Mavzu: Atmosfera yogʻinlari


Mavzu: O’zbekistonda amalga oshirilgan gidrologik tadqiqotlar



Download 56,07 Kb.
bet16/20
Sana12.07.2022
Hajmi56,07 Kb.
#779321
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Gidralogiya 20talik bittada

Mavzu: O’zbekistonda amalga oshirilgan gidrologik tadqiqotlar
Gidrologiya (gidro... va ...logiyadan) — tabiatdagi barcha suv, yaʼni okean va dengizlar, daryo va koʻllar, qor va muzliklar, suv omborlari, botqoqliklar va yer osti suvlarini, ularning joylashishi, xususiyatlari, oʻzaro va atrof tabiiy muhit (atmosfera, litosfera, biosfera) bilan taʼsiri natijasida roʻy beradigan hodisalar hamda jarayonlar qonuniyatlarini oʻrganadigan fan. G. oʻrganiladigan suv havza (obʼyekt)larining joylashishiga koʻra okean va dengizlar G.si (okeanologiya yoki okeanografiya), qurukdik G.siga boʻlinadi. Ayrim olimlar yer osti suvlari G.si (gidrogeologiya)"" alohida qism sifatida ajratadilar. Fanning hozirgi taraqqiyot bosqichida G. atamasi kuruklik G.sining sinonimi sifatida ishlatiladi.
G. dastlab tabiiy geogr., gidrotexnika, geol., navigatsiyaning tarmogʻi sifatida rivojlandi va ilmiy bilimlar tizimi sifatida esa 20-asr boshida shakllandi.
Quruqlik G.si gidrografiya, gidrometriya, umumiy G., muhandislik G.si kabi oʻzaro bogʻliq boʻlimlardan iborat. Gidrografiya suv obʼyektlarining oʻrni, oʻziga xos xususiyatlari, geografik tarqalish qonuniyatlari hamda ulardan xalq xoʻjaligida foydalanish imkoniyatlarini aniqlab beradi. Gidrometriya G.ning oʻlchov ishlarini amalga oshirish usullarini ishlab chiqish va ularda ishlatiladigan asbob-uskunalarni yaratish bilan shugʻullanadi. Umumiy G., odatda, daryolar gidrologiyasi (potamologiya), koʻl va suv omborlari G.si (koʻlshunoslik yoki limnologiya), qor va muzliklar G.si (muzshunoslik yoki glyatsiologiya), botqoqlar G.si (botqoqshunoslik yoki talmatologiya)ni oʻrganadi. Muhandislik G.si bevosita ilmiy, amaliy masalalarni hal etadi va shu maqsadda suv obʼyektlarining dinamikasini, ularning turli gidrologik koʻrsatkichlarini hisoblash hamda bashorat qilish usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Muhandislik G.si tarkibida oʻzan jarayonlari va oʻzan oqimi dinamikasi, gidrologik hisoblashlar, gidrologik bashoratlar alohida fan sifatida shakllandi va jadal rivojlanmoqda. Oʻzan jarayonlari va oʻzan oqimi dinamikasi suv massalarining harakati, toʻlqinlar, ular taʼsiri natijasida kuzatiladigan oʻzan yemirilishi, oqiziqlar rejimi, shu jarayonlar bilan bogʻliq holda oʻzan shakli va qiyofasining oʻzgarib turishini, ularning turlarini oʻrganadi. Suv transporta harakatini taʼminlash, suv inshootlari (toʻgʻonlar, koʻpriklar)ni qurish uchun tegishli xulosalar chiqaradi. Gidrologik hisoblashlar daryo oqimining koʻrsatkichlari (oqim meʼyori, eng katta va eng kichik suv sarflari, oqimning yil davomida taqsimlanishi, oqim oʻzgaruvchanligi)ni anikdash bilan shugʻullanadi. Gidrologik bashoratlar G.ning amaliy boʻlimi boʻlib, gidrologik jarayonlarni oldindan aytib berish (bashorat qilish) usullarini ishlab chiqadi.
G. fani oldida suv zaxiralari va atrof muhit muhofazasiga taalluqli boʻlgan quyidagi vazifalar paydo boʻldi: 1) suv zaxiralarini miqdor va sifat jihatdan tejash va muhofaza qilish; 2) tabiat va antropogen omillar taʼsirida ularning oʻzgarish qonuniyatlarini oʻrganish; 3) amalga oshirilayotgan suv xoʻjaligi tadbirlari (melioratsiya, irrigatsiya, gidroenergetika, suv zaxiralarini hududlar boʻyicha qayta taqsimlash va h. k.)ni iqtisodiy va ekologiya nuqtai nazaridan asoslash uchun kerakli gidrologik maʼlumotlar bilan taʼminlash. Ushbu muammolar zamirida G.ning yangi yoʻnalishlari — gidroekologiya, meliorativ gidrologiya (sugʻoriladigan hududlar gidrologiyasi yoki agrogidrologiya) alohida fan sifatida shakllanmoqda. G.ning suv havzalarida kechadigan tabiiy (fizik), kimyoviy va biologik jarayonlarni hamda ulardagi suv massalarining tabiiy (fizik) xususiyatlarini, sifatini, biologik zaxiralarini oʻrganadigan qismlari gidrofizika, gidronime, gidrobiologiya deb ataladi. Suv havzalarining hosil boʻlishi, rivojlanishi va hududlar boʻyicha taqsimlanishi, shuningdek, ularning gidrologik tartibi tabiiy mintaqalarga xos boʻlgan — zonal va xos boʻlmagan — azonal omillar (joyning relyefi, geologik tuzilishi)ga bogʻliq. Ularni oʻrganishda G. iqlimshunoslik, meteorologiya, geologiya, gidrogeologiya, geomorfologiya, tabiiy geogr. kabi fanlar maʼlumotlariga tayanadi. Suv havzalarida kechadigan harakatlar (suv oqimlari) qonuniyatlarini oʻrganishda G. gidrodinamika, gidravlika fanlari usullaridan, gidrologik hisoblashlar va bashoratlarda esa aerokosmik va matematik usullardan, zamonaviy hisoblash mashinalaridan keng foydalanadi.


Download 56,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish