Uning asosini grafik kiritish-chiqarish amaliy dasturlar paketi tashkil qiladi; bu paket amaliy dastur bilan va grafikaviy qurilmalar to‘plami orasida funktsional interfeysni qurilmalar drayveri va grafikaviy drayverlar yordamida ta’minlaydi. Uning asosida ishlab chiqilgan grafikaviy hujjatlashtirishning amaliy dasturlar paketi esa maxsuslashgan dasturaviy ta’minot tarkibiga kiradi. Grafikaviy hujjatlashtirishning amaliy dasturlar paketi translyatsiya qilish, vizuallashtirish, chizmalar namunaviy elementlari (ChnE) bayonini saqlash uchun alohida masalalar to‘plami hamda amaliy dasturlar paketi (ADP)ni yaratish uchun modullar kutubxonasi, kutubxonadan (ChnE) bayonlarini tanlab olish va ularning tasvirini olish to‘plamlaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |