3-MA’RUZA
MAVZU: AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING TURLARI
Reja:
1. Axborot texnologiyalari haqida.
2. Axborot texnologiyalari turlari tavsiflari.
Tayanch so‘z va iboralar:
axborot texnologiyalari, taraqqiyot bosqichlari,
axborot texnolgiyasining afzalliklari,
ma’lumotlarni saqlash, avtomatlashtirilgan
ofis.
1. Axborot texnologiyalari haqida
Ma’lumotlarni
qayta
ishlashning
axborot
texnologiyalari
yaxshi
tuzilmalashgan vazifalarni xal qilish uchun mo‘ljallangan, ularga ko‘ra zarur kirish
ma’lumotlari mavjud. Bu texnologiya boshqaruv mexnatining ayrim mayda, doimo
takrorlanuvchi operatsiyalarni avtomatlashtirish maqsadlarida yuqori bo‘lmagan
malakali xodimlarning operatsiyaviy (ijrochilik) faoliyati darajasida qo‘llanadi.
Shu bois axborot texnologiyalari tizimlarini bu darajada qo‘llash xodimlar mexnati
samaradorligini ancha oshiradi, ularni mayda operatsiyalardan ozod etadi, extimol,
xatto xodimlar sonini qisqartirish zaruratiga olib keladi.
Operatsiyaviy faoliyat darajasiga quyidagi vazifalar xal etiladi:
- firma amalga oshiradigan operatsiyalar xaqida ma’lumotlarni qayta ishlash;
- firmadagi ishlarning axvoli xaqida davriy nazorat hisobotlarini tuzish;
- istalgan joriy savollarga javob olish va ularni qog‘oz hujjatlari yoki hisoblari
ko‘rinishida rasmiylashtirish.
Ma’lumotlarni qayta ishlash quyidagi jihatlar bilan boshqa texnologiyalardan
ajralib turadi: -ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha firmaga zarur bo‘lgan
vazifalarni bajarish. Har bir firma o‘z faoliyati xaqida ma’lumotlarga ega bo‘lish
va saqlashga qonunan xaqli. Ular firmada nazoratni ta’minlash va qo‘llab-
quvvatlash vositasi sifatida foydalanishi mumkin. Shu bois istalgan firmada
ma’lumotlarni qayta ishlash axborot tizimi albatta bo‘lishi va tegishli axborot
texnologiyasi ishlab chiqilishi lozim;
- faqat yaxshi tuzilmalashgan vazifani xal etish mumkin;
- odam kam qatnashadigan avtomatik rejimdagi asosiy ish hajmini bajarish;
- taftish jarayonida firma faoliyati boshidan oxirigacha va oxiridan
boshigacha ketma-ketlik tartibida tekshiriladi;
- voqealar ketma-ketligiga urg‘u berish;
Ma’lumotlarni qayta ishlash axborot texnologiyasining asosiy komponentlari
va xususiyatlari quyidagicha: ma’lumotlar jamlanmasi firmaning maxsulot yoki
xizmatlar ishlab chiqarshiga qarab uning har bir xatti-xarakati haqida tegishli
ma’lumotlar yozuvi bo‘ladi. Odatda tashqi atrofga tegishli firma xatti xarakatlari u
ishlab chiqaradigan operatsiya sifatida aloxida ajralib turadi. Ma’lumotlarni qayta
ishlash firma faoliyatini aks ettiruvchi kelib tushayotgan ma’lumotlardan axborotni
yaratish uchun quyidagi operatsiyalardan foydalaniladi: tasnif va guruxlash.
Boshlangich ma’lumotlar odatda bir yoki bir necha ramzlardan tashkil topgan
kodlar ko‘rinishida bo‘ladi. Obyektlarning ayrim belgilarini ifodalovchi bu kodlar
yozuvlarni aynan o‘xshatish va guruxlash uchun foydalanadi;
- yozuvlarni izchilligini tartibga solishga yordam beruvchi sortlash;
- arifmetik va mantiqiy opreratsiyalarni o‘z ichiga olgan hisoblashlar;
- ma’lumotlar sonini kamaytirish uchun xizmat qiluvchi yiriklashtirish yoki
agregatlashtirish;
Ma’lumotlarni saqlash. Operatsiyaviy faoliyat darajasidagi ko‘pgina
ma’lumotlarni keyinchalik foydalanish uchun yoki boshqa darajada saqlash zarur.
Ularni saqlash uchun ma’lumotlar bazasi yaratiladi.
Hisobotlar (hujjatlar)ni yaratish. Ma’lumotlarni qayta ishlash axborot
texnologiyasida firma raxbariyati va xodimlari uchun hujjatlar yaratish lozim.
Boshqarishning axborot texnologiyalari maqsadi qarorlarni qabul qilishga
aloqasi bo‘lgan firma barcha xodimlarining axborot extiyojlarini qondirishdir. U
boshqarishning istalgan darajasida foydali bo‘lishi mumkin boshqaruvning axborot
texnodogiyasi xilma-xil turdagi hisobotlarni yaratishga mo‘ljallangan. Doimiy
hisobotlar belgilangan
grafikka muvofiq
yaratiladi. Maxsus hisobotlar
boshqaruvchilar so‘rovi bo‘yicha yoki kompaniyada biror-bir rejalashtirilmagan
xodisa ro‘y berganda yaratiladi. Qiyosiy hisobotlar turli manbalardan olingan yoki
turli belgilarga ko‘ra tasniflangan va qiyoslash maqsadlari uchun foydalaniladigan
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Favqulotda hisobotlar istisno (favqulodda)
tariqasidagi ma’lumotlarni qamrab oladi. Boshqaruvni qo‘llab quvvatlash uchun
hisobotlardan foydalanish chetga chiqishlar bo‘yicha boshqarish deb ataladigan
narsani amalga oshirishda ayniqsa samaralidir.
Avtomatlashtirilgan ofis firma boshqaruvining barcha darajadagi menedjerlari
uchun faqat xodimlar ichki firma aloqasini qo‘llab-quvvatlash uchungina emas,
balki ularga tashqi muhit bilan yangi kommunikatsiya vositalarini taqdim etishi
jihatdan xam diqqatni o‘ziga tortadi. Avtomatlashtirilgan ofisning axborot
texnologiyasi kommunikatsiya jarayonlarini xam tashkilot ichida, xam tashqi
muhit bilan axborot uzatish va u bilan ishlashning kompyuter tarmoqlari va
zamonaviy vositalar negizida tashkil etish va qo‘llab-quvvatlashdir. Xozirgi paytda
ofisni avtomatlashtirish texnologiyasini ta’minlovchi kompyuter va nokompyuter
texnik vositalar uchun bir necha o‘nlab dasturiy maxsulotlar ma’lum: matnli
protsessor, jadvalli protsessor, elektron pochta, elektron kalendar, audiopochta,
kompyuterli va telekonferensiyalar shuningdek boshqaruv faoliyatining maxsus
dasturlari kiradi.
Qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashning tizimi tarkibiga uch asosiy qism:
ma’lumotlar bazasi, modellar bazasi va tizim osti dasturi kiradi, so‘ngisi
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT), modellar bazasini boshqarish
tizimi (ModBBT) foydalanuvchi va kompyuter o‘rtasidagi interfeys bilan
boshqarish tizimidan iborat.
Ma’lumotlar bazasi qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashning axborot
texnologiyasida muhim rol uynaydi. Ma’lumotlar bevosita foydalanuvchi
tomonidan matematik modellar yordamida hisob-kitoblar uchun foydalanishi
mumkin. Ma’lumotlarning bir qismi axborot tizimidan operatsiyaviy darajaga kelib
tushadi. Ulardan samarali foydalanish uchun bu ma’lumotlar oldindan qayta
ishlanishi lozim. Firma operatsiyalari haqidagi ma’lumotlardan tashqari, qaror
qabul qilishni qo‘llab-quvatlash tizimi ishlashi uchun boshqa ichki ma’lumotlar,
masalan, xodimlarning xarakatlanishi haqidagi ma’lumotlar talab etiladi, ular o‘z
paytida kiritilishi lozim.
Boshqarishning yuqori darajalarida qaror qabul qilishni amalga oshirish
uchun tashqi manbalardan olinadigan ma’lumotlar ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
Ichki ma’lumotlardan farqli ravishda tashqi ma’lumotlar odatda ularni yig‘ishga
ixtisoslashgan tashkilotdan sotib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |