Bildirishnoma
Soatsozlik zavodining direktori K.B.Karimovga zavod qaramog’idagi bolalar oromgohining boshligi L.Komilovadan
BOLALAR OROMGOHI YOTOQ
BINOLARINING UMUMIY
AHVOLI HAQIDA
BILDIRISHNOMA
Sizning ko’rsatmangizga binoan, men tehnik-nazoratchi S.Bakirov bilan birgalikda shu yil 24 - 25 may kunlari zavod qaramog’idagi bolalar oromgohi yotoq binolarini tekshirib chikdim.
Barcha yotoq binolari qoniqarli ahvoli. Birokq1-binoda deraza oynalarini o’rnatish, 2-binoni qisman bo’yash, 3-binoda esa eshiklarni ta'mirlash zarur deb hisoblayman
Bolalar oromgohi
Boshlig’i L.Komilova (imzo)
2012.05.24
E'LON
Ko’pchilikni yoki ma'lum guruhdagi shaxslarni yaqin orada (kelgusida) bo’ladigan biron - bir tadbir, majlis, uchrashuv, suxbat, shuningdek ishga, o’qishga qabul qilish va boshqalar haqida habardor qilish uchun qo’lanuvchi yozma axborat.
E'lonning zaruriy qismlari:
1. Nomi (E'lon).
2. E'lon kilinayotgan tadbirning vakti, o’tkazilish joyi.
3. Tadbirning mavzusini o’zida aks ettiruvchi matn.
4. Tadbir o’tkazuvchi nomi (odatda, bo’ladigan tadbirni e'lon kilayotgan tashkilot, organning nomi: «Ma'muriyat», «Kuzatuv kengashi», «Yozuvchilar uyushmasi», «Tashkiliy qo’mita», tarzida belgiladi).
E'lon mavzusiga va undan ko’zlangan maqsadga ko’ra turli shakllarda bo’lishi mumkin
E'LON
Shu yil 25 iyul soat 15.00 da UzRFA Til va adabiyot institutining majlislar zalida instiut kasaba uyushmasi qo’mitasining hisobot-saylov yig’ilishi bo’ladi.
Kun tartibi:
Kasaba uyushmasi qo’mitasining xisoboti.
Taftish komissiyaning xisoboti.
Kasaba uyushmasi qo’mitasining yangi tarkibini saylash.
VASIYATNOMA
Vasiyatnoma bir shaxsning (vasiyat qiluvchining), u vafot kilgan takdirda, o’ziga qarashli bo’lgan mol-mulkni tasarruf etish buyicha hohish-irodasi bayon qilingan hujjatdir. U muayyan andoza bo’yicha tuzilishi, belgilangan talablarga (vasiyat qiluvchining huquqiy muomala layoqati, farmoyishning qonuniyligi, vasiyat qiluvchi tomonidan o’zining so’nggi hohish-irodasini bayon qilish erkinligi) javob berishi kerak.
Vasiyatnoma bo’yicha har qanday shaxs (jumladan, qonunda belgilangan merosxo’rlar doirasiga kirmaydigan shaxslar ham), shuningdek davlat, jamoat, kooperativ tashkilotlari merosxo’r bo’lishi mumkin. Vasiyat qiluvchi o’z mol-mulkini (uning bir qismini) bir yoki bir necha merosxo’rga, shu bilan birga, yuridik shaxslarga, davlatga yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish idoralariga vasiyat qilish xuquqiga ega. U, shuningdek, vasiyatnomada o’limidan so’ng uni kaysi kabristonga ko’mish, yodgorlik ko’yish yoki ko’ymaslik, qanday marosimlar o’tkazish xakida va shunga o’xshash farmoyishlar berish huquqiga ega.
Vasiyat qiluvchi yoki meros qoldiruvchi vasiyatnoma tuzilganidan keyin uni istagan paytda bekor qilish va o’zgartirish borasida erkin bo’lib, bunda u bekor qilish yoki o’zgartirish sabablarini ko’rsatishga majbur emas.
Uzbekiston Respublikasi Fukarolik kodeksining 1124-1133-moddalarida vasiyatnoma, uning shakli va yozilishi uslubi, turlari, uni bekor qilish va o’zgartirish, vasiyatnoma bilan boglik boshqa holatlar batafsil ko’rsatib berilgan.
Vasiyatnoma, odatda, yozilgan joyi va vaqti ko’rsatilgan holda yozma shaklda tuzilishi lozim. Quyidagi vasiyatnomalar yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi:
- notarial tasdiqlangan vasiyatnomalar;
b) notarial tasdiklangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalar.
Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining o’z ko’li bilan imzolanishi kerak. agar vasiyat qiluvchi biron-bir jismoniy nuksoni, kasalligi yoki savodsizligi yoki biror sabab tufayli vasiyatnoma o’z ko’li bilan imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan, notarius yoki qonunga muvofik vasiyatnomani tasdiqlaydigan boshqa shaxs hozir bo’lganida, vasiyat -qiluvchi o’z ko’li bilan imzolay olmaganligining sabablari kursatilgan holda, vasiyatnomaga boshka shahs imzo qo’yishi mumkin. Lekin notarius yoki vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa shaxs, vasiyatnomadan manfaatdor shaxslar va ularning oila a'zolari, vasiyat kiluvchining qonuniy merosxo’rlari, to’liq muomala layoqatiga ega bo’lmagan fuqarolar, vasiyatnomani o’kiy olmaydigan boshqa shaxslar, yolg’on guvohlik bergani uchun ilgari sudlangan shahslar vasiyatnomaga imzo kuyishi mumkin emas.
Notarial tasdiklangan vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan yozilgan yoki uning so’zlaridan notarius tomonidan yozib olingan bo’lishi kerak. Vasiyatnomani keyingi holatda yozib olish paytida umumiy qabul qilingan texnika vositalaridan (yozuv mashinkasi, shaxsiy kompiyuter va hokazodan) foydalanish mumkin.
Vasiyat qiluvchining so’zlaridan notarius tomonidan yozib olingan vasiyatnomani imzolashdan vasiyat qiluvchi uning matnini notarius oldida to’lik o’kib chiqishi lozim. agar vasiyat qiluvchi ayrim ob'ektiv sabablarga ko’ra vasiyatnomani shaxsan o’kiy olmasa, uning matni vasiyat qiluvchiga notarius tomonidan o’kib eshittiriladi, bu holat vasiyatnomada tegishlicha qayd etiladi.
Vasiyat qiluvchining hohishiga ko’ra, vasiyatnoma notaruis tomonidan uning mazmuni bilan tanishib chiqilmasdan (mahfiy vasiyatnoma) tasdiqlanadi. Mahfiy vasiyatnomani vasiyat qiluvchi xaqiqiy sanalmaslik havfi (ehtimoli) borligidan o’z ko’li bilan yozishi va imzolashi kerak. Vasiyatnoma ikki guvoh va notarius ishtirokida hatjildga solinib, hatjild yelimlanishi lozim. Guvohlar, to’lik ismi shariflari va doimiy turar joylarini ko’rsatgan holda, hatjildga imzo qo’yadilar. Ushbu hatjild mazkur odamlar ishtirokida boshka hatjildga solinadi va bu hatljild ham yelimlanib, notarius unga tasdiqlash usthatini yozib ko’yadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |