Mavzu: Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari auditi Bajardi: bhn-3 guruh talabasi



Download 486,85 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi486,85 Kb.
#356377
Bog'liq
BHN-3 Aripova K. Amaliy audit

Mavzu: Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari auditi


Bajardi: BHN-3 guruh talabasi

Aripova K.

Tekshirdi: Quziyev I.

Asosiy vositalarni ta’mirlash

Asosiy vositalar foydalanish jarayonida ularning jismoniy xossa va sifatlari yo`qolib boradi. Ularni tiklash uchun subyekt ta'mirlash ishlarini o`tkazishi mumkin. Asosiy vositalar ta'mirining uch turi mavjud: kapital, o’rtacha va joriy ta'mirlash.

Ta’mirlash turlari.


Kapital ta’mirlash – agregatni to’liq ajratib yig’ish amalga oshiriladigan ta’mirlashdir

Joriy ta’mirlash – asosiy vositalar obyektini ishchi holatida saqlab turish maqsadida amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.

O’rtacha ta’mirlash – ta’mirlanayotgan agregatni qisman ajratish va detallarning qismlarini tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi

Asosiy vositalarni ta’mirlash usullari

Asosiy vositalarni ta'mirlash pudrat yoki xojalik usulida bajarilishi mumkin. Pudrat usulida bajarilganda subyekt ta'mirlash-qurilish tashkiloti bilan pudrat shartnomasini tuzadi. Xojalik usulida esa ta'mir o`z kuchi bilan amalga oshiriladi. Ikkala usulda ham ta'mirlash xarajatlari ishlab chiqarish xarajatlari hisobidan qoplanadi

Subyektlarda asosiy vositalarni ta'mirlashga doir xarajatlar quyidagicha hisobdan o`chirilishi mumkin:


- xarajatlarning qilinish me'yoriga qarab bevosita mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga;

- asosiy vositalarni ta'mirlash uchun yaratilgan fond hisobidan;



- xarajatlarni oldin 3190 – «Boshqa kelgusi davr xarajatlari» schyotiga olib borib, keyinchalik bir me'yorda tannarxga qo`shib borish.

Rezerv

Agar hisob siyosatiga muvofiq subyektda asosiy vositalarni ta'mirlash uchun rezerv tashkil etiladigan bo`lsa, unda auditor rezerv uchun ajratmalar summasining iqtisodiy asoslanganligini, asosiy vositalarning turlari bo`yicha (binolar, inshootlar, qurilmalar va hokazo) ajratmalar miqdori ko`zda tutilganligi yoki ajratmalarning yagona normasi belgilanganligi, har oyda rezerv hisoblash tamoyiliga rioya qilinishini aniqlaydi. Ta'mirlash uchun qilingan haqiqiy xarajatlar yaratilgan rezerv hisobiga hisobdan o`chiriladi. Shuning uchun auditor yil oxirida (ta'mirlash ishlari tugallangan hollarda) oshiqcha hisoblangan rezerv to`g`rilanganligi (storno qilinganligi) ga ishonch hosil qilishi lozim.

Asosiy vositalarni ta'mirlashga doir muomalalarning buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishini tekshirish

Asosiy vositalarni ta'mirlashga doir muomalalarning buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishini tekshirish mobaynida auditor, ishlab chiqarishga doir asosiy vositalarni ta'mirlash xarajatlari tannarxga olib borilganligi, noishlab chiqarishga doir asosiy vositalarniki esa o`z manbalari hisobiga hisobdan o`chirilganligiga ishonch hosil qilishi lozim. Shunindek, auditor ta'mirlash ishlari qaysi usul (pudrat yoki xojalik usuli) bilan amalga oshirilganligini ham tekshiradi.

Subyektlar hisobot davrida asosiy vositalar obyektlarini zamonaviylashtirish va qayta jihozlash xarajatlari


Subyektlar hisobot davrida asosiy vositalar obyektlarini zamonaviylashtirish va qayta jihozlash uchun ham xarajatlar qilishi mumkin. Auditor bu holda quyidagilarni tekshiradi: qilingan xarajatlar 0890 - «Boshqa kapital sarflar» schyotida hisobga olinganligi, ta'mirlash ishlari yakunlanganidan so`ng asosiy vositalar dastlabki qiymati oshganligi, subyekt qo`shilgan kapitalining ko`payishi hisobda ko`rsatilganligi. Subyekt asosiy vositalarni ta'mirlash bilan bog`liq barcha xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish, qo`rsatilgan xizmat) lar tannarxiga kiritadi, bu pirovardida moliyaviy natijaning shakllanishiga, shuningdek subyektning foydadan budjetga to`lovlar bo`yicha budjet bilan o`zaro munosabatlariga ham ta'sir etadi.

Hisob siyosatini aniqlash

Asosiy vositalarga eskirishni hisoblash va ta'mirlash bo`yicha subyektda qanday hisob yuritish siyosati qabul qilinganligini aniqlash uchun 8910 - «Kelgusidagi xarajatlar va to`lovlar uchun rezervlar» schyotining ma'lumotlari bilan tanishish zarur. Agar 8910 schyotda alohida ta'mirlash fondi degan analitik schyot ajratilgan bo`lsa, ushbu fondga qilingan ajratmalarning hajmi qanchalik asoslanganligi (iqtisodiy hisob-kitoblar bilan tasdiqlanganligi) ga ishonch hosil qilish zarur. Ajratmalar hajmi asosiy vositalar turlari bo`yicha tabaqalangan yoki ajratmalarning yagona normasi o`rnatilgan bo`lishi mumkin. Auditor nuqtai nazaridan yagona normativni qo`llash tannarxning asossiz ko`tarilishi va soliqqa tortiladigan bazaning pasayishiga olib kelsa, u bunday holatni auditorlik hisobotida ko`rsatib o`tishi lozim

E’tiboringiz uchun rahmat.


Download 486,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish