Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar tafakkurini tekshirish
"Segen taxtasi"
Ushbu topshirikni bolani tekshirishda birinchi bo'lib berish tavsiya etiladi, chunki u bolalarda qiziqish uyg'otadi.
Umuman, barcha bolalarning, xususan aqli zaif bolalarning tafakkur jarayonlarini tekshirish uchun ko'llanilishi mumkin. Segen doskasining tuzilishi quyidagicha: 10 ta geometrik figurani olib maxsus karton yoki fanerda shu geometrik figuralar shaklida chuqurchalar o'yiladi. Uchburchak, to'rtburchak, kvadrat, aylana, romb, to'g'ri to'rtburchak, trapetsiya kabi geometrik figuralarni tushuntirish asosida bolalardan tegishli chuqurchalarga joylashtirish talab etiladi. Ish tartibi quyidagicha: datslab tajriba o'tkazuvchi bolalarga chuqurchalarga joylashtirilgan taxtachani ko'rsatadi. Shundan so'ng u taxtachadagi figuralarni to'kib tashlaydi va bolalardan yana figuralarni o'z joylariga joylashtirishni so'raydi. Bu usul ayniqsa, chuqur aqli zaif bolalarni bog'cha yoshida o'rganishga yordam beradi. Bola gapirmasligi ham mumkin. Buusulning turli variantlari bor. 2 yoshli bolalar uchun 4 ta figurali, undan kattabolalaruchun esa, 10 ta figurali varianti bor. Aqlan normal bolalar 2 yoshdan boshlab bu ishni to'g'ri bajara oladilar. Aqliy nuqsonlilar, ayniqsa chuqur aqli zaif bolalar geometrik figuralarni paypasalaydilar, og'izlariga olib ko'radilar, ularni stolga urib taqillatadilar. Maqsadsiz harakat qiladilar, sinov va xato usullardan foydalanadilar. Bu bolalar ko'rsatilgan yordamdan foydalana olmaydilar. Tajriba o'tkazuvchining berayotgan ko'rsatmasini idrok qilish, tushunib etishi ham diagnotsik ahamiyatga ega. Usulning sodda tuzilishga egaligi sababli, har bir o'qituvchi, tarbiyachilar mutsaqil ravishda yasab foydalanishlari mumkin.
Metodika ko'rsatmani tushunishni, asosiy geometrik shakllarni bilishdarajasi, harakatlar koordinatsiyasining holati, fazoviy chamalash, faoliyat xarakterini (figuralarni ushlash, chuqurchalar bilan solishtirish va h.k.) anikdash maqsadida ko'llaniladi.
Maqsad: kattalikni farqlash darajasi, ko'rgazma-harakatli tafakkurning shakllanganligini tekshirish.
Jihoz: shakllar andozasi chuqur o'yilgan taxta (4 variantli)
va shu chuqurchalarga to'g'ri keladigan shakllar.
O'tkazish usuli: bolaga shakllar joylashtirilgan taxta ko'rsatiladi va ko'zining oldida taxta shunday ag'dariladiki, ichidagi shakllar stolning o'rtasiga tushiriladi. Ko'rsatma beriladi: a) so'z orqali «Kara, menda xar xil shaklli taxta bor». «Men shakllarni to'kaman, sen esa joyiga solasan» yoki b) imo-ishora orqali (eshitishi va nutqi buzilgan bolalarga).
Agar bola topshiriqni tushunmasa va bajarishga kirishmasa, unda eksperement o'tkazuvchining o'zi 1-2 shakllarini solib ko'rsatib berishi kerak. Noo'rin harakatlarda yana yordam ko'rsatiladi: «Bu shaklni qaerga qo'yish kerakligini ko'rib ol». Agar samara bermasa, unda bolaning diqqatini taxtadagi shakllar-ga va qo'lidagi shaklga qaratiladi. Bola noo'rin harakatlarda davom etsa, unda chamalab, solib ko'rish taklif etiladi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar idrok xususiyatini tekshirish "Kesma rasmlarni birlashtirish"
Maqsad: idrokning rivojlanish darajasini, ko'ruv-fazoviy analiz va sintezini, ko'rgazma-harakatli tafakkurning shakllanganligini tekshirish.
Jihoz: to'liq va kesma rasmlarning to'plami. Rasmlar 3 taga, 4 qismga kesilgan.
O'tkazish usuli: eksperement o'tkazuvchi kesma rasm qismlarini ko'rsatib, unda qanday predmet tasvirlanganligini aytmaydi, ko'rsatma beriladi: a) so'z - ishorali shaklda: «rasmni to'liq qilib yig'ib ber» yoki b) imo-ishorali. Agar bola topshiriqni tushunmasa, to'liq rasm shakli ko'rsatiladi va ko'rsatma takrorlanadi yoki taxlanib va yana rasm qismlarga ajratiladi.
Agar bu yordam samarasiz bo'lsa, bolaga rasm qismlaridan to'liq rasmni yig'ish ketma-ketligi taxminiy yo'naltirish orqali o'rgatiladi. SHundan so'ng boladan ushbu rasmni yana bir bor yig'ib berish so'raladi va boshqa variant taklif etiladi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar diqqat xususiyatini tekshirish
"Yetishmaydigan qismlarni aniqlash"
Maqsad: Ixtiyoriy diqqatni tekshirishga mo'ljallangan bo'lib, ko'ruv-fazoviy analiz va sintezning shakllanganlik darajasini, diqqat va ishlash qobiliyatining xususiyatlari, maqsadga va topshiriqning shartiga muvofiq harakat qilishi qobiliyati, o'rgatilishi aniqlanadi.
Material: Tekshirishni o'tkazish uchun bir nechta ayrim qisamlari etishmaydigan 3-4 ta rasmlar.
O'tkazish texnikasi: tekshiruvchi bolaga rasmlarga diqqat bilan qarashni, sinchkovlik bilan rasmlarni kuzatib, ulardagi etishmayotgan qismlarini topishni va o'z o'rniga qo'yishni so'raydi.
Bu uslubiyat bilan maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar tekshiriladi. Aqli zaif o'quvchilar diqqatining buzulganligi, tasavvurning yo'qligi, nutqining to'liq rivojlanmaganligi sababli vazifalarni bajarishga qiynaladi.
Topshiriqlarni bajarish jarayonida bolaga turlicha yordam ko'rsatilishi mumkin: topshiriqni qo'shimcha tushuntirish, shaklni uni tashkil qiluvchi qismlarga bo'lish, aytib berish, ko'rsatish.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar xotira xususiyatini tekshirish "L.V.Zankov metodikasi”
O'tkazish texnikasi: Bolaga eslab qolishi uchun 5 ta so'z aytiladi (nur, nonushta, o'rmon, o'yin, o'qish). Eslab qolish jarayonini osonlashtirish uchun har bir aytilgan so'zga monand rasmlar ko'rsatiladi (lampa, non, daraxt, qo'g'irchoq, kitob). Tanlovni to'liq bo'lishini ta'minlash maqsadida 1 ta qo'shimcha rasm beriladi (sigir).
Ko'rsatma: Hozir men senga aytadigan so'zlarni eslab qolishing kerak, ularni yaxshi eslab qolishing uchun men senga har bir aytilgan so'zga monand rasmlarni beraman.
Masalan: "O'yin so'ziga qo'g'irchoq", chunki o'yin o'ynash uchun qo'g'irchoq
lozim.
Agar bola ko'rsatmani tushungan bo'lsa tekshirishni o'tkazish mumkin. Bolaga eslab qolish uchun rasmlarni ko'rsatib so'zlab bilan rasmlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni tushuntirib berishni so'rash lozim. Agar bola buni qilishga qiynalsa, avval:
O'ylab ko'r bu rasm nimasi bilan senga o'yinni eslatadi? Yoki o'yin uchun nima kerak? kabi savollar bilan bolani rag'batlantirish lozim.
Agar bu holda ham bola yaxshi tushuna olmasa, unda tekshiruvchining o'zi uni ko'rsatib rasm va so'z o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni o'rnatadi va bu bolani qanchalik tushunganligini tekshiradi.
Har bir so'z aytib bo'linib rasmlar tanlangandan so'ng tekshiruvchi rasmlarni yig'ib oladi. U bolani chalg'itish xarakteridagi 2-3ta savol beradi. Masalan: "Senga bu topshiriq yoqdimi? Senga qiyin bo'lmadimi? Bu topshiriqdan charchamadingmi?" shu kabi savollardan keyin bolaga rasmlar ko'rsatib savol beradi.
Bu rasm senga qaysi so'zni eslatyapti?
Do'stlaringiz bilan baham: |