Mavzu: Atrof muhit ifloslanishini ekologik baholash Reja
Mavzu: Atrof muhit ifloslanishini ekologik baholash
Reja
1. AMBTBni o’tkazishning zaruryati to’g’risida qaror
2. AMBTB o’tkazish lozim bo’lgan faoliyatlarni tanlash
3. Atrof-muhitga bo’ladigan ta’sirlar ko’lamini bashorat qilish va baholash
Tabiiy sharoit yoki muhitlarni organizmlarga ko’rsatadigan ta’sir darajasi maqsadlarida baholash — ekologik baholash deb ataladi. Masalan, qurilish, sanoat, transport, rekreatsiya, suv xo‘jaligi va boshqa maqsadlarda baholash amalda oshirilishi mumkin.
Ekologik baholash quyidagi boshqichlardan iborat:
a) baholash ishlarining maqsad va vazifalarini aniqlash (masalan, sanoat korxona chiqindilarining insonlarga ta’sir darajasini aniqlash maqsadida baholash);
b) baholash uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar yoki ma’lumotlar ro‘yxatini tuzish;
d) o‘rganilayotgan sanoat korxonasining hozirgi va kelajakdagi holatini belgilaydigan ko‘rsatkichlar yoki xossalarni o‘rganish va o‘lchash (korxonadan chiqayotgan chiqindilarni miqdori, chiqindilar turi, ta’sir darajasi, oqibatlari va h.k.);
d) olingan ma’lumotlar va ko‘rsatkichlarni bir-biriga taqqoslash asosida har bir komponent bo‘yicha alohida baholashni amalga oshirish (chiqindi turi va miqdori, ta’sir darajasi va h.k. haqida);
e) alohida baholashlar asosida umumiy baholashni amalga oshirish (sanoat korxonalari faoliyat yuritishi mumkinmi yoki yo‘qmi);
f) yakuniy jadval va xaritalar tuzish.
Atrof-muhit holatini ekologik baholashning aniq maqsadiga ko‘ra tirik organizmlarga ta’sir darajasiga ko’ra turli darajalar bilan (1-daraja, 2-daraja, 3-daraja, 4-daraja) baholanadi.
Masalan, biror sanoat korxonasining tirik organizmlarga ta’sir darajasi 1-daraja, 2-daraja, 3-daraja, 4-daraja deb baholanadi.
Baholashning miqdor usuli har bir darajani sonli ko‘rsatkichlar asosida amalga oshirishga asoslangan. Masalan, vegetatsiya davrida havo haroratining 10°C dan yuqori bo‘lgan kunlar yig‘indisi qishloq xo‘jalik ekinlarining qaysi turlari hududning qaysi joylarida o‘sishi mumkinligini aniqlashda asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, arpaning pishib yetilishi uchun quyidagi haroratlar yig‘indisi bo‘lishi shart. Vegetatsiya davrida havo haroratining +10°C dan yuqori yig‘indisi 1000° gacha bo‘lishi eng tezpishar arpa navining yetilishi uchun yetarli emas, mazkur arpa navi 1000-1400°da pishadi, 1400-1800° da esa o‘rta pishar, 1800° dan oshganda esa eng kechki navlar yetiladi. Ko‘rsatilgan ushbu miqdor ko‘rsatkichlari baholashning ma’lum bonitetli darajalari hisoblanadi.
Ekologik xavfni baholash asosan atrof-muhitni tashkil etuvchi turli xil ekotizimlardagi tirik organizmlarga odamlar tomonidan atrof-muhitga chiqaradigan moddalar tomonidan etkaziladigan xavflarni aniqlash uchun amalga oshiriladi. Ushbu tadqiqotlar asosan kimyoviy birikmalar va genetik jihatdan o'zgartirilgan organizmlar xavfiga qaratilgan. Ba'zi tadkikotlar jismoniy xavflarga ham qaratilgan.
Atrof-muhit holatini ekologik baholash lozim bo’lgan faoliyatlarni tanlash.
Atrof-muhit holatini ekologik baholash ob'еktini aniqlashning ikki prinsipial yondoshuvi mavjud.
Birinchi yondoshuvda atrof-muhit holatini ekologik baholash o’tkazishga zaruriyat bor yoki yo’qligi to’g’risida qaror qabul qilinadi.
Tabiiy muhit holatini o’zgarishini oldindan ko’ra bilish va ayta olish ekologik bashorat deyiladi.
Atrof-muhitning ifloslanish darajasini baholash mexanizmlarini takomillashtirish, atrof tabiiy muhitni kuzatish, uning ifloslanish darajasini bashorat qilish, davlat ekologik nazoratini doimiy axborot bilan ta’minlash, ifloslantiruvchi manbalarning holati va atrof-muhitga ta’siri monitoringini amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Xulosa qilib aytganda, ekologik xavfni baholash - bu ma'lum bir hodisaning ma'lum sharoitlarda yuzaga kelish ehtimolini baholash jarayoni. Bu ekologik muammolar bilan bog'liq bo'lgan xatarlarni muvozanatlash va taqqoslash uchun asos bo'lib, xatarlarni bashorat qilish va tushunishni ta'minlashning tizimli usuli hisoblanadi
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |