aylanib qolmoqda. Demak, jinoyatlarning oldini olish va ularning sodir etilishiga yo`l qo`ymaslik va bu borada endigina hayotimizga kirib kelayotgan munosabatlarda yuzaga keladigan jinoyatlarni ham o`rganish bizning asosiy vazifamizdir.
Chunki bugungi kunda kompyuter vositalaridan foydalanib sodir etilayotgan jinoyatlar bizning mamlakatimizda ham real xavf manbaiga aylanib bormoqda. O`zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari jarayonida ushbu jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilash mexanizmini takomillashtirish davr talabidir.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



  1. G‘aniev S.K.,Karimov M.M. Hisoblash sistemalari va tarmoqlarida informasiya himoyasi: Oliy o‘quv yurt.talab. uchun o‘quv qo‘llanma.- Toshkent davlat texnika universiteti, 2003. 77 b.


Foydalanilgan web saytlar

  1. arm.sies.uz

  2. Library.ziyonet.uz

  3. Library.tuit.uz

  4. Tatumarkaz.uz




Download 85,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish