Mavzu: Avtomobillarga servis kitobchasi bo’yicha xizmat ko’rsatishni tashkil etish
Reja:
Kirish
1. Avtomobilllarga kompleks xizmat ko’rsatuvchi avtoservis korxonalarining ishlab chiqarish uchastkalari va jihozlari
2. Avtomobillarga servis kitobchasi bo’yicha xizmat ko’rsatishni tashkil etish
3. Avtoservis korxonalari ishlab chiqarish bo’linmalari va ixtisoslashgan ustaxonalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoev takidlaganidek “... intelektual va madaniy salohiyatning qanday noyob boylik ekani, nodir talant egalarini tarbiyalab kamolga yetkazish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini unutishga haqqimiz yo’q”
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil yanvardagi RQ-2724 sonli qarori bilan tasdiqlangan 2017-2020 yillarda shaharlar va qishloqlarda avtotransport xizmatlarini yanada rivojlantirish dasturiga asosan yangi avtobus yo’nalishlarini tashkil etish hamda avtovokzallar va avtostantsiyalar qurilishining 2018-2021 yillarda respublika iqtisodiyoti va chekka mintaqalar aholisining tashishga bo’lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda yangilangan maqsadli ko’rsatkichlari ishlab chiqilgan.
SHuningdek, davlatimiz raxbari tomonidan 2018 yil 6 martdagi “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3589-sonli qarorida esa so’ngi yillarda avtoransport xizmatlari sohasini jadal rivojlantirishning mavjud imkoniyatlari va zahiralaridan to’liq foydalanilmayotganligi ko’rsatib o’tilgan.
Bu qarorning ijrosini ta’minlash uchun mamlakatimizda avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, va aholi transportiga sifatli xizmat ko’rsatish chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda.
1. Avtomobilllarga kompleks xizmat ko’rsatuvchi avtoservis korxonalarining ishlab chiqarish uchastkalari va jihozlari
Avtoservis korxonalarining ishlab - chiqarish uchastkalari va ularga o’rnashtirilgan texnologik jihozlar tarkibi va sonini shu korxonalarning quvvatiga, ishlab chiqarishning ixtisoslanganligiga bog’liqdir.
Umuman olganda, avtomobillarga to’la ravishda (kompleks) xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda qo’yidagi ishlab chiqarish uchastkalari tashkil etiladi:
Avtomobillarni yuvish va quritish:
Avtomobillarni xizmatga qabul qilish va ularni egasiga topshirish;
Maxsus diagnostika uchastkasi;
Texnik xizmat ko’rsatish postlari;
Ta’mirlash (remont) agregatlarni almashtirish postlari;
Kuzov elementlarini (eshikllari, qanotlari, bamperli v ax.k);
Avtomobillar agregatlari, uzellari, priborlari va jihozlarini ta’mirlovchi ustaxonalar;
Agregatlar va ular detal uzellarini ta’mirlovchi;
G’ildiraklar va shinalarga xizmat ko’rsatuvchi;
Akkumulyatorlarni ta’mirlovchi va zaryadka qiluvchi;
Elektr jixozlariga xizmat ko’rsatuvchi;
Motorni oziqlantirish tizimi priborlari (karbyurator-elektr benzonasos va x.k)ga xizmat ko’rsatuvchi;
Kuzovni ta’mirlash kompleksi (tunukasozlik, payvandlash,armatura, bo’yashga tayyorlash, bo’yash va quritish).
Avtomarkazlarda, yirik va o’rta ATXK stantsiyalarida yuqorida keltirilgan ishlab chiqarish uchastkalarining barchasi to’la va mustaqil ravishda tashkil etiladi. Lekin, uning bir qancha variantlari ham bo’lishi mumkin. Masalan, mayda ta’mirlash ishlari (3 ishchi soat xajmi) TX postlarida yoki alohida, kirishga va chiqishga qulay bo’lgan postlarda ba’zan bajariladi. Ba’zi uchastkalar kichik ATXKSlarda bimrlashtiriladi, masalan, akkumulyator ustaxonasi elektr jixozlari ustaxonasi bilan oziqlantirish tizimi, priborlarini ta’mirlash agregatlar ustaxonasida bajarilishi mumkin. SHuningdek TX ishlari ta’mirlash ishlari bilan birga bir uchastka postlarida tashkil etilishi ham mumkin.
Avtomobillarni yuvish tozalash va quritish uchastkasi avtomobillar saloni yig’ishtirish va tozalash, motorni va kuzovni har tomondan, shuningdek ostidan ham yuvish, kuzovni quritish va jilo berish (poltrovka) ishlari bajariladi.
Zamonaviy ATXKSlarda bu ishlarni bajaruvchi uchastkalar kerakli jixozlar va suv tozalagich inshoatlari bilan ta’minlanadi. Bu uchastka korxonaning quvvati va imkoniyatiga qarab mexanizatsiyalashgan yoki qo’lda shlang yordamida yuvadigan bo’lishi mumkin.
Ammo avtomarkazlar, yirik va ba’zi o’rta quvvatli ATXKSlarda yuvish uchastkasi albatta mexanizatsiyalashgan, ba’zida esa avtomatlashtirilgan bo’ladi.
Avtomobillarni qabul qilish va egasiga topshirish uchastkasi avtomobilni qabul qilishda qo’yidagi ishlarni bajaradi: avtomobilni tashqi ko’rinishini ko’zdan kechirish uchun butligini tekshirish, egasi «nosoz» deb aytgan agregatlari va uzellarni tekshirib ko’rish, shuningdek barcha xavfsizlikni ta’minlovchi organ va mexanizmlarni tekshirish ko’rish shart. SHuningdek, avtomobilning umumiy texnik xolatini belgilovchi agregatlari va qismlarini ham, egasi buyurtmasidan qat’iy nazar ko’rib chiqiladi.
Barcha bajariladigan ishlarni taxminiy xajmi, bajarish muddati va narxi belgilanadi va mijoz bilan kelishiladi, so’ngra xujjatlar rasmiylashtiriladi. Avtomobilni egasiga topshirishda esa buyurtmada ko’rsatilgan ishlarni bajarilganligi, avtomobilni butligi va tashqi ko’rinishi tekshirilib topshiriladi.
Avtomobillarni qabul qilishda va ularni egasiga topshirishda diagnostik jixozlar yoki asboblarni qullash maqsadga muvofiqdir.
Maxsus diagnostika uchastkasi avtomobillarni, ularni agregatlari, mexanizmlari va tizimlarining texnik xolatini aniqlash, baholash bilan shuqullanadi.
Diagnostika jarayonida texnik xolatni aniqlash qismlarga ajratmasdan, ya’ni ichini ochmasdan, maxsus dasturlarga asosan stendlar, ulchrv va nazorat asboblari yordamida bajariladi. Diagnostika TX ko’rsatish va ta’mirlashning muhim elementi va nazorat ishlarining asosiy vositasi, usuli bo’lib uni bilib qo’llanilsa mehnat sarfi kamayadi va ish unumi oshadi: eng muhimi sifat, avtomobillarni texnik xolati yaxshilanadi.
Texnik xizmat ko’rsatish postlari profilaktik, ya’ni tusatdan, kutilmaganda avtomobilda nosozliklar, buzilishlar sodir bo’lishi ehtimollini oldini olish ishlarini bajarish uchun mo’ljallangandirlar. Ma’lumki, bu ishlar qarov-nazorat, qotirish maxkamlash, sozlash, moylash vam ayda ta’mirlash ishlaridan iborat bo’lib kerakli texnologik jixozlar bilan ta’minlangan postlarda maxsus chuqurlar ustida yoki ko’targichlar, ekstakadalarda bajariladi. TX uchastkasining ayrim postlari, ba’zi ishlarini masalan, moylash, oldingi qildiraklarni o’rnatish burchaklarini tekshirish va sozlash, motor gazlari zaxarliligini me’yoriga keltirishiga ixtisoslashgan bo’lishi mumkin. Bu uchastka postlarining ixtisoslanganligi yoki jami ishlarini bajarishga mo’ljallanganligi korxonaning quvvatiga, ishlari xajmi va ularni tashkil etish usuliga bog’liqdir.
Ta’mirlash (remont) agregatlarni almashtirish postlari avtomobillar agregatlari, uzellari va tizim qismlarida sodir bo’lgan buzulishlar, nosozliklarni tuzatish uchun xizmat qiladi. Ko’p xollarda bu buzilishlar va nosozliklar oddiy sozlash yoki qotirish bilan bartaraf etib bo’lmaydi, shuning uchun o’sha agregat yoki uzel avtomobildan yechib olinadi va u yoki almashtiriladi yoki maxsus ustaxonalarda ta’mirlanadi.
Ta’mirlash postlari ham maxsus jixozlangan chuqurlar, bir qancha tirgakli ko’targichlar yoki estakadalardan iboratdir. Ba’zan ta’mirlash ishlarini bajarishda avtomobilni ko’tarilishi va uni ostida ish bajarish talab etilmaydi, masalan, chaqmoq (svecha) ni yoki karbyuratorni almashtirish bu xollarda ish maxsus ajratilgan oddiy joylarda bajarilishi mumkin. Ta’mirlash uchastkasi, shuningdek ko’taruvchi va tashuvchi kranlar, qo’l yoki elektrotallar bilan jihozlanadi va Kuchma domkratlar bilan ta’minlanadi.
Ba’zan yengil avtomobillar kuzovlarining shikastlangan elementlarini (eshiklari, qanotlari, bamperlari va x.k) to’g’rilashga yoki tekislashga, payvandlashga va joyida bo’yashga to’g’ri kelib qoladi. Avtomarkazlarda, yirik va o’rta quvvatdagi stantsiyalarda shu ishlarni bajarishga maxsus ajratilgan va jihozlangan postlar bo’ladi.
O’z tabiatiga ko’ra postlarda bajarilishi maqsadga muvofiq emas yoki mumkin bo’lmagan ta’mirlash ishlari yuqorida aytib o’tilgandek, maxsus ta’mirlovchi tiklovchi ustaxonalarda bajariladi. ATXKSlardagi bu ustaxonalarning tarkibi va soni shu korxonaning quvvatiga yillik ishlar xajmiga bog’liqdir.
Agregatlarni ta’mirlash va mexanika uchastkasi yoki tsexida motorlar, uzatmalar qutisi, ilashish muftasi, oldingi va orqa ko’priklar, reduktor, rul mexanizmlari va boshqa uzellarni qismlarga ajratish va yig’ish, ayrim detallarga, masalan, tirsakli val, motor bloki va x.k. larga turli xildagi mexanik elektrogalьvanik, chilangarlik kabi ishlovlar beriladi va sinaladi.
Akukumulyator ustaxonasida esa akkumulyatorlar batareyasi zaryadkasi to’ldiriladi yoki ular ta’mirlangandan so’ng yangidan zaryadlanadi, distillangan suv va elektrolit tayyorlanadi. Ta’mirlashga yaroqli akkumulyatorlar batareyasi avtomarkazlar, yirik ATKXSlari yoki maxsus ixtisoslashgan ustaxonalarda korpusini almashtirish yoki mastika qo’yib tuzatish plastinkalari va separatorlarini almashtirish, qo’rqoshinli setkalari va klemmalari qalaylash, kavsharlash bilan ta’mirlanib ishlash qobiliyati tiklanadi.
Elektronika yoki elektr jihozlarini ta’mirlovchi ustaxonada esa elektr va elektron bloklari, agregatlari (generatorlar, starterlar, turli uzatmalar, elektromotorlar, elektron motorlar va x.k) va boshqa nazorat-ulchov asboblari tekshirilib quriladi va zarurat bo’lganda ta’mirlanadi. SHuni ta’kidlash lozimki, bu jihozlarni nosozligi avtomobillarni o’zida ta’mirlangan postlarda tozalash, qotirish va sozlash ishlari bilan bartaraf etilishi iloji bo’lmagan xollardagina bu ustaxonada keltiriladi.
Ta’mirlashga keltirilgan jihozlar avval maxsus stendlarda tekshirilib ko’rilib, so’ngra qismlarga ajratiladi, yuviladi, tozalanadi, so’ngra quritiladi va defektovka qilinadi, ya’ni yaroqsizlari yangisiga yoki yaroqlisiga almashtiriladi, ba’zilari ta’mirlanadi va yana yiqilib sinab ko’riladi.
Oziqlantirish tizimi priborlari jihozlarini ta’mirlovchi ustaxonada esa benzonasos, karbyurator, svechalarni qismlarga ajratib, yuvib tozalanadi, yaroqsiz detallarini almashtirib so’ngra qaytadan yig’ib tekshirib va sinab ko’riladi.
Kuzovni ta’mirlash ustaxonasi barcha ustaxonalarda eng katta bo’lib, undagi ishlarining xajmi va murakkabligi ko’p vaqtni talab etadi. SHuning uchun bu ustaxonaning maydoni eng katta, undagi ishchilarning soni nisbatan eng ko’p bo’ladi. Kuzov ustaxonalari avtomarkazlarda, yirik ATXKSlari va shuningdek, shikastlangan kuzovlarni tiklashga ixtisoslashgan maxsus stantsiyalarda tashkil etiladi.
Kuzov ustaxonalari bir necha mustaqil ishlab chiqarish uchastkalaridan chunonchi tunukasozlik, bo’yashga tayyorlash, bo’yash va quritish va armaturalarni ta’mirlash jamlamasidan iboratdir. Bu ustaxonaga kuzov, barcha agregatlar osma qismlardan ajratilgan xolda keltiriladi. Kuzovni ta’mirlash, tunkasozlik uchastkasidan boshlanadi. Bu joyda urilib shikastlangan kuzovlar maxsus stendlarda vintli, gidravlik tortmalarda tortilib to’g’rilanadi, korroziyaga uchrab chirigan joylari va deformatsiya ezilib to’g’rilashni iloji bo’lmagan qismlari avtosi yordamida kesib tanalanadi. Olib tashlangan joylarga ehtiyot qismlar yoki maxsus tayyorlangan yamoqlar payvandlanadi. Payvandlash kabonat angidridli ximoyali muxitda yarim avtomatik elektro yoyli qurilmalarda bajariladi. Kuzov panellari va uzaklarining yorilgan va uzalgan joylari ham shu elektro yoyli payvandlash usuli yordamida ulanadi.
Kesishda esa avtogen usuli bilan bir qatorda pnevmatik yuritmali aylanma keskichlar qo’llaniladi. Kuzov detallarini bir-biriga ulashda kontakt nuqtasimon elektr payvandlash usullari ham qo’llaniladi.
To’g’rilangan va ulangan kuzov so’ngra payvandlash choklaridan tozalanadi va ayniqsa, obdon maxsus asboblar yordamida qo’l zarbasi bilan tekislanadi. Uzel-kesil to’g’rilangan, nafis xolgacha tekislangan va tozalangan kuzov bo’yashga tayyorlash uchastkasiga o’tkaziladi. Bu joyga kuzov satxidan bo’yoqlari iloji boricha kirib, sidirib tashlanadi, jilvir qoqoz bilan ishqalanib tozalanadi, notekis joylari va tirqishlari maxsus shuvoq shpaklyovka bilan shuvab tekislanadi va kuzov bo’yash uchastkasiga o’tkaziladi.
Bo’yash joyi alohida yopiq germetik bo’lib u ishonchli havo surish va xaydash asosida ishlovchi ventilyator bilan jihozlanadi. Bu kamerada kuzov satxiga avvalo xomaki bo’yoq grunt sepiladi, korpusga shovqinga va korroziyaga qarshi ishlov beriladi va maxsus purkagich pistoletlarda bo’yoq sepiladi. Nitroemalli bo’yoqlar tez, 20 minut ichida oddiy xarorat 18-200S da quritiladi, agar sintetik emal bo’yoqlari ishlatilsa quritish uchun kuzovni 110-1300S xaroratli kamerada 30-50 minut ushlab turishga to’g’ri keladi.
Bo’yoqlarni tayyorlash, rang va jilosini aniqlash kompьyuterlar yordamtda yoki maxsus tayyorgarlikga ega bo’lgan mo’taxassislar bajaradilar. Kuzov jamlamasining yana bir uchastkasi armatura uchastkasi bo’lib, bu joyda eshiklar, kapotlar, bagajnik, oshiq-moshiqlari, qulflar, oynalarni ko’tarish-tushirish mexanizmlari va xoshiyalari ta’mirlanadi.
SHuningdek, kuzov jamlamasida yoki aloqida mustaqil kuzov ichidagi o’rindiqlar va suyagichlarni ta’mirlovchi va radiator, benzobaklarni kavsharlovchi uchastkalar ham bo’lishi mumkin. Avtomarkazlar va ATXKSlarida ma’muriy-maishiy xonalar qatori albatta mijozlar uchun alohida xona , ehtiyot qismlar omborlari va savdo do’konlari, salonlari bo’lishi shart. ATXKSlarning texnologik jixozlariga kelskak, ular ishchi postlari soni va ixtisoslanganligiga qarab maxsus ishlab chiqarilgan texnologik jihozlar va maxsus asboblar tabeliga asosan jihozlanadi.
Avtoservis korxonalarida ko’riladigan xizmat turlarining bajarilish joylari
Avtoservis korxonalarida ko’rsatiladigan servislarning turlarini va bajarilish joylarini ko’rib chiqamiz:
1. Avtomobillar salonini yig’ishtirish va tozalash, motorni va kuzovni har tomondan, shuningdek, ostidan yuvish, kuzovni quritish va jilo berish (polirovka) ishlari avtomobillarni yuvish-tozalash va quritish bo’limida bajaradi.
Zamonaviy ASKlarda bu ishlarni bajaruvchi uchastkalar kerakli jihozlar va suv tozalagich inshootlari bilan ta’minlanadi. Bu uchastka korxonaning quvvati va imkoniyatiga qarab mexanizatsiyalashgan yoki qo’lda, shlang yordamida yuvadigan (2-rasm) bo’lishi mumkin. Avtomarkazlar, yirik va ba’zi o’rta quvvatli ASKlarda yuvish uchastkasi mexanizatsiyalashgan, ba’zida esa avtomatlashtirilgan bo’ladi (4-rasm).
Yuvilgan avtomobillar asosan issiq havo oqimi yordamida quritiladi (5-rasm).
|
|
1-rasm. Avtobuslarni yuvish posti.
|
2-rasm. Avtomobillarni issiq havo oqimi yordamida quritish jihozi.
|
2. Avtomobillarni servis xizmatiga qabul qilish, avtomobil va uning agregatlari, uzellari va tizimlarining texnik holatini aniqlash bajariladigan ishlar hajmini va muddatini belgilash, shuningdek, zarur hujjatlarni to’ldirish, mijozlar bilan muomala qilish kabi ishlar avtomobillarni qabul qilish va egasiga topshirish uchastkasida bajariladi. SHuningdek qabul qilish jarayonida, avtomobilning tashqi ko’rinishi ko’zdan kechiriladi, uning butligi tekshiriladi, egasi “nosoz” deb aytgan agregatlar va uzellar tekshirib ko’riladi, hamda harakat xavfsizligini ta’minlovchi barcha mexanizmlar tekshirilib, sarf bo’ladigan ehtiyot qismlar, materiallar miqdori va taxminiy xaqi ham kelishilib olinadi. Bundan tashqari avtomobilning umumiy texnik holatini belgilovchi agregatlar va qismlar ham, egasi buyurtmasidan qa’tiy nazar, ko’rib chiqiladi.
Bajariladigan ishlarning taxminiy hajmi, bajarish muddati va narxi belgilanib, mijoz bilan kelishilgandan so’ng hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Avtomobillarni servisga qabul qilish korxona yoki soha rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus qoidalar asosida amalga oshiriladi. Avtomobillarni ko’rikdan o’tkazish va servisga qabul qilish davomida uning butligi va texnik holatiga maxsus talablar qo’yiladi. Albatta, avtomobilning markasi va rusumi uning texnik pasportiga mos bo’lishi, agregatlari va barcha qismlari zavod mahsuloti bo’lishi shart, yasama detallar qo’yilgan va konstruktsiyalarga o’zgartirishlar kiritilgan holda avtomobil xizmatga qabul qilinmaydi.
Avtomobilni egasiga topshirishda esa buyurtmada ko’rsatilgan ishlarning bajarilganligi, avtomobilning butligi va tashqi ko’rinishi tekshirilib, topshiriladi.
Avtomobillarni qabul qilishda va ularni egasiga topshirishda diagnostik jihozlar yoki asboblarni qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Qabul qilish paytida avtomobildagi barcha nosozliklar sababini aniqlashning imkoniyati bo’lmagan hollarda u diagnostika postlariga yuboriladi va maxsus stendlar, o’lchov-nazorat asboblari yordamida uning texnik holati aniqlanadi.
3. Avtomobillar, ularning agregatlari, mexanizmlari va tizimlarining texnik holatini aniqlash ishlari maxsus diagnostika uchastkasi (posti)da bajariladi.
Diagnostika jarayonida texnik holatni aniqlash avtomobilni qismlarga ajratmasdan maxsus dasturlarga asosan stendlar, o’lchov va nazorat asboblari yordamida bajariladi.
|
|
6-rasm. Avtomobillarni diagnostikalash posti
|
7-rasm. Avtomobillarni kompьyuterli diagnostikalash
|
|
|
8-rasm. Boshqariluvchi g’ildiraklarni o’rnatilish burchaklarini sozlash posti
|
Diagnostika TX ko’rsatish va ta’mirlashning muhim elementi va nazorat ishlarining asosiy vositasi, usuli bo’lib, uni bilib qo’llanilsa, mehnat sarfi kamayadi va sifat, ish unumi oshadi, eng muhimi avtomobillar texnik holati yaxshilanadi.
4. TXK, ya’ni profilaktik, to’satdan, kutilmaganda avtomobilda nosozliklar, buzilishlar sodir bo’lishi ehtimoli oldini olish ishlari texnik xizmat ko’rsatish postlarida bajariladi. Ma’lumki, bu ishlar qarov-nazorat, qotirish-mahkamlash, sozlash, moylash va mayda ta’mirlash ishlaridan iborat bo’lib, kerakli texnologik jihozlar bilan ta’minlangan postlarda maxsus chuqurlar ustida yoki ko’targichlar, estakadalarda bajariladi. TXK uchastkasining ayrim postlari, ba’zi ishlarni, masalan, moylash, oldingi g’ildiraklarning o’rnatish burchaklarini tekshirish va sozlash, motor gazlari zaharliligini me’yoriga keltirishga ixtisoslashgan bo’lishi mumkin. Bu uchastka postlarining ixtisoslashganligi yoki jami ishlarni bajarishga mo’ljallanganligi korxonaning quvvatiga, ishlar hajmi va ularni tashkil etish usuliga bog’liqdir.
Xulosa
Ta’mirlash uchastkasi, shuningdek, ko’taruvchi va tashuvchi kranlar, qo’l yoki elektrik tallar bilan jihozlanadi va ko’chma domkratlar bilan ta’minlanadi.
Ba’zan yengil avtomobillar kuzovlarining shikastlangan elementlarini (eshik, qanot, bamperlar va h.k.) to’g’rilashga yoki tekislashga, payvandlashga va joyida bo’yashga to’g’ri kelib qoladi. Avtomarkazlarda, yirik va o’rta quvvatdagi stantsiyalarda shu ishlarni bajarishga maxsus ajratilgan va jihozlangan postlar bo’ladi.
Postlarda bajarilishi maqsadga muvofiq emas yoki mumkin bo’lmagan ta’mirlash ishlari, maxsus ta’mirlash-tiklash ustaxonalarda bajariladi. ASKlardagi bu ustaxonalarning tarkibi va soni shu korxonaning quvvatiga, yillik ishlar hajmiga bog’liqdir.
To’g’rilangan va ulangan kuzovning payvandlangan choklaridan tozalanadi va, ayniqsa, maxsus asboblar yordamida qo’l zarbasi bilan obdon tekislanadi. Uzil-kesil to’g’rilangan, nafis holgacha tekislangan va tozalangan kuzov bo’yashga tayyorlash uchastkasiga o’tkaziladi. Bu joyda kuzov sirtidan bo’yoqlari iloji boricha qirib, sidirib tashlanadi, jilvir qog’oz bilan ishqalanib tozalanadi. Notekis joylari va tirqishlari maxsus shuvoq - shpaklevka bilan tekislanadi va kuzov bo’yash uchastkasiga o’tkaziladi.
Bo’yash joyi alohida yopiq germetik kamera bo’lib, u ishonchli havo so’rish va haydash asosida ishlovchi ventilyator bilan jihozlanadi. Bu kamerada kuzov sirtiga, avvalo, homaki bo’yoq - grunt sepiladi, shovqinga va korroziyaga qarshi ishlov beriladi va maxsus purkagich pistoletlarda bo’yoq sepiladi. Nitroemalli bo’yoqlar tez, 20 minut ichida, 18÷200 S oddiy haroratda quritiladi, agar sintetik emal bo’yoqlari ishlatilsa, quritish uchun kuzovni 110÷1300 S haroratli kamerada 30÷50 minut ushlab turishga to’g’ri keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Hamraqulov O., Magdiyev Sh. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi. Toshkent, 2005 yil.
2. Avtotransport vositalari servisi. Servis korxonalarini texnologik jihozlash. M.A.Ikromov va boshqalar. Toshkent: TAYI, “Rizayev X. XK” 2014. -160 b.
3. Avtomobillar servisi asoslari, Darslik, Hamrakulov O. Nazarqulov Ya.P., Magdiev SH.P., Kadirshaev T. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 2007 g. 176 b.
4. Avtotransport vositalari servisi. M.A.Ikramov va boshqalar, Toshkent: A.Navoiy kut. 2010. - 266 b.
Internet saytlari
1. www.gov.uz – O’zbekiston Respublikasi xukumat portali.
2. www.lex.uz - O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |