Shinalarni yamash uchun jihozlar
Shinalarni yamash uchun maxsus jihozlar ishlab chiqarilgan yoki ular ATK sharoitida tayorlanishi mumkin.
Kameralarni ATK da ta’mirlash - kameralar ishga yaroqliligi aniqlangandan so’ng yamaladi. Ishga yaroqli kameralarning qotib qolgan joylari yo’q, yirtiq joylarining bo’yi 50 mm dan, eni 5 mm dan oshmasligi kerak. Teshiklar oddiy yoki pishmagan rezinaga 1:8 konsertratsiyali kley surtilib va yirtiq joyga yopishtirilib jihoz yordamida yamaladi. Oddiy rezina esa charxda dag’allashtiriladi, kley surtilgan teshikka yopishtiriladi va qirralariga 8:10 mm kenglikda pishmagan rezina yopishtirib apparat yordamida yamaladi. Kameralar plitalar ustiga maxsus siqgichlar yordamida siqiladi va 15-20 minut davomida yamaladi.
Shina va kameralarni yo’l sharoitida ta’mirlash.
Yo’l sharoitida shinalarni teshigi qo’ziqorinsimon tiqinlar yordamida berkitiladi.Tiqin shinani ichki tomonidan maxsus bigiz yordamida tiqiladi.
Kameralar esa pishmagan rezina bilan, yo’l sharoitiga mo’ljallangan yamash moslamalari yordamida yamaladi. Yo’lda yamash moslamasi, maxsus vint yordamida bir-biriga yaqinlashtiriladigan yassi plitkalardan iborat bo’lib, ularga ichidan qizdirish elementlari o’rnatilgan bo’ladi, hamda akkumullyator batareyasi yordamida ishlaydi.
Kamerasiz shinalarni ta’mirlash
Kamerasiz shinalar xuddi kamerali kabi ta’mirlanadi, lekin teshiklari 2 xil usul bilan yamaladi. Kichik teshilganda (3 mm ga) shinalar echilmasdan, joyida, teshigiga shpris yordamida maxsus pasta yuborilib yamaladi. Buning uchun shinadagi bosim 0,03:0,05 MPa ga tushiriladi, pasta yuborilgandan 10-15 min keyin bosim me’yoriga keltiriladi. 3 -10 mm li teshiklar maxsus probkalar yordamida, shinani diskdan echmasdan turib yamaladi. Yoki shinani echib oddiy shinalar kabi yamaladi.
Shinani diski bilan yamash uchun maxsus sterjen yordamida kley surtilgan teshikka tiqin tikiladi va uning uchi pratektordan 2-3 mm chiqarib qo’yiladi.
Shina ishini hisoblash va nazorat qilish
ATK dagi shina ishlarini hisoblash va nazorat qilish belgilangan shakldagi harita bo’yicha olib boriladi. Shu haritada shinadan foydalanish boshlangandan so’ng har oylik bosib o’tilgan yo’li, uni avtomobilga qo’yish va undan echib olish sanasi,avtomobil raqami,shinaning texnik holati va avtomobildan echib olish sabablari belgilanadi. Shinani butunlay ta’mirlashga jo’natishdan avval uning haritasi to’ldirilib yopiladi, agarda joriy ta’mirlansa haritaga yozish davom ettiriladi. Yangi shina seriya va saroy raqami bo’yicha hisobga olinadi.
Qaytarish uchun savollar
Yurish qismida uchraydigan nosozliklar va ularning alomatlari.
Yurish qismini diagnostikalash ishlari texnologiyasi.
Yurish qismiga TXK ishlari texnologiyasi.
G’ildiraklarning o’rnatish burchaklarini sozlash texnologiyasi.
G’ildiraklarni statik va dinamik muvozanatlash texnologiyasi.
Shinalarning asosiy nosozliklari va ularga diagnoz qo’yish
Shinalarga TXK va ta’mirlash texnologiyasi
Tayanch iboralar
Oldingi etaklovchi ko’prikli avtomobillarning yurish qismi nosozliklari
Oldingi etaklovchi ko’prikli avtomobillarning yurish qismiga TXK
Orqa etaklovchi ko’prikli avtomobillarning yurish qismi nosozliklari
Orqa etaklovchi ko’prikli avtomobillarning yurish qismiga TXK
Boshqaruv g’ildiragi o’rnatish burchaklarini sozlash
G’ildiraklarni statik va dinamik muvozanatlash
Shinalarga TXK va ta’mirlash texnologiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |