M = F bunda F — barabandagi o'tkazgichlarga ta’sir etuvchi elektromagnit kuch; D —barabanning diametri. Radian deb aylananing ikki radiusi orasidagi burchakka aytiladi. U bilan aylanadan kesilgan yoyning uzunligi radiusga teng bo‘lishi kerak. Shunga ko‘ra, to‘la bitta aylanish 360° ga teng bo'lgani
uchun, uni radian birligida 2% deb belgilanadi. Bunda n = 3,14 ga teng. Ishlab chiqarish talablariga qarab motor xilini tanlashda uning mexanik tavsifi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Mexanik tavsif sun’iy va tabiiy bo‘lishi mumkin. Motomi ishga tushirish, to'xtatish, uning tezhgini o‘zgartirish va shu kabilarda
sun’iy tavsifdan foydalaniladi. Motor faqat nominal parametrlar bilan tabiiy tavsifda ishlay oladi. Shunga ko‘ra, tabiiy tavsifni sun’iy tavsifning xususiy holi deb hisoblash mumkin. Ba’zi hollarda o‘zgarmas tok motoriari uchun n= f(M ) o‘miga, elektromexanik yoki tezlik tavsifi deb ataluvchi n = f(I) bog'lanishdan foydalanish qulay bo‘ladi, bunda I [a] — motor toki. Elektr motori aylanish tezhgining aylantiruvchi momentiga bog‘lanishini ko‘rsatuvchi chiziqning o'zgarishiga qarab, mexanik tavsiflar mutlaqo qattiq, qattiq va yumshoq tavsiflarga bo'linadi. 2.1- rasmda ( 1 — mutlaqo qattiq, 2 — qattiq va 3 — yumshoq) mexanik tavsiflar ko‘rsatilgan. Yuklama o‘zgarishi bilan motorning tezligi o ‘zgarmay qoladigan
tavsif mutlaqo qattiq mexanik tavsif deb ataladi. Bunday tavsif sinxron motorlarda uchraydi. Yuklama nominal qiymatigacha o ‘zgarganda, motoming tezligi bir ozgina (5+7%) o'zgaradigan tavsif qattiq mexanik tavsifdeb ataladi. Bunday tavsif parallel qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok va qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorlarda uchraydi. Yuklama o‘zgarishi bilan motoming tezligi keskin o'zgaradigan tavsif yumshoq mexanik tavsif deb ataladi. Bunday tavsif ketma-ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok va katta sirpanishli asinxron motorlarda uchraydi. Ish mexanizmining talabiga ko‘ra biror xil mexanik tavsifga
ega bo‘lgan motorlar tanlanadi. Masalan, metall qirquvchi dastgohlarga, ko‘pincha, qattiq tavsifli motorlar, transport mexanizmlariga esa yumshoq tavsifli motorlar talab qilinadi.
Nazorat savollar
Elektr motorining xillari nimaga asosan tanlanadi?
qattiq mexanik motorga tavsif bering
Elektr motori aylanish tezigini aytib bering
Foydalanilgan adabiyotlar
1. S . M aj i d о v . Elektr mashinalari va elektr yuritma. « 0 ‘qituvchi»,
1970- у., (2- nashri 1979- у., 3- nashri 2002- у.).
2. M . Z . H o m i d x o n o v , S . M a j i d o v . Elektr yuritm a va uni
boshqarish asoslari. «0 ‘qituvchi», 1970- y.
3. S . M aj i d о v . Elektr mashinalari va elektr yuritma atam alarining
o ‘zbekcha-ruscha izohli lu g 'a ti.. «Fan», 1971- y.
4. S . M a j i d о v . Elektr mashinalari va elektr yuritm adan praktikum.
« 0 ‘qituvchi», 1975-у.
5. S . M a j i d o v . Elektrotexnika. « 0 ‘qituvchi», 2000- у (3- nashri).
33-Ma’ruza
Mavzu: Elektr yuritma uchun motor tanlash
Reja
1. Elektr yuritmaning ish rejimlar
2. Motoming uzoq muddatli o'zgarmas yuklama bilan ishlash rejimidagi qizish va sovish jarayonlar
3. Motor chulg'amining izolatsiyasi
Elektr yuritma, ko'pincha, o'zgaruvchan yuklama bilan ishlaydi. Ba’zi hollarda esa o'zgarmas yoki o'zgaruvchan yuklamada uzoq muddatli, qisqa muddatli va takrorlanuvchi qisqa muddath
rejimlarda ishlashi mumkin. 5.1- a rasmda o'zgarmas yuklamaga ega bo'lgan mexanizmning quwat bo'yicha ideallashtirilgan yuklanish diagrammasi berilgan. Bunda yuklamaning vaqt bo'yicha o'zgarishi ko'rsatilgan. Bunday yuklamani, ko'pincha, ventilyator, nasos, transportyor kabi mexanizmlarda uchratish mumkin. Bunda P quwatga tanlangan motoming qizish darajasi uzoq muddatli ish rejimida o'zining normal haroratigacha ko'tariladi. 5.1- b rasmda ideallashtirilganqisqa muddath ish rejimiga tegishli yuklanish diagrammasi ko'rsatilgan.
Bunda txish vaqtida P quwat bo'yicha tanlangan motoming qizish darajasi bu davr ichida o'zining normal harorati- 1 gacha ko'tarila olmaydi. Ammo elektr tarmog'idan ajralgan motoming harorati i2 davrda (pauza) tashqi muhit haroratigacha pasaya oladi.Tashqi muhit harorati, odatda, 35 °C ga teng deb qabul qilinadi. Bunday ish rejimi ko'pchilik dastgohlaming yordamchi mexanizmlari va shu kabi Elektr yuritmaning larda uchratiladi. Motoming ish jarayonida uning turli materiallardan iborat qismlari (cho'yan korpusi, po'latdan iborat magnit sistemasi, mischulg'ami va izolatsiyalovchi material) har xil haroratda qiziydi. Shuning uchun motoming qizish jarayonini hisoblash juda ham murakkablashib ketadi. Amalda motor ekvivalent issiqlik sig'imiga ega bo'lgan bir xil materialdan iborat deb hisoblanadi. Shunga ko'ra, motoming qizish
jarayonini issiqhk balansining differensial tenglamasi bilan quyidagicha ifodalab hisoblash mumkin:bunda Q — motorga ekvivalent bo'lgan materialda quwat isrofi tufayh vaqt birligi ichida ajraladigan issiqhkning umumiy miqdori,yoki - birhgida; x — motor haroratining tashqi muhit o'rtasidagi harorat farqi 1° ga teng bo'lganda, uning sathidan har sekundda tashqi muhitga tarqaladigan issiqlik miqdori, g- grad yoki grad; с — motor haroratini 1° ga ko'tarish uchun kerak bo'lgan issiqlik miqdon, ^ yoki — ; t - vaqt, s. Motoming qizish jarayoni x = f{t) bog'lanish bilan tavsiflanadi. Bu bog'lanish (5.3) ifodadan quyidagicha aniqlanadi: Bu ifodaga binoan tajriba asosida qurilgan x =f(t) egri chizig‘idan T ning qiymatini aniqlashda foydalaniladi. 5.3- rasmda
ko'rsatilgan va tajriba asosida topilgan x =f(t) egri chizig'iga urinma o'tkazib, T ning qiymatini aniqlash mumkin. Yakor diametric 160+600 mm bo'lgan o'zgarmas tok mashinalari uchun qizishning vaqt doimiysi taxminan T = 25+90 min; yakor diametri 100+400 mm bo'lgan yopiq MP tipiaagi mashinalar uchun T =65+270 min bo'ladi. Qisqa tutashtirilgan rotorining diametric 105+140 mm bo'lgan asinxron motorlar uchun Г = 11+22 min, faza rotorli motorlar uchun Tq= 25+90 min (rotor diametri 160+600 mm). Elektr tarmog'idan ajratilgan yoki kamroq yuklamaga o'tkazilgan motoming sovish jarayonidagi x= f(t) bog'lanishini toppish uchun (5.8) formuladan foydalanish mumkin. Buning uchun x0= x, va xt = x2 deb motoming sovishini ifodalaydigan quyidagi tenglama olinadi: (5.13) ifodaga binoan motoming x, dan x2 gacha sovish egri chizig'i ko'rsatilgan(1 egri chiziq). Agar x2= 0 bo'lsa u holda (5.13) tenglama quyidagicha ifodalanadi: x = xle т^^. (5.14) 5.4- rasm. Motoming sovish egri chiziqlari: 1 — -tj dan t2* 0 gacha va 2 - T, dan т2 = 0 gacha sovish egri
chiziqlari. 5.4- rasmda (5.14) ifodaga binoan qurilgan 2 egri chiziq ko'rsatilgan. Shunday qihb, quwati to'g'ri aniqlangan motoming turg'un ish rejimidagi harorati xt = xnorm ga teng bo'lishi kerak. Bunda x — motor chulg'amining izolatsiyasi tipiga ko'ra aniqlangan normal harorati.
Nazorat savollar
1. motor chulg'amining izolatsiyasi aytib bering?
2. . Yakor diametrlari qanchaga teng?
3. Elektr tarmog'idan ajratilgan qanday amalga oshiriladi
Foydalanilgan adabiyotlar
S . M aj i d о v . Elektr mashinalari va elektr yuritma. « 0 ‘qituvchi», 1970- у., (2- nashri 1979- у., 3- nashri 2002-
2. M . Z . H o m i d x o n o v , S . M a j i d o v . Elektr yuritm a va uni boshqarish asoslari. «0 ‘qituvchi», 1970- y.
3. S . M aj i d о v . Elektr mashinalari va elektr yuritma atam alarining o ‘zbekcha-ruscha izohli lu g 'a ti.. «Fan»,
4. S . M a j i d о v . Elektr mashinalari va elektr yuritm adan praktikum.« 0 ‘qituvchi», 1975-у.
34-Ma’ruza
Mavzu: Qisqa muddatli rejim uchun elektr yuritmani tanlashga doir masalalar yechish
Reja
1. Qisqa muddatli ish rejimida motor quwatini aniqlash
2. Qisqa muddat rejim
3 Elektr yuritmani tanlash
Qisqa muddat rejimda ishlaydigan ko'pgina mexanizmlarning ishga tushirish momentlari nisbatan katta bo'ladi (nominalga nisbatan). Shunga ko'ra 15, 30 va 60 minutli ish davrlari uchun
moment bo'yicha mexanik jihatdan pishiqroq ishlangan maxsus motorlar ishlatiladi. 5.8- rasmda mexanizmni ishga tushirish vaqti t{ da va turg'un tezlikda qisqa vaqt t2da ishlashining yuklanish diagrammasi ko'rsatilgan. Bu diagrammaga ko'ra, dastawal, ekvivalent quwat aniqlanadi, so'ngra ekvivalent quwat va ishlash vaqti t2 bo'yicha katalogdan motor tanlanadi. Qisqa muddath rejim uchun uzoq muddath yuklamaga hisoblangan oddiy motorlardan foydalanish ham mumkin. Ammo bu tavsiya qilinmaydi. Chunki P yuklama bilan qisqa vaqt (t^) h rejimda ishlash uchun uzoq muddath rejimga hisoblangan motor qabul qilinsa, u holda motor o'zining turg'un harorati xt gacha qiziy olmaydi (5.9- rasm, 1 egri chiziq). Bunda motordan qizish bo'yicha to'la foydalanish uchun mexanizm talabiga nisbatan kichik quwatli motor ishlatilsa, u holda qizish 2 egri chiziq bo'yicha o'zgaradi. Natijada bunday motor qisqa muddath ish davrida o'zining normal haroratigacha qiziy oladi. Agar qisqa muddath ish rejimiga hisoblangan kichik quwatli motoming turg'un harorati xt bo'lib, uzoq muddatli rejimdagisiniki x' bo'lsa, u holda qizish bo'yicha o'tayuklanish koeffitsientini quyidagicha ifodalash mumkin, ya’ni.
. 10-rasmda pm ning ga bog'lanishini ifodalovchi egri chiziq ko'rsatilgan, pm orqah mexanik o'ta yuklanish koeffitsienti pM ni aniqlash mumkin. Motoming qizishi yoki quwat isrofi tok
kvadratiga mutanosib bo'lsa, quwatning o'zi esa tokning birinchi darajasiga mutanosibdir. Shunga ko'ra, quyidagi ifodani yozish mumkin:
Pm
|
(5.34)
|
bunda
|
— normal qizish bo'yicha qisqa vaqth rejimga tanlangan
|
m otor quwati; Pn — uzoq muddatli ish rejimiga tanlangan motoming nominal quwati; pM ning aniqroq ifodasini toppish uchun motordagi o'zgarmas K(AP=) va o'zgaruvchan vn (AP J quwat isrofini hisobga ohsh kerak. Bunda
Demak, Pm yoki y - va a koeffitsientlar ma’lum bo'lsa, u holda qisqa muddath ish rejimiga uzoq muddathga nisbatan necha marta kam quwatli motor qabul qilinishi aniqlanadi. Agar yuklanish diagrammasi 5.8- rasmda ko'rsatilgandek, bir necha pog'onalardan iborat bo'lsa, u holda awalo ekvivalent miqdor aniqlanadi, so'ngra uni pm ga bo'hb, ohngan natijaga binoan motor uzoq muddath ish rejimiga mo'ljaUangan motorlar katalogidan tanlanadi. Agar uzoq muddath yuklamaga mo'ljaUangan motomi qisqa muddath ish rejimiga qo'llansa, uni birmuncha ko'proq yuklama bilan ishlatish mumkin, lekin bunda motoming o'ta yuklanish bo'yicha zahirasi 1,6 dan kam bo'lmashgi lozim. Ammo bunda ham, motordan, uni qizishi bo'yicha to'la foydalanilmaydi.
Nazorat savollar
1. Qisqa muddatli ish rejimida motor quwatini aniqlash qanday topiladi?
2. Qisqa muddat rejim qanday topiladi?
3 Elektr yuritmani tanlash qanday topiladi?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Маjidov S. М. Elektr mashinalari va yuritmalari. – Т.: «O‘qituvchi», 2002. 358 b.
2. Маjidov S. M., Berdiyev U. T. va boshq. Elektr mashina va elektr yuritmalardan praktikum. – Т.: «O‘qituvchi», 2005. 175 b.
3. Ibroximov U. Elektr mashinalari. – Т.: «O‘qituvchi», 1982. 372 b. 4.Xomudxonov М., Маjidov S. М. Elektr yuritma va uni boshqarish asoslari. – Т.: «O‘qituvchi», 1970. 284 b
35-Ma’ruza
Mavzu: Takrorlanadigan qisqa muddatli ish rejimi uchun motor quvvatini tanlashga doir masalalar yechish
1. Takrorlanuvchi qisqa muddatli ish rejimi uchun motor quwatini aniqlash
2.Motorlarning takrorlanuvchi qismlari
3.Davriy rejim
5 .11-rasmda takrorlanuvchi ish rejimli diagramma va bu rejimda motoming qizishi va sovish jarayoni ko'rsatilgan.
B u rejim ish davrining nisbiy uzoqlik koeffisienti PV yoki orqali tavsiflanadi:
b unda — motoming P yuklama bilan ishlash davri, t0 - motorning elektr tarmog'idan ajratilgan yoki yuklamasiz ishlash davri. Bunda sikl davri 10 minutdan ortmaydi deb qabul qilingan.
Demak, bu rejimda motorni ishga tushirish va uni tormozlash jarayonlari tezda takrorlanib turishi tufayh, uning uchun qo‘Uaniladigan motor mexanik jihatdan ancha zo'raytirilgan bo‘lib, kata qiymatli ishga tushirish va maksimal momentlarga ega bo‘lishi kerak. Bunday maxsus motorlaming parametrlari kataloglarda turli standart PV % lar (15, 25, 40 va 60%) uchun keltiriladi. Agar yuklanish diagrammasidagi ish davri bir necha pog'onalardan iborat bo‘lsa (5.12-rasm), u holda dastawal ex va Pex aniqlanadi, so‘ngra standartga yaqin PV asosida motor quwati quyidagicha hisoblanadi:
bo'lsa, u holda bunday rejim uchun motor quwati (5.39) ga ko'ra aniqlanib, so'ngra o'sha bo'yicha katalogdan tanlanadi, Agar yuklanish diagrammasidan aniqlangan E qiymati 0,6 dan kata bo'lsa, u holda bunday mexanizmga uzoq muddath ish rejimiga hisoblangan normal tipdagi motor qabul qilish tavsiya qilinadi.
Nazorat savollar
1. Takrorlanuvchi qisqa muddatli ish rejimi uchun motor quwatini qanday aniqlanadi?
2.Motorlarning takrorlanuvchi qismlari qanday aniqlanadi?
3.Davriy rejim qanday aniqlanadi?
1. Маjidov S. М. Elektr mashinalari va yuritmalari. – Т.:«O‘qituvchi», 2002. 358 b.
2. Маjidov S. M., Berdiyev U. T. va boshq. Elektr mashina va elektr yuritmalardan praktikum. – Т.: «O‘qituvchi»,
36-Ma’ruza
Mavzu: Avtomatlashtirilgan uzluksiz konveyerlar elektr yuritmasi
Reja
1. Avtomatlashtirilgan uzluksiz konveyerlar elektr yuritmasi doir ma'lumotlar
2. Elektr yuritmasi bo‘yicha umumiy ma’lumotlar
3. Elektr mashina kuchaytirg
S anoatning turli sohalarida uchraydigan ko'pgina mexanizmlaming islilash texnologiyasini ta’millashtirishda elektr yuritmaga katta talablar qo‘yiladi. Bu talablar asosan tezlik, tezlanish, yuklama toki va shu kabilaming berilgan qonun bo'yicha o'zgarishini ta’minlashdan iborat bo'lib, ulami amalga oshirish uchun ko'pgina elektr mashina kuchaytirgichi ishtirok etadigan generatormotor sistemalaridan foydalaniladi. Umuman, kuchaytirgich deb,uning kirish qismiga beriladigan kichik quwatli signal ta’sirida chiqish qismidan olinadigan katta quwatli signalni boshqarish imkoniyatiga ega bo'lgan qurilmaga aytiladi. Kuchaytirgichdan olinadigan quwat unga tashqaridan beriladigan quwatdan kichik bo'ladi. Kuchaytiigichga misol qilib oddiy o'zgarmas tok generatorini ko'rsatish mumkin. Bunda uning qo'zg'atish chulg'amidagi kichik quwath signalni o'zgartirib, yakordan ohnadigan katta quwatli signalni boshqarish mumkin.
Ammo generatordan olinadigan quwat uni aylantiradigan motor quwatidan katta bo'la olmaydi. Har bir kuchaytirgich, asosan, o'zining kuchaytirish koeffisienti bilan tavsiflanadi. Bukoeffitsient qiymati nominal rejimda turg'un ishlab turgan kuchaytirgichning chiqish qismidagi miqdomi kirish qismidagi miqdorga bo'Ub aniqlanadi, O'zgarmas tok mashinasining quwat bo'yicha kuchaytirish koeffitsienti kt = 2(R30 dan ortmaydi. Shuning uchun undan kuchaytirgich sifatida foydalanilmaydi. Elektr mashina kuchaytirgichi sifatida, ko'pincha ko'ndalang magnit maydonli va ayrim hollarda bo'ylama magnit maydonh elektr mashinalari ishlatiladi. Bo‘ylama magnit maydonli elektr mashina kuchaytirgichi (Rototrol). Bunday kuchaytirgichni, ko'pincha o'z-o'zini qo'zg'atadigan elektr mashina kuchaytirgichi deb ham ataladi. O'z-o'zini qo'zg'atadigan elektr mashina kuchaytirgichlari nisbatan kam tarqalgan bo'lib, ulami faqat metall qirqadigan ayrim dastgoh elektr yuritmalarida (bo'ylama randalash dastgohlarining elektr yuritmalarida) uchratish mumkin. Bo'ylama magnit maydonli elektr mashina kuchaytirgichlari o'zining tuzilishiga
ko'ra, o'zgarmas tok generatorlaridan juda kam farq qiladi. Uning magnit sistemasi qoldiq
magnetizmi juda kam bo'lgan maxsus po'latdan tayyorlanadi. Kuchaytirgichning magnit qutblarida ikkita va undan ortiq qo'zg'atish chulg'amlari o'matilgan bo'ladi. Bu chulg'amlaming biri mustaqil tok manbayiga, ikkinchisi esa kuchaytirgich yako boshqarish chulg'ami 2BCh
kuchaytirgichning o'z-o'zi dan qo'zg'atish vazifasini va uning yakoridagi kuchlanish yoki
yuklama toki bo'yicha musbat bo'lgan teskari bog'lanish chulg'ami vazifasini bajaradi. Agar kuchaytirgich ikkitadan ortiq boshqarish chulg'amiga ega bo'lsa, u holda ulami ham turli parametrlar bo'yicha teskari bog'lanish chulg'amlari sifatida qo'llash mumkin. O'z-o'zini qo'zg'atish prinsipi asosida ishlashi sababli bu elektr mashina katta kuchaytirish koeffitsientiga ega bo'ladi. Bunda mustaqil qo'zg'atish chulg'amidagi kichik qiymatli tokni ozgina o'zgartirish bilan kuchaytirgich yakoridagi katta kuchlanishni va quwatni boshqarish mumkin. Amalda bunday kuchaytirgichning kuchlanish bo'yicha kuchaytirish koeffitsienti, taxminan kv =. 1000 ga teng, quwat bo'yicha esa bir necha ming atrofida bo'ladi. Bunday kuchaytirgichda o'z-o'zidan qo'zg'atish zanjirining qarshihgi haroratga qarab o'zgaradi. Bu uning kata kamchiligidir, chunki buning natijasida kuchaytirgichning ishlash rejimi beqaror bo'hb qohshi mumkin. 3.16- rasmda o'z-o'zini qo'zg'atadigan elektr mashina kuchaytirgichli generator-motor sistemasi ko'rsatilgan. Bunda elektr mashina kuchaytirgich ko'prik sxema bo'yicha ulangan. Bunday sistema elektr yuritma tezligini keng diapazonda rostlash va uning ishini mo‘tadillab turish uchun qo'llaniladi.Bunda elektr mashina kuchaytirgichning birinchi qo'zg'atish chulg'ami bilan generatoming qo'zg'atish chulg'ami ikki qismga bo'linib, ulaming har bir qismi bir-birlariga ketma-ket ulanadi va ko'prik sxemaning qarama-qarshi yelkalarini tashkil qiladilar. Qolgan ikki yelkaga muvozanatlaydigan qarshiliklar ulanadi. Ko'prikning diagonal qismiga esa elektr mashina kuchaytirgichning yakor chulg'ami ulanadi. Elektr mashma kuchaytngichnmg ikkmchi qo'zg'atish chulg'ami generatoming kuchlanishi bo'yicha manfiy bo'lgan teskari bog'lanish chulg'ami sifatida, uchinchi qo'zg'atish chulg'ami esa yakor toki bo'yicha musbat bo'lgan teskari
bog'lanish chulg'ami sifatida qo'llaniladi. Motoming turg'un rejimida elektr mashina kuchaytirgichning umumiy magnitlovchi kuchi nolga teng qilib olinadi, ya’ni FL= Fl - F2 + F3 = 0 bo'ladi. Bunda Fv F2 va /^magnitlovchi kuchlar bo'Ub, ular mos ravishda 1BCh, 2BCh va 3BCh lardan o'tadigan toklar bilan hosil qilinadi. Natijada elektr mashina kuchaytirgichning kuchlanishi ham nolga teng bo'Ub, generatoming kuchlanishi, asosan, uning qo'zg'atish
chulg'amiga tashqi manbadan berilayotgan tok bilan aniqlanadi. Biror sababga ko'ra yuklama o'zgarganda turg'un rejimdagi magnitlovchi kuchlar muvozanati buziladi. Agar bunda tok bo'yicha eskari bog'lanish zanjiridagi magnitlovchi F3 kuch ortsa, kuchlanish bo'yicha teskari bog'lanish zanjiridagi magnitlovchi F2kuch kamayadi va, aksincha. Natijada umumiy magnitlovchi kuch Ғг ma’lum qiymatga ega bo'hb,elektr mashina kuchaytirgichning
yakorida ham kuchlanish paydo bo'la boshlaydi. Buning natijasida generatoming kuchlanishi o'zgarib, motor tezhgi o'zining ilgarigi qiymatiga qaytadi. Shunday qilib, bu sistema bilan motoming aylanish tezligini, taxminan, 120:1 diapazon atrofida rostlash mumkin. Bunday
kuchaytirgichlaming kuchaytirish koeffitsientlarini oshirish maqsadida hozirgi paytda ayrim paroxodlaming elektr yuritmasida ikki va uch pog'onali o'z-o'zini qo'zg'atish prinsipidagi kuchaytirgichlar qo'llanilmoqda Bulaming kuchaytirish koeffitsienti bir necha o'n mingga teng. Lekin bunday kuchaytirgichlar keng tarqalmagan. Bunday elektr mashina kuchaytirgichlar avtomatlashtirilgan elektr yuritma sistemalarida juda keng tarqalgan bo'lib, ulaming quwat bo'yicha kuchaytirish koeffitsientlari = 10000 va undan ham katta bo'lishi mumkin.
Nazorat savollar
Nazorat savollar
1. Avtomatlashtirilgan uzluksiz konveyerlar elektr yuritmasi doir ma'lumotlar ta’riflang
2. Elektr yuritmasi bo‘yicha umumiy ma’lumotlarni aytib bering
3. Elektr mashina kuchaytirgich nima?
Foydalanilgan adabiyotlar
S . M aj i d о v . Elektr mashinalari va elektr yuritma. « 0 ‘qituvchi», 1970- у., (2- nashri 1979- у., 3- nashri 2002-
2. M . Z . H o m i d x o n o v , S . M a j i d o v . Elektr yuritm a va uni boshqarish asoslari. «0 ‘qituvchi», 1970- y.
3. S . M aj i d о v . Elektr mashinalari va elektr yuritma atam alarining o ‘zbekcha-ruscha izohli lu g 'a ti.. «Fan», 1971- y.
4. S . M a j i d о v . Elektr mashinalari va elektr yuritm adan praktikum.
« 0 ‘qituvchi», 1975-у.
5. S . M a j i d o v . Elektrotexnika. « 0 ‘qituvchi», 2000- у (3- nashri).
37-Ma’ruza
Mavzu: Korxonaning avtomatlashtirilgan uzluksiz konveyerlari va ularning elektr yuritmasini o'rganish
Reja
1. Konveyer va nasoslarni ishlatish davomida elektr energiya tejamkorligiga erishish
2. Kompressor va ventilyatorlarning elektr energiya tejamkorligi ish rejimlar
3. Korxonaning avtomatlashtirilgan uzluksiz konveyerlari
Qurilishda, konchilik ishlarida va shuningdek sanoatning boshqa sohalarida lentali konveyerlar sochiluvchi, donali va bo‘Iakli materiallami gorizontal va burchak ostida bir joydan ikkinchi joyga ko'chirishda juda keng qo‘llaniladi. Bu qurilmalarda asosan 4A msumli uch fazali rotori qisqa tutashtirilgan va faza rotorli asinxron motorlar qo‘Ianiladi, ulaming quvvati bir necha yuz kVt gacha boradi. Ko‘p yuritmali konveyerlarda yuqori sirpanishli yoki faza rotorli, og'ir ishlab chiqarish rejimida ishlaydigan konveyerlarda ishga tushirish momenti katta bo‘ladigan asinxron motorlar qoilaniladi. Konveyerlami ishga tushirishda statik moment va inyersiya momentlarining kattaligi va shular asosida o‘tish jarayoni vaqti uzayib ketishi natijasida motor chulg‘ami qizib ketishi mumkin. Ishga tushirish vaqtida elektr energiyadan ratsional foydalanish maqsadida kuchlanishni pog'onali rostlash qo'llaniladi. Konveyemi ishga tushirish va tormozlash rejimlarida elektr energiya sarfmi kamaytirish elektr yuritma inersiya momentini kamaytirish, hamda bir motomi ikkita yarim quwatiga teng motoriar bilan almashtirish hisobiga amalga oshirish mumkin. Ishlab chiqarishning barcha sohalarida, agrosanoat komplekslarida va sug‘orish tizimlarida turli rusumli va konstmksiyali nasos qurilmalar juda keng qo‘llaniladi. Ulaming elektr yuritmalari asinxron va sinxron motorlardan iborat bo‘lib, quvvati bir necha yuz vattdan to bir necha ming kilovattgachadir. Nasoslar konstruktiv jihatdan markazdan qochma va porshenli turlarga boiinadi. Markazdan qochma nasoslar asosan sug‘orish tizimlarida ishlatiladi. Porshenli nasoslar kanalizatsion nasos stansiyalarda, sanoat va fuqarolik qurilishlarida esa suvoq materiallarini transportirovka qilish va suvoq ishlarini mexanizatsiyalashda qoilaniladi. Avtomatli uzgichlami qoilash eritma bosimi oshishi vaqtida elektr energiya sarfini oshib ketishini cheklaydi. Bo'yash jarayonlarini mexanizatsiyalashda bo‘yoqchi stansiyalar va elektr bo‘yash pultlari qoilaniladi. Qum, maydalangan granit va boshqa tog‘ jinslarini suv bilan birga transportirovka qilishda R msumli so‘ruvchi nasoslar qoilaniladi. Bundan tashqari har xil quwatdagi suv nasoslari keng qoilaniladi. Nasos qurilmalarida elektr energiyani tejash uchun quyidagilami amalga oshirish kerak: 1. Nasoslami maksimal yuklanganligiga elektr energiyaning eng kam solishtirma qiymati to‘g‘ri kelishini hisobga olgan holda nasoslami yuklanishini oshirish kerak. Agar suv o‘tkazgichning tavsifi nasos pasporti ko'rsatkichlariga to‘g‘ri kelmasa nasosni almashtirish kerak bo'ladi. 2. Kam ish unumli nasoslami yuqori ish unumli va FIK yuqori bo‘lganIari bilan almashtirish kerak. Bunda elektr energiyaning iqtisod hisobi quyidagi formula bilan aniqlanadi: A3 = 0,00272 • HQt/ tjr (jjh -//„)bu yerda, H,Q - nasos bosimi (m) va ish unumi (m3/soat), t - yil davomida nasosning ishlagan vaqti (soat), Va,rj„ ,tjH - motoming, yangi va almashtirilgan nasosning FIK lari. Misol: FIK ~ 0,546 bo‘lgan nasosni rfH =0,656 bo‘lgan nasos bilan almashtirilganda elektr energiyadan qilinadigan iqtisodni hisoblang. N = 20,5m, Q = 18 m3/s, rja = 0,865, t = 2100 soat A E = 0,00272• 20,5-18-2100/0,865 (0,656-0,546) = 2 2 1 5 l,6kv• coaT. 3. Nasoslarga ishchi g'ildirak va yangi zichlagichlar o‘matish hisobiga uning FIK ni pasportida keltirilgan darajaga keltirish. Bu tadbir natijasida elektr energiyadan iqtisod qilish quyidagi formula yordamida aniqlanadi: AE = 0,00272 • ), bu yerda, N - shu rejimda ishlayotgan nasos hosil qilgan bosim, *7h ~ shu ish rejimida ishlayotgan motor va nasosning FIK lari. 4. Nasosning ishlash holatini texnologik jarayonidan kelib chiqqan holda talab qilinayotgan suv miqdoriga qarab rostlash. Iqtisodiy nuqtai nazardan nasoslar sonini va ulaming motorlari tezliklarini rostlash eng maqbulidir. Zadvijkalar yordamida nasoslaming ish unumini rostlash nasos motorlarida elektr energiya isrofming oshishiga olib keladi. 5. Tezliklari rostlanmaydigan nasos qurilmalaridagi motorlaming tarmoqdan olayotgan reaktiv quwatini yuklanganlik darajasiga qarab rostlash elektr energiyadan samarali foydalanishning asosiy tadbirlaridan biridir. Siqilgan havo ishlab chiqarishning barcha sohalarida juda keng qo‘llaniladi. Masalan, sanoat va fuqarolik binolami barpo etishda qoTlaniladigan beton buzuvchi, kuch bolg‘a, silliqlovchi mashina va vibrator, bo‘yoq pult va bo‘yoq sachratuvchi qurilmalarda siqilgan havo kuchidan foydalaniladi. Siqilgan havo kompressorlarda hosil qilinadi. Kompressorlardagi motorlaming quwati bir necha yuz vattdan bir necha ming kilovattgacha boTishi mumkin. Katta hajmdagi gazli muhitnitransportirovka qilishda quvvati minglab kilovattga bo'lgan sinxron motorli kompressorlar ishlatiladi. Kompressor elektr yuritmalarida elektr energiya sarfini kamaytirish uchun quyidagi tadbirlami amalga oshirish maqsadga muvofiq keladi: 1. Siqiladigan havoni qizdirish va havo otkazgichdagi issiqlik izolyatsiyasini qo‘llash havo isrofini kamaytiradi, bu esa o‘z-o‘zidan elektr energiya sarfini kamaytiradi. Bu holda elektr energiyadan iqtisod qilish ushbu formula bilan hisoblanadi: A£ = 0,22Q A T of, bu yerda, Q -siqilgan havo miqdori, m3/min, A T-havo o‘tkazgichga o'matilgan issiqlik izolyatsiyasi qurilmasigacha va qurilmadan keyingi o‘tkazgichdagi haroratlaming ayirmasi (yil davomidagi o‘rtacha qiymati), °C, (0 - 1 m3 siqilgan havo olish uchun sarf bo‘lgan elektr energiya, kVt*s/ m3, t — yil davomida kompiyessoming ishlagan vaqti, soat. Misol: Iste'molchiga yuborilayotgan siqilgan havoning harorati 20°C dan 40°C ga ko‘targanimizda kompressor elektr yuritmasi qancha elektr energiyani iqtisod qiladi? Yechimi: Q = 10 m3/min, t = 3000 soat, & = 0.08 kVt*s/ m3. Bir yilda iqtisod qilingan elektr energiya AE = 0,22-10-20 0,08-3000 = 10560kvt ■ soat. 2. Siqilgan havo sizib chiqishini kamaytirish kerak. Havoning sizib chiqishi vaqtidagi elektr energiya isrofi quyidagi formula bilan hisoblanadi: AE = a-n-m-t, bu yerda, a — armatura va qisgichlarda havo isrofi, m3/min, n - siqilgan havo sizib chiqib ketayotgan joylar soni, t - havo o‘tkazgichning bosim ostida bo‘lib turgan vaqti, soat. 3. Kompressoming nominal bosimiga qarab ishchi mexanizmlami tanlash kerak. Agar kompressoming bosimi ishchi mexanizm bosimidan yuqori bo‘lganda elektr energiya isrofi quyidagi formula yordamida hisoblanadi: A iA -A J -M -Q t 367200-r},-ri3 -rin-rim- Tjm bu yerda, Ai,A2 - bosimning kamayishidan oldin va keyin 1 m3 havoni siqish uchun sarf bo'lgan ish miqdori, kgm/m3; Q - kompressordan chiqayotgan siqilgan havoning miqdori, m3/min; t - kompressoming bir yil davomida ishlagan vaqti, soat;
Nazorat savollar
1. Konveyer va nasoslarni ishlatish davomida elektr energiya tejamkorligiga erishish aytib bering
2. Kompressor va ventilyatorlarning elektr energiya tejamkorligi ish rejimlar aytib bering
3. Korxonaning avtomatlashtirilgan uzluksiz konveyerlari aytib bering
Foydalanilgan adabiyotlar
16. Imomnazarov A.T. Ekektromexanik tizimlaming elementlari. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. -Toshkent: «Ta’lim», 2009, 155 b.
17. Imomnazarov A.T. Kon korxonalarining elektr jihozlari va elektr ta’minoti. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. -Toshkent: MOLIYA, 2010.-165 b.
18. XauiHMOB A.A., HMaMHa3apoB A.T. h IlyjiaTOB A.A. TemioBwe pexcHMbi pa6oTbi HHflyKitHOHHbix T H re jib H b ix nenefi. -TauiKeHT: «Fan va texnologiya», 2013. -116 c.
19. Imomnazarov A.T., A’zamova G.A. Asinxron motorlaming energiya nejamkor bi rejimlari - Toshkent: TDTU, 2015.
38-Ma’ruza
Mavzu: Avtomatik payvandlash apparatlarining asosiy elektr jihozlari (transformator, boshqariluvchi to'g'rilagichlar
Reja
1. Payvandlash transformatori ishlash prinsipi
2. Payvandalsh transformatori haqida umumiy ma'lumotlar
3. Avtomatik payvandlash apparatlarining asosiy elektr jihozlari
M ashinasozlikda va ishlab chiqarishning barcha sohalarida metall konstruksiya bo’laklarini o’zaro biriktirish uchun elektr payvandlash usulidan keng foydalaniladi. Buning uchun detallarning payvandlanadigan yuzalari qizdiriladi yoki suyuq holatga keltiriladi. Elektr payvandlash yoy yordamida va kontakt usulida payvandlash turlariga bo’linadi. Elektr yoy yordamida payvandlash metallni suyuqlantirish bilan amalga oshiriladi, bunda payvandlash simidan foydalaniladi. U yoyda erib payvandlash choki uchun material bo’ladi. Bunda issiqlik energiyasi yoy razryadida, payvandlanayotgan detallarning bir – biriga tegib turgan yuzasi yaqinida hosil qilinadi. Yoy yordamida payvandlash uchun o‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklardan foydalaniladi. Payvandlash jarayonining avtomatlashtirilganlik darajasiga ko’ra yoy yordamida payvandlash dastaki va avtomatik turlarga bo’linadi. Elektr jihozlarining kamligi va arzonligi va qarovining osonligi hamda elektr energiyaning kam sarf bo’lishi tufayli o’zgaruvchan tokda payvandlash o’zgarmas tokdagiga nisbatan keng qo’llaniladi. O’zgaruvchan tokda payvandlashda ishlatiladigan asosiy elnektr jihoz bu payvandlash transformatoridir. Payvandlash amallari bir yoki bir necha postlarda bajarilishi mum-kin. Bir postda payvandlash uchun quvvati 10 – 30 kVA li bir fazali maxsus payvandlash transformatorlaridan foydalaniladi, ular 220 yoki 380 V li tarmoqqa ulanadi. Transformatorlarning ikkilamchi chulg’amlari katta toka (yuzlarcha amperga) mo‗ljallangan bo’lib, katta kesim yuzali simdan nisbatan kam o‗ramli qilib yasaladi.
Eng ko’p qo’llaniladigan bir postli payvandlash qurilmasining sxemasi 1a – rasmda tasvirlangan. U payvandlash transformatori bilan jihozlangan. Transformator ichiga reaktiv g’altak W3 o’rnatilgan. Transformatorning birlamchi chulg’ami W1 tarmoqqa ulanadi, ikkilamchi chulg’ami W2 ga payvandlanayotgan metall buyum 2, drossel – rostlagich deb ataluvchi reaktiv g’altak orqali esa elektrod 1 ulanadi. Payvandlash toki reaktiv g’altak magnit o’tkazgichining qo’zg’aluvchan qismidagi havo oralig’i ni o’zgartirish bilan rostlanadi. Ko‘p postli payvandlash transformatori bir fazali va uch fazali bo’lishi mumkin. Bir fazali transformatorlar uch fazali tarmoqlar uchun notekis yuklanish hosil qiladi, bu esa ularning asosiy kamchiligidir. Bir necha payvandlash postini ko’p postli uch fazali transformatorga ulash sxemasi 1. b – rasmda ko’rsatilgan. Har bir payvanlash posti alohida drossel – rostlovchi orqali ulanadi. Dastaki payvandlash qurilmalari yordamida maxsus sexlarda va qurilish maylonlarida detallarni payvandlash bo’yicha turli amallar bajariladi. Bu esa ishlatiladigan uskunalarga va payvandlash texnologiya-siga maxsus talablar qo’yadi. Ko’chma payvandlash qurilmalarida ishchi tokining qiymati 200, 300, 400 va 500 A bo’lishi va payvandlash simining diametri 25, 50, 75 va 95 mm 2 bo’lishi talab etiladi. Quyidagi 1 – jadvalda ba‘zi payvandlash transformatorlarining texnik ko’rsatkichlari keltirilgan.
Payvandlash ishlarining hajmi katta bo'lganida mehnat unumdorligini oshirish maqsadida avtomatik payvandlash qurilmalari qo'llaniladi. Avtomatik payvandlash qurilmasi yoyni yondiradigan payvandlash simini yoyning yonish zonasiga uzatadigan mexanizmlar bilan jihozlangan bo'ladi.
Payvandlash avtomatining eng muhim qismi kallagidir (2– rasm), u yoyning yonishini ta‘minlaydi va payvandlash simini uzatib turadi. Payvandlash kallagi elektrod simiga kuchlanish keltiruvchi va uni payvandlash toki bo’yicha yo’naltiruvchi mundshtuk 1 dan, baraban 3 dan elektrod simi 6 ni uzatib turuvchi roliklar 2 dan, roliklarni reduktor 4 orqali aylantiruvchi elektr motor 5 dan iborat. Agar burchak tezligini rostlash talab qilinmasa, simni uzatuvchi elektr yurtima sifatida asinxron motorlar ishlatiladi.
Nazorat savollar
1. Payvandlash transformatori ishlash prinsipi
2. Payvandalsh transformatori haqida umumiy ma'lumotlar
3. Avtomatik payvandlash apparatlarining asosiy elektr jihozlari
16. Imomnazarov A.T. Ekektromexanik tizimlaming elementlari. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. -Toshkent: «Ta’lim», 2009, 155 b.
17. Imomnazarov A.T. Kon korxonalarining elektr jihozlari va elektr ta’minoti. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. -Toshkent: MOLIYA, 2010.-165 b.
18. XauiHMOB A.A., HMaMHa3apoB A.T. h IlyjiaTOB A.A. TemioBwe pexcHMbi pa6oTbi HHflyKitHOHHbix T H re jib H b ix nenefi. -TauiKeHT: «Fan va texnologiya», 2013. -116 c.
19. Imomnazarov A.T., A’zamova G.A. Asinxron motorlaming energiya nejamkor bi rejimlari - Toshkent: TDTU, 2015.
39-Ma’ruza
Mavzu: Korxonaning konveyer liniyalaridagi robotlarning ishlashi va ularni sozlashni o'rganish
Reja
1.Avtomatik kir yuvish mashinasi
2. Sovitkichlar va ularning tasnifi
3. Kompression sovitkichning ishlash prinsipi
CMA turidagi avtomatik kir yuvish mashinalari berilgan dastur bo'yicha kir yuvishga mo'ljaUangan. Tozalash jarayoni, ya’ni kimi suvda ivitish va chayish ishlari yuvish suyuqhgi quyilgan teshiklari bor baraban idishda mexanik aralashtirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Yuvilgan kir shu baraban idishda sentnfugalab siqiladi. Bu mashinalar CM, CMP va СМП tipdagilardan tuzilishi va elektr sxemasining murakkabhgiga ko'ra farq qiladi. Boshqa
kir yuvish mashinalarida ishlatilmaydigan avtomatika elementlari bu mashinalarda keng qo'llanilgan. Jumladan, hamma operatsiyalar uchun suv quyish va to'kish, yuvish suyuqhgini
kiritish, ivitish, suvni tegishli haroratgacha ko'tarib kimi yuvish, chayish va siqish jarayonlari to'la avtomatlashgan. Mashinadagi dastumi tanlash bilan turh darajada kirlangan hamda
pishiqligi kimyoviy tarkibi har xil bo'lgan kiyimlami yuvish imkoni bor. Yuvish jarayonini avtomatik boshqarishda nazorat va rostlash uchun qator asboblar qo'llanadi. Bular qatoriga: komandoapparat, bakdagi yuvish suyuqligi sathini nazorat etuvchi, yuvish suyuqhgi haroratini nazorat etuvchi rele-datchiklami kiritish mumkin. 8.9- rasmda kir yuvish avtomatik mashinasining algoritm sxemasi ko'rsatilgan. Dastur ishga tushirilgach, issiq suv magnit klapani ulanadi va bak 14 litr hajmgacha issiq suv bilan to'ldiriladi. Bakdagi issiqlik suv 14 litrga yetgach, issiq suv klapani berkitiladi va naychali elektr isitkich ulanadi. Bunda suv harorati 60 °C gacha ko‘- tariladi va elektr motor barabanni soatmili tomon—pauza—soat miliga teskari yo'nalishda aylantiradi (tegishlicha 5 -1 0 -5 s davrlarda). So'ngra suv 90 °C gacha isitiladi va baraban aylanishi 10-5-10 s davrlarda reverslanadi, keyin TEN ulanadi; yuvish 5 minut davomida revers bilan 12—3—12 s davrlarda o'tkaziladi. Yuvish suyuqligini to'kish, tegishli nasosni 2 minut davomida revers bilan 10—5—10 s davrlarda o'tkaziladi; ,
dastur oxirida to'kish nasosi to'xtatiladi. 8.10- rasmda «Vyatka-avtomat-12» avtomatik yuvish mashinasining tuzihshi ko'rsatilgan. Po'latdan yasalgan mashina кофив! 38, кофш qopqog'i 40, кофив ichiga o'matilgan bak 25; bakka mahkamlangan ikki tezlikli asinxron motor 17 dan iborat. Motor 17 teshikli barabanni aylantiradi. Bak ikkita prujina 1 ga osilgan bo'lib, ular koфusdagi tayanch 3 ga mahkamlangan. Bakning pastki qismiga ikki tomondan metall plastinalar 24 mahkamlangan bo'hb, ular ressor 21 ning ishqalanuvchi kallaklari bilan o'zaro ta’sirlashadi. Bu sistema bakka o'matilgan posongilar 30 bilan birgalikda mashina tebranishini kamaytiradi. Yuvish suyuqligini isitish va uning haroratini nazorat qihsh uchun isitkich 14 va harorat rele-datchigi 13 dan foydalaniladi. Bakdagi bug' naycha 7 orqah chiqadi. Kir barabanga eshikcha 35 orqah solinadi. Kir yuvish uchun kerakli dastur komandoapparat dastasi 29 ni burab tanlanadi.
Baraban shkivlar 11 va 16 hamda tasmalar 12 orqali motordan harakatga keltiriladi. Mashina korpusining yuqori qismida: suv tarmog'iga ulovchi elektromagnit klapanlar 5 va 6 dan iborat blok o'matilgan. Юаpanlar shlanglar 4 orqah dozator 2 ga ulangan. Sath relesi 27 o'zining pastki qismi bilan shlang 26 ga ulangan. Korpusning yuqorigi qismida plastmassadan ishlangan panel
Do'stlaringiz bilan baham: |