ALT informatsion fondi tarkibiga quyidagilar kiradi: − dasturaviy modullar; ular belgi (simvol) obektaviy matn ko‘rinishida saqlanadi. ALTning hayotiy sikli davomida bu ma’lumotlar kam o‘zgaradi, belgilangan o‘lchamlarga ega bo‘ladi va informatsion fond yaratilishi bosqichida paydo bo‘ladi. Bu ma’lumotlarning iste’molchilari – ALT turli nimtizimlarining monitorlaridir; − boshlang‘ich va natijaviy modullar; ular bir ko‘rinishdan ikkinchisiga o‘zgarish jarayonida dasturaviy modullarni bajarishda zarur. Loyihalash jarayonida bu ma’lumotlar tez-tez o‘zgarib turadi, lekin ularning turi o‘zgarmas bo‘lib, bu tur mos dasturaviy modul bilan aniqlanadi. Oraliq ma’lumotlarni tashkil qilishda turli turdagi ma’lumotlarni o‘zaro muvofiqlashtirish jarayonida tafovutli vaziyatlar vujudga kelishi mumkin;
Do'stlaringiz bilan baham: |