Bog'liq Asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishning moliyaviy jihatlari Kurs Ishi1
2. Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish samaradorligi tahlili6 Aylanma kapital XYS aylanma (o’zgaruvchan) aktivlariga avanslashtirilgan kapital qiymatini o’zida ifodalaydi. Bu kapital XYS balansining “Aylanma aktivlar” deb nomlangan ikkinchi bo’limida aks ettiriladi. Odatda, aylanma kapital quyidagi bir necha asosiy guruhlarga bo’linadi:
takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishini hisobga olgan holda funktsional mo’ljallanganligi bo’yicha;
shakllantirish va moliyalashtirish manbalariga ko’ra;
likvidlik darajasiga qarab;
va boshqa belgilariga muvofiq.
Aylanma kapital juda ko’p funksiyalarni bajaradi. Ularning orasidan quyidagilarni alohida ajratib ko’rsa-tish mumkin:
takror ishlab chiqarish;
rag’batlantirish;
taqsimlash;
ishlab chiqarish va muomala sohasining yagonaligini ta’minlash;
ishlab chiqarish jarayoning uzluksizligini ta’minlash;
va boshqalar.
Aylanma kapital o’z funksiyalarini ham pulli va ham natural-buyum shakllarida amalga oshiradi. Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini uni funk-tsional jihatdan quyidagi ikki tashkil etuvchisi belgilab (aniqlab) beradi:
aylanma kapitalning natural-buyum shakllari yoki aylanma ishlab chiqarish fondlari;
muomala fondlari. Tarkibiy tuzilma jihatidan aylanma kapitalning natural-buyum shakllariga, eng avvalo, ishlab chiqarish zaxiralaridan iborat bo’lgan quyidagilar kiradi:
xomashyo va asosiy materiallar;
sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar;
yoqilg’i; qadoqlash va qadoqlash materiallari;
joriy ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar;
inventarlar va xo’jalik buyumlari;
tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari;
o’z ishlab chiqarishining yarim tayyor mahsulotlari;
kelgusi davr xarajatlari; boshqa xarajatlar.
Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini tashkil etuvchi muomala fondlari quyidagi guruhlardan iborat:
tayyor mahsulot va qayta sotishga mo’ljallangan tovarlar, ortib jo’natilgan tovarlar;
pul mablag’lari – kassadagi pullar, hisob-kitob va valyuta hisobvaraqlaridagi pullar, bankdagi maxsus hisob- varaqlari (akkreditivlar va chek daftarchalari, depozit hisobvaraqlari, boshqa to’lov hujjatlari);
qisqa muddatli (bir yildan ortiq bo’lmagan muddatda) moliyaviy qo’yilmalar – boshqa XYSlar qimmatli qog’ozlariga investitsiyalar, davlat va mahalliy zayomlarning foizli obligatsiyalari, boshqa XYSlarga berilgan zayomlar, aktsionerlardan o’z aktsiyalarini sotib olish;
debitorlik qarzlarining barcha ko’rinishlari, sotib oluvchilar va buyurtmachilarning qarzlari, olinuvchi veksellar, bo’ysunuvchi jamiyatlarning qarzlari, ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarz-lari, berilgan avanslar, boshqa debitorlarning mablag’lari. Aylanma kapitalning boshqa qismi pulli ko’rinishda shakllantiriladi va aylanma fondlarning iqtisodiy elementlariga pulli kapitalni doimiy avanslashtirish ko’rinishida doiraviy aylanishda bo’ladi. Pul mablag’-larining doiraviy aylanishi XYS tomonidan ishlab chiqarishga zarur bo’lgan moddiy resurslar qiymatining to’lanishi bilan boshlanadi va shu xarajatlarning mahsulotni sotishdan olingan tushum ko’rinishida qaytishi bilan tugallanadi. Doiraviy aylanish jarayonida aylanma kapital doimiy qiymat kategoriyasi sifatida saqlanib qolsa-da, o’z tarkibiy qismlarining funktsional shakllarini uzluksiz ravishda quyidagi ketma-ketlikda o’zgartiradi:
pul mablag’lari – xomashyo va materiallar zaxiralari – tayyor mahsulot – debitorlik qarzlari – tushum ko’rinishida tushadigan pul mablag’lari. Bunda aylanma kapital korxona moliyaviy holatining o’lchovchisi va tartibga soluvchisi hisoblanadi. Aylanma mablag’lar (kapital)ni shakllantirish va moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat: o’z va ularga tenglashtirilgan mablag’lar; qarz va jalb qilingan mablag’lar. O‘z navbatida, aylanma mablag’lar (kapital)ni shakllan-tirish va moliyalashtirishning o’z manbalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
ustav kapitali;
foyda;
emission daromad. Emission daromad, ayrim hollarda, ta’sischilik foydasi deb ham yuritiladi.
O‘z mablag’lariga tenglashtirilgan manbalar qat’iy passivlardan, ya’ni XYS aylanmasida doimiy ravishda mavjud bo’ladigan jalb qilingan mablag’lardan iborat. Ish haqi va sotsial sug’urta bo’yicha qarzlar, qadoqlarni qaytarish bo’yicha garovlar, kelgusi davr xarajatlarini qoplash bo’yicha zaxiralar shu shaklda vaqtinchalik foydalanilishi mumkin. Qarz mablag’lar o’z aylanma mablag’larining etmagan qismini to’ldirishga mo’ljallangan. Ularning tarkibiga:
banklarning qisqa muddatli kreditlari;
zayomlar;
uzoq muddatli kreditlarning bo’sh mablag’lari kiradi. Jalb qilingan mablag’lar:
mol yetkazib beruvchi va pudratchilarning kreditorlik qarzlari;
to’lanuvchi veksellar;
bo’ysunuvchi jamiyatlar hamda byudjet oldidagi qarzlar;
olingan bo’nak (avans)lar;
va boshqa kreditorlar ko’rinishida maydonga chiqadi.
3. Aylanma kapitalning foydalanish samaradorligini ifodalovchi umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar aylanma mablag’lar aylanishining soni va aylanma mablag’lar bir marta aylanishining uzoqligi hisoblanadi va ular quyidagicha aniqlanadi:
𝑨𝒂𝒎𝒂 = 𝑻/𝑸𝒖 va 𝑼𝟏𝒂 = 𝑲𝒔 𝑨𝒂𝒎𝒂
Bu yerda: 𝑨𝒂𝒎𝒂 - aylanma mablag’larning aylanuvchanligi; 𝑻 - realizatsiyadan olingan tushum; 𝑸𝒖 - aylanma mablag’larning yillik o’rtacha qoldig’i; 𝑼𝟏𝒂 - aylanma mablag’lar bir marta aylanish davri; 𝑲𝒔 - tahlil davridagi kunlar soni. Zaxiralarning aylanuvchanligi quyidagi formula yorda-mida aniqlanadi:
𝑨𝒛 = 𝑻𝒔𝒎/𝑸𝒛𝒖
Bu yerda: 𝑨𝒛 - zaxiralarning aylanuvchanligi; 𝑻𝒔𝒎 - sotilgan mahsulot tannarxi; 𝑸𝒛𝒖 - zaxiralarning o’rtacha qiymati. Debitorlik qarzlarini to’lashning kunlardagi o’rtacha davomiyligi sotib oluvchilarning schyotlar bo’yicha to’lash tezligini aks ettiradi va u quyidagicha aniqlanadi:
𝑫𝑸𝒕𝒖𝒅 = 𝑫𝑸̅̅̅̅̅ 𝒔 /𝑻̅𝒌
Bu yerda: 𝑫𝑸𝒕𝒖𝒅 - debitorlik qarzlarini to’lashning kunlardagi o’rtacha davomiyligi; 𝑫𝑸̅̅̅̅̅ 𝒔 - debitorlik qarzining o’rtacha summasi; 𝑻̅𝒌 - sotishdan olingan kunlik o’rtacha tushum. Bu ko’rsatkichning past darajasi XYS debitorlardan pulni undirish bo’yicha ishining samaradorligidan darak beradi. Biroq, ayrim hollarda, bu narsa XYS kredit siyosatining haddan ziyod qattiqligini ham ko’rsatib, realizatsiya qilingan mahsulotlarning uncha katta bo’lmagan qismi kreditga sotilganligini ham anglatadi. XYS moliyaviy-xo’jalik faoliyati samaradorligini ta’minlashda va moliyaviy tahlilda sof aylanma kapitalni monitoring qilish muhim rol o’ynaydi. Umumiy ko’rinishda sof aylanma kapital aylanma aktivlar va qisqa muddatli majburiyatlar o’rtasidagi farqdan iborat. Qisqa muddatli passivlarning tarkibiy tuzilmasiga kelgusi davr daro-madlari ham kiritilib, ular XYSning o’z pul mablag’lari bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham sof aylanma kapitalni quyidagicha aniqlash mumkin:
𝑺𝒂𝒌 = 𝑨𝑨 − 𝑸𝑷
Bu yerda: 𝑺𝒂𝒌 - sof aylanma kapital; 𝑨𝑨 – aylanma aktivlar; 𝑸𝑷 – qisqa muddatli passivlar (kelgusi davr daromadlaridan tashqari). Sof aylanma kapitalni boshqarishning natijaliligini sof aylanma kapitalning aylanish koeffitsienti yordamida quyidagicha aniqlanadi:
𝑲𝒂 = 𝑻𝒔/𝑺𝒂𝒌
Bu yerda: 𝑲𝒂 - sof aylanma kapitalning aylanish koeffitsienti; 𝑻𝒔 - realizatsiyadan olingan sof tushum; 𝑺𝒂𝒌 - sof aylanma kapitalning o’rtacha qiymati. Aylanma mablag’larni boshqarishda ularni likvidlik darajasi bo’yicha strukturizatsiya qilish muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadlar uchun likvidlikning quyidagi ikki ko’rsatkichidan foydalaniladi: joriy likvidlik koeffitsienti; absolyut likvidlik koeffitsienti. Joriy likvidlik koeffitsienti ma’lum bir sana uchun aniqlanib, uning aniqlanish tartibi quyidagicha:
𝑲𝒋𝒍 = 𝑨𝒂/𝑸𝑷 ≥ 𝟐
Bu yerda: 𝑲𝒋𝒍 - joriy likvidlik koeffitsienti; 𝑨𝒂 - aylanma aktivlar 𝑸𝑷 - qisqa muddatli passivlar (kelgusi davr daromadlarisiz). Joriy likvidlik koeffitsientining darajasi ikkidan kichik bo’lmasligi lozim. Shunday bo’lishiga qaramasdan, g’arb iqtisodiyotida uning darajasiga birdan kichik bo’lmagan hollargacha yo’l qo’yiladi. Absolyut likvidlik koeffitsienti eng likvidli aktiv-larning (pullar va qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar) qisqa muddatli majburiyatlarga nisbati orqali aniqlanadi va uni formula orqali quyidagicha ifodalash mumkin:
𝑲𝒂𝒍 = 𝑷𝑴 + 𝑸𝑴𝑴𝑸/𝑸𝑴𝑴 ≥ 𝟎, 𝟐
Bu yerda: 𝑲𝒂𝒍 - mutloq (absolyut) likvidlik koeffitsienti; 𝑷𝑴 – pul mablag’lari; 𝑸𝑴𝑴𝑸 - qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar; 𝑸𝑴𝑴 - qisqa muddatli majburiyatlar (kelgusi davr daromadlarisiz). Bu koeffitsientning istaluvchi darajasi 0,2 dan iborat bo’lib, biroq amaliyotda bu narsa o’z faoliyatining turli davrlarida XYSning moliyaviy siyosati va ishining samaradorligiga bog’liqdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aylanma kapitaldan foydalanishning samaradorligi juda ko’p omillarga bog’liq. U, eng avvalo, to’lov intizomining ahvoli, aylanma mablag’larning turli funktsional elementlariga joylashtirilgan investitsiyalarning hajmi bilan belgilanadi. Shuningdek, ishlab chiqarish sohasida aylanma kapitaldan samarali foydalanishga ishlab chiqarishning chiqitsiz yuqori texno-logiyalarga asoslanganligi, materiallar qiymatining pasayishi, ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini minimallashtirish, ishlab chiqarish zaxiralari va ularning harakatini oqilona tashkil qilish hamda natijali boshqaruv ta’sir etadi. Muomala sohasida bunday omillar qatoriga mol etkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan ishlarni yaxshilash, xo’jalik aloqalarining samarali usullaridan foydalanish, zamonaviy marketingni amalga oshirish, tayyor mahsulot zaxiralarini kamaytirish va uning realizatsiya qilinishini tezlashtirish kabilar kiradi. To’lov qobiliyatini mustahkamlash va mablag’larning aylanuvchanligini tezlashtirish maqsadida debitorlik qarzlari va pul oqimlarini boshqarishni yaxshilash ham bu o’rinda alohida ahamiyat kasb etadi. 3. Aylanma mablag’larni me’yor(norma)lashtirish Aylanma kapitalni rejalashtirish va undan foydalanishni tashkil qilish uchun unga nisbatan bo’lgan ehtiyojni aniqlash usullari va rejalashtirish tizimini ishlab chiqmoq lozim. Moddiy resurslar va ular zaxiralarining harakatini boshqarish tizimini avtomatlashtirish xususida o’ylamoq, aylanma kapital va uni shakllantirish manbalaridan samarali foydalanish, materiallarning sarfla-nishi va ularning saqlanishi ustidan nazoratni ta’minlash kerak. Yuqoridagilarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilish uchun aylanma mablag’lar quyidagi ikki ikki guruhga bo’linadi:
me’yor(normalashtiriladigan aylanma mablag’lar;
me’yor(norma)lashtirilmaydigan aylanma mablag’lar.
Me’yorlashtiriladigan aylanma mablag’larga aylanma ishlab chiqarish fondlari va realizatsiya qilinmagan tayyor mahsulot zaxiralari kiradi. Me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag’lar esa ombordagi tayyor mahsulot zaxira-laridan tashqari muomala fondlarining barcha elementlarini o’z tarkibiga oladi. Aylanma kapitalning o’lchamini optimallashtirish uchun moddiy aylanma mablag’larning rejalashtirilishi amalga oshiriladi. Moddiy aylanma mablag’larni rejalashtirishning asosini normativ usuli tashkil etadi. Unga ko’ra aylanma mablag’larning normativi belgilanadi, transport, sug’urta, tayyorgarlik, texnologik, joriy zaxiralarni ham qo’shgan holda zaxiralar normalashtiriladi, moddiy resurslarning barcha ko’rinishlari, tugallanmagan ishlab chiqarish, ombordagi tayyor mahsulotga nisbatan xarajatlar normasi o’rnatiladi. Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish jarayoni bir necha bosqichlardan iborat. Dastlab, aylanma mablag’larning har bir elementi bo’yicha ishlab chiqarish zaxiralarining normasi ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish zahiralarining me’yori ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlovchi ularning ilmiy asoslangan rejali hajmidan iborat bo’lib, u eng avvalo, quyidagilarni o’z ichiga oluvchi XYS ish sharoitiga bog’liq:7 ishlab chiqarish tsiklining uzoq-yaqinligi;
ishlab chiqarishga materiallarni kiritish davri;
mol yetkazib beruvchilarning uzoqligi;
mol etkazib berish partiyalarining kompleksligi yoki hajmi;
materiallar sifati;
hisob-kitoblar tizimi;
va boshqalar.
Norma (me’yor) normalashtiriladigan moddiy resurslarga (ularning har bir turi bo’yicha) bo’lgan o’rtacha kunlik ehtiyojlarning hajmi va mol etkazib berishlar o’rtacha intervali (oraliq)ning uzunligini hisobga olgan holda kunlik zaxiralarda o’rnatiladi (belgilanadi). Demak, agar ana shu oraliq, masalan, 24 kunga teng bo’lgan bo’lsa, shunga mos ravishda zaxiralar shu kunlar oralig’ida ishlab chiqarish tsiklining normal (sog’lom) rivojlanishini ta’minlashga etarli bo’lmog’i lozim. Kunlarda ifodalangan zaxiralar va ma’lum bir ko’rinishdagi tovar-moddiy boyliklar xarajatlarining normasi (me’yori) asosida normalashtiriladigan zaxiralarni yaratish uchun zarur bo’lgan aylanma mablag’larning hajmi aniqlanadi. Agar me’yor kunlarda aniqlansa (belgilansa), u holda aylanma mablag’larning normativi XYSning sog’lom (normal) faoliyat ko’rsatishi uchun minimal darajada zarur bo’lgan tovar-moddiy boyliklarning pulda ifodalangan rejalashtirilgan zaxiralaridan iboratdir. Qandaydir bir resurslarning zaxiralariga avanslash-tiriladigan aylanma mablag’lar normativining formulasi quyidagi ko’rinishga ega:
𝑵 = 𝑬 ∗ 𝑼 ∗ 𝑩
Bu yerda: N – aylanma mablag’larning normativi; E – aylanma mablag’larga bo’lgan kunlik ehtiyoj; U – o’rtacha interval uzoqligi; B – aylanma mablag’ birligining bahosi. Masalan, faraz qilaylik, qandaydir bir xomashyoning zaxira normasi 15 kunga, kunlik ehtiyoj 10 tonnaga va bir tonnaning bahosi 20 ming so’mga teng bo’lsa, u holda pulda ifodalangan normativning darajasi 600 ming so’mga (15 x 10 x 20 000) teng bo’ladi. Umuman olganda, aylanma mablag’lar normativi mol etkazib berishlar o’rtasidagi o’rtacha intervalni hisobga olgan holda quyidagi formula orqali aniqlanishi mumkin:
𝑵 = 𝑬 ∗ (𝑼𝟏 + 𝑼𝟐 ) 𝟐 ∗ 𝑩
Bu yerda: 𝑵 – aylanma mablag’larning normativi; 𝑬 – aylanma mablag’larga bo’lgan kunlik ehtiyoj; 𝑼𝟏 + 𝑼𝟐 - navbatdagi ikki mol yetkazib berishlarning kunlardagi uzunligi; 𝑩 – aylanma mablag’ birligining bahosi.
Aylanma mablag’larning har bir elementlari bo’yicha normativning alohida hisoblanishi natijasida xususiy normativlar vujudga keladi. O‘z navbatida, barcha xususiy normativlarni qo’shish natijasida yig’ma (jamlangan) normativ hosil bo’ladi. Xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning alohida turlari bo’yicha zaxiralarning kunlik normasi quyidagi zaxiralar summalarini inobatga olib o’rnatiladi:
transport zaxirasi;
tayyorlov zaxirasi;
texnologik zaxira;
joriy zaxira;
sug’urta zaxirasi.
Transport zaxirasi yukning yo’ldagi kunlari va shu yuk uchun hujjatlarni to’lash va ularning harakatlanish kunlari sonini o’z ichiga oladi. Tayyorlov zaxirasi qabul qilishni rasmiylashtirish, navlarga ajratish, ortish-tushirish, komplektatsiya qilish, moddiy resurslarni maxsus qayta tiklash va h.k.lar bog’liq. Bu zaxira norma yoki haqiqatda sarflangan vaqt asosida o’lchanadi. Texnologik zaxira ishlab chiqarish texnologiyasiga bog’liq va texnologik normalar asosida hisoblanadi. Asos sifatida joriy maksimal ombor zaxirasi olinadi, chunki u materiallarni navbatdagi ikki etkazib berish intervali o’rtasida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi. Maksimal joriy zaxira materiallarga bo’lgan o’rtacha kunlik ehtiyoj va navbatdagi ikki mol etkazib berish intervali o’rtasidagi uzunlikning (davomiylikning) ko’paytmasiga teng. Mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish hajmining o’sishi joriy ombor zaxirasining oshirilishini talab qiladi. Shuningdek, maksimal joriy zaxira ishlab chiqarishning bir maromdaligini (ritmligini) ta’minlash uchun har doim biroz o’zgartirilishi kerak. Sug’urta zaxirasi rezerv sifatida, odatda, joriy ombor zaxirasining 50% doirasida qabul qilinadi. Shunday qilib, zaxiraning kunlardagi normasi tran-sport zaxirasi, tayyorlov zaxirasi, texnologik zaxira, joriy ombor zaxirasi va sug’urta zaxiralarining summasiga teng bo’lgan summalar yig’indisidan iborat. Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha aylanma mablag’-larni norma (me’yor)lashtirish buyumlarning guruhlari bo’yicha amalga oshiriladi va u quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
𝑵 = 𝑿𝟎 ∗ 𝑼 ∗ 𝑲
Bu yerda: 𝑵 - tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha aylanma mablag’larning normativi; 𝑿𝟎 - mahsulotni ishlab chiqarishga qilinadigan bir kunlik xarajatlar; 𝑼 - ishlab chiqarish tsiklining uzoqligi (kunlarda); 𝑲 – xarajatlarning o’sib borish (jamlanib borish) koeffitsienti. Mahsulotni ishlab chiqarishga qilinadigan bir kunlik xarajatlar chorak davomida tannarx bo’yicha ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatini tegishli chorakdagi 90 kunga bo’lib topiladi. Ishlab chiqarish tsiklining davomiyligi (uzoqligi) quyidagilar bilan belgilanadi:
bevosita ishlov berish jarayoniga tegishli vaqt (texnologik zaxira);
ishlov beriluvchi buyumlarning ish joylarida joylashishi (transport zaxirasi);
aylanma zaxirasi (ishlov berish operatsiyalari orali-g’idagi vaqtlar);
sug’urta zaxirasi (uzilishlar sodir bo’ladigan vaziyatlar uchun). 8 Xarajatlarning o’sib borish (jamlanib borish) koeffitsienti tugallanmagan ishlab chiqarishdagi buyum o’rtacha tannarxining ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy summasiga nisbati bilan aniqlanadi. Albatta, zaxiralarni mohirona boshqarish menejment va XYS ishlab chiarish xodimlaridan inflyatsiyani hisobga olishni, sifat va chiqariladigan tovarning bozorda talabgir ekanligi ustidan uzluksiz nazorat olib borishni, bahosi va iste’mol belgilariga (xususiyatlariga) ko’ra XYS tomonidan chiqariladigan mahsulotlarning iste’molchilar talabiga qarab o’zgarishini qondirishni talab qiladi.
Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarishning aylanma fondlari va muomala fondlarini tashkil qilishga mo‘ljallangan pul mablag‘laridan iborat. Aylanma mablag‘lar, qoidaga ko‘ra, korxonaning hisob raqamida naqd pul ko‘rinishida jamg‘ariladi. Korxonalarning aylanma mablag‘lari aylanma fondlari va muomala fondlariga taqsimlanadi. Aylanma ishlab chiqarish fondlarikorxona ishlab chiqarish fondlarining bir qismi bo‘lib, bitta ishlab chiqarish sikli davomida sarflanadi hamda natural shaklini o‘zgartirib, o‘z qiymatini to‘lig‘icha tayyor mahsulot tannarxiga o‘tkazadi. Shu sababli aylanma ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonining majburiy elementi va ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy qismi hisoblanadi. Korxona aylanma ishlab chiqarish fondlari qatoriga xom ashyo va materiallar zahirasi, yarim tayyor mahulotlar, yoqilg‘i va energetika resurslari, qadoqlash va o‘rov materiallari, ehtiyot qismlar, tugallanmagan ishlab chiqarish va kelajakdagi xarajatlarni kiritish mumkin. Rejalashtirish, sistemali hisob va hisobotni tashkil qilish uchun qulaylik yaratish maqsadida aylanma ishlab chiqarish fondlari uch guruhga bo‘linadi:
* ishlab chiqarish zahiralari;
* tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar;
* kelgusi davr xarajatlari.
Muomala fondlari korxonaning tayyor mahsulot zahirasini yaratish uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari, shuningdek, chek va veksellar, aksiyadorlarning qarzlari, turli xil debitorlik qarzlari, bank va kassalarning hisob raqamlaridagi mablag‘lardan iborat bo‘ladi. Muomala fondlari va aylanma ishlab chiqarish fondlari majmuasi, korxonaning aylanma mablag‘lari(kapitali)ni tashkil qiladi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari korxona aylanma mablag‘larining asosiy va salmoqli qismi sifatida o‘z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: * ishlab chiqarish zahiralari – bu ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarishga kiritish uchun tayyorlangan hamda xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i, xarid qilinuvchi yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar, qadoqlash va o‘rov materiallari, asosiy fondlarni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar, yoqilg‘i-moylash materiallaridan tashkil topuvchi mehnat predmetlari;
tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar – bu, ishlab chiqarish jarayonida foydalanishga topshirilgan hamda ishlov berish va yig‘uv jarayonida bo‘lgan, lekin ishlab chiqarish jarayoni to‘liq tugallanmagan hamda ushbu korxonada keyinchalik ishlov berilishi lozim bo‘lgan mehnat predmetlari;
* kelgusi davr xarajatlari - ayni paytda ishlab chiqarilayotgan, lekin kelajakdagi mahsulotlarga mansub bo‘lgan yangi turdagi mahsulotlarni tayyorlash va o‘zlashtirish xarajatlari (masalan, asbob-uskunalarni qayta rejalashtirish, mahsulotlarning yangi turlarini tayyorlash va loyihalashtirishga sarflanuvchi xarajatlar va boshqalar). Aylanma mablag‘larni normalashtirish korxonaning uzluksiz ishlashi ta’minlaydigan moddiy boylik va boshqa resurslarning minimal, lekin etarli zahiralarini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini aniqlashda ifodalanadi. U ichki zahiralarni aniqlash, ishlab chiqarish sikli davomiyligini qisqartirish va tayyor mahsulotni tezroq sotish imkon yaratadi. Biroq amaliyotda korxonalarning barcha aylanma mablag‘lari ham normalashtirilmaydi. SHu sababli aylanma mablag‘lar normalashtiriluvchi va normalashtirilmaydigan turlarga taqsimlanadi. Normalashtiriluvchi aylanma mablag‘lar qatoriga korxona omborlaridagi ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, unchalik qimmat bo‘lmagan predmetlar va jihozlar), tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va ombordagi tayyor mahsulotlar kiritiladi. Normalashtirilmaydigan aylanma mablag‘lar, bu – xaridorlarga berib yuborilgan tayyor mahsulot yoki tovarlar, hisob raqamidagi pul mablag‘laridir9
Xulosa Kurs ishimizni mavzusi bo‘yicha qisqacha xulosa qiladigan bo’lsak
asosiy kapital bu;
Mehnat vositalariga joylashtitirilgan kapital qiymatining bir qismidir,
XYS ning buxgalteriya balansida aylanmadan tashqaridagi aktivlar sifatida aks ettiriladi, Asosini asosiy vositalar tashkil etadi.
Kapitalning doiraviy aylanishi davomida o’zining iste’mol shaklini birdaniga yo’qotmaydi, yani davomli muddatda eskiradi, yangidan chiqayotgan mahsulotga o’zining qiymatini astasekinlik bilan, eskirish darajasiga qarab o’tkazadi va to’liq qayta tiklanganga qadar ko’plab ishlab chiqarish sikllari davomida uni tiklab boradi.
Asosiy kapitalning funksional shakllari
1.pulli
2.unumli
3.tovarli
Asosiy kapitalning bu shakllarda amal qilishi foyda olishni va mehnat vositalarining takror ishlab chiqarilishini taminlaydi
Kapitalning doiraviy aylanishi davomida aylanma kapitaldan farqli o’laroq asosiy kapital o’zining iste’mol shaklini birdaniga yo’qotmaydi, ya’ni davomli muddatda eskiradi. Yangidan yaratilayotgan mahsulotga u o’zining qiy-matini asta-sekinlik bilan, eskirish darajasiga qarab o’tkazadi va to’liq qayta tiklanganga qadar ko’plab ishlab chiqarish tsikllari davomida uni tiklab boradi. Bu jarayon amortizatsiya deb ataladi va u o’rnatilgan me’yorlarga muvofiq ravishda har oyda hisoblanadi.
Kapitalning doiraviy aylanishi davomida aylanma kapitaldan farqli o’laroq asosiy kapital o’zining iste’mol shaklini birdaniga yo’qotmaydi, ya’ni davomli muddatda eskiradi. Yangidan yaratilayotgan mahsulotga u o’zining qiy-matini asta-sekinlik bilan, eskirish darajasiga qarab o’tkazadi va to’liq qayta tiklanganga qadar ko’plab ishlab chiqarish tsikllari davomida uni tiklab boradi. Bu jarayon amortizatsiya deb ataladi va u o’rnatilgan me’yorlarga muvofiq ravishda har oyda hisoblanadi.
“Moliya” fani iqtisod sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash tizimida eng asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Mustaqil fan sifatida unga o’tgan asrning 50- yillarida asos solingan bo’lib, u o’sha davrga xos moliya to’g’risidagi tasavvurlarga mos bo’lgan. O‘zbekistonda ham bozor islohotlarining amalga oshirilishi “Moliya” fani eng muhim nazariy qoidalarining qayta ko’rib chiqilishini taqozo etdiki, bu narsa hamon o’quv adabiyotlarida o’z aksini to’liq topgani yo’q. Shu boisdan ham, ayrim holatlarda, mamlakat moliyaviy tizimda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni yetarli darajada inobatga olmagan holda mashg’ulotlarni o’tkazish xavfi mavjud. Mazkur o’quv uslubiy majmuada moliyaning nazariy masalalariga oid barcha prinsipial o’zgarishlarni o’quvchilarning e’tiboriga yetkazishga harakat qilingan. Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoiti davrida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish quroli bo‘lgan bozor asoslarining ahamiyati ortib bormoqda. Hozirda bozor operatsiyalarini amalga oshirish jarayonlarida turli moliyaviy munosabatlarni hisobga olish, baholash va boshqarish muhim masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun fanning o‘rni oliy malakali kadrlarni tayyorlashda ahamiyatlidir. “Moliya” fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallar va baholash mezonlari oldindan berilib, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar doirasida fanga oid boshlang‘ich nazariy bilim berish, amaliy ko‘nikmalar hosil qilish davomida maxsus modellar, usullar va uslubiyatlarni tavsiflovchi masalalar, tahliliy va ko‘rgazmali materiallar qo‘llanishiga hamda yangi pedagogik va informatsion texnologiyalar asosida mashg‘ulotlar o‘tkazishga alohida e’tibor qaratish zarur.