Mavzu: Bug`lanish va atmosfera yog’inlari
Atmosfera yogʻinlari – bulutlardan yogʻadigan yoki havoda suv buglarining kondensatlanishi natijasida yer yuzasiga va oʻsimliklar sirtiga tushadi-gan tomchi yoki muz holatidagi suv. Bulutlardan yomgʻir, qor, hoʻl qor va muz dona-chalari, doʻl va hokazo yogʻadi. Havodagi suv bugʻlaridan shudring, qirov, bulduruq va boshqa hosil boʻladi. Oʻta sovigan yomgir, tu-man yer yuzasida va narsalar ustida muz qatlamlari hosil qiladi. Atmosfera yogʻinlari davom-li va oʻrtacha tezlikda, jala shaklida va mayda shivalab yogʻuvchi yogʻinlarga aj-ratiladi. Davomli va oʻrtacha tezlikda yogʻuvchi Atmosfera yogʻinlari qatlamli yomgʻir beruvchi va yuqori qatlam bulutlardan yogʻadi. Jala boʻlib yogadigan Atmosfera yogʻinlari yomgʻirlitoʻp bulutlardan yirik tomchi yoki pagʻa-pagʻa qor, mayda muz donachalari, yezda esa doʻl sha-klida yogʻadi, tusatdan katta tezlik bilan boshlanib, tezda tuxtaydi, issiq davrda esa momaqaldiroq bilan birgalikda oʻtadi. Mayda shivalab yogʻuvchi Atmosfera yogʻinlari qatlamli bulutlardan (ba’zan tumanlardan) mayda tomchi va tez eriydigan qor shaklida yogʻadi. Atmosfera yogʻinlari meteorologik stansiyalarda yomgʻir oʻlchagich, yogin ulchagich va plyuvi-ograflar, katta maydonlarda esa radio-lokatorlar yorda-mida Ulchanadi. Yerga tushgan Atmosfera yogʻinlari mikdo-ri suv balansini koʻrsatadigan mm bilan, jadalligi esa vaqt birligi (min., soat, sutka)dagi miqdori (mm) bilan ulchanadi. Atmosfera yogʻinlari miqdori Oʻrta Osiyo hududi boʻylab gʻoyat notekis taqsimlanadi. Ularning yillik miqdori tekisliklarda oʻrtacha 100 – 200 mm, togʻ oldi va togʻli rayonlarda 500 – 1000 mm, ba’zan 1500 mm va undan koʻproq. Yogʻinlar tekisliklarning katta qismida, togʻ oldi va ba’zi tomi rayonlarda yoz oylarida eng kam, bahor (mart – aprel) yoki kuz (oktabr – noyabr)da eng koʻp yogʻadi. Shimoliy va baland togli rayonlarda esa eng koʻp yogʻingarchilik aprel – may oylarida kuzatiladi. Yezda faqat togli rayonlardagina yogʻingarchilik boʻladi. Oʻrta Osiyoning yogʻinlari kam tushadigan rayonlarida yoginlarning sut-kalik maksimum ekstremal miqdori 30 – 50 mm, yogʻingarchilik koʻp boʻladigan rayonlarda esa sutkalik maksimum miqdor 100 mm va undan koʻproq. Atmosfera yogʻinlari kuzatila-digan kunlar soni bir yilda 40 – 200 oʻrtasida oʻzgarib turadi. Atmosfera yogʻinlari qish – bahor davrida yerda tuproq nam zaxira-sini hosil qiladi, bu esa qishloq xoʻjaligida katta ahamiyatga ega. Atmosfera yogʻinlari yetarli (yiliga 200 mm va undan koʻproq) boʻlgan sharoitlarda eqilgan ekin tabiiy nam hisobiga unib chikadi, natijada birinchi sugorishni keyinroqqa surish mumkin boʻladi.Hamid Abdullayev, Olga Subbotina.
Atmosfera yog`inlari - Bulutlardan yog`adigan yoki havoda suv bug`larining kondensatlanishi natijasida yer yuzasiga va o`simliklar sirtiga tushadigan tomchi yoki muz holatidagi suv. Bulutlardan yomg`ir, qor, ho`l qor va muz donachalari, do`l va h. k. yog`adi. Havodagi suv bug`laridan shudring, qirov, bulduruq va b. hosil bo`ladi. O`ta sovigan yomg`ir, tuman yer yuzasida va narsalar ustida muz qatlamlari hosil qiladi. Atmosfera yog`inlari. davomli va o`rtacha tezlikda, jala shaklida va mayda shivalab yog`uvchi yog`inlarga ajratiladi. Davomli va o`rtachatezlikdayog`uvchi Atmosfera yog`inlari. qatlamli yomg`ir beruvchi va yuqori qatlam bulutlardan yog`adi. Jala bo`lib yog`adigan Atmosfera yog`inlari. yomg`irlito`p bulutlardan yirik tomchi yoki pag`a-pag`a qor, mayda muz donachalari, yozda esa do`l shaklida yog`adi, to`satdan katta tezlik bilan boshlanib, tezda to`xtaydi, issiq davrda esa momaqaldiroq bilan birgalikda o`tadi. Maydashivalab yog`uvchi Atmosfera yog`inlari. qatlamli bulutlardan (ba`zan tumanlardan) mayda tomchi va tez eriydigan qor shaklida yog`adi. Atmosfera yog`inlari. meteorologik stansiyalarda yomg`ir o`lchagich, yog`in o`lchagich va plyuviograflar, katta maydonlarda esa radiolokatorlar yordamida o`lchanadi. Yerga tushgan Atmosfera yog`inlari. miqdori suv balansini ko`rsatadigan mm bilan, jadalligi esa vaqt birligi (min., soat, sutka)dagi miqdori (mm) bilan o`lchanadi. Atmosfera yog`inlari. miqdori O`rta Osiyo hududi bo`ylab g`oyat notekis taqsimlanadi. Ularning yillik miqdori tekisliklarda o`rtacha 100 — 200 mm, tog` oldi va tog`li rayonlarda 500 — 1000 mm, ba`zan 1500 mm va undan ko`proq. Yog`inlar tekisliklarning katta qismida, tog` oldi va ba`zi tog`li rayonlarda yoz oylarida eng kam, bahor (mart — aprel) yoki kuz (okt. — noyab.)da eng ko`p yog`adi.
Do'stlaringiz bilan baham: |