2.1Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishning tamoyillari 2.2Auditni dastlabki rejalashtirishning tartibi
2.3Auditning umumiy rejasini tayyorlash xususiyatlari
2.4 Audit dasturini tuzish va undan foydalanish tartibi
III.Iqtsodiy qism IV-Bob Mehnatni muhofaza qilish V-Xulosa VI-Diplom ish yozishda foydalaniladigan adabiyotlar VII-bob. Mundarija
Kirish. ISH Mamlakatimizda iqtisodiyotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlovchi keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Yangi quvvatlar ishga tushirilishi barobarida, mavjudlari modemizatsiya qilinib, texnik hamda texnologik jihatdan qayta jihozlanayotir. Iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvorliklari aniq maqsadni ko‘zlab va tizimli amalga oshirilishi natijasida jahon moliyaviy -iqtisodiy inqirozi davom etayotganiga qaramay, o‘tgan yilda 0 ‘zbekiston iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o‘sishi, makroiqtisodiy muvozanatlilikni saqlash, modemizatsiya va diversifikatsiya qilish ta’minlandi. Darhaqiqat, mamlakatimizda amalga oshiriiayotgan inqirozga qarshi choralar dasturining muhim vazifalaridan biri: - «qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatdoshligini oshirish»'ni hal etishda xo‘jalik yurituvchi subyektlaming moliyaviy hisobotini tayyorlash va auditdan o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi. «Bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo‘lida izchil ilgarilab borishini tahlil qilar ekanmiz, o'tgan yili prinsipial muhim islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha qat’iy qadamlar qo‘yildi, deb - aytishga barcha asoslarimiz bor. Bu islohotlaming asosiy maqsadi - aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashdir. Jadal va barqaror rivojlanishga qaratilgan bu siyosat bundan keyin ham so‘zsiz davom ettiriladi»2. Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoq va sohalarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash tadbirlarining keng ko’lamda amalga oshirilishi raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Biroq, bu boradagi jiddiy muammo- mahsulotlarimiz tannarxining yuqori darajada qolayotganligi ularning raqobatdoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Respublikamiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan harakatlar strategiyasida, «Iqtisodiyotni yanada ri voj lantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy 'Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, 0 ‘zbekiston sharoitida uni bartaraf ctishning yo'llari va choralari. - T.: 0 ‘zbekiston, 2009. - 33-34 b. 2 Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiv tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rah
Auditorlik faoliyati samarali bo’lishi uchun dastavval, uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning mazmuni qo’yilgan maqsad va uni bajarish uchun belgilangan aniq vazifalardan kelib chiqadi.
Auditning maqsadlari xususan quyidagilardan iborat: buxgalteriya hisobining holatini ekspertiza yo’li bilan baholash, yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlarining xaqqoniy-ligini tekshirish va tasdiqlash valyuta muomalalarini taftish qilish, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar emissiyasi prospektining ma’lumotlarini tasdiqlash, korxonaning moliyaviy barqarorligini mustaxkamlash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish, iqtisodiyot va moliyaviy huquq sohasidagi yangi qonunchilik hujjatlari bo’yicha aniq maslahat (konsultatsiya) o’tkazish va xokazo.
Mijoz – auditorlik firmasining munosabatlari bo’lib, auditorlik firmasi mijozni baholaydigan, keyin mijozni “maqbul” deb topsa, bitim (tuzilishi) yopilishi haqida kelishuv xati yuboriladigan “bir yoqlama harakatli bitta ko’cha” emas. Auditorlik xizmatlari bozori raqobatbardosh hisoblanadi va boshqa har qanday biznes kabi har qanday auditorlik firmasi auditda huquqiy munosabatda bo’lishini xohlovchi o’ta kerakli mijozlar ham bor. Garchi, hamisha shunday bo’lmasa ham, auditorlik firmalariulardan ko’plab mijozlarni, ayniqsa, yirik mijozlarning takliflarini tayyorlaydi va taqdim etadi. Shuningdek, auditorlik mijozga nisbatan munosabatlarini tushunish auditorlar agar etika va kasbi talablari (mustaqillik, vakolatlik va boshqa) belgilangan majburiyatlar uchun tipik bo’lsa bajarish majburiyatlar uchun tipik bo’lsa bajarish mumkinligini ko’rib chiqish imkonini beradi.
Agar mijoz yangi bo’lsa auditor avvalgi auditor bilan maslahatlashish va oldindan axborot qidiruvini kengaytirish lozim. Auditorlar nazoratdagi mijozlar haqidagi o’z axborotlarni 3 ta asosiy manbadan oladilar: ularning mijozlar bilan tajribalari umum olish mumkin bo’lgan axborotlar va mijozning o’zidan mustaqil ravishda axborotlarni baholash uchun foydalaniladigan metodlar jamoatchilik ma’lumotlari bazasining qidirishdan variatsiyalanadi. Mijozning shtatlari va boshqaruvini muhokama qilish boshqaruv nazoratining ichki vositalari va extimoliya risklarni baholashda muhim hisoblanadi.
Ma’lumki, qonunchilikda auditorlik tekshiruvini rejalashtirishda auditorlik tashkiloti tomonidan qo’llaniladigan me’yorlar №3 «Auditni rejalashtirish» nomli AFMS asosida amalga oshirilishi majburiy etib belgilangan bo’lsada, biroq, amaliyotda esa auditorlik tashkilotlari tomonidan mazkur standart talablari yoki unda belgilangan tartib-qoidalarga tekshiruvlar jarayonida to’liq amal qilinmayapti yoki har bir tekshiruvning umumiy rejasi va dasturi turlicha yondashuvlar asosidagi mazmun va shakllarda tayyorlanib kelinmoqda. Bu esa, tekshiruv muddatini uzayishiga, tekshiruvlar jarayonida qatnashuvchi har bir auditor yoki yordamchi auditorning o’z vazifasini aniq belgilab berilmaganligi sababli, ular tomonidan yo’l qo’yiladigan xato yoki kamchiliklarni ko’payishiga va tekshiruv jarayonini ma’lum ketma-ketliksiz yoki tartibsiz ravishda amalga oshirilishiga olib keladi.
Auditorlik nazoratining bosqichlari O’zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq auditorlik faoliyatining milliy standartlarida belgilangan majburiy talablarga asosan o’tkazilishi belgilangan. Jumladan, auditni rejalashtirish bosqichi O’zbekiston Respublikasi 1999 yil 10 noyabrda Adliya Vazirligi tomonidan 837-sonli raqam bilan ro’yxatga olingan 3-sonli auditorlik faoliyatining milliy standarti(keyingi o’rinlarda AFMS) hamda «Auditni rejalashtirish» nomli 300-sonli xalqaro audit standartiga muvofiq amalga oshiriladi.
«Auditni rejalashtirish» nomli 3-AFMSga muvofiq rejalashtirish auditorlik tekshiruvini o’tkazishning boshlang’ich bosqichi hisoblanib, auditorlar reja tuzilgunga qadar bevosita tekshiruv jarayonini boshlamasliklari va auditorlik tekshiruvining barcha bosqichlarida umumiy reja hamda dasturda keltirilgan vazifalarni qat’iy tartibda amalga oshirishlari lozim.
Shuningdek auditor qandaydir boshqa tamoyillar bo’yicha umumiy namunaviy rejalar ham tuzishi mumkin. Agar umumiy audit rejasi sifatida namunaviy reja tanlansa, u holda rejalashtirish chog’ida asosiy e’tiborni audit dasturini tuzishga qaratish zarur. Rejalashtirish auditorlik guruhi rahbari tomonidan audit o’tkazishning umumiy tamoyillari kabi, xususiy tamoyillariga ham muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ular: