Mavzu: Ashtarxoniylar sulolasi davrida boshqaruv tartibi


Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-siyosiy tuzumda yuz bergan o'zgarishlar



Download 67,38 Kb.
bet6/8
Sana13.04.2022
Hajmi67,38 Kb.
#547465
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ashtarxoniylar sulolasi davrida boshqaruv tartibi

Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-siyosiy tuzumda yuz bergan o'zgarishlar.

Ashtarxoniylar hukmronligi davrida ham huquq manbalarini asosan shariat, huquqiy odatlar va xonlarning amr-farmonlari tashkil etgan. Mulkiy munosabatlar, nikoh-oila va jinoyat-jazo masalalari hamda sud ishlarini yuritish tartibi shariat normalari bilan belgilangan.
Bu davrga oid yer huquqiga bag'ishlangan muhim manbalardan biri «Buxoro yer hujjatlari» to'plami bizgacha yetib kelgan. "Unda XVII-XIX asrlarda butun O'zbekiston hududidagi yerga egalik qilish va undan foydalanish tartibini ko'rsatuvchi qoidalar, davlat boshliqlarining bu boradagi farmonlari, sud hujjatlari haqida qimmatli ma'lumotlar beriladi. Hujjatlarda, jumladan, vaqf mulkini almashtirish, xususiy yer egaligi huquqining. davlat : tomonidan buzilib turishi, g'alla uyumlarini muhrlash va boshqa shu kabi yerga oid munosabatlar tartibga solinadi.
Masalan, mulkning vaqfga aylanishi unga egalik qilish va uni tasarruf etishda muhim o'zgarishlar kelib chiqqan, ya'ni uni olish-sotish, almashtirish mumkin bo'lmay qolgan. Huquqshunos olim Z.Muqimov ko'rsatganidek, to'plamdagi ba'zi hujjatlar, xususan, 1721-yildagi savdo vasiqasi istisno hollar ham bo'lib turganligini ko'rsatadi. Unga ko'ra, Samarqand viloyatining Shovdor tumanidagi vaqf yerlar daromadidan foydalanuvchi Darvesh Muhammad Tarxonning avlodlari qonunda qat'iy taqiqlanganligiga va barcha yuridik qiyinchiliklar, cheklashlarga qaramay, vaqf yerlarini Samarqand yaqinidagi Olloyorbiyga qarashli asosiy yer mavzesidan chekkada joylashgan yer maydoniga almashtirishga muvaffaq bo'lgan. Chunki, Olloyorbiyning mulklari o'rtasida joylashib qolgan vaqf yerlaridan daromad kelishi juda kamayib ketgan (37-hujjat). Bu muomala, albatta, ma'him ustama haq evaziga amalga oshirilganligi bois uni almashuv emas, balki savdo-sotiq shartnomasi deb baholash mumkin.
Mazkur hujjatlarda yerlar bora-bora turli yo'llar bilan bir ki.shi egaligiga o'ta borishi va bunda musulmon huquqidagi shuf'a qoidasi yordam berganligi aks etgan. Shunga oid birtalay hujjatlar keltirilgan. Ularga ko'ra, «mulki hur xolis» - soliqlardan ozod yerlar, xiroj yerlari, amlok (davlat) yerlari, vaqf yer mulklari hamda xususiy shaxslarga tegishli yer mulklari bo'lib, shartli yer-mulk egaligida «tanho» berish keng yoyilgan. Umrbod berilgan (lekin merosiy bo'lmagan) «tanho» yer mulki barcha soliqlardan ozod etilgan.
To'plamdagi 5O-hujjatda davlat armiyasida xizmatda bo'lgan kishilar darajasiga qarab, qancha «tanho» olishi belgilab qo'yilgan ro'yxat (reyestr) keltirilgan. Jumladan, bahodirlar (o'zbek harbiy qo'shilmalarining kichik unvonli komandirlari) 11-23 tanobgacha, mirzaboshi 25-35 tanobgacha, jibachi 40 tanobgacha, qorovulbegi 47 tanobgacha, parvonachi, dodxohlar esa butun-butun qishloqlarni tanho sifatida olganlar.Yer mulklarini sotish, almashtirish, sovg'a qilish, garovga qo'yish, qarz evaziga berish mumkin bo'lgan. Mazkur hujjatlar shuni ko'rsatadiki, Imomqulixon davrida davlat yerlari ko'plab xususiy shaxslarga sotilib, «mulki hur xolis» shakliga aylangan. Agar biror shaxs yerni sotib olib, uning uchdan ikki qismidan davlat foydasiga voz kechsa, u «mulki hur xolis»ga aylangan.
Davlat yerlarini o'ziga xos tarzda sotishni ko'rsatadigan hujjatlar ham bor. Ya'ni, garchi yer mulki sotib olindi, deb qayd etilsa-da, bu yer uchun pul bilan haq to'lanmagan, balki Qur'onning tabarruk nusxasi hadya etilgan. Chunki davlat yerlari davlat (mamlakat) xazinasi ahamiyatiga ega bo'lganligi uchun xon uiarni tasarruf etib, sotishga huquqli hisoblangan.
G'alla uyumini muhrlash to'g'risida ham hujjatlar mavjud. Jumladan, 20-hujjatda Ubaydullaxonning (1702-1711) farmonida qishloq ma'mu-riyatining soliq undirish bilan bog'liq vakillari: hokimlar, omillar, arboblar, Icadxudolar va o'nboshi hamda ellikboshilar, dorug'alar tilga olinadi. Jumladan, dorug'a - davlat yerlarida g'allaning dehqonlar tomonidan yashirilmasligi ustidan nazorat qiluvchi mansabdor hisoblangan. G'alla o'rib olingandan keyin soliq miqdori aniqlanib, yig'ilgan hosil uyum qilib muhrlangan, bu esa soliq undirilmaguncha undan foydalanish taqiqlanganligini bildirgan.
Bulardan tashqari, mazkur hujjatlarda o'sha davrdagi davlat mansablari, soliqlar va uning turlari, jo'g'rofiy joylarning nomlari, atamalar va yuridik hujjatlarning shakllariga oid ko'plab ma'lumotlar keltirilgan.

Download 67,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish