Mavzu AQSh Rassiya munosabatlarini keskinlashuvi
Reja:
1 kirish
2 asosiy qisim
3 Rassiya munosabatlarini keskinlashuvi
4 Xulosa
AQSh — Rossiya munosabatlar
AQSh-Rossiya munosabatlari, 1991-yildan buyon Amerika Qoʻshma Shtatlari va Rossiya oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlardir. Qoʻshma Shtatlar va Rossiya oʻrtasida diplomatik va savdo aloqalari mavjud. Ushbu munosabatlar 1999-yil bahorida NATOning Yugoslaviya Federal Respublikasini bombardimon qilinishiga qadar Rossiya Prezidenti Boris Yeltsin (1991–99) davrida,keyinchalik 2014-yilda Ukraina inqirozi, hamda, Qrimni Rossiyaga qoʻshib olinishi, Suriya fuqarolar urushiga Rossiya harbiy aralashuvi va 2016-yil oxiridan AQSh saylovlariga Rossiyaning aralashuvi bilan bogʻliq muammolar tufayli ushbu ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar oʻta keskinlashdi. Hozirda, 2014-yil uchun moʻljallangan oʻzaro sanksiyalar joriy etilmoqda.AQSh hech qachon Rossiya yoki Xitoy bilan urushga yo‘l qo‘ymasligi kerak, chunki uning oqibatlari butun dunyo uchun halokatli bo‘ladi. Bu haqda
AQSh Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari general Jon Xayten Vashingtondagi Brukings instituti tomonidan tashkil etilgan videokonferensiyada aytib o‘tdi.
“Buyuk davlatlarga kelsak, bizning maqsadimiz hech qachon Xitoy bilan, Rossiya bilan urush qilmaslik bo‘lishi lozim, chunki o‘sha kun sayyoramiz uchun, mamlakatlarimiz uchun dahshatli kun bo‘ladi. U dunyoni vayron qiladi”, — dedi Xayten.
Generalga ko‘ra, Rossiya va Xitoy bilan strategik muzokaralarni davom ettirish zarur. “O‘rtamizda qanchalik farq bo‘lmasin, bizning umumiy maqsadimiz bor — bu hech qachon bir-birimiz bilan jang qilmaslikdir, chunki yadro davlati bilan urush dahshatli”, — dedi u.Xaytenning qayd etishicha, AQSh Rossiyaning modernizatsiya qilingan yadro quroli bilan urush boshlamoqchi emas“Hozir Rossiyaning yadroviy kuchlari to‘liq modernizatsiya qilingan, bizniki esa yo‘q”, — dedi general. Shu munosabat bilan Xayten Amerika yadroviy qurollarini modernizatsiya qilishni tezlashtirishga chaqirdi.
Avgust oyi oxirida AQSh Harbiy havo kuchlari general-leytenanti, Strategik kuchlar qo‘mondoni o‘rinbosari Tomas Byussier Xitoy yaqin kelajakda AQSh uchun “yadroviy tahdid” darajasi bo‘yicha Rossiyadan o‘zib ketishini taxmin qilgandi.
“Shunday lahza yaqin, o‘tish lahzasi, unda Xitoydan keladigan tahdid darajasi hozirda Rossiya ko‘rsatayotgan tahdid darajasidan oshib ketadi”, — dedi Byussier.
AQSh hukumati bir necha bor Rossiyani AQSh uchun asosiy tahdid deb atagan. Yanvar oyida, Pentagon rahbari etib tayinlanishidan sal oldin, Lloyd Ostin Rossiya va Xitoy AQSh uchun asosiy muammo ekanini aytgandi va ikkalasi ham global xavfsizlik muhitini buzadi, deb ta’kidlagan.
O‘z navbatida, Moskva Vashington bilan konstruktiv muloqotga tayyorligini da’vo qilganIkkinchi jahon urushidan so‘ng AQSH tashqisiyosatda SSSRni tiyib turish yo‘lini tanladi.Xalqaro munosabatlarda sovuq urushning vujudgakelishida SSSR bilan barobar darajada aybdor davlatga aylandi.«Trumen doktrinasi» va «Marshall rejasi» SSSR bilan AQSH va ularningittifoqchilari munosabatlari qanchalik keskinlashuviga sabab bo‘lganliginiavvalgi mavzulardan bilib oldingiz.AQSH Germaniya masalasida SSSR bilan o‘zaro manfaatli to‘xtamgakela olmadi. Oxir-oqibatda Germaniya ikkiga bo‘linib ketdi. AQSH NAToharbiy-siyosiy ittifoqini tashkil etishning tashabbuskori bo‘ldi. O‘sha
davrdayoq AQSH hukmron doiralari o‘z oldilariga SSSRni qurollanish poygasiga tortib, uni iqtisodiy jihatdan holdan toydirish maqsadini qo‘ygan edilar. AQSHda gigant harbiy-sanoat kompleksi vujudga keltirildi.AQSHning xohishiga qarama-qarshi o‘laroq, 1949-yilda Xitoyda
kommunistlar hokimiyat tepasiga keldilar. Buning natijasida AQSH Uzoq
Sharqdagi asosiy tayanchi Chan Kayshini yo‘qotdi. 1950-yilda AQSH Koreyaurushiga aralashdi. Bu urushda 142 ming nafar amerika askari halok bo‘ldi. Bu butun ikkinchi jahon urushi davomida berilgan qurbonning yarmiga teng edi. Prezident D. Eyzenxauer sovuq urushni yanada kuchaytirgan doktrinasini e’lon qildi. Unda «yalpi qasos olish», SSSRga birinchi bo‘lib yadro zarbasi berish maqsadlari o‘z ifodasini topgan edi. Ayni paytda D. Eyzenxauer Koreya urushini to‘xtatdi va bu masalada SSSR bilan kelishuvga bordi. Biroq ikki davlat o‘rtasida qurollanish poygasi yanada avj oldi. 1952-yilda AQSH vodorod bombasi yaratgan bo‘lsa, SSSRAQSh Yevropada o’rta masofali yadroviy raketalarini joylashtiradigan bo’lsa, Rossiya G’arbga “asimmetrik” javob beradi. Prezident Vladimir Putin parlamentda qilgan nutqida NATOga qarshi tahdid va tanqidlar yog’dirdi. Vashington va Moskva bir-birini g’irromlikda ayblab, har ikki davlat qurol nazoratiga doir 30 yillik kelishuvdan chiqishini aytmoqda.Bu Vladimir Putinning G’arbga qarshi eng adovatli nutqlaridan deya baholanmoqda. Rossiya rahbari AQShni yadro qurollarini nazorat qiluvchi bitimdan chiqqani uchun tanqid qildi.Amerika, deydi u, Yevropada o’rta masofali raketalarini o’rnatish haqida o’ylamasin.“AQSh bitim shartlarini, undagi moddalarni ochiqchasiga e’tiborsiz qoldirdi. Xususan, hujjatda yozilganki, har ikki tomon o’rta masofaga uchadigan raketalari va uchirish moslamalarini yo’q qilishi kerak”, - deydi Putin.Mamlakat parlamenti, Federal Assambleya huzurida so’zlagan Putinning ta’kidlashicha, Rossiya nafaqat AQSh qurollarini o’z hududida joylashtirgan mamlakatlarni, balki Qo’shma Shtatlarning o’zini ham nishonga olishi mumkin.
“Rossiya raketalarini unga tahdid solayotgan hududlar tomon qaratibgina qolmay, balki qaror qabul qilinadigan joylarga ham qaratadi”, - dedi Rossiya rahbari, AQShga ishora qilib.
AQSh va uning NATOga a’zo ittifoqchilari besh yildan beri Rossiyani sovuq urush paytida imzolangan shartnomaga amal qilmayotganlikda ayblab kelayotgan edi. 2-fevral kuni Tramp ma’muriyati bu shartnomadan chiqishini e’lon qildi.
“Rossiya AQShning xavfsizlik manfaatlariga oyoq qo’ydi. Rossiya bitimni uyalmay-netmay buzayotgan bir paytda, biz unga amal qilib o’tirmaymiz”, - dedi Davlat kotibi Mayk Pompeo.Vashington Moskvaga bitim shartlariga to’la amal qilish uchun olti oy muhlat bergan. Aks holda AQSh avgustda uni tark etadi. NATOga ko’ra, Rossiya 9M729 raketa sistemasini yaratish orqali bitimni buzgan. Bu sistema, deydi alyans rasmiylari, Yevro-Atlantika xavfsizligiga jiddiy tahdiddir. qilinishicha, Shveysariyaning Jeneva shahrida Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) Davlat kotibi oʻrinbosari Vendi R. Sherman Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sergey Ryabkov bilan uchrashdi.
AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Price tomonidan berilgan yozma bayonotda, Sherman va Ryabkovning 10-yanvar (bugun) kuni bo'lib o'tgan Strategik Barqarorlik Muloqoti (SSD)ning navbatdan tashqari yig'ilishida har ikki tomon muhokama qilishi kerak bo'lgan ikki tomonlama masalalarni muhokama qilgani bildirildi.
Bayonotda,
“Uchrashuvda Davlat kotibi oʻrinbosari Qoʻshma Shtatlar xalqaro suverenitet, hududiy yaxlitlik va suveren davlatlarning oʻz ittifoqlarini tanlash erkinligi tamoyillariga sodiqligini taʼkidladi”. bayonot kiritildi.
Sherman rossiyalik hamkasbiga Qo'shma Shtatlar diplomatiya yo'li bilan haqiqiy taraqqiyotga erishishdan mamnun bo'lishini bildirdi.
Bayonotda,"Qo'shma Shtatlar SSD yig'ilishida Rossiya bilan ba'zi ikki tomonlama masalalarni muhokama qiladi, ammo Yevropadagi ittifoqchilarimiz va hamkorlarimizsiz Yevropa xavfsizligini muhokama qilmaydi". ma'lumotlar berildi.
Bayonotda vazir oʻrinbosari 12-yanvar kuni Belgiya poytaxti Bryusselda boʻlib oʻtadigan NATO-Rossiya kengashi yigʻilishi va 13 yanvarda Vena boʻlib oʻtadigan yig’ilishda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) Doimiy Kengashi yigʻilishiga maʼlum masalalar qoldirilishini bildirdi.
Rossiyaning o'z harbiy salohiyatini oshirish tomon tashlayotgan qadamlari AQSh va Yevropani xavotirga solmoqda. Ayrim harbiy rahbarlar ta'biricha, Moskva yaqin orada Amerikaga bas kelishi ham mumkin.
Hozir asosiy e'tibor Rossiyaning yadro arsenalida. Yaqinda Prezident Vladimir Putin AQShning raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini yorib o'tadigan qurollar borligi haqida maqtangan edi.
"Dengizda, quruqlikda va havoda Rossiyaning tobora yangi harbiy texnikasi Sovuq urush davridan beri kuzatilmagan darajada faollashgan", - deydi Kurtis Skaparotti, AQShning Yevropadagi qo'shinlari qo'mondoni.
Moskva an'anaviy qurollarini ham yangilab, o'tgan yillar ichida Ukraina va Suriya kabi mamlakatlarda ularni sinovdan o'tkazdi. Amerika ustunlikni qo'ldan boy bermasin, dedi Kongressda so'zlagan general.
"Aks holda, Rossiya 2025-yilga borib dengizda ham, quruqlik va havoda ham harbiy jihatdan AQShga yetishib oladi", - deydi Skaparotti.
"Rend" markazi yaqinda chiqargan tahlilnomaga ko'ra, ayniqsa Sharqiy Yevropa xavf ostida. Moskva hujumga o'tsa, NATO qo'shinlari son jihatdan ham, texnika jihatdan ham bas kelolmaydi.
Yevropa sharqida rus askarlari taxminan 78 mingni tashkil etadi, NATOniki esa 32 ming.
Rossiya Qrimni bosib olishi ketidan Qo'shma Shtatlar Yevropada harbiy faollikni oshirgan va 2019-yilgi byudjetida shu maqsadda 6,5 milliard dollar ajratishni ko'zlamoqda.AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (chapda) va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov
Ukraina mojarosi AQSh va Rossiya aloqalarining sovuqlashishiga olib keldi. Qo'shma Shtatlar Rossiyani Ukraina ichki ishlariga aralashayotganlikda ayblasa, Kreml nazarida qo'shni respublikadagi davlat to'ntarishini rejalashda AQShning ham qo'li bor.
Yaqinda Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasida so'zga chiqqan AQSh rahbari va Rossiya tashqi ishlar vazirining bayonotlaridan munosabatlarda sovuqlik saqlanib turganini bilsa bo'ladi.
Prezident Barak Obamaning aytishicha, xalqaro hamjamiyat Rossiyaning Yevropadagi agressiyasiga qarshi chora ko'rishi kerak. Obama Rossiyaning Qrimni o'ziga qo'shib olganini va Ukraina sharqida bo'lginchilarni qo'llab-quvvatlayotganini nazarda tutmoqda. Moskva ayblovlarni inkor etib keladi. Obama BMTdagi nutqida dunyodagi yovuzliklarni sanab o'tar ekan, ebola virusi va "Islomiy davlat" bilan birga Rossiyani ham shu toifaga qo'shdi.
O'z navbatida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQShni Ukrainada o'z manfaatlarini ko'zlayotganini aytib, u yerdagi vaziyatga doir haqiqatni buzib ko'rsatayotganlikda aybladi.
Vashingtondagi Milliy mudofaa universitetida Rossiya bo'yicha ekspert Jon Parkerning aytishicha, ikki davlat munosabatlari har qachongidan quyi nuqtaga yetgan.
"Aloqalar oxirgi kamida 30-35 yil ichida eng yomon darajada. Sovet Ittifoqi 1979-yilda Afg'onistonga qo'shin kiritganidan va 1983-yilda Janubiy Koreyaga qarashli samolyotni urib tushirganidan so'ng ham munosabatlar ana shunday sovuq edi", - deydi mutaxassis.
Obama prezidentlikka kelganida Rossiya bilan aloqalarni yaxshilashga va'da bergan va tomonlar ko'p masalalar bo'yicha hamkorlik qila boshlagan edi. Masalan, uzoq masofali yadro qurollarini cheklashga qaratilgan strategik bitim yangidan imzolandi. Eron yadro dasturi bo'yicha Moskva islomiy davlat bilan qattiq gaplashdi. Rossiya Afg'onistonda xizmat qilayotgan AQSh qo'shinlariga o'z hududi orqali o'tishga ruxsat berdi.
Aloqalar so'nggi bir necha yilda sovuqlashdi, deydi ekspertlar. Bunga bir necha sabab ko'rsatilmoqda. Birinchisi, Moskvaning Suriya Prezidenti Bashar Assadni qo'llab-quvvatlagani bo'lsa, ikkinchisi, AQSh sobiq josusi Edvard Snoudenga Rossiyada boshpana berilgani bo'ldi. Va nihoyat, Rossiyaning Ukraina sharqida isyonchilarga madad bergani AQSh va Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga yetakladi.
Massachusets shtatidagi Maunt Xoliouk kollejida Rossiya bo'yicha ekspert Stiven Jounsning aytishicha, ikki tomonlama aloqalarning sovuqlashganiga qaramay, AQSh va Rossiya "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda hamkorlik qilishi mumkin.
"Har ikki mamlakat jihodchilar faoliyatining boshqa mintaqalarga yoyilishini istamaydi, bu borada ularning manfaatlari mushtarak. Avvalambor, bu vaziyatdan Rossiya xavotirga tushishi kerak, chunki islomiy fundamentalizmning kuchayishi Markaziy Osiyoga salbiy ta'sir qilishi mumkin", - deydi Jouns.
Vashingtondagi Uilson tahlil markazi mutaxassisi Mettyu Rojanski esa bu yo'nalishda yaqindan hamkorlik bo'lishiga ishonmaydi."Putin tashqi siyosatda hech kimga ergashmaydi, ayniqsa Amerikaga", - deydi tahlilchi.
Milliy mudofaa universitetidan Jon Parkerning aytishicha, kelasi bir necha yilda AQSh-Rossiya munosabatlarida katta o'zgarishlarni kutmaslik kerak.
"AQShda prezident kim bo'lishidan qat'i nazar uning Rossiya bilan muammolari tugamaydi. Rossiyaning ham AQSh bilan muammolari yo'qolib qolmaydi. Sovuq urushga o'xshagan bu holat hali ancha davom etadi va keyingi AQSh prezidentining birinchi muddati davomida bu bilan yuzlashamiz. Putinning ham Kremlni hali beri tark etishiga ko'zim yetmaydi, u esa o'z siyosiy qarashlaridan qaytmaydi, demak, Rossiya tomonidan ham o'zgarishlarni kutmaslik kerak", - deydi Parker.
Do'stlaringiz bilan baham: |