Yaqinlashuv burchagini sozlash shakli
|
VAZ, “Moskvich” va shu turdagi avtomobillarda g’ildraklarning og’ish burchaklari pastki yoki yuqorigi richaglarning tagidagi sozlovchi shaybalarning qalinligini o’zgartirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Burilish burchaklarining bir-biriga monandligi tortqilardan birini qisqartirish, ikkinchisini uzaytirish hisobiga sozlanadi. Bu shartni bajarmaslik yaqinlashuv burchagining o’zgarishiga olib keadi.
G’ildirakning yaqinlashuv burchagini to’g’ri sozlash eng muhim hisoblanib, uning me’yorida bo’lmasligi shina protektorini juda tez va notekis eyilishiga olib keladi.
Hulosa qilib aytganda, 1-TXK vaqtida rul boshqarmasi va oldingi o’q bo’yicha rul chambaragining lyufti, rul tortqilari sharnirlari, g’ildirak gupchagi podshipniklari, gidrokuchaytirgichli tizim jipsligi, sharli barmoqlarning qotirilganligi, soshka, buriluvchi sapfa richaglari va shkvoren holati tekshiriladi. 2-TXK da 1-TXK ni hisobga olgan holda oldingi o’q balkasi va oldingi g’ildirak o’rnatish burchaklarining to’g’ri o’rnatilganligi, g’ildiraklarning muvozanatsizligi, rul boshqarmasi kardan vauining va barcha birikma hamda detallarning qotirilganligi tekshiriladi.
3.Shinalar avtomobilning eng qimmat turadigan elementlaridan biri hisoblanib, ular avtomobilning tortish-to’xtatish mexanizmlari dinamikasiga, turg’unligiga, tekis yurishiga, yonilg’i tejamkorligiga, harakat havfsizligiga ta’sir ko’rsatadi. Shinalarning ishdan chiqishi va ish muddatining kamayishi texnik foydalanish qoidalarini buzish bilan bog’liqdir.
Shinalar mo’ljaldagidan oldinroq ishdan chiqishining asosiy sabablari ichki bosimning ko’tarilishi, bosimning pastligi, g’ildiraklar yaqinlashuvining noto’g’riligi, tormoz barabani ezilib tuxumsimon bo’lib qolishi, tormoz mexanizmlarining bir xil ishlamasligi, avtomobillarga ortiqcha yuk ortilishi, shinalarning o’tkir qirrali predmetlarga urilishi, vaqtida o’rin almashtirilmasligi, haydovchilar mahoratining pastligi, yo’l va iqlim sharoitlarining o’zgaruvchanligi va boshqalar.
Avtomobil shinalariga TXK, shinadagi havo bosimini tekshirish, tashqi tomonini nazorat qilish va protektor edirilishini aniqlash, undan uchlik narsalarni chiqarib tashlash, juftlab qo’yilgan shinalar orasidan masofani (40-50 mm) tekshirish, ularning o’rnini almashtirishdan iborat.
Shinadagi havo bosimini aniqlash uchun porshenli yoki prujinali monometrlardan foydalaniladi. Siqilgan havo qo’zg’almas yoki qo’zg’aluvchan kompressorli moslamalardan olinadi. Ularning ishlab chiqarish qobiliyati 1 m3/min bo’lib, hosil qiladigan bosimi 1,0-1,2 Mpa ga teng bo’ladi.
Shinalarga TXK jarayoni quyidagicha:
Diagnostika (D-1) paytida ularning ichki bosimini nazoratdan o’t-kazish va 1-TXK paytida ichki bosimni normal holatga keltirish,
Shinalarni qarovdan o’tkazish, chegara eyilishini aniqlash, qoplamaga va ular orasiga tiqilgan predmetlarni tozalash, chuqurligini tekshirish,
2-TXK paytida shinalarni avtomobildan echib olib yoki echmasdan mu-vozanatlash.
Shinalarni ko’proq ishlashi uchun ularni ajratish va yig’ish ishlariga alohida eotibor berish kerak.
Shinalarni yig’ish ishlarini bajarishdan avval disklar va g’ildirak detallari tekshiriladi (bort va qulf halqalari), hamda iflosliklardan va zangdan tozalanadi. Disklarni to’g’rilash va tozalash uchun maxsus stanoklardan foydalaniladi.
Engil avtomobillarni shinalarini ajratish va yig’ish uchun maxsus Sh-501 M modelidagi kabi jihozlar ishlab chiqarilgan, ulardan tashqari juda ko’p turdagi nostandart jihozlar ham mavjud bo’lib, ular asosan elektrodvigatel, reduktor, siqgich, kranchalar va boshqa detallardan tuzilgan bo’ladi.
Yuk avtomobili va avtobuslarni g’ildiraklarini ajratish va yig’ishda ham maxsus jihozlardan foydalaniladi.
Engil avtomobil shinalarini ajratib va yig’ilgandan so’ng ularni muvozanatlash zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |