Маvzu: Auditorlik faoliyatining tashkiliy asoslari reja



Download 80,73 Kb.
bet4/5
Sana18.04.2022
Hajmi80,73 Kb.
#560533
1   2   3   4   5
Bog'liq
DILFUZA

Tadqiqot predmeti auditorlik faoliyatini amalga oshirish va uni rivojlantirish jarayonida sodir bo’ladigan iqtisodiy munosabatlardan iborat. Tadqiqot obe’kti bo’lib, “Auditorlik faoliyatining tashkiliy asoslari ” auditorlik tashkiloti faoliyati va undagi tekshiruvlar, tartibga soladigan huquqiy-me’yoriy hujjatlar tizimi hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifalari respublikamizda auditorlik faoliyatining tashkil etilishidagi muammolarni aniqlash va uning rivojlanishining istiqbolli yo’nalishlarini belgilash bo’yicha taklif va tavsiyalar

ishlab chiqishdan iborat. Yuqoridagi maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilab olindi:


- auditorlik faoliyatini tashkil etishning maqsadi, iqtisodiyotni rivojlantirishda o’rni tadqiq etish;
- auditorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari va uning rivojlanish bosqichlarini belgilash;
- mamlakatimizda tashqi va ichki auditni tashkil etish masalalarini tahlil qilish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
- xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki auditni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
- auditorlik faoliyati milliy standartlarini auditning xalqaro standartlariga moslashtirish tartibi bo’yicha taklif va tavsiyalar berish;
- mamlakatimizda auditorlik faoliyatini rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining nazariy-amaliy ahamiyati bozor iqtisodiyotining muhim infratuzilmasi – auditorlik faoliyati xizmatlari bozorini rivojlantirish zaruratidan kelib chiqadi. Tadqiqot natijalari amaliyotda auditorlik faoliyatining shakllanishi va yanada rivojlantirish yo’llarini aniqlash; turli xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga ko’rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishga, ya’ni provard natijada – bozor munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash borasida xo’jalik mexanizmini takomillashtirishga yordam beradi. Bitiruv malakaviy ishining nazariy ahamiyati keltirilgan nazariy ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi, boshqa tarmoqlarda buhgalteriya hisobi va tahlil fanlaridan dars o’tish jarayonida hamda o’quv adabiyotlarini yangi avlodini yaratishda foydalanish mumkin. Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi: kirish qismi, 3 ta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

XULOSA
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotininng shakllanishi moliyaviy nazorat ning mohiyati, maqsadi va vazifalarini tubdan qayta ko’rib chiqish zaruriyatini tug’dirdi. Chunki, moliyaviy nazoratning harakatdagi tizimi va asosan taftish,
birinchidan, mulkchilikning turli shakllarga asoslanib tuzilgan yangi korxonalarning ehtiyojlarini qondira olmay qolgan bo’lsa, ikkinchidan, bu
korxonalarda davlat manfaatlari va qonunchilikni nazorat qilishda ojizlik qilib
qoldi. SHunday sharoitda ishbilarmonlarga yuzaga kelgan yangi iqtisodiy
voqelikda paydo bo’lgan muammolarni yechish borasida amaliy yordam
ko’rsatuvchi, hamda ular faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarda qonunchilikning
buzilishini oldini oluvchi bozor iqtisodiyotining infratuzilmasining elementi
bo’lgan xizmat turi – audit vujudga keldi.Ishida keltirilgan takliflar va tavsiyalar bozor iqtisodiyoti o’tayotgan davrda amaliyotda qo’llash, shuningdek xo’jalik sub’ektlarining audit qilishni to’g’ri tashkil qilish, uning xulosa va hisobotlari milliy auditorlik standartlari talablariga mos ravishda amalga oshirish imkonini beradi. Ilmiy ishdagi ayrim takliflar va tavsiyalar xo’jalik yurituvchi sub’ektni audit qilish faoliyatida qo’llash va takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqishda qo’llanishiga imkon berishi mumkin, hamda O’zbekiston Respublikasida milliy audit standartlarini joriy qilish masalalarini ko’rib chiqilishi ilmiy ishning amaliy ahamiyatini yanada oshiradi. Undan tashqari bitiruv malakaviy ish bilan shug’ullanuvchilar, o’z ilmiy ishlarida qo’llash, hamda o’zbek tilida audit adabiyoti sifatida va milliy audit standartlari to’g’risida va ularni qo’llashdagi muammolar to’g’risida umumiy ma’lumot olishi mumkin deb o’ylaymiz.Ishni yozish jarayonida quyidagi xulosalarga keldik:
1. Auditor, auditorlik tekshiruvlari jarayonida xo’jalik yurituvchi
sub’ektning buxgalteriya hisobi tizimining tashkil qilinishi qonunchilik talablariga muvofiqligini tekshirishi va natijalarini ishchi hujjatlarda aks ettirishi lozim.

2.Amaliyotda asosiy e’tibor mohiyati bo’yicha auditorlik tekshiruv


o’tkazilmoqda. Bu rejalashtirilgan tekshiruv muddatiga katta ta’sir ko’rsatmoqda. Auditorlik dalillarini olishda mohiyati bo’yicha tekshirish bilan birgalikda testlash tizimini yo’lga qo’yilishi lozim. Bu auditorlik tekshiruvi samaradorligini oshishiga va tekshiruv muddatini qisqartirish imkonini beradi.
3.Ish hujjatlarini tuzishda ularninig tekshirish sub’ektlarni xususiyatiga va
auditorlik xulosalarni shakllantirishda alohida turlarga ajratish kerak; masalan
Kichik xo’jalik sub’ektlar uchun
 Yirik kompaniyalar uchun
 Banklar va sug’urta kompaniyalar uchun
Bo’lardan tashqari, hammamizga ma’lumki, mamlakatimiz YAIMning
asosiy qismini kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yaratilmoqda. Shuni
e’tiborga olgan holda bir tomondan tadbirkorlik sub’yektlarning moliya-xo’jalik
faoliyatini baholash bo’lsa,ikkinchi tomondan auditorlik faoliyatini rivojlantirishni hisobga olib quyida keltirilgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari har yili auditorlik tekshiruvidan o’tishlarni taklif etmoqchiman:
 Korxona aktivlari yillik balans qiymati eng kam oylik ish haqining
10000 baravaridan yuqori bo’lgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari
 Korxona asosiy faoliyatida valyuta konvertatsiyasi(eksport-import
operatsiyalari) mavjud bo’lgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari
 Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari
4. Audit ish hujjatlarini takomillashtirishda alohida e’tiborni auditorlik
tashkiloti tomonidan tuziladigan reja va auditorni dasturlarni tuzishda umumiy
yo’nalishni belgilash kerak.Shu maqsadda auditor ish dasturida umumiy
yo’nalishlar va alohida xususisiyatlarni ko’rsatishi lozim.
5. Auditorlik tashkilotlari mutlaqo mustaqil yuridik shaxslar hisoblanadi va
qonunchilikda ko’zda tutilgan xar qanday tashkiliy-xuquqiy shaklni tanlash (ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatidan tashqari), auditorlik tekshiruvlarini va
hokazolarni o’tkazish shakllari va uslublarini belgilash, uyushma,assotsiyalar va

boshqa birlashmalarni tuzish xuquqlariga ega hamda qonunchilikda ko’zda tutilgan.


Shu bilan birga, auditorlik faoliyati tadbirkorlikning o’ziga xos turi
hisoblanadi va u quyidagilar yordamida tartibga solinishi lozim:
• auditor xuquqlari, majburiyatlari va javobgarligining qonuniy belgilab
qo’yilishi;
• auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish xuquqiga ega bo’lmagan shaxslar
doirasini belgilab qo’yish;
• auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziya oluvchi shaxslarni
attestatsiya qilish va uni litsenziyalashning qat’iy tartibiga rioya qilish;
• audit standartlarini tartibga solish;
• auditorning kasbiy etika printsiplariga rioya qilish.
Auditorlar va auditorlik tashkilotlari o’z faoliyatlarida amaldagi
qonunchilikka va xo’jalik sub’yekti (buyurtmachi) bilan tuzilgan shartnomaga
muvofiq ravishda tekshirish shakllari va uslublarini mustaqil belgilash,
buyurtmachidan audit qilinayotgan korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini aks ettiruvchi barcha hujjatlarni olib tekshirish, mavjud pul mablarlari, qimmatli
qog’ozlar, moddiy boyliklarni tekshirish; yuzaga kelgan masalalar bo’yicha
korxona rahbarlari va xodimlaridan xar qanday tushuntirishlar va qo’shimcha
ma’lumotlarni talab qilish (ular talab etilgan ma’lumotlarni berishlari shart),
tekshirish uchun zarur ma’lumotlarni boshqa uchinchi shaxslar, jumladan, banklar va soliq organlaridan olish, tekshiruvda ishtirok etish uchun shartnomaviy asosda mutaxassislarni jalb etish (mazkur korxonani tekshirish vakolatiga ega bo’lmaganlardan tashqari) xuquqlariga ega.
Mustaqil O’zbekiston xalqi tanlab olgan yo’l – ochiq, erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyati, kuchli demokratik xuquqiy davlat
qurish yo’lidan bosqichma–bosqich olg’a bormoqda.


Download 80,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish