Mavzu: aqliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar bilan tashkil etiladigan o'quv-tarbiyaviy ishlarning psixologik asoslari



Download 82,94 Kb.
bet2/5
Sana03.06.2023
Hajmi82,94 Kb.
#948500
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aqliy rivojlanishda orqada qolgan bolalar psixologiyasi

Bola shaxsining tarkib topishi hayotining birinchi kunlaridanoq boshlanadi. Bola xar kuni ko'rgan va eshitganlari asosida borliqqa va tevarak-atrofdagi kishilarga uz munosabatini bildiradi. kattalarning xatti-xarakatlari, ishlariga, sodir bo'layotgan voqealarga bolaning beradigan bahosi, kishilarga bo'lgan munosabati — bulaming hammasi bola ma'naviy qiyofasining shakllanishiga ta'sir etadi.


  • Bola shaxsining tarkib topishi hayotining birinchi kunlaridanoq boshlanadi. Bola xar kuni ko'rgan va eshitganlari asosida borliqqa va tevarak-atrofdagi kishilarga uz munosabatini bildiradi. kattalarning xatti-xarakatlari, ishlariga, sodir bo'layotgan voqealarga bolaning beradigan bahosi, kishilarga bo'lgan munosabati — bulaming hammasi bola ma'naviy qiyofasining shakllanishiga ta'sir etadi.

  • Bolaning xoh ona qornida, hoh tug'ilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bo'lgan ma'lum shart-sharoitlarning buzilishi turli xil anomaliyalarga, ya'ni jismoniy yok: ruxiy nuqson'lar. kamchiliklarga olib kelishi mumkin.



1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni psixologik tekshirishning maqsadi - bolaning ruhiy rivojlanishi, hamda psixik funktsiyalarining holatiga baho berishdir.
Psixolog bolada tekshiruv o'tkazayotganda u bilan yaxshi munosabatda bo'lishi, eksperementlar vaqtida bolani kayfiyatini ko'tarib, uni maqtab yaxshi so'zlarni aytishi kerak.
Ruhiyatni o'rganish atroflicha amalga oshirilishi kerak. Aqli zaif bolalar shaxsini psixologik, pedagogik, tibbiy o'rganish umumiy tarzda amalga oshirilgandagina yagona bir hulosaga kelish mumkin. Barcha ruxiy jarayonlarni o'rganish jarayonida ob'ektivlik, dinamiklik, analitik-sintetik, atroflilik, individual yondoshish printsiplariga rioya qilishimiz darkor. Ob'ektivlik deganda, aqli zaif bolalar ruxiyatini o'rganish ishlari real sharoitda, hayot jarayonida olib borilishi tushuniladi.
Dinamiklik esa, aqli zaif bola, o'quvchini o'rganish uning rivojlanishida, taraqqiyotida amalga oshiriladi.
Analitik-sintetik printsipda esa, ruxiy jarayonlar, holatlar atroflicha, xar tomonlama bog'liqlik holatida taxliliy o'rganishni nazarda tutadi.
Komplekslik printsipi esa, aqli zaif bolalarni o'rganishda pedagogik, psixologik, tibbiy, logopedik tekshirishlarni birga olib borishni tushunamiz.
Individual yondoshish printsipi esa, bolani o'rganish vaqtida qatiy tarzda shaxsning individual xususiyatlarini inobatga olishni tushunamiz. Usul tanlash har bir tekshirishning maqsadidan, vazifalaridan kelib chiqadi. Ammo, barcha usullarda yuqorida qayd etib o'tilgan printsiplarga amal qilish lozim. Aqli zaif bola ruxiyatini o'rganayotgan oligofrenopedagog o'z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yishi kerak:

  • Bola ruxiyatining rivojlanish xususiyatlarini aniqlash;

  • Bola ruxiyatidagi nuqson tuzilishini aniqlash;

  • Bolaning aqliy rivojlanish darajasi va xususiyatlarini ochish

  • Aqli zaif bola ruxiyatidagi ijobiy tomonlarini topish;

  • Aqli zaif bola bilan olib boriladigan korrektsion, ta'lim-tarbiyaviy ishlarning

samarali, maxsuldor sharoitlarini belgilab olish.
Psixologik va pedagogik tekshirishning asosiy metodi: hujjatlarni o'rganish, bola bilan suhbatlashish, uning ota-onasi bilan ham suhbat o'tkazish, bolani kuzatish va test o'tkazishdan iborat.
Ota-ona bilan suhbat davomida psixolog bir qancha ma'lumotlarga ega bo'ladi. Ota-ona bolasi bilan har kuni muloqatda bo'lganligi uchun, farzandini yaxshi biladilar, shu bois suhbat davomida psixolog ularning bolaga bo'lgan munosabatini bilib oladi.
Psixolog bola bila alohida suhbatlashayotganda savollarni uning yoshiga moslab, individual xususiyatlarini inobatga olgan holda berishi kerak.
Kuzatish bolani tekshirish davomida olib boriladi.
Bolani psixologik rivojlanishini chuqurroq o'rganish uchun eksperement tekshiruv metodini olib borish zarur. eksperement vaqtida bola haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish mumkin.
Eksperimental tekshirishlarni o'tkazishda ushbu tamoyillarga tayanish lozim:

  • psixologik ta'limni modellashtirish, bola buni hayoti davomida amalga oshiradi (o'qish, o'yin);

  • bolaga beriladigan vazifa uning yoshiga va bilimiga tayangan holda bo'lishi kerak;

  • tahlil samarali bo'lishi uchun bolaning barcha ruhiy xolatini ko'rish zarur, o'ziniig faoliyatiga va natijalariga munosabati, uni bajarish va davomiylik sur'ati va hokazo.

Eksperimentlarni o'tkazishda bitta parallel yo'nalishdan emas, balki bir necha bir-biriga yaqin bo'lgan usullarni tanlash kerak.
Aqli zaif bola ruxiyatining o'ziga xos xususiyatlarini bilish asosida ular bilan olib boriladigan o'quv-tarbiyaviy ishlar mazmuni, moxiyati belgilanadi. Aqli zaif bolalarning shaxsiy xujjatlari bilan tanisha borib, defektolog, tarbiyachi bolaning kasallik tarixi, kasallik qoldirgan asorat xususiyatlarini tahlil qiladi. Aqli zaif bolalar ruxiyatini o'rganishning asosiy usullaridan biri bolani kuzatishdir. Maksadga muvofiqlik, rejalilik. Bir tizimdalik, tabiiylik bu usulning asosiy, ijobiy xususiyatlaridandir. Kuzatish usuli orqali tajriba o'tkazuvchi aqli zaif bolaning bilish faoliyatlari xususiyatlarini, o'quv malakalarini egallash hususiyatlarining kechishi, malaka va ko'nikmalarning egallanishi, shaxsiy sifatlarning namoyon bo'lishini bilib olishga imkoniyat tug'iladi. Pedagog bolani turli faoliyatlarda: o'yin, o'qish, mehnat, ijtimoiy foydali ishlarda o'zlarini tutishlariga qarab, kuzatib o'rganadi. Bolani kuzatish haqidagi ma'lumotlar maxsus kuzatuv daftarida bayon etib boriladi. Shuni ta'kidlash joizki, kuzatish usuli qator ijobiy tomonlari bilan birga, ayrim kamchiliklari, salbiy tomonlar ham mavjud. Bunga misol qilib, kuzatish usulining pedagogik passiv holatga tushirib, faqat tegishli ma'lumotlarni belgilab borish, yozib olishdangina nari o'tmaydi. Shu sababli, pedagog bolani psixologo-pedagogik o'rganganda faqatgina kuzatish usuli bilan kifoyalanib qolmasligi kerak.
Kuzatish - eng asosiy usullardan bo„lib, u orqali juda ko„p va sifatli psixologik ma’lumotlar yig„iladi. Vaziyatga ko'ra faqatgina bolaning qobiliyatini baholash uchun tekshirish o'tkazilayotganday taasurot qoldirish kerak. Bunday sharoitlarda eksperementator alohida vazifalarni to'g'ri baholaydi. Aqli zaif va ruhiy rivojlanishi orqada qolgan bolalarda o'tkazilganda, ularning motivatsion doirasini rivojlanganligini kuzatish mumkin. Yana boshqa bir vaziyatlarda bola ishonchini qozonib, o'zini bo'sh qo'yish va o'zini bemalol erkin tutishga imkoniyat yaratish kerak.
Topshiriqlarni bajarishda to'g'ri yoki noto'g'riligini qayd etib qolmasdan, unga muammolarni bartaraf etish yo'llarini o'rgatish kerak.
Bola ruxiyatini o'rganishning asosiy usullaridan yana biri, tajriba o'tkazishdir, bunda tajriba o'tkazuvchi faol holatda bo'lib, maxsus sharoit yaratib, o'zi uchun kerak bo'lgan ruxiy jarayonlarni o'rganadi. Tajribada konkret savollarga javoblar olinadi. Tajriba o'tkazilish shakli, turi, mazmuniga ko'ra tabiiy va laboratoriya sharoitida o'tkazilishi mumkin. Laboratoriya tajribasi maxsus sharoitda, turli asbob-uskunalardan, o'quvning texnika vositalaridan foydalangan xolda amalga oshiriladi. Masalan, perimetr bilan ko'rish doirasini, etseziometr bilan taktil sezgilar chegarasini, kamerton bilan tovush balandligini, taxitsoskop bilan esa idrok xajmi va tezligini, xotiraning aniqligi va mutsaxkamligini aniqlash mumkin. Demak, laboratoriya usulida sun'iy tarzda bizga o'rganish kerak bo'lgan ruxiy jarayonlarning namoyon bo'lishini qayd qilib boradigan asbob-uskunalar talab etilar ekan.
Tabiiy tajribada esa, yuqoridagi aytib o'tilgan vositalar talab etilmaydi. Tabiiy tajriba bolalarga tanish bo'lgan oddiy sharoitlarda amalgaoshiriladi. Uni o'tkazilayotganda quyidagiholatlarga e'tiborni qaratish kerak:

  1. Oddiy ruxiy faoliyatni modellashtirish;

  2. Olingan ma'lumotlarni sifat jixatdan taxlil qilishga diqqat-e'tiborni qaratish;

  3. Tajribada ishlash vaqtini, ish xajmini, bolalar tomonidan yo'l qo'yilgan xatolar sonini e'tiborga olish.

Tajriba ob'ektiv va real faktlarni xisobga olishni talab etadi. Qarorda bolaning harakatlari, bolaning bergan savollari, uning nutqi, xissiyoti, yo'l qo'ygan xatolariga munosabati, bolaga ko'rsatilgan yordam mazmuni bayon etilishni talab etiladi.
Eksperiment o'tayotgan vaqtda eksperimentator ishga aralashishi, qayta so'rashi, bolaga berilgan topshiriqlarni qaytarish, bolani rag'batlantirishi, savollar berishi, maslaxat berishi va boshqa xolatlarga ruxsat beriladi. Ammo, eksperimentator, tajriba o'tkazuvchi sergap bo'lmasligi talab etiladi. Bolaning tajribada qiynalishi, fikrlarning tarqalishi, umumlashtira olmasligi, mantiqiy fikrlar tuza olmasligi oqibatida kelib chiqadi. Tajriba, kuzatish va suxbat birgalikda olib boriladi. Suxbat maqsadining aniqligi, tushunarliligi berilayotgan savollarning lo'ndaligi bilan ajralib turishi kerak. Tajriba o'tkazuvchi bolaning diqqatini o'ziga qaratib, topshiriqlarga javob berishga xoxish uyg'otishi kerak.
Bola bilan suxbatlashish orqali pedagog bolaning qizikishlari, intilishlari, moyilligini bilib oladi. Bolaga quyidagi tarzda savollar berishi mumkin. Necha yoshdasan? Isming kim? Kimlar bilan yashaysan? Yashash joying qaerda? Ota- onang nima ish bilan shug'ullanishadi? Bu kabi savollarorqali bolani birmuncha tinchlantirib, u bilan muloqatga kirishishga tayyorlaniladi. Busiz tajriba boshlash yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Chunki, bola xayajonlab, qo'rqib bilgan javoblarini ham bermasligi mumkin. Aqli zaif bolalar ruxiyatini o'rganish uchun turli anketalardan ham foydalaniladi. Berilayotgan anketa savollari anik, puxta, mazmunli bo'lishi talab etiladi. Olingan javoblar chuqur taxlil kilinadi, ularni qator, matematik usullar orqali ham taxlil etilishi ahamiyatlidir. Bu usullarga: alternativ, korrektsion va dispersion usullar kiradi.
Alternativ taxlil orqali bolada biz o'rganayotgan sifatlar bor-yo'qligini aniqlashga, ochib berishga yordam beradi.
Korrektsion taxlil ruhiy holatlarning belgilari orasida o'zaro bog'liqlik borligini aniqlashga yordam beradi.
Dispersion taxlil bola ruhiyatiga ta'sir etadigan omillarning biz o'rganayotgan belgiga ta'sir rolini aniqlashga yordam beradi.
Yuqorida bayon etilgan qator usullar bola ruxiyatini o'rganishning asosiy usullari sanaladi. Bolalar ish faoliyatinatijalarini o'rganish, taxlil etish esa qo'shimcha usullarga kiradi. Bolalarning yozma ishlari, chizgan rasmlari, yasagan buyumlari, mexnat maxsulotlari kiradi. Yordamchi maktablarda aqli zaif bola ruxiyatini o'rganishda anamnetsik usuldan ham keng foydalaniladi. Katamnez- kasal haqida uzoq muddat davomida yig'ilgan ma'lumotlardir. Bu usul,ayniqsa, tibbiyotda keng qo'llaniladi. Yordamchi maktabni bitirgan o'quvchilarning katamnezi orqali yordamchi maktablardagi korrektsion, tarbiyaviy ta'limning samaradorligini oshirib borish mumkin. Bola uchun qiziqarli bo'lishi uchun soddaroq vazifalardan boshlab, murakkabroq topshiriqlarga o'tish mumkin. Bolada charchash, sustlik kuzatilsa, darhol osonroq topshiriq berish kerak yoki biroz dam oldirish kerak. Psixolog bilan bola stolda o'tirib suhbatlashganidan ko'ra, yonma- yon o'tirib suhbatlashishi bolaga ancha qulay. Bolaning ruhiy rivojlanishi va nuqsoniga qarab (eshitishida, ko'rishida, tayanch harakat a'zolarida nuqsoni bo'lgan bolalarga maxsus apparatlar yordamida) sharoit yaratish lozim.
Ruxiyatni o'rganishning aloxida, o'ziga xos samarali usullaridan biri testlardan foydalanishdir. Shuni e'tirof etish juda o'rinliki, testlar ruxiyatni o'rganishning yaxshi usuli ekanligi uzoq yillar davomida bizning mamlakatimizda yetarlicha tan olinmadi. So'nggi yillarda bu kamchiligimiz to'g'rilanmoqda. Testlar asosan tekshirilayotgan bolada u yoki bu sifat, egallagan bilimlar darajasi, bolaning tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun xizmat kiladi. Turlicha tuzilishga, mazmunga ega bo'lgan testlar qo'llash orqali bolalarning aqliy koeffitsienti aniqlanadi. Albatta, testlarni qo'llash bizga kerak bo'lgan ma'lumotlarni yetarli darajada bera olmasligi mumkin. 1969 yilda Vashingtonda psixiatrlarning kengashida bolalarning aqliy koeffitsientini faqatgina testlardan foydalanmasdan, balki qo'shimcha tarzda boshqa usullardan ham foydalanish tavsiya etildi.
Testlarni qo'shimcha vositalar sifatida qo'llash taqlif kilindi. Asosiy usul esa, bolani birmuncha uzoq muddat tibbiy, pedagogik tekshirish o'rinli ekanligi ko'rsatib o'tildi. Lekin, barcha usullar orasida tekshiruvchining "diagnotsik ko'zi" katta ahamiyatga ega.
Psixologik tekshirishda test, savolnomalar o'tkazilishi:

  • aqliy rivojlanishni me'yorida rivojlanish bilan solishtirgan holda baholash;

  • fikrini o'rganish, shaxsiy motivatsiyasi hamda munosabatga kirishishi o'rganiladi.

Psixologik tekshirish mazmuni. Bolani ruhiy rivojlanishini aniqlash hamda oliy psixik funktsiyalarining holatini baholashda aqliy faoliyatning turli jabhalarini: aqliy ishlash qobiliyatining holati, diqqati, idroki, xotirasi, tafakkuriva nutqining xususiyatlarini o'rganish va yoritish zarur. Zaruriyat tug'ilganda: oilaning ichki va bolaning ota-onasi o'rtasidagi, tengdovdlari bilan munosabati, o'zini-o'zi baxolashi kabilar tekshiriladi.
Psixologik tekshirishning natijasi psixologik xulosa tuzish, Tibbiy- Psixologo-Pedagogik-Komissiyaning umumiy xulosasini, tavsiyalarni muxokama qilish va ishtirok etish bilan yakunlanadi.
Aqliy ishlash holatini tekshirish. Aqliy ishlash holatini o'rganish turli kamchiliklarni, bu nuqsonlarning bola akliy faoliyati tuzilishiga ta'sirini aniqlashga imkon beradi. Aqliy ishlashning buzilishlari turli xarakterda va darajada namoyon bo'lishi mumkin. Aqliy ishlash qobilyatini yengil, o'rta va yaqqol (qo'pol) buzilishlarga ajratish mumkin. Lekin bunday ajratish taxminiy ekanligini aytish lozim. Chunki u ko'p omillarga bog'liq va psixolog tomonidan kasbiy tajribasidan kelib chiqqan holda ma'lum darajada su'bektiv tarzda aniqlanadi.
Namoyon bo'lish darajasidan tashqari, kamchilik sababini aniqlash lozim. Aqliy ishlash qobiliyatining buzilishlari turlicha ko'rinishda bo'lishi mumkin:

  1. bir maromda pasayishi (tekshirish davomida buzilishning namoyon bo'lishi taxminan bir xilda bo'ladi);

  2. tebranishli xarakterda (tekshirishda aqliy ishlay olishi tebranishi kuzatiladi);

v)toliqish xarakterida (tekshirishning oxiriga kelganda aqliy ishlay olishining pasayishi);
g)murakkab (masalan: umumiy pasayishda aqliy tebranishi);
Aqliy ishlashning qobiliyati buzilishining aralash formalari xam uchraydi, ular bilan korreksion ishlarni olib borish uchun, to'g'ri baholash lozim, unda qaysi buzilish turi ko'proq ifodalanayotganini ajratish kerak.
Diqqatni tekshirish

Download 82,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish