Mavzu: arab xalifaligida o’lchov birliklari reja: Qadimgi olchovbirliklari. Olchashlar haqida



Download 21,33 Kb.
bet2/3
Sana25.07.2021
Hajmi21,33 Kb.
#128207
1   2   3
Bog'liq
ARAB XALIFALIGIDA O’LCHOV BIRLIKLARI

Qadimgi o’lchov birliklari

Uning poydevoriga ajdodlarimiz qadimdan tamal toshi qo’yib kelishgan. Dastlab ular, kundalik ishlarida zarur bo’lgan vaqt, uzunlik, yuza, hajm va og irliklarni o’lchash uchun kerak bo’lgan usullarni topib, ulardan amalda foydalanishgan. Eng qadimgi o’Ichash birliklari antropometrik, yaxni insonning muayyan axzolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan o’lchash birliklari hisoblanadi. Haqiqatdan ham ular vaqtni cflchashda erta, kech, kun, tun, kun-tun kabi atamalardan foydalanishgan bcflsa, uzunlikni cf Ichashda qadam, qarich, quloch, barmoq, tirsak, shuningdek arpa yoki bug’doy donlaridan yoki ot yo’lidan foydalanishgan. Yuza va hajmlarni esa boshqa malum yuza yoki hajmga nisbatan qiyoslab olchashgan. Ogirlikni olchash uchun bir narsani vazni ikkinchi narsani vazni bilan solishtirilgan, bunda asosan don (arpa, bug’doy, no’xat va hakozo) va meva (danak, yong’oq va haqozo) donalaridan foydalanishgan. O’lchashning mana shunday oddiy usullari ajdodlarimizning o’sha davrdagi kundalik ishlari uchun yetarli bo’lgan.

Boy madaniy merosga ega bolgan, jahon fani xazinasiga ulkan hissa qo’shgan o’zbek xalqi qadimdan olchovshunoslik sohasiga va uning rivojlanishiga juda katta ahamiyat berib kelgan Shuning uchun bo’lsa kerakxalqimiztomonidc shu sohaga tegishli yuzlab naqllar yaratilgan: Bogni boqsang bog bcf lur, botmon-botmon yog’ bolur», «Yemak tuz bilan, tuz olchov bilan», «Yetti olchab, bir kes», «Har yerning oz botmoni bor», «Har kim oz qarichi bilan o’lchar», «Haryerni qilma orzu, haryerda bor tosh -tarozu» va hakozo.

Xalqimiz qadimdan dunyodagi koplab mamlakatlar bilan iqtisodiy, ilmiy va boshqa kopgina sohalar boyicha aloqalar qilishgan, savdo-sotiq bilan shugullanishgan. Mana shu aloqalarning samarali bolishida xalqimizning o’lchov va olchov birliklariga katta ahamiyat berishi va ulardan tog ri foydalanishi muhim bolgan.

O’lchov va o’lchov birliklari to’g’risidagi bir qator malumotlar buyuk Xorazmlik olim Abu Abdullo’ Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy algebraik risolasining «O’Lchashlar haqida» deb ataladigan va geometriya (xandasa) ga doir qismida keltirilgan. Olim bunda uzunlik, yuza va hajmlarni hisoblash va olchash usullari bilan topishga katta ahamiyat bergan. Unda tanob, gaz, barmoq kabi o’lchov birliklari va o’lchov yog’ochi kabi o’Ichash vositalari to’gYisida yaxshi malumotlar berilib, ularni amalda qo’llashning yO’l-ycf riqlari koYsatilgan. Xorazmiy «Quyosh soatlari to’g’risida risola» asarida ham o’lchash sohasiga munosib hissa qo’shgan. Ulug’ olim Ahmad Farg’oniy dunyoda birinchi bo’lib (861 yil) suv satxini o’lchaydigan asbob kashf etgan va uni yasab amalda qo’llagan.1

U «Quyosh soatini yasash haqida kitob» asarini ham yozib o’lchovshunoslik sohasining rivojlarishiga munosib hissa qo’shgan.

Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy va Abu AN Ibn Sinolartomonidan yaratilgan asarlarda juda ko’plab oMchov birliklari keltirilgan. Ularning ko’pchiligi hozirgi kunda ham o’z kuchini yo’qotmagan. Boboqalon shoirimiz Yusuf Xos Xojibning turkiy tilda 1069 - yili yozilgan «Qutadg’u bilig» asarida cf Ichov va o’lchov birliklaridan foydalanibgina qolmay, balki olchash va iyyor ishlariga tegishli bilimlarni mukammal bilishga ham chaqirilgan. Bu iboradagi «iyyor ishi» atamasi metall sofligini sinash, bozordagi tosh va tarozilarning to’g’riligini, muomaladagi oltin va kumush pullarning sofligini va og’irligini kuzatib turish kabi ishlarni bajarish ma’nolarini bildiradi.

Umuman olganda, IX-XII asrlar islom uyg’onish davri deb yuritiladigan, jahon ilm-fani osmonida Beruniy, al-Xorazmiy, Ibn Sino kabi bobolarimizning porlashi bilan boshlangan buyuk ilmiy tariximizda ham, shonli o’tmishimizning keyingi davri - Temuriylar hukmronligi ostida o’tgan XIII-XV asrlarda ham, va o’zbek xonliklarining qaror topishidan toki ularning tanazzuligacha bo’lgan XVI-XIX asrlarda ham, mamlakatimiz hududida muqaddas islom dini va shariat qonunlari ustivor bo’lganligini e’tirof etish o’rinlidir. Shunga ko’ra, xalq kundalik turmushi va savdo munosabatlarida ham, buyuk allomalarimizning ilmiy ishlarida ham, asosan islom dini shariat qonunlarida o’rnatilgan o’lchov birliklaridan foydalanilgan.

Islom dini va musulmon jamiyati odatda o’lchovlar borasida jiddiy qoidalar bilan ish yuritgan va yuritib kelmoqda. Islomda o’lchov birliklariga bo’lgan munosabat hech qachon yuzaki bo’lmagan, chunki, musulmon jamiyatida, savdoda ham, boshqa munosabatlarda ham, qat’iy mezonlarga amal qilingan. o’lchovdan adashish, yoki, unda qasddan chalkashtirish, birovning haqqiga xiyonat qilingani bo’lib, hamma zamonlarda ham qattiq qoralangan. Ajdodlarimiz o’lchovlar borasida juda ehtiyotkor bo’lishgan va ularda xiyonatkorlikdan hazar qilishgan... Ushbu birliklarning aksariyati bugungi kunda faqat o’sha eski qo’lyozma manuskriptlardayu, tarix muzeylarda qolgan. Biroq barchasi ham emas. Islom dini qoidalariga ko’ra bajariladigan amallarda, xususan Ramazon ro’zasi vaqt hisobida, fitr sadaqalarida, musofirchilik, tahorat va g’usl masalalari va ho kazolarda ular hali hamon o’z dolzarbligini saqlab kelmoqda.

O’rta asrlar musuimon sharqi mamlakatlari tarixi va o’lchov birlikiari borasida ko’zga ko’ringan tadqiqotchi olim Valter Hints (Olmoniya) va olima YeA Davidovich (Rossiya), o’z asarlrida, bir-biridan mustaqil ravishda shunday faktni keltirishgan: Markaziy Osiyo musulmonlari, shar’iy o’lchov birlikiari borasidagi qoidalarga, boshqa har qanday hudud musulmonlaridan ko’ra qat’iy amal qilishgan. Bunda xalqaro savdo munosabatlarini yuritishda ham jiddiy ehtiyotkorlik choralari ko’rilgan. Xususan, Ye.A. Davidovich tadqiq qilgan bir tarixiy hujjatda, Buxoro amiri bilan rus savdogarlari o’rtasida tuzilgan o’zaro oldi-sotdi kelishuvida, o’zaro muomalada, vazn o’lchov birliklarining mann deb nomlangan turidan foydalanilishi, uning ikki xili borligi, kichik mann 320 funt, katta mann esa 640 funt tosh bosishi haida maxsus qayd etib o’tilgan va vakolatli shaxslarning imzolari bilan tasdiqlangan. Hujjat taxmnan XVII-asr ikkinchi yarmiga tegishli deb baholanadi.

Umuman olganda esa, tariximizni tobora chuqur o’rganarkanmiz, ajdodlarimizning buyuk zehn-zakovatlaridan hayratlanmaslikning

hech qanday imkoni qolmaydi.



Download 21,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish