Mavzu: Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari auditi
Bajardi: BHN-3 guruh talabasi
Aripova K.
Tekshirdi: Quziyev I.
Asosiy vositalarni ta’mirlash Asosiy vositalar foydalanish jarayonida ularning jismoniy xossa va sifatlari yo`qolib boradi. Ularni tiklash uchun subyekt ta'mirlash ishlarini o`tkazishi mumkin. Asosiy vositalar ta'mirining uch turi mavjud: kapital, o’rtacha va joriy ta'mirlash. Ta’mirlash turlari.
Kapital ta’mirlash – agregatni to’liq ajratib yig’ish amalga oshiriladigan ta’mirlashdir
Joriy ta’mirlash – asosiy vositalar obyektini ishchi holatida saqlab turish maqsadida amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.
O’rtacha ta’mirlash – ta’mirlanayotgan agregatni qisman ajratish va detallarning qismlarini tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi
Asosiy vositalarni ta’mirlash usullari Asosiy vositalarni ta'mirlash pudrat yoki xojalik usulida bajarilishi mumkin. Pudrat usulida bajarilganda subyekt ta'mirlash-qurilish tashkiloti bilan pudrat shartnomasini tuzadi. Xojalik usulida esa ta'mir o`z kuchi bilan amalga oshiriladi. Ikkala usulda ham ta'mirlash xarajatlari ishlab chiqarish xarajatlari hisobidan qoplanadi Subyektlarda asosiy vositalarni ta'mirlashga doir xarajatlar quyidagicha hisobdan o`chirilishi mumkin:
- xarajatlarning qilinish me'yoriga qarab bevosita mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga;
- asosiy vositalarni ta'mirlash uchun yaratilgan fond hisobidan;
- xarajatlarni oldin 3190 – «Boshqa kelgusi davr xarajatlari» schyotiga olib borib, keyinchalik bir me'yorda tannarxga qo`shib borish.
Rezerv Agar hisob siyosatiga muvofiq subyektda asosiy vositalarni ta'mirlash uchun rezerv tashkil etiladigan bo`lsa, unda auditor rezerv uchun ajratmalar summasining iqtisodiy asoslanganligini, asosiy vositalarning turlari bo`yicha (binolar, inshootlar, qurilmalar va hokazo) ajratmalar miqdori ko`zda tutilganligi yoki ajratmalarning yagona normasi belgilanganligi, har oyda rezerv hisoblash tamoyiliga rioya qilinishini aniqlaydi. Ta'mirlash uchun qilingan haqiqiy xarajatlar yaratilgan rezerv hisobiga hisobdan o`chiriladi. Shuning uchun auditor yil oxirida (ta'mirlash ishlari tugallangan hollarda) oshiqcha hisoblangan rezerv to`g`rilanganligi (storno qilinganligi) ga ishonch hosil qilishi lozim. Asosiy vositalarni ta'mirlashga doir muomalalarning buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishini tekshirish Asosiy vositalarni ta'mirlashga doir muomalalarning buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishini tekshirish mobaynida auditor, ishlab chiqarishga doir asosiy vositalarni ta'mirlash xarajatlari tannarxga olib borilganligi, noishlab chiqarishga doir asosiy vositalarniki esa o`z manbalari hisobiga hisobdan o`chirilganligiga ishonch hosil qilishi lozim. Shunindek, auditor ta'mirlash ishlari qaysi usul (pudrat yoki xojalik usuli) bilan amalga oshirilganligini ham tekshiradi. Subyektlar hisobot davrida asosiy vositalar obyektlarini zamonaviylashtirish va qayta jihozlash xarajatlari
Subyektlar hisobot davrida asosiy vositalar obyektlarini zamonaviylashtirish va qayta jihozlash uchun ham xarajatlar qilishi mumkin. Auditor bu holda quyidagilarni tekshiradi: qilingan xarajatlar 0890 - «Boshqa kapital sarflar» schyotida hisobga olinganligi, ta'mirlash ishlari yakunlanganidan so`ng asosiy vositalar dastlabki qiymati oshganligi, subyekt qo`shilgan kapitalining ko`payishi hisobda ko`rsatilganligi. Subyekt asosiy vositalarni ta'mirlash bilan bog`liq barcha xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish, qo`rsatilgan xizmat) lar tannarxiga kiritadi, bu pirovardida moliyaviy natijaning shakllanishiga, shuningdek subyektning foydadan budjetga to`lovlar bo`yicha budjet bilan o`zaro munosabatlariga ham ta'sir etadi.
Hisob siyosatini aniqlash Asosiy vositalarga eskirishni hisoblash va ta'mirlash bo`yicha subyektda qanday hisob yuritish siyosati qabul qilinganligini aniqlash uchun 8910 - «Kelgusidagi xarajatlar va to`lovlar uchun rezervlar» schyotining ma'lumotlari bilan tanishish zarur. Agar 8910 schyotda alohida ta'mirlash fondi degan analitik schyot ajratilgan bo`lsa, ushbu fondga qilingan ajratmalarning hajmi qanchalik asoslanganligi (iqtisodiy hisob-kitoblar bilan tasdiqlanganligi) ga ishonch hosil qilish zarur. Ajratmalar hajmi asosiy vositalar turlari bo`yicha tabaqalangan yoki ajratmalarning yagona normasi o`rnatilgan bo`lishi mumkin. Auditor nuqtai nazaridan yagona normativni qo`llash tannarxning asossiz ko`tarilishi va soliqqa tortiladigan bazaning pasayishiga olib kelsa, u bunday holatni auditorlik hisobotida ko`rsatib o`tishi lozim E’tiboringiz uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |