Mavzu: axborot texnologiyalarining turlari



Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana16.03.2022
Hajmi308,52 Kb.
#494401
  1   2


3-MA’RUZA 
MAVZU: AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING TURLARI 
Reja: 
1. Axborot texnologiyalari haqida. 
2. Axborot texnologiyalari turlari tavsiflari. 
 
Tayanch so‘z va iboralar: 
axborot texnologiyalari, taraqqiyot bosqichlari, 
axborot texnolgiyasining afzalliklari,
ma’lumotlarni saqlash, avtomatlashtirilgan 
ofis. 
 
1. Axborot texnologiyalari haqida
Ma’lumotlarni 
qayta 
ishlashning 
axborot 
texnologiyalari 
yaxshi 
tuzilmalashgan vazifalarni xal qilish uchun mo‘ljallangan, ularga ko‘ra zarur kirish 
ma’lumotlari mavjud. Bu texnologiya boshqaruv mexnatining ayrim mayda, doimo 
takrorlanuvchi operatsiyalarni avtomatlashtirish maqsadlarida yuqori bo‘lmagan 
malakali xodimlarning operatsiyaviy (ijrochilik) faoliyati darajasida qo‘llanadi. 
Shu bois axborot texnologiyalari tizimlarini bu darajada qo‘llash xodimlar mexnati 
samaradorligini ancha oshiradi, ularni mayda operatsiyalardan ozod etadi, extimol, 
xatto xodimlar sonini qisqartirish zaruratiga olib keladi. 
Operatsiyaviy faoliyat darajasiga quyidagi vazifalar xal etiladi: 
- firma amalga oshiradigan operatsiyalar xaqida ma’lumotlarni qayta ishlash; 
- firmadagi ishlarning axvoli xaqida davriy nazorat hisobotlarini tuzish; 
- istalgan joriy savollarga javob olish va ularni qog‘oz hujjatlari yoki hisoblari 
ko‘rinishida rasmiylashtirish. 
Ma’lumotlarni qayta ishlash quyidagi jihatlar bilan boshqa texnologiyalardan 
ajralib turadi: -ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha firmaga zarur bo‘lgan 
vazifalarni bajarish. Har bir firma o‘z faoliyati xaqida ma’lumotlarga ega bo‘lish 
va saqlashga qonunan xaqli. Ular firmada nazoratni ta’minlash va qo‘llab-
quvvatlash vositasi sifatida foydalanishi mumkin. Shu bois istalgan firmada 
ma’lumotlarni qayta ishlash axborot tizimi albatta bo‘lishi va tegishli axborot 
texnologiyasi ishlab chiqilishi lozim; 
- faqat yaxshi tuzilmalashgan vazifani xal etish mumkin; 
- odam kam qatnashadigan avtomatik rejimdagi asosiy ish hajmini bajarish; 
- taftish jarayonida firma faoliyati boshidan oxirigacha va oxiridan 
boshigacha ketma-ketlik tartibida tekshiriladi; 
- voqealar ketma-ketligiga urg‘u berish; 
Ma’lumotlarni qayta ishlash axborot texnologiyasining asosiy komponentlari 
va xususiyatlari quyidagicha: ma’lumotlar jamlanmasi firmaning maxsulot yoki 
xizmatlar ishlab chiqarshiga qarab uning har bir xatti-xarakati haqida tegishli 
ma’lumotlar yozuvi bo‘ladi. Odatda tashqi atrofga tegishli firma xatti xarakatlari u 
ishlab chiqaradigan operatsiya sifatida aloxida ajralib turadi. Ma’lumotlarni qayta 
ishlash firma faoliyatini aks ettiruvchi kelib tushayotgan ma’lumotlardan axborotni 
yaratish uchun quyidagi operatsiyalardan foydalaniladi: tasnif va guruxlash. 
Boshlangich ma’lumotlar odatda bir yoki bir necha ramzlardan tashkil topgan 


kodlar ko‘rinishida bo‘ladi. Obyektlarning ayrim belgilarini ifodalovchi bu kodlar 
yozuvlarni aynan o‘xshatish va guruxlash uchun foydalanadi; 
- yozuvlarni izchilligini tartibga solishga yordam beruvchi sortlash; 
- arifmetik va mantiqiy opreratsiyalarni o‘z ichiga olgan hisoblashlar; 
- ma’lumotlar sonini kamaytirish uchun xizmat qiluvchi yiriklashtirish yoki 
agregatlashtirish; 
Ma’lumotlarni saqlash. Operatsiyaviy faoliyat darajasidagi ko‘pgina 
ma’lumotlarni keyinchalik foydalanish uchun yoki boshqa darajada saqlash zarur. 
Ularni saqlash uchun ma’lumotlar bazasi yaratiladi. 
Hisobotlar (hujjatlar)ni yaratish. Ma’lumotlarni qayta ishlash axborot 
texnologiyasida firma raxbariyati va xodimlari uchun hujjatlar yaratish lozim. 
Boshqarishning axborot texnologiyalari maqsadi qarorlarni qabul qilishga 
aloqasi bo‘lgan firma barcha xodimlarining axborot extiyojlarini qondirishdir. U 
boshqarishning istalgan darajasida foydali bo‘lishi mumkin boshqaruvning axborot 
texnodogiyasi xilma-xil turdagi hisobotlarni yaratishga mo‘ljallangan. Doimiy 
hisobotlar belgilangan 
grafikka muvofiq 
yaratiladi. Maxsus hisobotlar 
boshqaruvchilar so‘rovi bo‘yicha yoki kompaniyada biror-bir rejalashtirilmagan 
xodisa ro‘y berganda yaratiladi. Qiyosiy hisobotlar turli manbalardan olingan yoki 
turli belgilarga ko‘ra tasniflangan va qiyoslash maqsadlari uchun foydalaniladigan 
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Favqulotda hisobotlar istisno (favqulodda) 
tariqasidagi ma’lumotlarni qamrab oladi. Boshqaruvni qo‘llab quvvatlash uchun 
hisobotlardan foydalanish chetga chiqishlar bo‘yicha boshqarish deb ataladigan 
narsani amalga oshirishda ayniqsa samaralidir. 
Avtomatlashtirilgan ofis firma boshqaruvining barcha darajadagi menedjerlari 
uchun faqat xodimlar ichki firma aloqasini qo‘llab-quvvatlash uchungina emas, 
balki ularga tashqi muhit bilan yangi kommunikatsiya vositalarini taqdim etishi 
jihatdan xam diqqatni o‘ziga tortadi. Avtomatlashtirilgan ofisning axborot 
texnologiyasi kommunikatsiya jarayonlarini xam tashkilot ichida, xam tashqi 
muhit bilan axborot uzatish va u bilan ishlashning kompyuter tarmoqlari va 
zamonaviy vositalar negizida tashkil etish va qo‘llab-quvvatlashdir. Xozirgi paytda 
ofisni avtomatlashtirish texnologiyasini ta’minlovchi kompyuter va nokompyuter 
texnik vositalar uchun bir necha o‘nlab dasturiy maxsulotlar ma’lum: matnli 
protsessor, jadvalli protsessor, elektron pochta, elektron kalendar, audiopochta, 
kompyuterli va telekonferensiyalar shuningdek boshqaruv faoliyatining maxsus 
dasturlari kiradi. 
Qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashning tizimi tarkibiga uch asosiy qism: 
ma’lumotlar bazasi, modellar bazasi va tizim osti dasturi kiradi, so‘ngisi 
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT), modellar bazasini boshqarish 
tizimi (ModBBT) foydalanuvchi va kompyuter o‘rtasidagi interfeys bilan 
boshqarish tizimidan iborat. 
Ma’lumotlar bazasi qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashning axborot 
texnologiyasida muhim rol uynaydi. Ma’lumotlar bevosita foydalanuvchi 
tomonidan matematik modellar yordamida hisob-kitoblar uchun foydalanishi 
mumkin. Ma’lumotlarning bir qismi axborot tizimidan operatsiyaviy darajaga kelib 
tushadi. Ulardan samarali foydalanish uchun bu ma’lumotlar oldindan qayta 


ishlanishi lozim. Firma operatsiyalari haqidagi ma’lumotlardan tashqari, qaror 
qabul qilishni qo‘llab-quvatlash tizimi ishlashi uchun boshqa ichki ma’lumotlar, 
masalan, xodimlarning xarakatlanishi haqidagi ma’lumotlar talab etiladi, ular o‘z 
paytida kiritilishi lozim. 
Boshqarishning yuqori darajalarida qaror qabul qilishni amalga oshirish 
uchun tashqi manbalardan olinadigan ma’lumotlar ayniqsa muhim ahamiyatga ega. 
Ichki ma’lumotlardan farqli ravishda tashqi ma’lumotlar odatda ularni yig‘ishga 
ixtisoslashgan tashkilotdan sotib olinadi. 

Download 308,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish