Маvzu:Auditorlik faoliyatining tashkiliy asoslari
REJA
Kirish
I. Asosiy qism
1.1 Majburiy auditorlik tekshiruvi
1.2 Tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvi
1 3 Nazorat qiluvchi yoki xuquqni muxofaza qiluvchi organlar tashabbusiga ko’ra audit o’tkazish xususiyatlari.
1.4 Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari
II Xulosa
III Foydalanilgan adabiyot va manbalar
IV Internet saytlar
I.1. Majburiy auditorlik tekshiruvi.
Auditorlik tekshiruvi qay tarzda o’tkazilishiga ko’ra majburiy va tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvlarga bo’linadi. Shuningdek, auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki xuquqni muxofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra xam o’tkazilishi mumkin.«Auditorlik faoliyati tugrisida»gi qonunga muvofiq faoliyat turiga ko’ra quyidagi iqtisodiy subektlar xar yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi kerak:
aktsiyadorlik jamiyatlari;
banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
sug’urta tashkilotlari;
investitsiya fondlari xamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’larini jamlab turuvchi boshqa fondlar xamda ularning boshqaruv kompaniyalari;
manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo’lmish xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar;
mablag’larning xosil bo’lish manbalari qonun xujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo’lmish byudjetdan tashqari fondlar;
ustav fondida davlatga tegishli ulush bo’lgan xo’jalik yurituvchi subektlar.
Agar xo’jalik yurituvchi subekt xisobot yilidan keyingi yilning 1- mayigacha yillik moliyaviy xisobotini auditorlik tekshiruvidan o’tkazmagan va auditorlik xulosasiga ega bo’lmasa, u majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazilishidan bo’yin tovlagan xisoblanadi.«Auditorlik faoliyati to’g’risidagi soninining 10-moddasiga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi lozim bo’lgan barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar oldingi yil uchun yillik moliyaviy xisobotlarini joriy yilning 1-maygacha auditorlik tekshiruvidan o’tkazadilar.Auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so’ng xo’jalik yurituvchi subyekt auditorlik xulosasining belgilangan tartibda tasdiqlangan bir nusxasini 15 kun ichida tegishli soliq organlariga topshirishi lozim. Agar auditorlik xulosasining bunday
nusxasini soliq organiga vaqtida taqdim etilmasa, xo’jalik yurituvchi subyekt soliq organiga buning sababi ko’rsatilgan tushuntirish xati taqdim etadi.Majburiy auditorlik tekshiruvidan bo’yin tovlagan xo’jalik yurituvchi subyektlarga soliq organi tomonidan jarima solinadi. Xo’jalik yurituvchi subyekt raxbari esa majburiy auditorlik tekshiruvidan bo’yin tovlaganligi uchun qonun xujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Undirilgan jarima solish to’g’risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 10 kun ichida to’lanib, to’liq, miqdorda respublika byudjetiga o’tkaziladi. Agar jarima o’z vaqtida to’lanmasa, soliq qonunchiligiga muvofiq peniya xisoblangan holda sudsiz undirib olinadi.Jarima undirilishi xo’jalik yurituvchi subyektni majburiy auditorlik tekshiruvdan o’tishdan ozod qilmaydi.Majburiy auditorlik tekshiruvidan bo’yin tovlaganligi uchun undiriladigan jarimalar stavkalari xo’jalik yurituvchi subyektlarning xisobot yili oxirida maxsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan yalpi tushumining miqdoriga qarab eng kam oylik xakining 100 baravaridan 500 baravarigacha tabaqalashtirilgan. Majburiy auditorlik tekshiruvidan boyin tovlaganlik uchun tabaqalashtirilgan jarima stavkalari:Jarima mikdori
Bir yilda maxsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan yalpi tushum mikdori (K.K.S bilan birga) Eng kam oylik ish xaqi mikdorining 100 baravari Eng kam oylik ish xaqi miqdorining 500 baravarigacha Eng kam oylik ish xaqi
mikdorining 300 baravari 500 baravaridan 15 ming baravarigacha Eng kam oylik ish xaqi miqdorining 500 baravari 15 ming baravaridan ortiq Jarima summasini hisoblash uchun jarima solish to’g’risida qaror chiqarilgan sanadagi eng kam oylik ish haqi miqdori asos qilib olinadi.Byudjetdan tashqari va xayriya jamg’armalarining amaldagi tushumlari (a'zolik badallarini ham tushgan holda) jarima hisoblashda asos bo’ladigan yalpi tushum hisoblanadi.Xo’jalik yurituvchi subyektlar jarima solish to’g’risidagi qaror ustidan qonun xujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |