TOPSHIRIQLAR:
1-topshiriq:
Bozorda 56 kg sabzi keltirildi. Tushgacha savdo qilingandan keyin uning choragi
qoldi. Tushgacha necha kilogramm sabzi sotilgan?
2-topshiriq:
Samolyot salonida har bir qatorga 6 tadan 16 qatorni yo'lovchilar band qilishdi.
Zinadan yana 4 kishi ko'tarilmoqda. Bu samolyotda necha kishi uchadi?
3-topshiriq:
Bozorga 7 ta yashikda qulupnay blib kelindi. 2 ta yashikdagi qulupnay 12 kg ga
teng. Keltirilgan 7 ta yashikdagi hamma qulupnay necha kilogramm bo‘ladi?
4-topshiriq:
Do'konga 160 kg mandarin olib kelindi. Har birida 8 kg dan bo'lgan bir nechta
yashik tushirilgandan keyin, mashinada yana 40 kg mandarin qoldi. Necha yashik
mandarin tushirilgan?
5-topshiriq:
36 l sutni har bir bidonga 12 l dan qilib, 48 l sutni har bir bidonga 16 l dan qilib bir
necha bidonga quyishdi. Hammasi bo’lib necha bidon bo’ldi?
Do'stlaringiz bilan baham: |