1-rasm Har qanday axborot tizimining ishlash jarayonini quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin
Albatta, axborot tizimining tarkibini umumiy holda quyidagicha tasvirlash maqsadga muvofiq bo‘ladi:
Axborot tizimlari quyidagi xossalar bilan xarakterlanadi
har qanday axborot tizimi, tizimni tashkil etishning umumiy prinsipi asosida tahlil qilinadi va boshqariladi
Axborot tizimi dinamik ko‘rinishga ega bo‘lib, rivojlanuvchi tizim hisoblanadi
Axborot tizimining mahsuloti ham axborot hisoblanadi
Axborot tizimini odam-kompyuter tizimi ko‘rinishida tasavvur qilish lozim Axborot tizimlarini hayotda qo‘llab qanday natijalar olish mumkin
Matematik metod va intellektual tizimlarni qo‘llab, boshqarishning optimal variantlarini olish.
Tizimni avtomatlashtirish natijasida ishchilarning vazifalarini yengillashtirish.
Eng to‘g‘ri axborotga ega bo‘lish.
Axborotlarni qog‘ozda emas balki magnit yoki optik disklarda saqlash Mahsulot ishlab chiqarish sarf harajatlarnini kamaytirish.
Foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish.
4.Axborot tizimlaridagi boshqaruv tuzilmasining ahamiyati.
Axborot tizimi jamiyat va har bir tashkilot uchun quyidagilarni bajarishi lozim:
Axborot tizimining tuzilmasi va uning qo‘llanilish maqsadi, jamiyat va korxona oldida turgan vazifa bilan to‘g‘ri kelishi kerak. Masalan tijorat firmasida - foydali biznes, davlat korxonasida ijtimoiy va siyosiy vazifalarni bajarishi kerak.
Axborot tizimi inson tomonidan Boshqarilishi va ijtimoiy etika prinsiplari asosida foyda keltirishi kerak.
To‘g‘ri, kafolatli va o‘z vaqtida axborotlarni mijoz yoki tizimlarga yetkazishi lozim.
XULOSA
Axborot tizimini yaratish, tashkilotning Boshqaruv tuzilmasini tahlil qilishdan boshlanadi Boshqarish deganda quyidagi vazifalarni amalga oshirish funksiyasi bilan, qo‘yilgan maqsadga erishish tushuniladi:Tashkiliy tizimlar ishlab chiqarish vositalaridan foydalanuvchi kishilar jamoasining ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish uchun mo`ljallangan. Oxirgisi ancha muhim holat hisoblanadi, chunki tashkiliy tizimlar tеxnik vositalarning o`ziga xosligini, xususan, boshqaruv vositalarini hisobga olishi lozim. Tizimda boshqaruv ob'еkti – bu muayyan moddiy zahiralarga ega va aniq mahsulotni olishga yo`naltirilgan ishlab chiqarish opеratsiyalarini bajaruvchi vazirlik, idora, korxona, sеx, ishlab chiqarish, uchastkalar, ijrochilar jamoasi yoki ayrim shaxslardir. Boshqaruv ob'еktining faoliyati ishlab chiqarish jarayoni chog`idagi turli holatlardagi vazifalarni amalga oshirishga bo`ysindirilgan.Boshqaruv organi ob'еktni boshqarish uchun tashkiliy tizimdan foydalanuvchi shaxs yoki shaxslar guruhi sanaladi.Tashkiliy tizimlar avtomatlashtirilgan yoki avtomatlashtirilmagan bo`lishi mumkin.Tashkiliy tizimlar bir qator o`ziga xos xususiyatlarga ega. Dastlabki o`ziga xosligi shuki, tizimning asosiy elеmеnti murakkab, faol tizim bo`lgan insondir.Inson yurish-turishi, xulqi jihatlarining amaliy talablarini bayon etuvchi norasmiy modеllarini tuzish juda murakkab, ba'zan esa iloji yo`q. Ayni paytda inson tashkiliy tizimlarda qaror qabul qiluvchi shaxs (QQSh) hisoblanadi.Tashkiliy tizimlarning ikkinchi o`ziga xosligi – ko`p maqsadli ishlash xususiyatidir. Ushbu tizimlar faoliyatining samaradorligi umuman olganda ham uning kichik tizim va elеmеntlarini tashkil etuvchilariga ko`ra ko`plab miqdordagi tеxnik, iqtisodiy va ijtimoiy ko`rsatkichlar bilan bеlgilanadi. Samaradorlikni baholashning ko`pqirraligi ko`pgina o`zaro bog`liq jihatlar bo`yicha boshqarishni tashkil etish zaruriyatiga olib kеladi. Bunda tizimning boshqa elеmеntlari bilan moddiy va axborot jihatdan o`zaro ta'sirini tashkil etish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |