U fan va texnikani umumiy rivojlantirish natijasidir. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning rivojlanishi asosan 50-60 - yillarda boshlangan. Texnika siyosatini maqsad sari yo‘naltirilganligi hisobiga kimyoviy ishlab chiqa Rasmhning turli sohalarida avtomatlashtirishning darajasi oshdi. Texnologik jihozlanishning yaxlitligi va undagi o‘zlashtirilgan texnologik jarayonlarni boshqarishni texnologik jarayonda amalga oshirilishi, texnologik ob’ektni boshqarishni tashkil qiladi. Axborotlarni avtomatlashtirilgan holda yig‘ish va qayta ishlashni ta’minlovchi hamda inson faoliyatining turli sohalardagi optimal boshqarish uchun zarur bo‘lgan inson-mashina sistemasiga – avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi (ARS) deyiladi.

«Texnologik jarayonlarni avtomatlashtish» kursining asosiy maqsadi: avtomatikaning zamonaviy texnik vositalari hamda EHM bilan boshqariladigan mikroprotsessorli texnika bazasi asosida ARSlarni qurish usullari va prinsiplarini to‘la-to‘kis o‘rganishdan iborat. Kursning amaliy mohiyati mamlakatimiz xalq xo‘jaligi taraqqiyotidagi ustuvor vazifalar bilan bog‘langan.

Texnik jarayonlarda odamning ishtirok etishiga ko‘ra avtomatlashtirishni quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish.
Avtomatik nazorat – texnologik jarayonlarda tezkor ma’lumotlarni avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo‘lgan sharoitlarni ta’minlaydi.
Avtomatik rostlash – texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab qilingan sathda saqlanishini nazarda tutadi. Bu holda odam faqat avtomatik rostlash sistemaining (ART) to‘g‘ri ishlashini nazorat qiladi.
Avtomatik boshqarish –texnologik operatsiyalarni belgilangan ketma-ketlikda avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv ob’ektiga nisbatan bo‘ladigan ta’sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat.
Ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilishi asosan uch bosqichdan iborat bo‘ladi:
Birinchi bosqich-bunda asboblarni mashina va apparatlar yaqiniga joylashtiRasmh deyarli qiyinchiliklar tug‘dirgan. AvtomatlashtiRasmhning bu davrida shkalasi yaxshi ko‘rinadigan yirik o‘lchamli asboblar ishlatiladi. Bunda bir korpusga o‘lchash asbobi, rostlagich va topshiriq beruvchi qurilma joylashtiriladi.
Ikkinchi bosqich– ayrim jarayonlarning kompleks avtomatlashtirilishidir. Bunda rostlash alohida shchitga o‘rnatilgan asboblar bo‘yicha olib boriladi. Yirik o‘lchamli asboblardan foydalanish bu shchitning bir necha metrga cho‘zilib ketishiga olib keladi va shchitni nazorat qilish qiyinlashadi, avtomatlashtiRasmhning bu davrida shchitdagi asboblarning hajmini kichiklashtiRasmh zarurati paydo bo‘ladi. Bu masalani hal qilish uchun kichik o‘lchamli ikkilamchi asboblar ishlatiladi.
Uchinchi bosqich (to‘liq avtomatlashtirish bosqichi) – agregat va sexlarni yalpisiga avtomatlashtirish bilan xarakterlanadi. Bu davrning xarakterli xususiyati shundaki, boshqarish yagona nazorat punktiga markazlashtiriladi. Shu bilan birga, mitti ikkilamchi asboblarni ishlatish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Doimiy nazoratni talab qilinadigan o‘lchash va rostlash asboblari (yirik o‘lchamli) shchitdan tashqariga o‘rnatiladi.