Mavzu: Auditorlik xulosasi va uning turlari.
Reja:
Audit fanining maqsadi va vazifalari.
Auditorlik xulosasi va moliyaviy hisobot yuzasidan javobgarlik.
Auditorlik hisobot(xulosasi)ining elementlari.
Auditorlik xulosasi turlari.
Audit fanining maqsadi va vazifalari.
Auditor (lotincha «auditor» - «eshituvchi», «o’quvchi» degan ma’nolarni anglatadi) – ma’lum muddat davrida korxona moliya-xo’jalik faoliyatini tekshiruvchi shaxsdir. Auditor so’zining lug’aviy ma’nosi ham uning iqtisodiy ma’nosiga ancha yaqin. O’rta asrlarda o’quv yurtlarida sinf, guruh ichida boshqa o’quvchilarga nisbatan bilimi kuchli, zukko o’quvchilarni auditor deb ham atashgan. Shu toifadagi o’quvchilarga boshqa o’quvchilarning darslarni qanday bajarayotganligini, bilimlarni qay darajada o’zlashtirayotganligi kabilarni tekshirish vazifalari yuklatilgan. Mana shu holatdan ko’rinib turibdiki, auditorni mijozning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirib, uning ishonchini qozonadigan shaxs desa ham bo’ladi.
Auditorlik tekshiruvi xarajatlarini hamda audit o’tkazish davrini kamaytirish maqsadida auditni quyidagi turlarga bo’linadi:
Tasdiqlovchi audit;
Tizimli-orientirlangan audit;
Tavakkalchilikka asoslangan audit.
Tasdiqlovchi audit tekshirish davomida auditor har bir xo’jalik muomalasini tekshirgan va tasdiqlagan hamda parallel ravishda hisob registrlarini tuzgan. Hozirda esa bu hisob ishlarini qayta tiklash deyiladi.
Tizimli-orientirlangan audit mijozning ichki nazorat tizimining qay darajada ishlayotganligini tekshirishga asoslanadi. Agarda ichki nazorat tizimi oqilona tashkil qilingan hamda yaxshi ishlayotgan bo’lsa, tashqi auditorlar o’z ishlarini tanlab tekshirish hamda alohida ob’ektlarni nazoratdan o’tkazish bilan cheklanadi. Bu esa, albatta, auditorning ish vaqtini hamda audit jarayoniga qilinadigan xarajatlarni kamaytiradi. Ammo, auditor bunday tekshiruv o’tkazishda mijozning xo’jalik faoliyati tizimi samaradorligini har jihatdan baholashi hamda korxonada yuz beradigan o’g’irlik, firibgarlik holatlarini ham inobatga olishi lozim.
Tavakkalchilikka asoslangan audit tavakkalchilik baland bo’lgan joyda tekshirish vaqtini ko’proq ajratish hamda past tavakkalchilik bo’lgan joyda tekshirishga kam vaqt ajratishga asoslanadi. Bu tekshirish xarajatlarini kamaytirish yuzasidan kelib chiqadi.
Auditorlik tekshirivi iqtisodiy nuqtai nazardan ikki turga bo’linadi:
Ichki audit;
Tashqi audit;
Do'stlaringiz bilan baham: |