Diagnostikalashning umumiy jarayoni ob’ektning berilgan kuch, tezlik va issiqlik (r,v,t) tartibotlarida funktsional (ob’ektning ishlash jarayonida) yoki test ta’sirida (ob’ektning sun’iy ishlashi tashkil etilib) olib boriladi. Diagnostik parametrlar o’zgarishini texnik diagnostikalash vositalari yordamida o’lchanadi hamda olingan axborotni me’yoriy qiymat bilan taqqoslab, mantiqiy ishlov berish asosida diagnoz qo’yishni o’z ichiga oladi, ya’ni quyidagi ketma-ketlikda bajariladi (6.1-rasm):
ob’ektga funktsional yoki test ta’sirlari o’tkazish;
diagnostik parametrlarni o’lchash;
olingan axborotga ishlov berish;
—me’yoriy qiymat bilan taqqoslash va diagnoz qo’yish.
rasm. Texnik diagnostilalashni umumiy jarayoni
Diagnostik me’yorlar. Avtomobil texnik holatini aniqlash uchun diagnoz qo’yish vositalari yordamida o’lchangan diagnostik parametr miqdorlarini me’yoriy miqdorlar bilan taqqoslash kerak. Diagnostik me’yorlarga quyidagilar kiradi (6.2-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: |