Mavzu: Avtomobillarni umumiy va elementlari bo‘yicha diagnostikalash



Download 108,91 Kb.
bet7/7
Sana02.02.2022
Hajmi108,91 Kb.
#425991
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Avtomobillarni umumiy va elementlari bo\'yicha diagnostikalash

L, Ьйк L4L, ming km Yo’l qo’yilgan me’yor (Syq ) - davriy diagnostika jarayonida asosiy diagnoz qo’yish me’yori bo’lib hisoblanadi. Yo’l qo’yilgan me’yor asosida ob’ekt holatiga diagnoz qo’yiladi va ekspluatatsiyani davom ettirish, profilaktik ta’sir yoki ta’mirlash ishlari bo’yicha tegishli qaror qabul qilinadi.
Diagnoz qo’yish. Avtomobilni diagnostikalash vaqtida diagnostik parametrlarning joriy vaqtdagi miqdori aniqlanadi va u asosida ob’ektning texnik holati bo’yicha diagnoz qo’yiladi. Diagnoz qo’yish — mexanizmning texnik holati to’g’risida xulosa chiqarish uning hozirgi vaqtda va navbatdagi servisgacha
bo’lgan davrda ekspluatatsiya uchun yaroqliligini bilishdir. Demak, rejalashtirilgan diagnoz avtomobilning soz ishlashi resursini prognozlash elementlarini ham o’z ichiga oladi.

  • агар диагностик параметрнинг жорий вактдаги киймати (5/) бошлангич меъёрий киймат (S$ ) га тенг ёки капа булса. «эксплуатация килиш» диагнози куйилади. яънп ушбу шарт sa<s, ^ suбажарилиши керак;

  • агар диагностик параметрнинг жорий вактдаги киймати (5/ ) йул куйидган меъёрий киймат (5^) га тенг ёки катта булса хамда унинг чегаравпй меъёрий киймати (S4)дан кичик булса «техник хизмат курсатиш» диагнози куйилади, яъни sM<s, -<s.;

  • агар диагностик параметрнинг жорий вактдаги киймати (5/) чегаравий меъёрий киймат (S4)га тенг ёки катта булса, «таъмирлаш» диагнози куйилади. яъни 5, >S*.

Ob’ektning texnik holatini aniqlash masalalari quyidagilardan iborat (6.3-rasm):

  • texnik diagnostika;

  • texnik prognoz;

  • texnik genetika.

Техник башорат (прогноз)

  1. раем. Объектнинг техник холатини аникяаш.

Agar texnik diagnostikaning vazifasi joriy vaqt ichida ob’ekt texnik holatini aniqlash, texnik prognozning vazifasi esa kelajakda kutiladigan ob’ekt texnik holatini va o’tkaziladigan texnik ta’sir yoki diagnostika davriyligini oldindan aytib berish bo’lsa, texnik genetikaning vazifasi ob’ektning avvalgi vaqtdagi texnik holatini aniqlashdir (masalan, ob’ektning avariyaoldi holati). Diagnostika ishlarini o’tkazish maqsadi va vazifalariga qarab har xil turlarga bo’linadi.
2 Diagnostikani tashkil etish turlari
Avtoservis korxonalari (ASK) va markazlaridagi texnik servis ishlari texnologik jarayonini tashkil etishda avtomobillarni texnik holatini diagnostikalash katta ahamiyatga ega. ASK va markazlarda ishlab chiqarish jarayonida quyidagi diagnostika turlari: avtomobillarni qabul diagnostikasi (DQ); buyurtmali diagnostika (DB); texnologik diagnostika (DT); nazorat — diagnostikasi (DN) qo’llaniladi =0G7*B4’@2(4- rasm).
Qabul diagnostikasi (Dq) ishini o’tkazishdan maqsad avtomobil egasining buyurtmasi bo’yicha “nosoz” deb belgilangan agregatlar va uzellarni tekshirib chiqish hamda xavfsizlikni ta’minlovchi barcha mexanizmlarni texnik holatini nazorat - ko’rikdan o’tkazish. SHuningdek, avtomobilning umumiy texnik holatini belgilovchi agregatlar va tizimlar ham, egasi buyurtmasidan qa’tiy nazar, ko’rib chiqiladi. Nazorat - ko’rik natijalariga asoslanib, bajariladigan ishlarning tahminiy hajmi, bajarish muddati, narhi belgilanadi va mijoz bilan kelishiladi, so’ngra buyurtma - naryadi rasmiylashtiriladi.
Qabul qilish postida quyidagi texnologik va diagnostik jihozlar bo’lishi kerak:

  • ko’targich;

  • gazanalizator;

  • yoritish va ogohlantirish anjomlari ishlashini tekshirish uchun oyna;

  • ishlatilgan gazlarni atmosferaga chiqarib yuborish shlangi;

  • ko’chma diagnostik vositalar va boshqalar.

Agarda nazorat - ko’rik vaqtida “nozoslik” sabablari aniqlanmasa, avtomobilni maxsus diagnostka ustaxonasiga yuboriladi.
Buyurtmali diagnostikalash (Db) ishlari avtomobil egasining buyurtmasi asosida, uning ishtirokida o’tkazilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu turdagi diagnostikalash ishlari maxsus diagnostika (avtomobillar, ularning agregat, mexanizm va tizimlarining texnik holatini aniqlash, baholash bilan shug’ullanuvchi) ustaxonasida yoki ixtisoslashtirilgan (boshqarish g’ildiraklarining o’rnatish burchaklarini aniqlash, tormoz tizimini va boshqa tizimlarni diagnostikalash) postlarida o’tkaziladi. Buyurtmali diagnostikalash natijasiga ko’ra aniqlangan nuqsonlar diagnostikalash ustaxonasi (posti)ning o’zida bartaraf etilishi mumkin. Bunday diagnostikalash ishlarini o’tkazish uchun quyidagi diagnostik vositalar bo’lishi kerak:

  • tormoz xususiyatlarini tekshirish uchun barabanli stend;

  • shinalarni muvozanatlash stendi;

  • boshqarish g’ildiraklarning o’rnatish burchaklarini aniqlash stendi;

  • amortizatorlar holatini diagnostikalash stendi;

  • tortish xususiyatini diagnostikalash stendi;

  • motor-testerlar (ostsillograf yordamida, etalon ostsillogrammalarga taqqoslash usuli bilan o’zgaruvchan tok generatori ishidagi nuqsonlarni, kondensator, o’t oldirish g’altagi birlamchi o’ramining holatini, uzgich kontaktlaridagi tirqish, o’t oldirish chaqmog’idagi teshib o’tuvchi kuchlanish va o’t oldirish g’altagining ish qobiliyatini aniqlash imkonini beradi). -skanerlar (elektron boshqaruv blokli avtomobillarning motor va boshqa tizimlarini diagnostikalash uchun) va boshqalar.

Texnologik diagnostika (Dt) servis kitobchasida ko’zda tutilgan va mijoz buyurtmasiga asoslanib nazorat-sozlash ishlarini va qo’shimcha bajariladigan ishlar hajmini aniqlash uchun texnik servis ustaxonalarida o’tkaziladi. Servis ishlarini bajarishda diagnostik jihozlarni qo’llash ko’pgina nazorat - sozlash ishlarining hajmini kamaytiradi, ularning sifatini oshiradi, ya’ni agregat yoki tizimlarni sababsiz bo’laklarga ajratilmaganligi. SHuning uchun servis ishlari o’tkaziladigan ustaxona va mintaqalar o’ziga tegishli diagnostik vositalar bilan jihozlanishi kerak, ya’ni qotirish ishlarini nazoratlash uchun dinometrik kalit, sozlash ishlari bo’yicha: shchup (tirqishlarni o’lchash uchun); lyuft o’lchagichlar; chizg’ich;
manometr; indikator; motor-testr; skayner va boshqa o’lchov asboblari.
Nazorat diagnostikasi (Dn) avtomobil, uning agregat va tizimlari bo’yicha bajarilgan servis ishlari sifatini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Bajarilgan texnik ta’sir ishlarining sifati, hajmi ASKda mavjud diagnostik jihozlar yordamida tekshiriladi, masalan avtomobilning tormoz tizimi samaradorligi, tortish sifatlari, harakat xavfsizligini ta’minlovchi mexanizmlar, ishlatilgan gazlar tarkibi va boshqa diagnostik
parametrlar baholanadi.
Lekin diagnostik parametrlar soni iloji boricha chegaralangan bo’lishi kerak. Diagnostik jarayonda tekshiriladigan diagnostik parametrlar, servis ishlari bajarilgandan so’ng avtomobilning agregat yoki tizimini ekspluatatsiyaga “yaroqli” yoki “yaroqsiz”ligi bo’yicha olinadigan ma’lumotga asoslanishi kerak.

  1. Servis korxonalarida diagnostikalash ishlarini tashkil etish Avtomobillarni hamda ularning agregat va mexanizmlarini buyurtmali diagnostikalash ishlari ASKning maxsus diagnostika ustaxonasida va postlarida chuqurlashtirilgan holda o’tkaziladi. Uning vazifasi avtomobilning tortish sifatlari va iqtisodiy ko’rsatkichlarini nazorat qilish, servis hamda joriy ta’mirlashga bo’lgan ehtiyojini aniqlashdir. SHuning uchun ustaxona kerakli diagnostik vositalari, ya’ni avtomobillarning tortish xususiyatlari, tormoz tizimining samarodorligi, boshqarish g’ildiraklarini joylashish burchagini aniqlovchi jihozlar, dvigatelni diagnostikalash skayneri, motor-tester, farani tekshiruvchi asbob va boshqa diagnostik vositalar hamda ko’targich va siqilgan havo tarqatish tizimi bilan jihozlanishi kerak (6.5-rasm). Ustaxonaning diagnostik majmualari “Texnologik jihozlar va maxsus asboblar ro’yhati”ga binoan ASKning quvvatiga (ishchi postlar soniga) asosan jihozlanadi.

Maxsus diagnostika ustaxonasida mayda nosozliklarni bartaraf etishga va ayrim detallarni (maxsus moslamalarsiz) almashtirish mumkin. Bundan tashqari, diagnostik jarayoniga ta’sir etmaydigan texnik ta’sir (normallarni almashtirish, qotirish) amallariga hamda diagnostikani tashkil etish uchun zarur bo’lgan (fara va boshqa tizimlar nazorat lampochkalarini, elektr saqlagichlarni va boshqalarni almashtirish) ishlarini bajarishga ruhsat etiladi. Agar diagnostikalash jarayonida nosozlik aniqlansa va uni bartaraf etish uchun maxsus moslamalar kerak
bo’lsa yoki bartaraf etish mehnat hajmi katta (0,5 ishchi-soatdan undan yuqori) bo’lsa, avtomobil kerakli
ustaxonaga yuboriladi.


5 -rasm. Maxsus diagnostikalash ustaxonasi


Vujudga kelgan nosozliklar (masalan, kuzov yoki boshqa qism elementlarida darzlar, mexanizmni bo’laklarga ajratib, nosoz detallarni almashtirish va boshqalar) bartaraf etilgandan so’ng, ya’na diagnostikalash ishlarini davom etirish uchun avtomobil ilgarigi diagnostika ustaxonasiga yuboriladi Hozirgi vaqtda servis korxonalarida avtomobilning agregat va tizimlari bo’yicha nosozliklarni aniqlashda “komp’yuterli diagnostika” qo’llanilmoqda (6.6-rasm).









  1. rasm. Dvigatellarni kompyuterli diagnostikalash Komp’yuterli diagnostikalash bo’yicha zamonoviy avtomobillarning quyidagi agregat va tizimlarining texnik holati aniqlanadi:

  • dvigatel tizimlari;

  • elektr va elektron jihozlar;

  • avtomatik uzatma qutisi;

  • boshqaruv g’ildiraklarining o’rnatish burchaklari va boshqalar.

ASKlarining diagnostik asbob-uskanalar bilan jihozlanishi, uning quvvatiga, turiga va bajaradigan ishlar majmuasiga bog’liq. SHuning uchun universal ASKda diagnostika ustaxonasi har xil modeldagi avtomobillarni ko’zda tutib universal asbob-uskanalar bilan jihozlanishi kerak. Ammo bunday diagnostik asbob-uskunalar qimmat turadi, shuning uchun tez ma’naviy eskirmaydigan turlarini tanlash kerak bo’ladi. Bunga har doim ham erishib bo’lmaydi, chunki diagnostikalash narhini yuqori quyib bo’lmaydi (ayrim rivojlangan davlatlarda bepul diagnostikalash ishlari tavsiya etilmoqda). Demak, diagnostikalash vaqtini qisqartirib, diagnostikalash sonini oshirish kerak.
ASKlarga kirgan avtomobillarning nosozliklarini o’z vaqtida aniqlash va bartaraf etish natijasida: joriy ta’mirlash sarflari 8...12% ga, ehtiyot qismlar sarflari 10...12% ga, yonilg’i sarfi 2...5% ga kamayadi; avtoshinalarning yuradigan yo’li esa 3...5% ga oshadi hamda ekspluatatsion havfsizligi va ekologik ko’rsatkichlari yaxshilanadi.

Nazorat savollari



  1. Diagnostikaning maqsadi nima?

  2. Qanday ko’rsatkichlar diagnostik parametr bo’la oladi?

  3. Diagnostik parametrlar qanday turlarga bo’linadi?

  4. Qanday diagnostik me’yorlar mavjud?

  5. Qanday diagnostik parametrga asoslanib ob’ektning texnik holati bo’yicha diagnoz qo’yiladi ?

  6. ASKlarida qanday diagnostika turlari mavjud?

  7. Maxsus diagnostika ustaxonasida qaysi turdagi ishlar bajariladi?

8. Qanday agregat va tizimlar “komp’yuterli diagnostika” yordamida tekshiriladi?
Download 108,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish