MAVZU: ASL HUJJAT VA HUJJAT NUSXALARINING FARQLI JIHATLARI
REJA:
Hujjat turlari va xususiyatlari
Asl hujjat va uning tasnifi
Hujjatlarni tanlash texnikasi va firibgarlikdan himoya qilish
Hujjat turlari va xususiyatlari
Hujjat — keng maʼnoda — maʼlumotlar qayd etilgan moddiy buyumlar (qogʻoz, kinoplyonka, fotoplyonka, magnitofon lentasi, perfokarta va boshqalar). Hujjat matn, tasvir, tovush va boshqalardan ibo-rat boʻlishi mumkin.
Mazmuniga koʻra, hujjat ilmiy-texnika hujjatlari (maqolalar, kitoblar, patentlar, chizmalar, jadvallar va hk.), huquqiy hujjatlar (qarorlar, farmonlar, shartnomalar va h.k.), boshqaruv hujjatlari (buyruqlar, koʻrsatmalar, qarorlar va h.k.)ga boʻlinadi. Shakllanish manbaiga koʻra, birlamchi va ikkilamchi (referatlar, anno-tatsiyalar va h.k.) hujjatlar farqlanadi. Idora hujjatlari toʻplami, odatda, kirish, chiqish va ichki (xizmatda foydalanish uchun) hujjatlariga boʻlinadi. Mas, bank muassasasi hujjatlari ichidagi mijozlar bankka taqdim etadigan hujjatlar: toʻlov topshiriqnomalari, chek va boshqa kirish hujjatlari; bank ishtirokida rasmiylashtiriladigan va mijozlarga beriladigan hujjatlar chiqish hujjatlari hisoblanadi.
Huquq fanida hujjat deganda, odatda, qonunda belgilangan shaklda tuzilgan va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan (shaxsning tugʻilganlik, maʼlumot olganlik, nikohdan oʻtganlik, mehnat staji kabi) faktlarni tasdiklovchi, yozma aktlar tushuniladi. hujjat sud ishlarini yuritishda faktlarni aniklash vositasi sifatida katta ahamiyatga ega. hujjatlarni qalbakilashtirish jinoyat hisoblanadi.
U yoki bu darajadagi korxona, muassasa, tashkilot faoliyatini ish yuritish
qog`ozlarisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Ish yuritishning bеvosita asosini hujjatlar
tashkil qiladi. Mazmuman, hajman va shaklan bir xil bo`lgan hujjatlar kat tayu
kichik mеhnat jamoalarining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi.
Hujjatlar ham uzoq tarixga ega. Miloddan avvalgi XVII asrdagi qonunlar
majmuasi, sharqda eramizning X-XIX asrlarga oid yorliqlar, farmonlar, nomalar,
bitimlar, arznomalar, qarznomalar, vasiqa, tilxat kabi hujjatlar mavjud bo`lgan.
Sobiq sho`ro tuzumi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotning barcha
sohalarini o`z yo`rig`iga soldi. Butun mamlakatdagi hujjatchilik, idoraviy ish
yuritish tamoyillari ham shu izga solindi. O`ta g`irrom til siyosati tufayli milliy
tillarning mavqеi pasayib bordi. Turkiston o`lkasining 1918 yildagi asosiy
qonunida o`zbеk va rus tillari davlat tili dеb e'lon qilingan, amalda esa idoraviy ish
yuritish rus tilida olib borilavеrgan.
O`zbеkiston jumhuriyati inqilobiy qo`mitasining 1924-yil 31-dеkabrdagi 48-son qarori bilan sho`ro idoralarining ishlarini yеrli xalqqa yaqinlashtirish maqsadida
muayyan ishlar amalga oshirilgan, xususan maxsus ish qog`ozlari tayyorlangan. Bu
hujjatlar ham ruscha qolip asosida paydo bo`lgan.
O`zbеk tiliga Davlat tili maqomining bеrilishi bilan o`zbеk tilida mukammal
hujjatchilikning shakllanishi uchun imkoniyatlar ochildi.
Hujjatlar avvalo tuzilish o`rniga ko`ra 2 xil bo`ladi : ichki va tashqi
hujjatlar. Tashkilotning o`zida foydalaniladigan hujjatlar ichki hujjatlar dеyilsa,
tashkilotlararo qo`llanuvchi hujjatlar tashqi hujjatlar sanaladi.
Mazmuniga ko`ra hujjatlar sodda va murakkab bo`lsa, mazmun bayonining
shakli jihatdan xususiy, namunaviy va qolipli hujjatlar farqlanadi.
Tеgishlilik jihatiga ko`ra rasmiy va shaxsiy hujjatlar ajratiladi.
Tayyorlanish xususiyat va darajasiga ko`ra qoralama, asl nusxa, ikkinchi
nusxa (dublikat), ko`chirma hujjatlar farqlanadi.
Ma'muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqеiga ko`ra hujjatlar
quyidagicha tasniflanadi : tashkiliy hujjatlar, farmoyish hujjatlari, ma'lumotaxborot hujjatlari, xizmat yozishmalari.
Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq
ravishda idoraviy ish yuritish qog'ozlari, hujjatlar ham xilma xil va
miqdori juda ko'p. Hujjatlarning maqsadi, yo'nalishi, hajmi, shakli
va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir.
Hujjatshunoslikda ish yuritishdagi hujjatlar, eng aw alo, tuzilish
o'rniga ko'ra tasnif qilinadi. Bu jihatdan ichki va tashqi hujjatlar
farqlanadi. Ichki hujjatlar ayni muassasaning o'zida tuziladigan va
shu m uassasa ichida foydalaniladigan hujjatlardir, muayyan
muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladiganlari
esa tashqi hujjatlardir.
Hujjatlar mazmuniga ko'ra 2 turga bo'linadi: 1) sodda hujjatlar
- muayyan bir masalani o'z ichiga oladi; 2) murakkab hujjatlar -ikki yoki undan ortiq masalani o'z ichiga oladi.
Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy, namunaviy va
qolipli (yoki trafaretli) hujjatlar farqlanadi.
Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko'ra, xizmat yoki rasmiy hujjatlar va
shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. Xizmat hujjatlari tayyorlanishiga ko'ra
muassasa yoki mansabdor shaxslarga tegishli bo'lsa, shaxsiy hujjatlar
yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan
tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog'liq masalalarga
tegishli bo'ladi (masalan, shaxsiy ariza, shikoyat va h.k.).
Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi ham nihoyatda
muhim. Bu jihatiga ko'ra hujjatlar quyidagicha tasniflanadi: qoralama;
asl nusxa; nusxa; ikkinchi nusxa (dublikat); ko'chirma. Aksariyat
hujjatlar dastlab qoralama nusxada tayyorlanadi, bu hujjatlar muallifi,ya’ni tayyorlovchining qo'lyozma yoki mashinkalangan dastlabki nusxasidir. Bu nusxa tuzatilib, qayta ko'chirilishi mumkin. Aytish joizki, qoralama hujjat huquqiy kuchga ega emas. Asl nusxa har qanday hujjatning asli, birinchi rasmiy nusxasidir. Asl nusxaning aynan qayta ko'chirilgan shakli nusxa deb yuritiladi, odatda o'ng tomonidagi yuqori burchagiga «Nusxa» degan belgi qo'yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |