Kiberjinoyatchilik haqida tushuncha.
Kiberjinoyatchilik nisbatan yangi tushuncha bo`lsada, ko`plab davlatlar iqtisodiyotiga qimmatga tushayotgan muammo. Jinoyat quroli – internet va eng so`nggi raqamli texnologiyalar. Mamlakatning harbiy, strategik tarmoqlarini ishdan chiqarish salohiyatiga ega. Buzg`unchi xakerlarni topib jazolash esa oson ish emas, chunki ular davlatdan doimo bir qadam oldinda. Bugungi kunda kiberjinoyatchilik degan tushuncha axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ko`plab turdagi ko`plab turdagi jinoyatlarni o`zida birlashtirgan. Virus va boshqa zararli daturlar, qonunga zid axborot tayyorlash va tarqatish, elektron xatlarni ommaviy tarqatish (spam), xakerlar hujumi, web_saytlarga noqonuniy kirish, firibgarlik, mualliflik huquqini buzish, kredit kartochkalar raqami va bank rekvizitlarini o`g`irlash(fishing va farming) hamda boshqa turli huquqbuzarliklar shular jumlasidandir. Ushbu holatda jinoyatchilar o`zlarini qiziqtirgan “obyektlar” ga moddiy va ma`naviy zarar yetkazishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ymoqda. Bunday kimsalar doirasi esa yildan-yilga kengayib borayotganini hayotning o`zi ko`rsatib turibdi.
Bugungi hayotni zamonaviy texnologiyasiz tasavvur qilsih qiyin. Uyali aloqa va internet dunyosidagi so`nggi kashfiyotlar uzoqni yaqin, og`irni yengil, biznes imkoniyalrini esa kengaytirgan. Biroq bu qulayliklar boshqa bir sohaga e`tibor qaratmoqda, kiberxavfsizlik har bir davlat uchun strategik masala. Avval asosan davlat sirlari va yuqori texnologiyalar nishonga olingan bo`lsa, hozir jinoyatchilar mo`ljalni kengroq olmoqda.
“Google” qidiruv tizimida bo`lgan hujumlardan bilamizki, nafaqat hukumatlar, balki xususiy kompaniyalar ham bu tahdid oldida ojiz. Global iqtisodiy integratsiya bizga ko`p eshiklarni ochib berdi, jinoyatchilarga esa yangi imkoniyatlarni.
Kiberjinoyatchiliklar.
Qidiruv tizimi bilan mashhur Google korporatsiyasi yaqinda u yuritadigan sistemalar nishonga olingani haqida xabar topdi. Jinoyat Xitoydan turib amalga oshirilgan. Gap intelektual mulk, mualliklik huquqi va uni o`zlashtirish haqida ketmoqda. Google qatoriga Yahoo, Dow Chemical va Northrop Grumman kabi 20dan oshiq boshqa yirik kompaniyalar ham xurujlardan shikoyat qiladi.
Internetda biznes yuritish xavfli bo`lib qolgan, deydi mutaxassislar. “Masalaning qay tomoni olib qaramang, ustunlik buzg`unchi jinoyatchilar tomonida”, - deydi ekspert Larri Klinton. “Qonunlar sust. Sohasini yaxshi biladigan mutaxassislar kam. Xurujlarni uyushtirish oson va arzo, qo`lidan kelgan odam katta mukofot oladi.”
Buning ustiga, o`tgan yillar ichida himoya texnologiyalari bobida uncha yangilik bo`lgani yo`q. Internet xakerlar uchun cheksiz imkoniyatlar dunyosi bo`lib xizmat qilmoqda.
Xakerlar tomonidan reja asosida amalga oshiriladigan DDOS hujumining asosiy qismini global tarmoqning oddiy foydalanuvchilari o`zlari bilmagan holda davom ettiradi. Kiberjinoyatchilar turli yo`llar bilan tarmoqda maxsus dastur tarqatadi va u foydalanuvchining kompyuterida turgach, ma`lum bir sayt yoki server manziliga so`rovlar jo`natadi. O`nlab, yuzlab shunday dasturlar sayt yoki serverga o`z ta`sirini o`tkazishni boshlasa, nimalar ro`y berishini tasavvur qilishning o`zi qiyin. Avvalo, bu sayt yoki server ishdan chiqadi, foydalanuvchilar uchun noqulayliklar, muammolar yuzaga keladi.
Amerikadagi “Symantec” kompaniyasining axborot xavfsizligi to`grisidagi “Norton Report” hisobotiga ko`ra, har yili dunyo bo`yicha 400 milliondan ortiq internet foydalanuvchisi kiberjinoyatchilik qurboniga aylanmoqda. Virtual jinoyatchilar o`zlarining bunday xatti harakati bilan 110 milliard dollardan ortiq mablag` sarflanmoqda. Tadqiqotchilar qiyos uchun quyidagi dalilni qayd etadi: dunyodagi eng ko`p daromad keltiradigan noqonuniy biznes – narkotik moddalar savdosining yillik hajmi 288 milliard dollarni tashkil qiladi va bu kiberjinoyatchilik keltirayotgan zarardan ancha kamdir. Bu esa kiberjinoyatchilik nafaqat fuqarolar yoki tashkilotlar, balki iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini to`liq kompyuterlashtirilgan har qanday davlatning milliy xavfsizligiga bevosita tahdiddir. Shu bois kiberjinoyatchilik butun dunyoda odatdagi jinoyatlarga tenglashtirilgan va ularni sodir etgan shaxslar qonun bo`yicha ta`qib qilinadi.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ham bu masala o`z ifodasini topgan. Chunonchi, 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Axborotlashtirish va ma`lumotlar uzatish sohasida qonunga xilof harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida” gi qonunga muvofiq Jinoyat kodeksi “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar” deb nomlangan 20-bob bilan to`ldirildi. Unda axborotlashtirish qoidalarini buzish, kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, kompyuter sabotaji, zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish kabi qator jinoyatlar uchun jazo choralari belgilangan.
Bundan tashqari jinoyat kodeksida kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib, o`zlashtirish va rastrata yo`li bilan talon-taroj qilish, kompyuter tizimiga ruxsatsiz kirib o`g`irlik sodir etish, noqonuniy axborot to`plash, oshkor qilish yoki undan foydalanish kabi kompyuter jinoyatlari tarkibi ko`zda tutilgan.
Kiberjinoyatchilikdan himoya qilish maqsadida shunday me`yoriy-huquqiy bazani yaratishni davrning o`zi taqozo etmoqda. Axborot makonida internetning o`rni ortib borayotgani e`tiborga olingan holda, inson va jamiyat huquq hamda erkinliklarini zo`ravonlik va shafqatsizlik, ularga yolg`on va ishonchsiz axborotni majburan qabul qildirish, yosh avlodning salbiy dunyoqarashini maqsadli shakllantirishdan himoya etish zaruriyati paydo bo`lmoqda. Birinchi Prezidentimiz ta`kidlaganlaridek bugungi kunda dunyoda kiberjinoyatchilik, kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda salbiy informatsion ta`sir o`tkazish kabi xalqaro xavfsizlikka nisbatan ilgari uchramagan xavf-xatarning avj olayotganiga yetarli baho bermasdan, ularning oldini olmasdan, beparvo bolib yashash mutlaqo mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |