2. Verbal axborotni qabul qilish
Verbal axborot deganda uning yozma shakli tushuniladi. Biz ba'zan gazeta, kitob yoki Internetdagi axborotlarni bir necha soat ichida o'qib chiqqan odamlarni ko'rganimizda, havasimiz keladi. Hozirgi kunga kelib tez o'qish metodikasi keng tarqalgan bo'lib, har bir odam uni o'zlashtirishi mumkin.
Matnni o'qish - ko'z nigohi orgali matnning mazmun-mohiyatini anglash va tushunish jarayonidir. Bu juda murakkab psixologik jarayon bo'lib, bu haqda buyuk nemis shoiri Gyote shunday degan: "Insonlar o'qish ilmi qanchalik mashaqqatli mehnat va vaqt talab etishini tasavvur ham qilishmaydi. Men 80 yildan beri o'qish sirlarini o'rganaman va hali maqsadimga erishdim deb ayta olmayman".
Hozirgi axborot portlashi hodisasini olimlar 19-asrdayoq bashorat qilishgan edi. Bugunga kelib axborotlar har 10-15 yilda ikki hissa ko'paymoqda. Bunday vaziyatda axborotlarni saralash va tez o'zlashtirish o'ta muhim hisoblanadi.
Tez o'qish qobiliyatiga ega bo'lgan insonlar o'z oldiga qo'ygan maqsadiga, matnning xarakteriga qarab o'qish tezligini o'zgartirib turishadi. Gazetalar, ilmiy-ommabop kitoblar, jurnallar va boshqa matnlarni o'qiganda o'qish tezligi har xil bo'lishi mumkin.
Tez o'qish mahoratiga ega bo'lgan insonlardan so'ralganida ularning aksariyati matnni fikrlab o'qishini va o'qilgan matn haqida o'ylamasligini aytishgan. Ya'ni, bu insonlar axborotni o'qish jarayonida unga oid dalillarni tahlil qilishadi, fikrlashadi, yangi tushunchalarni sintez qilishadi va o'qigandan keyin unga qaytishmaydi. Shu sababli, tez o'qishda sekin o'qishdagiga qaraganda tushunish sifati yuqori bo'ladi, xatoliklar kam bo'ladi.
Yana bir muhim jihati shundan iboratki, hozirgi axborot serobligi davrida axborotning ortiqcha qismini tashlab, eng zarur qismini tanlashni o'rganish ham muhim ahamiyatga ega.
Taniqli rus psixologi L.S. Vygotskiy 1931 yilda shunday yozgan edi: "Ko'pchilik, sekin o'qiganda yaxshi tushunamiz, deb xato oylashadi, aslida qachonki matn tushunarli bo'lsa u tez o'qiladi."
Talabalar uchun tez o'qish ko'nikmalari juda muhim. Ko'nikma deganda qiyinchiliksiz, avtomatik tarzda bajariladigan faoliyat
tushuniladi. Tez o'qish ko'nikmasi egallab olinganidan so'ng u insonni hech qachon tark etmaydi, u matnni o'qiganda tezlikni boshqara oladigan bo'ladi.
Matnni o'qish tezligi deganda o'rta hisobda bir minutda o'qiladigan belgilar (harflar, tovushlar) soni tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |