Geografik katalog.
Bu - katalogning turkum tarxi alifbo tartibida joylashgan
geografik va topografik nomlardan: viloyatlar, shaharlar, tumanlar, qishloqlar,
daryolar, ko„llar, suv omborlari va boshqalardan iborat. Viloyatlar, shaharlar,
tumanlar nomlari bo„limlar hisoblanadi va alifbo bo„yicha joylashtiriladi. Masalan,
Toshkent shahri quyidagi bo„limlarga bo„linadi: tarixi, aholisining soni va tarkibi,
oliy o„quv yurtlari, kollejlar, maktablar, sanoat korxonalari va hokazo.
Hozir barcha yirik davlat arxivlarda tizimli, ismlar, geografik kataloglar
mavjud. Bu ma‟lumotnomalar tadqiqotchiga u ishlayotgan mavzu bo„yicha kerakli
arxiv hujjatlarini tezda topish va foydalanish imkonini beradi.
Kataloglashtirish uchun hujjatlarni tanlab olish va axborotni bayon
qilish usuli.
Arxivlardagi kataloglar tizimida ularning fondlaridagi barcha
ma‟lumotlar o„z aksini topishi kerak. Fondlarni kataloglashtirishda birinchi
navbatda muhim va ko„p foydalaniladigan fondlar tanlab olinadi. Masalan, davlat
hokimiyati va boshqaruv organlari (O„zSSR XKS, Oliy Sovet Prezidiumi va
boshqalar) fondlari, iqtisodiyot, madaniyat sohasidagi idora va tashkilotlar
hujjatlari muhim fondlar qatoriga kiradi. Davlat arxivlarida kataloglashtiriladigan
fondlar ro„yxati tuziladi va rejalashtiriladi.
Kataloglashtirish uchun tanlab olingan fond materiallari o„rganilib, kerakli
yig„majildlar tanlab olinadi. Dastlab ro„yxatlardan idoraning, tashkilotning asosiy
faoliyatini yorituvchi bo„limlari tanlab olinadi. Tashkilotning yordamchi, xo„jalik
sohalari bo„limlari bo„yicha yig„majildlar olinmaydi.
Fond yig„majildlari tanlab olingandan keyin, ular sinchiklab o„qib, o„rganib
chiqiladi. Hujjatlardan eng muhim axborotlar, faktlar, voqealar, hodisalar
umumlashtirilib, varaqada bayon qilinadi. Bunda hujjatlardagi ma‟lumotlarning
ahamiyatiga qarab har xil usullar qo„llaniladi. Varaqada bir xujjat, bir yig„majild
yoki gurux, yig„majildlar bayon qilinishi mumkin. Masalan, Turkiston ASSR XKS
qarorlarining har biri alohida bayon qilinadi. Muhim arxiv fondlari hujjatlarining
ko„p qismi qimmatli, ahamiyatli hujjatlar hisoblanadi. Bunday hujjatlarning har
biri alohida bayon qilinadi. Mayda idoralar fondlarining kataloglashtirish hujjatlar
bo„yicha emas, balki yig„majildlar, guruhlashtirilgan yig„majildlar bo„yicha bayon
qilinadi.
Shunday qilib, kataloglar arxivning IMA tarkibiga kiruvchi muhim
ma‟lumotnomadir. Ular tarixchi, tadqiqotchilar ishlayotgan mavzu bo„yicha
arxivdan kerakli hujjatlarni qisqa fursatda topishga yordamlashadi.
Arxiv hujjatlariga ilmiy-ma‟lumotnoma apparati (IMA)ni tuzish ishi davlat
arxivlarining ilmiy-axborot faoliyatining muhim tarkibiy qismidir. Hujjatlarni
5
davlat arxivlaridan tezda topish uchun ular o„rganilib, tahlil qilinib, hujjatlarning
tarkibi, mazmuni, manzili to„g„risidagi ma‟lumotlar qisqa, umumlashgan shaklga
keltiriladi. Hujjatlar to„g„risidagi bunday axborotlar varaqalar (kartochka)ga
yozilib, ma‟lumotnomalarga kiritiladi.
O„zR MAF tarkibidagi hujjatlarning hisobga olish, qidirib topishni
osonlashtirish, undan unumli foydalanishni tashkil etish maqsadida yuqorida
aytilgan yo„l bilan ularda IMA tizimi tashkil qilinadi. O„zR MAF IMA tizimi
o„zaro
uzviy
bog„langan
hisob
hujjatlari,
arxiv
ma‟lumotnomalari,
mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan axborot-qidiruv tizimidan iboratdir.
Bular bir xil usul va qoidalar asosida tayerlanib. yig„majild, arxiv fondi, davlag
arxivi, O„zR MAF doirasida hujjatlarni ehtiyot qilib saqlash va samarali qidirishni
ta‟minlash uchui tuziladi.IMA barcha darajadagi hujjatlar majmualariga qarab
tuziladi. Bu ma‟lumotnomalar quyidagilardan iborat:
1). Respublika fondlar katalogi - O„zR MAFga tegishli ma‟lumotnoma;
2).
arxivlarda:
ko„rsatkich (putevoditel)lar, arxiv fondlari haqida
ma‟lumotnoma, kirim daftari, fondlar ro„yxati, fondlar varaqalari, tizimli
kataloglar, predmetli, ismli kataloglari;
3). fondga tegishli ma‟lumotnomalar, hisob hujjatlari, fondning sharhi, tizimli
kataloglar, mavzular bo„yicha kataloglar, ismlar kataloglari, fond varaqasi, ro„yxat;
4). ayrim yig„majildga tegishli ma‟lumotnomalar - hamma turdagi kataloglar,
yig„majildning ichki hujjatlari ro„yxati va boshqalar.
Barcha hisob hujjatlari ma‟lumotnomalar kabi fondlar doirasidagi hujjatlar
haqida zarur axborot beradi. Masalan, fond varaqasi, fond tartib raqami, nomi,
yig„majildlar soni, yillari, fond tarkibi to„g„risida qisqacha axborot beradi.
Hujjatlarni hisob qiluvchi asosiy ma‟lumotnoma - bu opis yig„ma-jildlar
ro„yxatidir. Boshqa arxiv ma‟lumotlaridan farqli o„laroq, ro„yxat fond ichida
yig„majildlarni hisoblash, har bir yig„majildning varaqlar sonini belgilash bilan
birga u bir vaqtda yig„majildning tarkibi va mazmuni to„g„risidagi axborot-
ma‟lumotnoma hamdir.
O„zR MAF hujjatlariga tuzilgan IMA tizimi o„zaro bog„liqligi, birligi bilan
ajralib turadi. Respublikaning barcha arxiv hujjatlari to„g„risidagi eng umumiy
ma‟lumotnoma respublika fondlari katalogidir. Viloyat miqyosidagi arxiv hujjatlari
to„g„risidagi umumiy ma‟lumotnoma hududiy arxiv ishi boshqarmasining fondlar
katalogidir. Bu ma‟lumotnomalar yordamida tarixchi, tadqiqotchi qaysi arxivda u
yoki bu mavzuga oid qanday hujjatlar borligini aniqlab oladi. Shundan keyin
kerakli davlat arxivlariga borib, o„sha arxivning ko„rsatkichi yoki arxiv
fondlarining qisqacha ma‟lumotnomasi, fondlar ro„yxati va varaqasi o„rganiladi;
bu ma‟lumotnomalardan tadqiqotchi uchun kerakli hujjatlar arxivniig qaysi
fondlarida ekanligi aniqlanadi.
6
Arxiv fondlarining yig„majildlari ro„yxatlari bilan tanishib chiqish kerakli
hujjatlar qaysi yig„majildlarda ekanligini amiqlash imkonini beradi. Kerakli
yig„majildlar arxivdan olinib, ulardan tadqiqotchiga zarur hujjatlar topiladi va
ko„chirib olinadi. Bir mavzuta oid barcha fondlardagi hujjatlarni davlat arxivining
tizimli, mavzular bo„yicha tuzilgan kataloglari yordammda aniqlab, kerakli
hujjatlarni tanlash va ularni arxivdan olib o„rganish, tadqik qilish imkoni tug„iladi.
Shunday qilib IMA tizimi tarkibiga kiruvchi ma‟lumotnomalar har biri o„ziga
xosdir. Shuning bilan birga ular o„zaro bog„liq va bir-birlarini to„ldirib O„zR MAF
hujjatlari to„g„risida zarur axborot beradi.
Savol va topshiriqlar:
1. Arxiv kataloglari nima va u qanday vazifalarni bajaradi?
2. Arxiv kataloglarining qanday turlari mavjud?
3. Arxiv hujjatlarining tavsiflari qanday amalga oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |